Свобода слова и право на получение СМИ

CC BY f
200-204
6
18
Поделиться
Пиримова, Ш. (2022). Свобода слова и право на получение СМИ. Укрепление правовой базы кооперативов как факторсоциально-экономического развития, 1(1), 200–204. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/framework_of_cooperatives/article/view/13786
Шохиста Пиримова, Ташкентский государственный юридический университет

Магистр

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье свобода слова СМИ и обсуждалось право на получение информации, тема была тщательно изучена и раскрыта на примерах доказательств


background image

200

Pirimova Shoxista

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING SO‘Z ERKINLIGI VA

AXBOROT OLISH HUQUQLARI

------------------------------------------------------

Pirimova Shoksista

Master of Tashkent State University of Law

FREEDOM OF SPEECH AND THE RIGHT TO RECEIVE THE MEDIA

------------------------------------------------------

Пиримова Шоксиста

Магистр Ташкентского государственного юридического университета

СВОБОДА СЛОВА И ПРАВО НА ПОЛУЧЕНИЕ СМИ

------------------------------------------------------

Ommaviy axborot vositalarining so‘z erkinligi va

axborot olish huquqlari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarining so‘z erkinligi va

axborot olish huquqlari haqida fikr yuritilgan bo‘lib, mavzu atroflicha o‘rganilgan va
dalillar misolida ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Senzura, modda, ijtimoiy taraqqiyot, normotiv huquqiy hujjat,

demokratik muhit, axborot.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XV bobi, ommaviy axborot

vositalariga bag‘ishlangan. Bu bobda faqatgina bitta modda tushunchasida, bir-butun
hokimiyatning to‘rtinchi tarmog‘i sifatida o‘rin olishga intilayotgan, sohaning huquqiy
maqomiga, qisqa, aniq barcha talablarga to‘liq javob beradigan qoida
mustahkamlangan: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq
ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Mazkur me’yorning Asosiy Qonun darajasida mustahkamlanganligi,

birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, radio-televideniya
orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash huquqini kafolatlansa, ikkinchidan,
ommaviy axborot vositalariga berilgan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. Ushbu


background image

201

konstitutsiyaviy normada uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining
erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda senzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik
o‘z ifodasini topgan. Ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun mas’uliyat yuklanib,
yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy
axborot vositalari tomonidan hissiyotga berilish oqibatida nojo‘ya axborot
tarqatilishining oldini olish, ularga chek qo‘yishdir.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga

ko‘mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish
borasida muayyan ishlar qilindi. Shu sababdan, bu muammo O‘zbekiston
Respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o‘z ifodasini topgan.

Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniya

kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol
topishiga keng ko‘lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari
erkinligini ta’minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ularning faoliyat

ko‘rsatishi sharoitlarini ta’minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste’mol qilinishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Birinchi navbatda, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar
yuqorida aytib o‘tganimizdek, berilayotgan axborotning to‘g‘riligi uchun
javobgardirlar. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy
tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va
zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini
yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab
bo‘ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ‘ib qilishga ruxsat berilmaydi.
Uchinchidan, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy
hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. Ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy
davlatda so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash
ifoda etilishiga yo‘l qo‘yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo‘lishidan
dalolat beradi. Demokratik huquqiy davlatning mavjud bo‘lishi, qo‘lga kiritilayotgan
muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham asrab-ardoqlash uchun so‘z erkinligi
huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. Bu hol yuqorida ko‘rib
chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.

Yurtimizda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga, jurnalistlar

faoliyatini har tomonlama rag’batlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda
1997-yilda Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash
fondi tashkil etilgandi. Jurnalistlar huquqlariga doir qonunlar qatorida O‘zbekiston


background image

202

Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy

javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni keltirish
mumkin.

Ularda qonun va huquq nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositalaridan

qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liq jinoiy harakatlar va huquqbuzarliklar
uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero, “Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini
himoya

qilish

to‘g‘risida”gi

Yevropa

konvensiyasining

10-moddasida aytilganidek “so‘z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatda milliy
xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo‘lida, tartibsizliklarning oldini olish,
axloqni himoya qilish, boshqa shaxslarning obro‘-e’tibori va huquqlarini himoya qilish
yoxud odil sudlovni ta’minlash maqsadlarida majburiyat va javobgarlik yuklash
imkoniyatini keltirib chiqaradi.” Chop etilgan axborotning xolisligi va ishonchliligi
prinsipi buzilgan taqdirda, uni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.

Ommaviy axborot vositalari “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun bilan

taqiqlangan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan davlat sirlari
hisoblangan obyektlar ro‘yxatidan tashqari masalalar xususida erkin tarzda xabarlar
e’lon qilishi mumkin. Qonunga binoan, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus
ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va o‘zga xil ma’lumotlar O‘zbekiston
Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-modda).

Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika

hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish, davlat sirini oshkor etish,
jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa hatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunda yana bir muhim jihat borki, u ham bo‘lsa, jurnalist yoki ommaviy

axborot vositasi prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki
tergov materiallarini e’lon qilishi, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib
yoki sudning hal qiluv qarori yoxud hukmi konuniy kuchga kirmay turib, uning
natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o‘zgacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishi taqiqlanadi.

Mazkur taqiq fuqarolarning aybsizlik prezumsiyasi prinsipi buzilmasligi uchun

belgilangandir. Zero, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan (gumon kilinayotgan)
hech bir shaxsning ishi sudda ko‘rilib, uning aybi isbotlanmagunicha u aybdor
hisoblanmaydi. Shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha jurnalistlar va
ommaviy axborot vositalari ish bo‘yicha oldindan xulosa chiqarishlari, shaxsning xatti-
harakatlariga baho berishlari joiz emas. Aks holda, shaxsning sha’ni va obro‘si asossiz
zavol topib qolishi mumkin.


background image

203

Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzishda aybdor deb

topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Muharrir yoki jurnalist
ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan materiallarni
tarqatganligi uchun, agar ma’lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo‘lsa; axborot
agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo‘lsa yoxud
muallifning oldindan yozib olinmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga berilayotgan nutqlarida
aytilgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi.

Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari “to‘rtinchi hokimiyat”, deb

ta’riflanadi. Bu “hokimiyat”ni ro‘yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati,
umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o‘ynaydi. Jurnalistlik faoliyatining davlat
darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi
“to‘rtinchi hokimiyat” uchun mustahkam zamindir.

Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning

mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik
qilganlik, uning so‘rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq
o‘tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.
Jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish
mumkin emas. Jurnalist sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog‘lig‘i
va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning

axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo‘yilgan. 1997-yil
24-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va
erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog‘liq
masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Ushbu qonun
har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda
tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga
keladigan munosbatlarni tartibga soladi.

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat

birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga
o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan,
shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini
va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. Davlat


background image

204

organlarining,

fuqarolarning

o‘zini-o‘zi

boshqarish

organlarining,

jamoat

birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning
fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki
harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasining Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari

to‘g‘risidagi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar
to‘plami. –T.: Adolat, 2008. 7.

2.O‘zbekiston Respublikasining Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi

(yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar
to‘plami. –T.: Adolat, 2008.

3. To‘lqin Eshbekov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2019.























Библиографические ссылки

0‘zbckiston Rcspublikasining Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. -T.: Adolat, 2008. 7.

O‘zbckiston Rcspublikasining Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi (yangi tahriri) qonuni. /Axborot va axborotlashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami. -T.: Adolat, 2008.

To‘lqin Eshbckov. Axborot xizmatlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkcnt-2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов