O’zbek hamda ingliz tillaridagi fonetik o’xshashliklar va farqlanishlar hamda ularning tarjimaga ta’siri

CC BY f
8-11
0
0
Поделиться
Искандарова, Д., & Шербоев, Н. (2024). O’zbek hamda ingliz tillaridagi fonetik o’xshashliklar va farqlanishlar hamda ularning tarjimaga ta’siri . Гейбулла Саломов и узбекская школа перевода, 1(1), 8–11. https://doi.org/10.5281/zenodo.7481925
Дурдона Искандарова, Национальный университет Узбекистана
студент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola orqali dunyodagi muloqot tillari orasida yetakchi о ’rinlarda turuvchi jahon tillarining,, Qiroli ” deyayuritiladigan ingliz till hamda ona tilimizning grammatikasdagi fonetik hodisalari, ulaming о ,xshash va farqli jihatlari hamda ulaming tarjimadagi xususiyatlari haqida ma ’lumot beriladi.


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

8

O’ZBEK HAMDA INGLIZ TILLARIDAGI FONETIK

O’XSHASHLIKLAR VA FARQLANISHLAR HAMDA ULARNING

TARJIMAGA TA’SIRI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7481925

Iskandarova Durdona

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi

Sherboyev Nosir Anorboy o’g’li

Annotatsiya:

Ushbu maqola orqali dunyodagi muloqot tillari orasida yetakchi

o’rinlarda turuvchi jahon tillarining ,,Qiroli” deya yuritiladigan ingliz tili hamda ona

tilimizning grammatikasdagi fonetik hodisalari, ularning o’xshash va farqli jihatlari

hamda ularning tarjimadagi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

fonetika, intonatsiya, transkriptsiya, urg’u, sintaktik, ekspressiv

va hissiy-ta’siriy ma’nolar, allomorfik, izomorfik, affiks.

Ingliz tili va uning fonetikasidagi ayrim hodisalar hamda o’zbek tili fonetikasi

bilan o’zaro o’xshashligi yoki aksincha nomuvofiqliklari tilshunoslikni o’rganayotgan

har qanday talaba uchun qiziq bo’lishi tabiiy.

Fonetika

(grekcha ”fone’’ - tovush

so’zidan olingan) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, tildagi tovushlarni o’rganuvchi

sohadir[1]. Fonetika biror tildagi nutq tovushlarini, unli va undoshlarni, ularning

paydo bo’lishi, rivojlanish qonuniyatlari, umuman, inson tovushlarini o’rganadi.

Fonetika nutq apparati, bo’g’in va ularning tuzilishini tekshiradi, shuningdek, adabiy

talaffuz normalarini, tovushlar o’zgarishini, urg’u, intonatsiya va uning turlarini

o’rganadi. Ushbu ikki tilning fonetik o’xshashligiga e’tibor bersak, hayolimizga

birinchi navbatda har ikkalasining alifbosi keladi. Ingliz tili va o’zbek tilining harflar

tizimi lotin alifbosiga asoslangan. Garchi harflar lotin alifbosida bo’lsa-da, ularning

talaffuzi va tovushlar sonida nomutanosibliklar bor. Ya’ni o’zbek tilida 29 ta harf 30

ta tovush, ingliz tilida esa 26 ta harf va 44 ta tovush mavjud. O’zbek tilidan farqli


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

9

o’laroq, ingliz tilidagi tovushlar soni harflar sonidan ancha ko’p ekaniga guvoh

bo’lishimiz mumkin. Shu orada ,,Nima uchun ingliz tilida tovushlar soni harflar

sonidan ko’proq?’’ - degan savol yuzaga keladi. Chunki ingliz alifbosidagi ayrim

harflar, jumladan c, g, x, s lar bitta harf bo’lib yozilsa ham, ishlatilayotganda yonida

unli va undosh harflarning kelishiga qarab turlicha talaffuz qilinish xususiyatiga ega.

Misol uchun “cat’’, ’’countable’’ va „content’’ so’zlarida c harfi k tarzida talaffuz

qilinadi, ammo ,,celbrate’’, „centre’’ so’zlarida esa s deb o’qilaveradi. Yoki

„examine’’, „example’’ so’zlarida x harfi gz shaklida, „except’’, „export’’ so’zlarida

ks deb aytiladi. Harflarning turlicha talaffuz qilinishi ko’p hollarda so’zlovchini

adashib ketishiga va nutq jarayonida qo’pol xatolar qilishiga olib keladi. Shuning

uchun ham ingliz tilini o’rganayotganda, professional bo’lgan o’qituvchilar noldan

boshlagan o’quvchilariga so’zlarni qanday talaffuz qilinishi kerakligini transkriptsiya

orqali tushuntirib ketadi. Fanda bu so’z quyidagicha izohlanadi:

transkriptsiya

muayyan tildagi nutq tovushlari, so’z shakli qanday talaffuz qilinishi, o’qilishi

kerakligini ko’rsatuvchi maxsus belgilar tizimidir. Soddaroq qilib aytganda, mashhur

rus filmidagi Galkin kabi harflarni xunuk talaffuz qilib, bu xatoni issiq kartoshkani

yeb to’g’irlagandan ko’ra, transkriptsiya yordamida ijobiy natijaga erishish maqsadga

muvofiq bo’ladi[2].

Fonetika bo’limida nafaqat harflar balki, urg’u ham alohida ahamiyatga ega

hisoblanib, o’zbek va ingliz tillarida so’zlarga urg’u turlicha qo’yiladi. Ushbu jumlaga

ta’rif beradigan bo’lsak,

urg’u

- so’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtrok etayotgan

so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi. Yana ingliz

tilining og’zaki nutqida grammatik so’zlar, jumladan yordamchi fe’llar, yuklamalar,

olmoshlar va artikllar odatda hech qanday urg’u qabul qilmaydi. Bu boradagi

o’xshashlik o’zbek tilida ham mavjud bo’lib, ayrim qo’shimchalar (shaxs-son,

bo’lishsizlik, ravish yasovchi,

affiks

(qo’shimcha) yuklamalar, sonning ma’no turini

hosil qiluvchi, ota ismi va familiyaga qo’shiluvchi qo’shimchalar) bog’lamalar va

ko’makchilar hech qanday urg’u olmaydi. Urg’uning jozibadorligi shundaki, o’zbek

tilida bir so’zning turli joylarida urg’u qo’yilishiga qarab, o’sha so’z ikki xil ma’noni


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

10

anglatadi va boshqa- boshqa so’z turkumida bo’ladi (masalan, akade'mik - so’zida

urg’u e harfiga tushib otni ya’ni ilmiy unvonni bildirib kelsa, akademi'k so’zida esa

urg’u i ga tushib sifat turkumiga oid so’zni bildirgan ya’ni akademik litsey) Xuddi

o’zbek tilidagi singari ingliz tilida ham qo’shma so’zlar mavjud bo’lib, agar qo’shma

so’zning bir qismi sifat so’z bo’lsa, ikkala qismiga ham urg’u baravariga tushadi:

neverending, old-fashioned, hard-headed. Agar so’zning har ikkala qismi ham ot so’z

turkumidan yasalsa, faqat birinchi qismiga tushadi:

book

case,

book

shelf,

desk

ktop,

green

house. Qo’shma fe’llarda esa aksincha, ikkinchi qismga urg’u tushadi:

under

stand,

over

look

, outper

form

. Urg’u mavzusi bo’yicha biz

”Amerikani kashf qilishimiz’’ shart emas, shunchaki so’zlarni qoida asosida talaffuz

qilsak nutqimiz yanada ravonlashadi, eshituvchiga yoqimli bo’ladi, uni zeriktirmaydi

[3].

Tilda har xil

sintaktik

,

ekspressiv

va

hissiy-ta’siriy

ma’nolarni ifodalovchi

murakkab hodisa

intonatsiya

(ohang)dir. O’zbek va ingliz tillarida instonatsiyaning

ishlatilishida ham bir qancha farqlanishlarni ko’rish mumkin. Masalan, o’zbek tilida

gap bo’laklari talaffuz qillinganda, ular orasida to’xtam (pauza) qilinadi. To’xtam

yozma nutqda vergul bilan ajratilib, uning o’zgarishi gapning mazmuniga ta’sir qiladi.

Ya’ni siz birgina to’xtam orqali butunboshli nutqingizni chiroyli yoki qo’pol ohangda

aytishingiz mumkin. Quyidagi gap misolida ko’raylik: Siz ahmoq odam emassiz. || Siz

ahmoq, odam emassiz! O’lim yo’q, shafqat! || O’lim, yo’q shafqat! O’qi, otang kabi

ahmoq bo’lma! || O’qi otang kabi, ahmoq bo’lma. Misollar orqali shunday xulosaga

kelinadiki, og’zaki, ayniqsa, yozma nutqda biz e’tiborga olmaydigan punktuatsiya

ya’ni tinish belgilarining ahamiyati nihoyatda katta ekan[4]. Yuqoridagi misollar

orqali tilshunoslikdagi asosiy bo’lim hisoblanuvchi fonetikaning ikki til doirasidagi

izomorfik

(o’xshash) va

allomorfik

(farqli) jihatlari bilan qisman tanishtirib o’tildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Jonathan Marks // English Pronounciation in Use (Elemantary) 2007

2.

Sh. Shaabdurahmonova // Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism.1980


background image

GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr

11

3.

Q.1/Nilufar Rasulova // Ona tilidan ma’ruzalar 1-kitob ,,Nurafshon ziyo

yog’dusi’’, 2018. -540 b

4.

Word Stress in English // Practice Time pg 90-91

5.

Dilrabo, Kattaboeva. "Effective strategies and techniques of teaching English

vocabulary." Academicia: An International Multidisciplinary Research

Journal 11.3 (2021): 1454-1457.

6.

Каттабаева, Дилрабо Каттабаевна. "Pragmatic and semantic features of

adjectival components in phraseological units." Молодой ученый 14 (2018): 75-

77.

Библиографические ссылки

Jonathan Marks // English Pronounciation in Use (Elemantary) 2007

Sh. Shaabdurahmonova // Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1-qism.1980

Q.l/Nilufar Rasulova // Ona tilidan ma’ruzalar 1-kitob ״Nurafshon ziyo yog’dusi”, 2018. -540 b

Word Stress in English // Practice Time pg 90-91

Dilrabo, Kattaboeva. "Effective strategies and techniques of teaching English vocabulary." Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 1454-1457.

Каттабасва, Дилрабо Каттабасвна. "Pragmatic and semantic features of adjectival components in phraseological units." Молодой ученый 14 (2018): 75-77.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов