GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
115
TAKROR VA UNING TURLARIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.7481949
Yo’ldosheva Gulchehra
2-kurs magistr talabasi
Lingvistika (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent O’sarov I.K
O’ZMU
Annotatsiya:
Ushbu maqola o’zbek tilidagi takror, uning turlari ya’ni leksik
takror, fonetik takror va sintaktik takror muammolariga bag’ishlangan bo’lib, unda
takror badiiy adabiyotlardan olingan misollar bilan tahlil qilindi.
Kalit so’zlar:
takror, leksik takror, fonetik takror, sintaktik takror, alliteratsiya,
assons, metafora, evfemizm, ellipsis, gradatsiya, antiteza va xiazm.
Stilistikani har bir rivojlangan jonli tilning “yuragi” deb atalishiga yetarli asos
bor va shu bois tilning ilmiy yoritilishida unga (stilistikaga) muhim axamiyat va o‘rin
beriladi. Bu ma’noda tilchi va adabiyotchi o‘qituvchilar yoki til va adabiyot bilan,
aniqrog‘i, filologiya masalalariga, qolaversa, tarjimonlik yoki suxandonlik kasbiga
qiziqqan har qanday mutaxassis kishi uchun stilistikaning ahamiyati beqiyosdir,
chunki tilning barcha muloqot imkoniyatlarini biladigan va uni o‘z o‘rnida jozibali,
ta’sirchan qo‘llay oladigan kishigina til orqali muloqotdan ko‘zlangan maqsadiga
erisha oladi [1.5].
Darhaqiqat, bugungi kunga kelib lingvistikaning stilistika sohasiga shuningdek,
stilistik hodisa tarkibiga kiruvchi takrorning turlarini, o’ziga xos xususiyatlarini va
tarjimada yuzaga keladigan muammolarini tilshunos olimlari tomonidan o’rganib
kelinmoqda. Jumladan, ingliz olimlaridan Sh.Balli, rus olimlaridan I.Galperin,
I.Yu.Kovalchuk, N.P.Potoskaya, o’zbek olimlaridan A.Shomaqsudov, A.
Mamajonov. Shuningdek E.V.Metlyakova A.Axmatovaning she’riy matnlari asosida
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
116
leksik takrorni tadqiq qilgan, V.Yu.Kazakova rus va ingliz tillarida semantik
takrorning universal hamda milliy jihatlarini o’rgangan,
I.
K.O’sarov ingliz, rus va o’zbek tillarida sintaktik stilistikaning kategoriyalari
haqida, Sh.K.Asqarova ingliz va o’zbek tillarida takrorning lingvistik xususiyatlari
mavzusida ish olib borgan [2.53].
Takror (arab. - qaytarish, takrorlash) termini, yuqorida qayd etilganidek,
lingvistik adabiyotda “takrorlash”, reduplikatsiya” (so’z negizini takrorlash yo’li
bilan yangi so’z yasash), “ikki martaga oshirish” kabi ayrim holatlarda bir -birdan
farqlanmaydigan, yana boshqa xollarda esa turli ma’nolarni ifodolovchi tushuncha
sifatida talqin qilinadi [3.378]. Namoyon bolishiga ko’ra takror hodisasi rang- barang
va turli xildir.
Sh.Vengning takidlashicha “takror har yerda, “kundalik tilning barcha
jabhalarida” mavjud, shuningdek, adabiy diskursda ham, qolaversa, tovush va
diskursning mazmun darajalaridagi muqarrar “musiqiy isyon”, “tovush takrorlari” va
“takror sinonimlarning har xil turlari” o’rtasida namoyon bo’ladi [4.37].
Yana bir tadqiqotda P.Fridrix she’riy nutqda tovush (allitiratsiyasi, assons) va
so’z (takrir, tarji) takrorini nutqning kompleks shakllari uzviyligi hamda turli
eksperimentlar yordamida takrorning ahamiyatini diskursda taxlil qilgan[5.154].
Biz takror turlarini
fonetik takror, leksik takror, sintaktik takrorlarga
bo’lib
o’rganishimizni oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Fonetik takror
turlariga onomotopiya, alitteratsiya, rifma va ritmlar kiradi.
Leksik takror
turlariga metafora, metonimiya, ironiya, zevgma, so‘z o‘yini va
kalambur, epitet, oksyumoron, antonomaziya, o‘xshatish, perifraza, evfemizm,
mubolag‘a, klishe, maqol va matal, epigramma, sitata (istiboq), allyuziya (sha’ma)
kabilari kiradi.
Sintaktik takror
turlariga stilistik inversiya, ajratilgan konstruksiya, parallel
konstruksiya, xiazm (pardi aks), sanash, gradatsiya (klimaks), antiteza, asindeton,
polisindeton, sillepsis, ellipsis, aposiopesis, ritorik so‘roq, litota va boshqalar kiradi.
Yuqorida zikr qilingan takror turlarining bir qanchasini misollarda ko’rib
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
117
chiqamiz:
Fonetik takrorning bir ko’rinishi bu-
alliteratsiya
bo’lib, lotincha «litera»
so‘zidan olingan bo’lib, she’rdagi har bir misrada bir xil undosh tovushlaming takror
ishlatilishi alliteratsiyadir [6.40].
Misol uchun:
K
o‘klamda
k
o ‘karsa
k
o‘k
k
o‘katlar,
K
o‘klarga
k
o‘milsa
k
atta-
k
attalar,
K
o ‘m-
k
o ‘k
k
o‘karib
k
o‘rinsa
k
o ‘llar,
K
o‘ngilni
k
o‘tarsa
k
o‘rkli gullar.
(o’zbek she ’riyatidan)
Bu misolimizda
k
tovushining takrorlanib kelishi va she’rga emotsional-
exspressivlikni oshirilganligini bilishimiz mumkin.
Assons
ham fonetik takrorning ko’rinishlaridan biri bo’lib, u harakat yoki
tovushning kuchlari, muntazam takrorlanuvchi shaklga aytiladi.
Misol uchun:
Ruhimda yo‘qoldi q
a
r
o
r
i
m,
Tanimda qolmadi m
a
d
o
r
i
m.
Bizlarni biryo‘qlab kelibsan,
Vafo qilarmisan, b
a
h
o
r
i
m. (A.Oripov)
Bu she’riy misramizda a va o tovushlarning takrorlanib kelishi
shuningdek,tovush kuchini, ma’nosini oshirib berishini ko’rishimiz mumkin.
Shuningdek, biz leksik takror turlari haqida ham ta’kidlab o’tmoqchimiz.
Bulardan biri
metafora
- narsa-buyum, voqea va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro
o‘xshashlikka asoslangan ma’no ko‘chishiga aytiladi.
Misol uchun:
Yigitningxuniyuz tangga, or-nomusi ming tangga
[7.83].
Bu misolimizda tangga so’zi takrorlanib kelishi va yuz va ming so’zlari
metafora bo’lib kelishini yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Evfemizm
ham leksik takrorning bir turi bo’lib, so’zlovchiga aytishga noqulay,
noo’rin yoki qo’pol tuyulgan so’z va iboralarning sinonimi sifatida paydo bo’lgan
so’zlarga aytiladi.
Misol uchun:
Xotinga muvofiq bo ’lish va bo’lmaslikni uncha keragi yo’q, - dedi Xomid
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
118
e’tirozlanib, - xotinlarga er degan ismning o’zi kifoya.ammo jiyan aytgandek, xotin
degan erga muvofiq bo’lsa bas. (O ’tkan kunlar)
Sintaktik takror turlariga inversiya misolida ko’rib chiqamiz:
Ellipsis
(yun. elleipsis - tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap
bo‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi. Bunday
tushirilish tildagi lingvistik iqtisod - lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga
oshiriladi. Misol uchun:
Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo ‘ri yer. Yaxshi bilan yursang, yetarsan
murodga. Yomon bilan yursang qolarsan uyatga. (o’zbek xalq maqoli)
Gradatsiya
(lot. gradatio - zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq
parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy
jarayon. Badiiy adabiyotda holatlarni, tuyg‘u va kechinmalarni qiyoslashda, his-
hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi.
Misol uchun:
Kelining
bitta
bo ’lsa, o’tirib yiysan
Ikkita
bo’lsa, turibyiysan,
Uchta
bo’lsa, yuribyiysan,
To’rtta
bo ’lsa, yo’rg’alab yiysa
[7.143].
Bu misolimizda
bitta, ikkita, uchta
va
to’rtta
so’zlarining ketma-ketlikda kelishi
gradatsiya hisoblanadi va keying sozimiz esa ya’ni
bo’lsa
sozimiz takrorlanib
kelyapti.
Antiteza
(antithesis - qarama-qarshi qo‘yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan
qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo‘yish, zidlash
hodisasiga aytiladi.
Masalan:
Noningni yo‘qotsang yo‘qot, nomingni yo‘qotma
! (O‘.Hoshimov) Bu
misolda bir-biriga aloqasi bo‘lmagan ikkita tushuncha - non va nom zidlantirilyapti.
Xiazm-
bu stilistik vositalardan biri bo‘lib takror turiga mansubdir. Ushbu
stilistik vosita ko‘proq qo‘shma gaplar tarkibida kelishi bilan alohida ahamiyat kasb
etadi va u nutqimizda ziddiyatni; qarama-qarshi fikr-muloxazani; ziddiyatga
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
119
asoslangan xulosani; kinoyali-qochiriqli ziddiyatni; nomuvofiqlik yoki nomutanosib
munosabatlarni ifoda etadi.
Misol uchun:
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda
ko‘milgan oqqa
.
Oqqa ko‘milganda
shunchalar go‘zal,
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!)
(Cho’lpon).
Bu misolimizda
ko ’milgan oqqa
va
oqqa ko ’milganda
so’z birikmalari qarama-
qarshi takrorlanib kelishi bu sintaktik takror turining xiazmga misol bo’la oladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bu tadqiqot ishimiz jarayonida o’zbek tilida
takror turlarini va uning tarkibiga kiruvchi turlar haqida mulohazalar qildik. Takror
bu gapirayotgan nutqimizda emotsional-expressivlikni oshirib berishda va qolaversa,
so’zlarning qayta takrorlanib kelishi natijasida o’quvchilarda tushunchalar chuqurroq
yetib borishni ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
O'sarov I.K. Murakkab gaplarning umumiy stilistik muammolari (asideton,
polisendeton, xiazm va antiteza). Avtoref. Filol.fan.nomz....diss.T., 2004.
2.
Asqarova Sh.K. Ingliz va o’zbek tillarida takrorning lingvistik hususiyatlari.
Avtoref.filol.fan.dok.diss. T., 2019.
3.
Ахманова С.О. Словаръ лингвистических терминов. -M., 1987.
4.
Wang Shih-ping. Corpus-based Approaches and Discourse Analysis in Relation
to Reduplication and Repetition//Journal of Pragmatics 2005.
5.
Fredrich P. The Lnaguage Parallax: Linguistic Relativism and Poetic
Indeterminacy//Austin T.X University of Texas Press. 1986 .
6.
Sultonsaidov S.Shomaqsudov O’. O’zbek tili stilistikasi. T., 2009 .
7.
Abdullayeva N.E.Ingliz va o’zbek xalq maqollaridagi graduonimik
munosabatlarning lingvapragmatik xususiyatlari. T., 2021.
8.
Султанова, Шохиста Мухаммаджановна. "Время как показатель культуры
народа." Актуальные научные исследования в современном мире 8-2 (2018):
93-101.
