Интеллектуальные методы разрешения споров в области интеллектуальной собственности или разрешение споров вне судебной системы

CC BY f
165-172
15
16
Поделиться
Расулов, Ш. (2022). Интеллектуальные методы разрешения споров в области интеллектуальной собственности или разрешение споров вне судебной системы. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 165–172. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13780
Шербек Расулов, Ташкентский государственный юридический университет

Магистр

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В современных правовых системах использование альтернативных методов досудебного производства более важно, чем рассмотрение споров об интеллектуальной собственности. Разрешение споров в отношении интеллектуальной собственности в суде требует больших затрат и времени, а принятие неправильного решения приводит к непредсказуемым и непоследовательным результатам. В этом исследовании рассматривается возможность широкого использования альтернативных методов, таких как посредничество, арбитраж и арбитраж, для разрешения споров в области интеллектуальной собственности, а также анализируется их применимость для разрешения споров. Особое внимание уделяется существующим в правовой системе Узбекистана проблемам в разрешении споров, связанных с интеллектуальной собственностью, и тем, какие шаги необходимо предпринять для внедрения альтернативного разрешения споров. В исследовании делается вывод о том, что альтернативные механизмы разрешения споров очень подходят для интеллектуальной собственности, и Узбекистану необходимо предпринять большие шаги для внедрения такой системы.

Похожие статьи


background image

165

Rasulov Sherbek G‘ayrat o‘g‘li

Toshent davlat yuridik universiteti magistranti

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI NIZOLARNI HAL ETISHNING

MUQOBIL USULLARI YOXUD SUDLOV TIZIMIDAN TASHQARIDA

NIZOLARNI HAL ETISH

------------------------------------------------------

Rasulov Sherbek Gayrat ugli

Master of Tashkent State University of Law

INTELLIGENT DISPUTES RESOLUTION IN THE FIELD OF

INTELLECTUAL PROPERTY OR DISPUTES RESOLUTION OUTSIDE

THE JUDICIARY

------------------------------------------------------

Шербек Расулов Гайрат угли

Магистр Ташкентского государственного юридического университета

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ РАЗРЕШЕНИЯ СПОРОВ В

ОБЛАСТИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ ИЛИ

РАЗРЕШЕНИЕ СПОРОВ ВНЕ СУДЕБНОЙ СИСТЕМЫ

------------------------------------------------------

Intellektual mulk sohasidagi nizolarni hal etishning muqobil usullari yoxud

sudlov tizimidan tashqarida nizolarni hal etish

Annotatsiya

Intellektual mulkda nizolarini sudda ko'rib chiqishdan ko‘ra

sudgacha bo‘lgan muqobil usullar qo‘llanilishi zamonaviy huquq tizimlarida juda
kerak. Intellektual mulk nizolarini sudda hal etish qimmatga tushadi, ko‘p vaqt talab
qildi va noto‘g‘ri qaror qabul qilish aytib bo‘lmaydigan va nomuvofiq natijalarga olib
keladi. Ushbu tadqiqot ishi intellektual mulk nizolarni hal qilish uchun mediatsiya,
arbitraj va hakamlik muhokamasi kabi muqobil usullardan keng foydalanish
imkoniyatini o‘rganadi va bu nizolarni hal qilish uchun qanchalik mos kelishini tahlil
qiladi. O‘zbekiston huquqiy tizimida intellektual mulkka oid nizolarni hal qilishda
mavjud bo‘lgan muammolar va nizolarni muqobil usulda hal etishni joriy etish uchun
qanday qadamlar kerakligiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot ishining xulosasiga
ko‘ra, nizolarni muqobil hal etish mexanizmlari intellektual mulk uchun juda mos


background image

166

keladi va O‘zbekiston bunday tizimni amalga oshirish uchun katta qadamlar qo‘yishi
kerak.

Kalit so‘zlar:

sud, mediatsiya, mediativ kelishuv, arbitraj kelishuvi, HMH(ADR),

Med-Arb

Аннотация.

В современных правовых системах использование

альтернативных методов досудебного производства более важно, чем
рассмотрение споров об интеллектуальной собственности. Разрешение споров в
отношении интеллектуальной собственности в суде требует больших затрат и
времени, а принятие неправильного решения приводит к непредсказуемым и
непоследовательным результатам. В этом исследовании рассматривается
возможность широкого использования альтернативных методов, таких как
посредничество, арбитраж и арбитраж, для разрешения споров в области
интеллектуальной собственности, а также анализируется их применимость для
разрешения споров. Особое внимание уделяется существующим в правовой
системе Узбекистана проблемам в разрешении споров, связанных с
интеллектуальной собственностью, и тем, какие шаги необходимо предпринять
для внедрения альтернативного разрешения споров. В исследовании делается
вывод о том, что альтернативные механизмы разрешения споров очень подходят
для интеллектуальной собственности, и Узбекистану необходимо предпринять
большие шаги для внедрения такой системы.

Ключевые слова.

суд, медиация, медиативное соглашение, арбитражное

соглашение, АРС, Мед-Арб

Annotation.

In modern legal systems, the use of alternative pre-trial methods is

more important than the litigation of intellectual property disputes. Resolving
intellectual property disputes in court is costly, time consuming, and making the wrong
decision can lead to unpredictable and inconsistent results. This research paper
examines the possibility of extensive use of alternative methods such as mediation,
arbitration, and arbitration to resolve intellectual property disputes, and analyzes how
appropriate they are to resolve disputes. In the legal system of Uzbekistan, special
attention is paid to the existing problems in the settlement of intellectual property
disputes and what steps are needed to introduce alternative dispute resolution. The
study concludes that alternative dispute resolution mechanisms are very suitable for
intellectual property, and Uzbekistan needs to take big steps to implement such a
system.

Keywords.

court, mediation, mediation agreement, arbitration agreement, ADR,

Med-Arb


background image

167

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda hayotimizni intellektual

mulk obyektlarisiz tasavvur eta olmaymiz.

Intellektual mulk inson tomonidan

yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Intellektual mulk iqtisodiyot
rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning
deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e’tibor qaratilgan

.

Bugungi kunda intellektual mulk sohasi rivoji bilan bir qatorda ushbu sohaga

doir nizolar ham ortib bormoqda. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk
agentligi keltirgan malumotlarga qaraganda 2019-yildan intellektual mulk nizolariga
oid sud jarayonlari keskin ortdi, jumladan, 2016-yil – 60 ta, 2017-yil –
85 ta, 2018-yil – 89 ta, 2019-yil – 60 ta, 2020-yil – 213 ta.

1

Sud jarayonlarining asosiy

qismi tovar belgilarini huquqiy muhofaza etilishi bilan bog‘liq nizolardir. Ushbu
statistik ma’lumotlarga tayanib aytadagan bo‘lsak, bugungi kunda intellektul mulk
huquqiga oid munosabatlar dolzarb mavzuga aylangan va muhim ahamiyat kasb
etmoqda.

Intellektual mulk sohasidagi nizolar an’anaga ko‘ra, nizolarni hal qilish odil sud

yordamida amalga oshiriladi. Ammo, yuzaga keladigan nizolarni sud yordamida hal
qilish har doim ham maqsadga muvofiq emas. Sudlarning ish yuki, sud ishlarining uzoq
davomiyligi, tomonlarning sud jarayonini kechiktirishning turli usullaridan
foydalanish imkoniyati, qimmatligi ziddiyatlarni hal qilishning yangi, tejamkor,
samarali va oddiy usullarini izlashga undaydi. Butun dunyoda bunday usullarga
nizolarni hal qilishning muqobil usullari (ADR) sifatida qaraladi. Hozirda nizolarni
muqobil hal etishning usullaridan bo‘lgan va chet davlatlarda samarali ishlatilayotgan
yarashtiruv taomillari – mediatsiya, hakamlik muhokamasi orqali hal etishlari mumkin.
Nizolarni muqobil hal etish deganda davlatning odil sudlov tizimidan tashqarida
nizolarni hal etishning uslub va usullari tushiniladi.

Intellektual mulk sohasidagi ko‘plab nizolar uchun muqobil usullarni qo‘llash

qulay hisoblanishi mumkin. Chunki tomonlarning manfaatlari sudda g‘olib deb e’lon
qilishdan ko‘ra ikkala tomon uchun maqbul natija bo‘lgani foydalidir. Tomonlarning
nizolarni muqobil usulda hal etish protsessini afzal ko‘rishlarining asosiy sabablaridan
biri shundaki, bahsli sud jarayonlaridan farqli o‘laroq, nizolarni muqobil usulda hal
etish protseduralari ko‘pincha birgalikda bo‘lib, tomonlarning bir-birlarining
pozitsiyalarini tushunishiga imkon beradi. Nizolarni muqobil usulda hal etish,
shuningdek, tomonlarga sud tomonidan qonuniy ravishda yo‘l qo‘yilmasligi mumkin
bo‘lgan yanada samarali yechimlarni taklif qilishga imkon beradi. Tomonlar sud
jarayonidan oldin iloji boricha ko‘proq masalalarni hal qilish g‘oyasi bilan muqobil
usulning bir yoki bir nechta shakllaridan foydalanishni tanlashlari mumkin.

1

http://www.ima.uz/uz/information/info/news/1886/


background image

168

Intellektual mulk huquqi nizolarini hal etishda muqobil usullardan

foydalanishning afzalliklarini quyida batafsil ko‘rib o‘tamiz:

Maxfiylik; Ko‘pgina o‘zaro litsenziyalangan tovarlarga ega bo‘lgan

kompaniyalar litsenziyalar qiymatini himoya qilish uchun ADR jarayonlarini sir
saqlashni istashlari mumkin. Agar nizo tijorat siriga taalluqli bo‘lsa, maxfiy
ma’lumotlar shu tarzda qolishini ta’minlash uchun maxsus choralar ko‘rilishi mumkin.
Mediatsiya qilingan kelishuv shartlari va hakamlik qarorlari sir saqlanishi mumkin,
neytral (lar) maxfiylik to‘g‘risidagi bitimlar bilan bog‘langan.

Vaqtning tejalishi; Intellektual mulk bo‘yicha sud jarayonlari uzoq yilgacha

davom etishi mumkin bo‘lsa, ADR mexanizmlari o‘z vaqtida tugatilishi uchun
yaratilgan. Bir yildan ortiq davom etadigan intellektual mulk to‘g‘risidagi mojaro
kamdan-kam uchraydi. ADRning ko‘plab shakllarida tomonlar va neytral (lar)
muddatlarni kelishishlari mumkin. Bundan tashqari, nizoga sarf qilingan soatlarning
soni kamayganligi sababli, advokatlarning to‘lovlari odatda mutanosib ravishda
kamayadi.

Xarajatlarning kamligi; Bir necha million dollarlik intellektual mulk bo‘yicha

sud jarayonlarida ishtirok etadigan ko‘plab yirik korporatsiyalar uchun xarajatlar
odatda kichik va o‘rta kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun birinchi o‘ringa ega.
Tomonlar jarayonni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun tuzishi mumkinligi sababli, ular
uchun jarayon xarajatlarini, shuningdek, natija narxini nazorat qilish ham osonroq.

Intellektual mulk huquqida nizolarini muqobil ravishda hal qilish usullari turli

xildir. Ular rivojlanmoqda, shu jumladan, vositalar toifasidagi tobora ko‘proq yangi
mexanizmlar, bu orqali majburiyatlarini bajarmaslik yoki adolatsiz bajarish bilan
bog‘liq har qanday nizoni sudga murojaat qilmasdan hal qilish mumkin. Xorijiy
davlatlarda bu borada o‘ttizdan ortiq usuldan foydalaniladi. Asosiy muqobil usullar
sifatida mediatsiya, muzokara va hakamlikni keltirib o‘tishimiz mumkin. Shu bilan
birga, mediatsiya va hakamlik sudlarining birlashgan protsessual modellari ishlab
chiqilgan. Bu gibrid usul Med-arb deb ataladi. Quyida biz ushbu usullarni batafsil
ko‘rib o‘tamiz.

Nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri – mediatsiya hisoblanadi.

Mediatsiya — bu bir-birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga
erishish maqsadida xolis shaxs — mediator (vositachi) ishtirokida taraflarning erkin
muzokaraga kirish yo‘li bilan nizoni muqobil hal qilish usulidir.

Mediatsiya nazariy jihatdan nizolarni hal qilishning arzon va tezkor shakli

hamda sud jarayoniga norasmiy alternativ hisoblanadi. Mediatsiya nizolarni hal
qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan oʻzining bir
qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Jumladan,

nizolarni hal qilishning muqobil


background image

169

protsedurasi sifatida, mojaro ishtirokchilariga nizolarni hal qilish variantlarini mustaqil
ravishda belgilash huquqini berish kabi afzalliklarga ega. Shu bilan birga, nizo
tomonlari moliyaviy mezonlari, raqobatbardoshligi, bozor narxlari va ishbilarmonlik
obro‘sini hisobga olgan holda ularning tijorat ehtiyojlaridab kelib chiqib manfaatli
echim to‘g‘risida kelisha olishlari mumkin. Mediator va sudyalar o‘rtasidagi farq
tomonlarning da'volarini va ularning huquqlarini belgilovchi omillarni tahlil qilish
uchun qo‘llanilishi kerak bo‘lgan muayyan standartlar yoki qoidalarning
yo‘qligidadir.

1

Nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan yana biri – hakamlik sudi

hisoblanadi

.

Hakamlik sudi (Arbitraj) - bu nizolarni hal qilishning muqobil usuli bo‘lib,

unda tomonlar o‘rtasidagi nizolarni davlat sud organlari tomonidan emas, balki taraflar
tomonidan tayinlangan hakamlar tomonidan hal qilinadi.

Hakamlik sudi asosan shartnomaviy munosabatlar va shartnomadan kelib

chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqadi.
Tomonlar erkin muhokama qila olmaydigan masalada murosaga kelish mumkin emas.
Masalan, ajralish to‘g‘risidagi ish hakamlik sudi tomonidan hal qilinmaydi.

Hakamning qobiliyati va adolatliligi har qanday arbitrajda hal qiluvchi element
bo‘lganligi sababli, tanlov jarayoni hakamlik sudining muhim jihati hisoblanadi.

Hakamlik sudlari doimiy va muvaqqat faoliyat yurituvchi hamda

ixtiyoriy yoki

majburiy bo‘lishi mumkin

.

Med-Arb.

ADRga yagona yondashuv - bu vositachilik va hakamlik

aralashmasidan foydalanish. Masalan, tomonlar avval kelishmovchilikda vositachilik
qilishga urinish uchun oldindan kelishib olishlari mumkin, so‘ngra vositachilik amalga
oshmasa, hal qilinmagan masalalarni hakamlik sudiga yuborishi mumkin. Tomonlar
vositachilik va hakamlik sudyalari uchun bir xil neytraldan foydalanishi yoki ikkinchi
jarayon uchun yangi neytralni tanlashi mumkin.

Intellektual mulkni himoya qilish bilan bog‘liq nizolar O‘zbekiston huquqiy

sharoitida ham asta-sekin o‘sib bormoqda. Intellektual mulk egalari o‘z huquqlari
buzilganligi uchun sudlarga murojaat qilishmoqda. O‘zbekistonda intellektual mulk
huquqini rivojlantirish yo‘lida katta ishlar amalga oshirilmoqda, ammo, nizolarni
muqobil hal etish choralari qo‘llanilishi keng joriy etilmagan. Intellektual mulk
huquqlarining buzilishi nizolarni hal qilishning muqobil choralarini qo‘llash orqali
juda yaxshi hal qilinishi mumkin. Shuning uchun intellektual mulk huquqidagi
nizolarni hal qilishning muqobil usullariga ehtiyoj ortib bormoqda. Sud tartibida hal
qilish bilan birga nizolarni muqobil hal qilish choralari intellektual mulk obyektlarini
himoya qilishni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlanayotgan

1

http://www.iccwbo.ru/blog/2016/alternativnoe-razreshenie-sporov/


background image

170

mamlakatlarda ko‘proq intellektual mulk bozorga kirmoqda va intellektual mulk
aloqalari odatiy holga aylanib bormoqda hamda nizolar ham ko‘paygan. Xorijiy
davlatlar intellektual mulkda nizolarni hal qilishning suddan tashqari turli usullariga
murojaat qilishmoqda. Vaholanki, muqobil usul tomonlar uchun samaralidir.
Intellektual mulk huquqining egalari doim zudlik bilan va tezkor odil sudlovni amalga
oshirish mexanizmlarini xohlashadi. Ishlarni ko‘rib chiqishni asossiz ravishda
kechiktirish va qimmatga tushadigan sud jarayonlari intellektual mulkni muhofaza
qilishni rivojlanishiga yordam bermaydi. Intellektual mulk uchun nizolarni hal
qilishning muqobil choralari davr talabiga ham aylangan. Shuni ta'kidlash kerakki,
xorij tajribasida barcha iqtisodiy masalalar yuzasidan nizolarni muqobil ravishda hal
qilish yo‘li allaqachon joriy etilgan. Hozirgi kunda intellektual mulk bilan bog‘liq
shartnomalar asosan hakamlik va mediatsiya shartini o‘z ichiga oladi.

Mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish,

fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning
muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil
ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ushbu sohada islohotlarning hozirgi
bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yagona tizimini
yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda
tadbirkorlarning ishonchiga sazovor bo‘ladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil
institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.

1

So‘nggi paytlarda suddan

tashqari nizolarni hal qilishning muqobil usullari asta-sekin kuchayib bormoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 17-iyun kuni
qabul qilingan “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4754-son qarori ham shu
maqsadda qabul qilingan desa mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda Yurtimizda, asosan,

mediatsiya, hakamlik sudlari va apellatsiya

kengashi

sudgacha nizolarni hal qilish vositasi bo‘lib bormoqda.

Bizning huquqiy tizimimizda mediatsiya instituti Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun

qabul qilinishi bilan tartibga solinadi. Mazkur qonun 2018-yil 3-iyulda qabul qilindi.
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi nizolarni tartibga solishning muqobil
usullarini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish, sud tizimiga
tushadigan ish hajmini kamaytirishdan iborat.

Hakamlik sudi - nizolarini hal etuvchi nodavlat organi. Hakamlik sudi nizolarni

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi.

Oʻzbekiston

Respublikasining

“Hakamlik

sudlari

toʻgʻrisida”gi

Qonuni

2006-yil

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-son “Nizolarni muqobil hal etishning

mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori


background image

171

16-oktyabrda qabul qilinib, 2007-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. “Hakamlik sudlari
toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinishi bilan mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining
yangi bosqichi boshlandi. Shu bilan birga intellektual mulkda vujudga kelgan nizolar
ham hakamlikda ko`rilmoqda. O

zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari

toʻgʻrisida”gi Qonunining asosiy maqsadi respublikamizda hakamlik sudlarini tashkil
etish va faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Apellyatsiya kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-son qaroriga muvofiq
tashkil etilgan. Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom Vazirlar
Mahkamasining 2019-yildagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan.

Bugungi kunda Agentlik tomonidan olib borilayotgan aholining intellektual

mulk huquqi sohasidagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha
targ‘ibot va tashviqot ishlari anchagina samara bermoqda va natijasi o‘laroq
intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha Apellatsiya kengashiga
murojaatlar ko‘paymoqda. Jumladan, Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi yangi
tarkibda intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko‘rib chiquvchi sudgacha organ
sifatida 2020-yil davomida 47 ta apellyatsiya shikoyati qabul qilingan bo‘lib, shundan
34 ta apellyatsiya ishi ko‘rib chiqilgan. Ushbu shikoyatlar ko‘rib chiqish natijalariga
ko‘ra, 14 tasi bo‘yicha rad etish to‘g‘risida, 20 tasi bo‘yicha qanoatlantirish haqida
qarorlar qabul qilingan. Xususan, 2020-yilning noyabr oyida o'tkazilgan navbatdagi
apellyatsiya yig'ilishlarida 9 ta tovar belgisiga va 1 ta sanoat namunasiga oid ish ko‘rib
chiqilib, 3 ta apellyatsiya bo‘yicha murojaat etuvchilarning foydasiga qaror chiqarildi
hamda 7 ta apellyatsiya talablarini qanoatlantirish rad etildi. Bugungi kunga kelib sud
instantsiyalari tomonidan 69 ta Apellyatsiya kengashi qarorlaridan 2 tasi bekor
qilingan. Bu esa, o‘z navbatida, qarorlar har tomonlama obyektiv va qonuniy
ekanligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich, 2021-yil mart oyiga qadar 23 tani tashkil
etadi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek nizolarni sud protsessisiz hal qilishning har

qanday usuli muqobil usul (ADR) sifatida qaraladi. Bugungi kunda yurtimizda
intellektual mulk huquqiga e‘tibor kuchaymoqda va yetarlicha qonun hujjatlari ham
qabul qilinib kelinmoqda. Intellektual mulk huquqi muhofazasini ta‘minlash bugungi
kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun dolzarb va yechimi kutayotgan muhim
ahamiyatga ega masalalardan biridir. Sud tizimidan farqli o‘laroq ADR har ikkala
tomon uchun maqbul bo‘lgan ijodiy yechim topishga qaratilgan Intelletual mulk
nizolarni hal qilishning samarali usuli hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo tajribasi va
taraflar uchun qulayliklarni inobatga olgan holda fuqarolarimizga nizolarni muqobil


background image

172

vositalar yordamida hal etish mumkinligi tushuntirishimiz zarur. Mamlakatimizda
sudlar nizolarni hal etishning yagona chorasi bo‘lib qolmasligini ta‘minlash muhimdir.
Fuqarolar, qachonki, umuman murosaga kela olmasalar murojaat qiladigan joy sud
bo‘lishi kerak. Albatta bu oson ish emas va ancha muammolar ham mavjud. Biz ushbu
muammolarni yengib, rangbarang huquq tizimiga ega davlatga aylanishimiz va ADRni
keng joriy etishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Hakamlik muhokamasi / O‘quv qo‘llanma. Mualliflar jamoasi. –

Toshkent: TDYuU, 2016. - 131 bet.

2.

Update on the WIPO Arbitration and Mediation Center’s Experience in

the Resolution of Intellectual Property Disputes, WIPO Center, Les Nouvelles, Journal
of the Licensing Executives Society International, March 2019, p. 49.

3.

Update on the WIPO Arbitration and Mediation Center’s Experience in

the Resolution of Intellectual Property Disputes, WIPO Center, Les Nouvelles, Journal
of the Licensing Executives Society International, March 2019, p. 49.

4.

ЎЗБЕКИСТОН ҚОНУНЧИЛИГИ ТАҲЛИЛИ ♦ UZBEK LAW

REVIEW ♦ ОБЗОР ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА УЗБЕКИСТАНА// 2019, №3 107 бет

5.

“Юрист ахборотномаси. Вестник юриста. Lawyer herald” илмий-

амалий журнали. 87 бет.

6.

Интеллектуал мулк ҳуқуқининг долзарб муаммолари / хорижий

экспертлар иштирокида (видеоконференция шаклида) Республика илмий-
амалий конференция материаллари тўплами. – Т.: ТДЮУ, 2020. – 336 бет

Библиографические ссылки

Hakamlik muhokamasi / O‘quv qo‘llanma. Mualliflar jamoasi. -Toshkent: TDYuU, 2016. - 131 bet.

Update on the WIPO Arbitration and Mediation Center’s Experience in the Resolution of Intellectual Property Disputes, WIPO Center, Les Nouvellcs, Journal of the Licensing Executives Society International, March 2019, p. 49.

Update on the WIPO Arbitration and Mediation Center’s Experience in the Resolution of Intellectual Property Disputes, WIPO Center, Les Nouvellcs, Journal of the Licensing Executives Society International, March 2019, p. 49.

УЗБЕКИСТОН КОНУНЧИЛИГИ ТАХДИЛИ ♦ UZBEK LAW REVIEW ♦ ОБЗОР ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА УЗБЕКИСТАНА// 2019, №3 107 бет

“Юрист ахборотномаси. Вестник юриста. Lawyer herald” илмий-амалий журнали. 87 бет.

Интеллектуал мулк хукукининг долзарб муаммолари / хорижий экспертлар иштирокида (видеоконференция шаклида) Республика илмий-амалий конференция матсриаллари туплами. - Т.: ТДЮУ, 2020. - 336 бет

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов