Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan she'rlardagi bo'g'inlar berilishi va ular orasidagi farqli jihatlari

CC BY f
38-41
0
0
Поделиться
Дилмуродова, М., & Шербоев, Н. (2024). Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan she’rlardagi bo’g’inlar berilishi va ular orasidagi farqli jihatlari . Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода, 1(1), 38–41. https://doi.org/10.5281/zenodo.7481982
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada biz ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinadigan she'riyat va lining turlijihatlariga e'tibor qaratamiz va taqqoslab ko'ramiz. Shuningdek и laming mohiyati, farqli jihatlari, she'riy tarjimada so'zlarning qo'llanilishi bilan bo'g'liq bo'lgan tahlillarni ko'rib chiqamiz.


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

38

INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILINGAN

SHE'RLARDAGI BO'G'INLAR BERILISHI VA ULAR ORASIDAGI

FARQLI JIHATLARI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7481982

Dilmurodova Malika

Sherboyev Nosir

O'zbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biz ingliz tilidan o'zbek tiliga, o'zbek tilidan

ingliz tiliga tarjima qilinadigan she'riyat va uning turli jihatlariga e'tibor qaratamiz

va taqqoslab ko'ramiz. Shuningdek ularning mohiyati, farqli jihatlari, she'riy

tarjimada so'zlarning qo'llanilishi bilan bo'g'liq bo'lgan tahlillarni ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlari:

she'r bo'g'inlarining soni, she'rdagi asliyat, bo'g'inlarning

turlari, badiiy mahorat, tillarning tahlili, bayt, turoq, rukn, aruz

Tarjima ijodiy jarayon bo'lib, boshqa tilda asarni qayta yaratish san'atidir.

She'riyat ma'lum bir ritmga asoslanadi va unda qo'llanadigan turli xil san'at she'riy

musiqani amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Shuningdek har bir she'r o'zing

xususiyatiga va yozilishiga, bo'g'inlar soniga, ritmiga va ohangiga ega bo’ladi.

She'rni tarjima qilish davomida undagi to'liq ma’lumotlar va obrazlarni saqlab qolish

imkoni yo'q, shunindek tarjimashunos olimlarning fikriga ko'ra, she'rdagi mazmun-

mohiyat va hamohangliklari saqlanishini ta’kidlashadi [1].

Xorijiy tillardan, ya’ni ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishga talab XX

asrning 90-yillaridan O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng katta e'tibor

qaratildi. Ingliz tilidagi ana'naviy she'rlarini o'zbek tiliga tarjima qilishdan avval,

ingliz va o'zbek tillari o'rtasidagi farqlarni yaxshi bilib olish kerak. Qiyosiy tipologik

jihatdan bu ikki tilni tahlil qilsak, german tillari oilasiga mansub ingliz tili hamda

o'rol-oltoy guruhiga tegishli turkiy tillar oilasiga kiradigan o'zbek


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

39

tilining she'riyatdagi o'xshashliklari va farqli tomonlariga alohida e'tibor qilish kerak.

Ingliz tilidan, o'zbek tiliga she’riy asarlarning tarjima qilinish jarayonida

bo’g’inlardagi o’zgarishlar:

Masalan, Shotland shoiri Byornsning ichki kechinmasi, ruhiy holati va qalb

iztiroblarini o'zbek tarjimoni Begoyim Xolbekova ona tilimizga poetik mahorat bilan

qayta yaratdi. Biz ushbu she'rni bo'g'inlar soni jihatdan tahlil qilamiz:

Yuqoridagi she'rda asliyat va tarjima orasidagi farqlari, shuningdek she'riy

asarlarni tarjima qilish eng murakkab jarayonlardan biri sanaladi. Tarjimonning
ingliz tilida qilgan ijodida bo’g’inlar soni har bir qatorda turlicha aks etgan.

Odilova G. ning badiiy tarjima asoslari nomli qo'llanmasida: ,,

Ingliz she'rlarini

o'zbek tiliga o'rganish bo'yicha tavsiyalar to'liq ishlab chiqilmagan”deya

aytib

o'tadi. O'zbek adabiyotida badiiy tarjimachilikka o’z hissani qo’shgan

Abdulla

Qodiriy, Cho'lpon, Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Oybek,

Zulfiya, Mirtemir

kabi shoirlar va ulug’ olimlarning ijodlari yaqqol misol bo’la

oladi[2].

O'zbek tili she'riyatida bayt, turoq, rukn, aruz, misra, qofiya va bo'g'in kabi

atamalar keng qo'llanadi. Aruz fonetikasi hijolar, bo'g'inlarning tuzilishi va turlari,

bahrning tashkil topishi, ruknlarning xilma- xilligi va turlari o'zbek aruziga xos.

Cho'lponning

„Go'zal”

she'rining Obid Azam tomonidan tarjimasi va undagi

bo'g'inlar orasidagi farqli jihatlarni ko'rib chiqamiz:

Asliyat

:

Louis, what reck I by three, (5+3)

Or George on his ocean. (5+4)

Dyvor, beggar louns to me (1+6)

I reign in Jeanie'e bosom! (5+6)

(5+3)

Let her crown my love her law, (4+3)

And in her breast enthrone me; (5+4)

Kings and nationas swith awa (5+4)

Rrif randies, I disown ye! (4+4)

Tarjimada berilishi

:

Dengiz qiroli Jorj Lui, (6+2)

Kim bo'libdilar oldimda! (4+4)

Jiynday aziz yorning o'yi, (4+4)

Yashab turganda qalbimda

Yor ko'nglining qiroliman, (4+4)

Baxtim bo'ylaydi ko'k qadar (5+3)

Mening oldimda qirollar, (5+3)

Qirolmas, yo'q bir darbadar! (4+4)


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

40

Asliyat:

Qorong'u kechada ko'kka ko'z tikib, (6+5)

Engyorug'yulduzdan seni so'rayman. (6+5)

Ul yulduz uyalib boshini egib (6+5)

Ayta-dur men uni tushda ko'raman (6+5)

Oydanda go'zaldir, kundanda go'zal (6+5)

Endi tarjimada berilishiga e'tibor qaratamiz:

I look at sky at night in darks, (5+3)

And ask you from the brightest star. (5+4)

That star inclining heads remarks: (5+4)

I always dream of her afar. (5+4)

In my dream she pretty thus (3+3)

Finer than the Moon and us! ’ ’ (3+5)

Ushbu she'rning bo'g'inlari soni asliyat va tarjimadan bir-biridan ikkita bo'g'in

kamligi bilan farqlanadi. Bugungi kunda o'ziga xos o'rin va mavqega ega bo'lgan aruz

vazniga ham misol keltirib o'tsak:

Masalan, Rahimjon Karimov o'z tadqiqotlarida Boburning mashhur g'azalining

matlasini quyidagicha tahlil qiladi.

Asliyat:

Charxning men ko'rmagan jabru-jafosi qoldimu? (6+8)

Hasta ko'nglim chekmagan dardu balosi qoldimu? (7+7)

Tarjimada berilishi:

There is no violence injury of fortune that I have not experienced; (15+9)

This broken heart has endured them all. Alas! (11+2)

Is there one left that, I have not encountered? (7+8)

Bu tarjimada tarjimon mazmunni saqlab qolishga harakat qilgan va ba'zi

kamchiliklarga ham yo'l qo'ygan. Masalan, bo'g'inlar soni jihatdan asliyat va

tarjimada tubdan farq qiladi, qatorlar soni ham ancha o'zgargan. Tarjima mazmunni

saqlashga harakat qilgan ammo she'riy tizim qoidalarini biroz unutgan. Yevropa va


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

41

turkey tillar she'riy tuzilishini qiyosiy o'rganish, ular o'rtasidagi she'riy atamalar,

she'riy tizimlarda katta farq borligini ko'rsatadi. Bu degani ingliz tilidan o'zbek tiliga

yoki o'zbek tilidan ingliz tiliga she'rlar tarjima qilinmayapti degan xulosadan yiroq

bo'lishimiz kerakligini anglatadi[3].

Xulosa qilib shuni ta'kidlashimiz joizki, har bir shoir va yozuvchi she'riy

asarlarni tarjima qilish mobaynida turli xil ichki kechinmalari, ruhiy holati, qalb

iztiroblarini boshidan o'tkazadi va o'z holatidan kelib chiqib yozadi. Shunda she'rning

haqiqiy mazmunidan uzoqlashadi, tarjima ham she'rda aks etgan haqiqiy kechinmalar

bilan emas balki turli xil holatlarda aks etishi mumkin.Agarda har bir shoir va

yozuvchilar she'rning asliyatidan yiroqlashsa, bu she'riy asarning ma'no mazmunini

yo'qotilishiga va e'tibordan chetda qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham

she'rning mazmunini yoritib berish ya'ni shoir nima demoqchiligini tushunib yetish,

yozuvchilarimiz uchun qiyin vazifadir. Vatanimiz mustaqilligi sharofati bilan ijod

ahliga, jumladan tarjimonlarga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor tufayli, yurtimizda

xorijiy tillardan bevosita ona tilimizga va ona tilimizdan bevosita xorijiy tillarga

tarjima qila oladigan iste'dod egalari bo'y ko'rsata boshladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

G'ofurov I. Tarjima nazariyasi.-Toshkent 2012.19b

2.

Abdulhamid Cho'lpon ”Go'zal’’. - Toshkent 1922.58b

3.

Salomov G. Tarjima nazariyasi asoslari.-Toshkent 1983.170b

4.

Azam O. tunes of Azia.-Toshkent 2004.21b,3b

5.

Navoiy A. G'aroyib us-sig'ar. MAT.20 tomlik.-Toshkent 1988.586b

6.

Kattabayevna, Kattabayeva Dilrabo. "Intercultural Discourse: Concept, Content

and Study Strategies." EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN

NONFORMAL EDUCATION 2.3 (2022): 81-84.

Библиографические ссылки

G'ofurov I. Tarjima nazariyasi.-Toshkent 2012.19b

Abdulhamid Cho'lpon ”Go'zal”. - Toshkcnt 1922.58b

Salomov G. Tarjima nazariyasi asoslari.-Toshkent 1983.170b

Azam O. tunes of Azia.-Toshkent 2004.21 b,3b

Navoiy A. G'aroyib us-sig'ar. MAT.20 tomlik.-Toshkent 1988.586b

Kattabaycvna, Kattabaycva Dilrabo. "Intcrcultural Discourse: Concept, Content and Study Strategies." EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORM AL EDUCATION 2.3 (2022): 81-84.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов