Генезис понятия электронного парламента

CC BY f
129-131
14
4
Поделиться
Тухтаев, Б.-М. (2022). Генезис понятия электронного парламента. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 129–131. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13742
Бобир-Мирзо Тухтаев, Комитет по труду и социальным вопросам законодательной палаты Олий Мажлиса

Старший референт секретариата. Самостоятельный соискатель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Сегодня современные информационные и коммуникационные технологии процессы цифровизации, такие как непрерывное развитие, широкое внедрение в отрасли охватывающие все сферы жизни общества. В частности, во многих странах и цифровых технологий в деятельности парламента, являющегося высшим представительным органом в результате его широкого использования родился новый термин «электронный парламент».

Похожие статьи


background image

129

To‘xtayev Bobir-Mirzo Avazovich

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy

masalalar qo‘mitasi kotibiyati Katta referenti.

Mustaqil izlanuvchi

“ELEKTRON PARLAMENT” TUSHUNCHASINING GENEZISI

------------------------------------------------------

Tuxtayev Bobir-Mirzo Avazovich

Senior Assistant of the Secretariat of the Committee on Labor and Social Affairs of

the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan.

Independent researcher.

GENESIS OF THE CONCEPT OF E-PARLIAMENT

------------------------------------------------------

Тухтаев Бобир-Мирзо Авазович

Старший референт секретариата Комитета по труду и социальным

вопросам Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

Самостоятельный соискатель.

ГЕНЕЗИС ПОНЯТИЯ ЭЛЕКТРОННОГО ПАРЛАМЕНТА

------------------------------------------------------

“Elektron parlament” tushunchasining genezisi

Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining

doimiy rivojlanib borishi, sohalarga keng joriy etilishi kabi raqamlashuv jarayonlari
jamiyat hayotining barcha tarmoqlarini qamrab olmoqda. Xususan, ko‘plab davlatlarda
oliy vakillik organi bo‘lmish parlament faoliyatida ham raqamli texnologiyalardan
keng foydalanilishi natijasida yangi

“elektron parlament“

atamasini vujudga keldi.

Eng umumiy ma’noda elektron parlament bu – mazkur soha faoliyatida

samaradorlikni

ta’minlash

maqsadida

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalar majmuidan foydalanishdir.

Mamlakatimiz sharoitida ushbu tushunchaga qo‘yidagicha ta’rif beriladi:

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari, senatorlari va xodimlarining


background image

130

yanada samarali faoliyatini ta’minlash, ular faoliyati baholash, saylovchilar oldidagi
hisobdorligi oshirish hamda parlamentning umumiy ochiqligini ta’minlashga
qaratilgan kompleks dasturiy tizimidir.”

Elektron parlament tushunchasining yuzaga kelishi dastlab ba’zi davlatlar

parlament rasmiy veb-sahifalarida raqamli xizmatlarning paydo bo‘lishi va parlament
a’zolarining (deputatlar) kundalik ishlariga ko‘maklashish hamda qarorlar qabul
qilishda fuqarolarni jalb etishda axborot kommunikatsiya vositalarini qo‘llash bilan
bog‘liq edi.

Elektron parlament tushunchasiga ilk bor Yevropa parlament tadqiqotlar va

hujjatlashtirish markazi

(European Centre for Parliamentary Research and

Documentation)

tomonidan

ta’rif

berilib,

shaffoflik,

samaradorlik

va

moslashuvchanlik

ta’minlash

uchun

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari va standartlarini qo‘llash

orqali tomonlar muloqotini shakllantirish

sifatida qayd etadi.

1

Birlashgan Millat Tashkiloti, parlamentlararo ittifoq va parlament sohasida

axborot-kommunikatsiya texnologiyalar global markazi hisobotida elektron
parlamentga qo‘yidagicha ta’rif beriladi: “qonun chiqaruvchi organ axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar orqali shaffof, ochiq va hisobdor bo‘lishi bilan birga
fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari, parlament faoliyati va qarorlaridan
xabardor bo‘lib borishiga imkonini beradi. Manfaatdor tomonlar axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar yordamida vakillik, qonun ijodkorligi va nazorat
vazifalarini amalga oshiradi.”

Parlament faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalar foydalanish 2000

yillarda yuzaga kelgan fenomen emas. Mazkur sohada innovatsion vositalardan ilgari
ham foydalanilgan bo‘lib, Internetning vujudga kelishi esa elektron parlamentning
rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Misol uchun, Kanada parlamenti Jamoalar palatasi har bir a’zosi shaxsiy ofis,

mebel, kompyuter, lazer printer, yozuv mashinkalari, televizor, telefon va boshqa ofis
jihozlari bilan ta’minlanadi. Keyinchalik esa Internet vujudga kelgach parlament
a’zolari mazkur texnologiyadan foydalanishga o‘tishadi

.

2

Hindiston ham parlamentda axborot texnologiyalaridan foydalanishga muhim

ahamiyat qarata boshlagan davlatlardan biri edi. Xususan, 1985-yilda milliy axborot
markazi

(National Informatics Center)

ko‘magida parlament kutubxonasi axborot

tizimini

(Parliament Library Information System)

boshqarish uchun kompyuter

1

ECPRD, ICT Working Group Seminar, 6-7 November 2003, Nicosia, Cyprus.

2

Perrault RJ “Services for Members-Canadian MPs and the resources for representation”, The Parliamentarian, Journal

of The Commonwealth Parliamentary Association, January 1997


background image

131

markazi ishga tushurildi. Parlament a’zolari va tadqiqotchilariga milliy parlament
faoliyati to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi turli ma’lumotlar
bazalari (ta’sis majlisidagi muhokamalar, parlament sessiyalarining video lavhalari,
qonun loyihalari, parlament qo‘mitasining hisobotlari va deputatlarning tarjimaiy
hollari) yaratiladi.

1

1960-yillarda

Germaniya

Bundestagi

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalangan holda parlament materiallari uchun hujjatlar va
axborot tizimini ishlab chiqishga qaror qildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchta
bosqich iborat edi:

parlament materiallarini komputerlashgan xujjatlar va axborot tizimini

ishlab chiqish;

tashqi ma’lumotlar bazalaridan ma’lumotlarni olish;

ekonometrik modellar asosida qonunlarning amaliyotda ta’sirini baholash.

Dastlab mazkur ma’lumotlar bazasi ma’muriy xizmatlar ko‘rsatish vositasi

sifatida Bundestag a’zolariga bilvosita yordam bergan. Ammo 1985-yilda Bundestag
a’zolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar bazasiga kirish va foydalanish huquqi
beriladi.

2

1997-yilda Daniya parlamentining veb-sayti ishga tushiriladi. Bundan

ko‘zlangan maqsad parlament hujjatlarini xalq, biznes sohasi vakillari va ommaviy
axborot vositalari uchun ochiq qilish edi. Shuningdek, veb-saytdan parlament
palatalaridagi muhokamalar, deputatlar va moliya masalalari haqida ma’lumot olish
mumkin bo‘lib asosan funksional maqsadlarda xizmat qilish uchun tashkil etilgan edi.
Daniya parlamentining sobiq spikeri va veb-saytning bosh tashabbuskori Erling Olsen
veb-sayt uchta asosiy maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilgan deya ta’kidlagan.

Xususan, 1) jurnalistlar va siyosatchilarga yanada samarali axborot xizmatlarini

taqdim etish; 2) siyosatchilar va davlat xizmatchilarini qonunchilik jarayonlariga rioya
etishlari; 3) shaffoqlikni oshirish

.

3




1

Malhotra GC “Automating Parliaments,” The Parliamentarian, Journal of The Commonwealth Parliamentary

Association July 1995 and Mishra, SN “House Infrastructure- Support services for Indian’s national Parliamentarians
“The Parliamentarian, Journal of The Commonwealth Parliamentary Association, January 1997.

2

Mambrey P, Neumann H-P and Sieverdingbeck K “Bridging the Gap between Parliament and Citizen-the internet

Services of the German Bundestag”, Parliamentary Affairs (OUP). Vol 52, Issue 3, 1999 pp480-492.

3

Lofgren K, Andersen KV and Sorensen MF “The Danish Parliament Going Virtual” Parliamentary Affairs (OUP). Vol

52, Issue 3, 1pp493-502

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов