Развитие цифровой дипломатии в современной системе международных отношений

CC BY f
125-128
15
7
Поделиться
Иззатуллаев, Б. (2022). Развитие цифровой дипломатии в современной системе международных отношений. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 125–128. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13739
Бобиржон Иззатуллаев, Исследовательский институт правовой политики при Министерстве юстиции.Университет мировой экономики и дипломатии

Докторант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

После того, как в 1860 году министр иностранных дел Великобритании лорд Пальмерстон получил свое первое телеграфное сообщение, “пришло время для дипломатии”, - отметил cdi. Со временем начали появляться и другие технологические инновации, такие как радио, телефоны, телевидение и факсы. L.Палмерстон связал все эти открытия с дипломатией и предсказал перемены.


background image

125

Izzatullayev Bobirjon Izzatullayevich

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti.

JIDU tayanch doktoranti

ZAMONAVIY XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA RAQAMLI

DIPLOMATIYA RIVOJLANISHI

------------------------------------------------------

Izzatullayev Bobirjon Izzatullayevich

Research Institute of Legal Policy

under the Ministry of Justice. Doctoral student of UWED

DEVELOPMENT OF DIGITAL DIPLOMACY IN THE

CONTEMPORARY SYSTEM OF INTERNATIONAL RELATIONS

------------------------------------------------------

Иззатуллаев Бобиржон Иззатуллаевич

Исследовательский институт правовой политики

при Министерстве юстиции. Докторант УМЭД

РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ ДИПЛОМАТИИ В СОВРЕМЕННОЙ

СИСТЕМЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ

------------------------------------------------------

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida raqamli diplomatiya

rivojlanishi

1860-yilda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Lord Palmerston birinchi

telegraf xabarini olgandan so‘ng, “diplomatiyaning tugash vaqti keldi”, deb ta’kidlagan
edi. Vaqt o‘tishi bilan radio, telefon, televizor va faks kabi boshqa texnologik
yangiliklar paydo bo‘la boshladi. L.Palmerston ushbu kashfiyotlarning barchasini
diplomatiya bilan bog‘lab, o‘zgarishlarni bashorat qilgan edi.

XIX asrning oxirlarida telefonning paydo bo‘lishi xorijiy davlatlar va diplomatik

muassasalar o‘rtasidagi aloqalarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ingliz
diplomati Garold Nikolson telefonning paydo bo‘lishi axborot uzatish uchun xavfli


background image

126

vosita bo‘lib chiqdi deya ta’kidlagan edi.

1

1980-yildan so‘ng, hujjatlar va tasvirlarni

bir necha daqiqada ichida dunyoning bir burchagidan boshqasiga o‘tkazish imkonini
beruvchi faks qurilmasi kashf etildi. Mazkur ixtiro ham xalqaro munosabatlarda
muloqotni rivojlantirishga katta yordam berdi.

2

Raqamli diplomatiya sohasida tadqiqotchi I.Manorning so‘zlariga ko‘ra, dunyo

siyosatidagi uchta voqea diplomatiya amaliyoti va uning ta’rifda katta o‘zgarishlarga
olib keldi:

-

radioning keng ommalashuvi va undan foydalanishning tinimsiz o‘sib

borishi;

-

1917-yilda

Rossiyada

bolsheviklar

revolyusiyasi

va

1933-yil

Germaniyada milliy-sotsialistlarning hokimiyatga kelishi;

-

bolsheviklar va natsistlar tomonidan radio orqali boshqa davlatlarni

revolyusiyaga targ‘ib etishi;

3

Internetning rivojlanishi davlat oldida turli xil ichki va tashqi siyosiy

masalalarini hal etish uchun ko‘plab yo‘llarni ochdi. Ushbu texnologik yutuqlar
diplomatiyani yangi muhitga moslashtirish bilan birgalikda yangi imkoniyatlar yaratdi.
Shuningdek, raqamli diplomatiyaning dunyo siyosiy jarayonlardagi o‘rni va ta’siri
o‘sib bordi. Jumladan, quyidagi uch muhim hodisalarda Internet va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya vositalari va ulardan foydalanish katta ta’sirga ega bo‘ldi:

1) “Arab bahorida” (2010-2011-yillarda) Internet va zamonaviy axborot-

kommunikatsiya vositalarining ta’sir kuchi butun bir mintaqani qamrab oldi. Janubiy
Kaliforniya universiteti professori Filip Zaibning ta’kidlashicha, tashqi siyosat
idoralari Arab qo‘zg‘olonlaridan hayratda qolgan.

4

Ushbu jarayonlarda ijtimoiy

tarmoqlarning ta’siri kuchli bo‘lib, foydalanuvchilar uchun davlat siyosiy rejimiga o‘z
munosabatini va noroziligini bildiruvchi ochiq platforma sifatida xizmat qildi. Ijtimoiy
tarmoq foydalanuvchilari “Arab bahori” atrofidagi voqealar haqida xalqaro
jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun turli guruhlarni yaratdilar. Ushbu guruhlar
ingliz va arab tilida so‘zlashadigan fuqarolar, shuningdek, G‘arb tomoshabinlariga
qaratilgan bo‘lib, kuzatuvchilar uchun sodir bo‘lgan voqealar haqida barcha kerakli
ma’lumotlarni tezda yoritib bordi.

1

Hocking, B., & Melissen, J. (2015). Diplomacy in the digital age. Clingendael, Netherlands Institute of International

Relations.

https://www.clingendael.nl/sites/default/fi

les/Digital_Diplomacy_in_the_Digital%20

Age_Clingendael_July2015.pdf

2

L. Ritto, Diplomacy and its practice vs Digital Diplomacy.,

http://www.diplomatmagazine.nl/2014/10/18/diplomacy-

practice-vs-digital-diplomacy-2

3

I.Manor.

From

Magic

Bullets

to

Bots:

How

Diplomats

Conceptualize

Social

Media.

https://digdipblog.com/2017/10/01/from-magic-bullets-to-bots-how-diplomats-conceptualize-social-media/

4

Philip Seib. Real-Time Diplomacy: Politics and Power in the Social Media Era. New York: Palgrave-Macmillan, 2012.

P. 86


background image

127

“Arab bahori” davrida ijtimoiy tarmoqlar axborot-mafkuraviy ta’sir vositasi

sifatida xizmat qildi. Misr, Tunis va Yaman kabi mamlakatlarda ijtimoiy tarmoqlar
senzurasiz axborot tarqatish platformasi sifatida xizmat qildi. Ommaviy axborot
vositalari “Arab bahori” faollariga qo‘rquvning psixologik to‘siqlarini yo‘q qilishga
yordam berib, ko‘pchilikka ma’lumot almashishga xizmat qildi.

1

Mazkur voqealardan

so‘ng, turli mamlakatlar tashqi ishlar vazirliklari Internetdan, birinchi navbatda,
ijtimoiy tarmoqlardan xorijiy mamlakatlardagi jarayonlar va voqealarni tezkor va
samarali kuzatib borish, tahlil qilish va sharhlash uchun faol foydalana boshladi.

2) Internet va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarining dunyo

siyosatida ahamiyatini oshirgan yana bir omillardan biri bu – terroristik va ekstremistik
guruhlarning ulardan foydalanishining o‘sib borishidir. Bugungi kunda jangari
guruhlar tomonidan turli davlatlardan odamlarni o‘ziga jalb etish maqsadida
zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarida, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda turli
videoxost, postlar, audio va video materiallar joylamoqda. Bu ko‘plab davlatlarga, shu
jumladan, AQShga raqamli makonda terroristik guruhlarga qarshi kurashish uchun
raqamli diplomatiyadan foydalanish zaruratini oshirdi.

3) Xorijiy davlat elchilari tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya

vositalaridan keng foydalanishi va ommaviy axborot vositalariga ta’sir etishga,
shuningdek,

jamoatchilik

fikrini

shakllantirishga

harakat

qilishi

raqamli

diplomatiyadan foydalanish zaruratini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
vositalari ahamiyatini oshirdi.

Raqamli diplomatiya tarix nuqtayi nazaridan olib qaraganda nisbatan yangi

tushunchadir. Ammo shu bilan birgalikda raqamli diplomatiyaning uslub va vositalari
yangilanib, o‘zgarib hamda diplomatiyadagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.
Raqamli diplomatiyani zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida rivojlanishini tadqiq
etishda, avvalo uning yuzaga kelishi shart-sharoitlarni va bosqichlarini ko‘rib chiqish
lozim.

Soha tadqiqotchisi Allen K.Xansen 1984-yilda kompyuterlashgan dunyoda

diplomatiyani tahlil qiladi va olib borgan ishlarining xulosasi sifatida
“Kompyuterlashgan davrda ijtimoiy diplomatiya” kitobi yozadi.

2

Unga ko‘ra ijtimoiy

diplomatiyani olib borishda AQSh axborot agentligi katta ta’sir ko‘rsatayotgani va u
tomonidan olib borilayotganligini e’tirof etadi. Allen K.Xansenning mazkur tadqiqot
ishi raqamli diplomatiya to‘g‘risida bo‘lmasada, diplomatiya va ijtimoiy
diplomatiyaning yangi davrda o‘zgarayotganligi hamda komyuterlashish

1

Kassim, 2012 Kassim, S. (2012). Революция в Twitter: как арабской весне помогали социальные сети. Получено

с

http://www.policymic.com/articles/10642/twitter-revolution-how-the-arab-spring-washelped-by-social-media

2

Allen K. Hansen. USIA: Public Diplomacy in the Computer Age


background image

128

jarayonlarining mazkur sohalarga ta’sir borasida fikr boradi. Shuningdek, axborot va
kompyuterlarning ta’siri natijasida diplomatiyada yuzaga kelishi bo‘lgan o‘zgarishlar
va bashoratlarini bildiradi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов