GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
QAHRAMONLIK DOSTONLARI TARJIMARIDA
TRANSFORMATSIYALAR
HTTPS
://DOI.ORG/10.5281/ZENODO.7482072
Xolmo’minov Ilxom Abdixalilovich
ToshDO’TAUtayanch doktoranti
Annotatsiya:
Maqolada xalq og’zaki ijodi namunalari bo’lmish
dostonlarning xorijiy tillarga tarjima qilish jarayonida duch kelinadigan
muammolar xususida so’z yuritiladi. Folklor asarlar tarjimasida dostonlarning asl
mazmun-mohiyatini o ’quvchiga to’laqonli yetkazib beraoladigan omillar haqida
fikr bildirilgan
.
Kalit so’zlar:
folklor, tarjima, xalq dostonlari, shakl va mazmun,
transformatsiya, transliteratsiya, poetik qonuniyatlar.
Kirish.
Turkiy tilda so’zlashuvchi xalqlar og’zaki ijodi boy madaniy merosga
ega. Baxshilar tomonidan kuylab kelingan og’zaki dostonchilik maktablari hali
hanuz rivojlanib bormoqda. O’zbek baxshilari “Alpomish”, “Go’ro’g’li”
dostonlarini sevib kuylab kelsalar, qozoqlar “Qo’lbandi botir”, qirg’izlar “Manas”
dostonlarini yosh avlodlarga bus-butun yetkazishga harakat qilib kelmoqdalar. Bir
xalqning ming yillar davomida o’g’izdan o’g’izga o’tib, sayqallanib kelgan og’zaki
ijod namunalari dunyoga tanilishi, xorijlik o’quvchilar orasida ham sevib mutoala
qilinishi uchun albatta tarjimaning o’rni beqiyos. Qanchalik ko’p folklor
namunalariga ega bo’lmaylik asliyat tilida xalq dostonlarimizni o’qib bahramand
bo’luvchi xorijlik o’quvchilar soni juda kamchilikni tashkil etadi. Zero, turli
madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro ilmiy, adabiy aloqalarning bosh vositachisi bu -
tarjimadir.
Asosiy qism.
Jahon folklorshunosligi o’zbek xalq dostonlari bilan yaqindan
tanishishi uchun bu nodir namunalarizni tezroq xorijiy (ingliz, fransuz, nemis)
tillarga tarjima qilish vazifasini keltirib chiqaradi. Dunyo xalqlarini buyuk o’zbek
millatining naqadar boy madaniyatga ega ekanligini, milliy urf-odatlari, qadriyatlari,
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirish imkoniyati paydo bo’ladi. Folklor asarlar
muallifi aniq bo’lmaganidan bu asarlar tom ma’noda “xalq dostonlari” deb ataladi.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng xalq og’zaki ijodi tarjimalari yanada
ko’payib bormoqda. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, xalq dostonlarini xorijiy
tillarga o’girish mutarjimlar uchun muammoli masalalarni keltirib chiqaradi.
V.M.Gatsak ta’kidlaganidek, “og‘zaki she’r tarjimonlari she’rni she’riy shaklda
ko‘rsatishga ko‘proq e’tibor qaratgan sari asl nusxadan uzoqlashib boradi[Gatsak,
192]”. Biz bu muammoli masalalarni o’zbek xalq qahramonlik dostoni
“Alpomish”ning ingliz tiliga 2019 yilda mutarjim Qosimboy Ma’murov tomonidan
amalga oshirilgan tarjimasi namunalari misolida ko’rib chiqamiz.
Folklor asarlar tarjimonlari tarjimada shakl birlamchimi yoki mazmun, asliyat
va tarjima tili tuzilishida ko’zga tashlanadigan farqlarni moslashtirish uchun qaysi
tamoyillarga asoslanish kerak kabi savollarga yechim topa olishlari shart. Qolaversa,
tarjimon asliyat ruhiyati, milliy mentaliteti, qadriyatlariga jiddiy e’tibor berib xorijiy
o’quvchiga tushunarli tarzda yetkaza olishi, buning uchun esa mutarjim ham asliyat,
ham tarjima tili xalqlari tarixi, madaniyati va urf-odatlarini, o’sha hududga xos
bo’lgan lahja va shevalarni chuqur o’rganmog’i lozim. Chunki mutarjimlar faqat
tillar o’rtasidagi vositachilar emas, madaniyatlararo ko’prik hamdir. Masalan,
Qashqadaryo va Surxondaryo shevalarida otaning akasini “amaki” deb emas, “bobo”
deb atashadi. “Alpomish” dostonida Boybo’ri Boysarining akasi, shuning uchun
ham Boysarining qizi Oybarchin uchun Boybo’ri amaki, ammo shevada Oybarchin
amakisiga “bobo” deb murojaat qiladi.Tarjimada bu ikki xil qarindoshlik atamalarini
noto’g’ri o’girilishi kontekst mazmunini tushunarsiz qilib qo’yishi mumkin edi.
Dostonni ona tilidan xorijiy tilga tarjima qilgan mutarjim Q.Mamurov bu muammoni
eng to’g’ri va oddiy usulda bartaraf etgan.
Biy boboma bul xabarni beringlar, Katta-kichik hamma duo qilinglar,
Qalmoqda qolmasin guldayin tanam,
Qalmoqning zulmidan yig'ladi enam[Alpomish, 69].
Tarjimada:
To my uncle, their leader, this bad news tell:
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
There's a threat to me, as a Kalmyk's wife, as well [Alpomish, 16].
Ko’rib turganingizdek asliyatdagi “bobo” so’zi tarjimada “grandfather” (bobo)
deb emas, “uncle” (amaki) deb ekvivalent tarjimaga erishilgan. Bu esa xorijiy
o’quvchida doston qahramonlari qarindoshlik aloqalari yuzasidan kelib chiqishi
mumkin bo’lgan mavhumlikning oldi olingan.
Tarjima tilidagi asarning o’quvchisiga badiiy tasvirlarni unga noma’lum
bo’gan o’xshatishlar orqali emas, balki tanish bo’lgan tasvir vositalari orqali uzatish
tavsiya etiladi. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, barcha holatlarda ham mutarjim
uchun muammo bo’lgan har bir so’zni ekvivalentini topishga urinishlar, izoh berib
tarjima qilishdan qochish tarjima asarning jozibasi va estetik sifatini tushirib
yuborishi mumkin. Shu sababli bu muammo ekvivalent tenglikni topgandan ko’ra
izohlash yo’li bilan bartaraf etiladi. Shu o’rinda “Alpomish dostonining ingliz
tilidagi tarjimasidan misollarni ko’rib o’tamiz:
1)
The witnesses’ confirmation the
Imam
asked again,
These witnesses confirmed by sounding in refrain [Alpomish, 60].
2)
Let’s get
duppi
and
rumol
, said she,
Thus, people had gone by crowds [Alpomish, 75].
Bu ikkita misolda ham realiyalar transliteratsiya usulida tarjimaga o’tkazilgan
va izoh berib tarjima qilingan. Dostonning bu parchalarida keltirilgan “Imam”,
“duppi”, “rumol” so’zlari havolaga olinib, “a leader of muslim religion”, “a head
wear, scull cap”, “a fabric head wear for women” tarzida izoh berib o’tilgan. Bu
o’rinda tarjima muqobili sifatida inglizzabon davlatlarda imom, do’ppi, ro’mol
so’zlariga qisman ekvivalent bo’la oladigan so’zlardan birining ishlatilishi (masalan:
pope, scullcap, snood) asar o’quvchisida tushunmovchilik keltirib chiqargan bo’lar
edi. Tarjima jarayonida uchragan muammoning bu tarzda izoh keltirib tarjima
qilinishi retseptorga dostonning badiiy-semantik xususiyatlarini yanada to’ liqroq
ochib beradi.
“Alpomish” dostoni tarkibi ham nasr, ham nazmdan tashkil topgan bo’lib, nasr
tarjimasida mutarjim ko’p muammolarga duch kelmasligi mumkin. Ammo she’riy
qismlari haqida bunday deb bo’lmaydi. Chunki she’riy tarjimada rioya qilinishi
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
kerak bo’lgan talablar nasriy tarjimadan ko’ra kattaroq. Shuningdek, nazm ohangi,
hissini retseptorga yetkazib bera olish she’riy tarjimaning muhim jihati hisoblanadi.
“Alpomish” dostoni nazm va nasr qorishmasidan tuzilganligi uchun tarjima
jarayonida turli metpodlar qo’llashni taqazo etadi. She’riy misralar 7/8 bo’g’indan,
yoki 11/12 bo’g’indan tashkil topgan. Misralar qofiyalanishi odatda muntazam
ravishda kechadi. She’riy parchalar aynan asliyatdagidek tarjimada ham she’riy yo’l
bilan o’girilishi lozim. Ammo o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari she’riy
parchalarini ingliz tiliga tarjima qilishda qo’yidagi muammolarga duch kelinadi.
1.
XIX asrdan beri ingliz tilida qofiya she’rning asosiy bo’lagi emas deb
qaraladi. Agar sh’eriy parcha o’ta mohirlik bilan qofiyalanmasa havaskorona va jo’n
ko’rinib qoladi.
2.
Asliyat she’rlarini qofiyaga keltirish uchun so’zma-so’z tarjimadan
foydalanib bo’lmaydi. Bundan esa tarjima asari asliyatga aloqadorligiga biroz putur
yetadi.
Xulosa.
Tarjimashunoslikning asosiy maqsadlaridan biri madaniy xos so’zlar,
realiyaliyalar tarjimasiga oid muammolarni ijobiy hal etishdir. She’riy matnni ham
tarjimada asliyatdagidek jozibador va ohangini saqlagan holda retseptorga yetkazish
ham hal etilishi kerak bo’lgan muammolar sirasiga kiradi. Tilshunoslik va stilistika
jihatidan nazariy adabiyotlar yetarli bo’lsa ham, muammolar ko’zga tashlanib
qolmoqda. Ammo, tarjimon faqatgina so’z tarjimoni bo’lib qolmay, balki
madaniyatlar o’rtasidagi ko’prik hamdir. Xalqlar madaniyati bilan qanchalik ko’p
tanish bo’lsak, ular haqida shunchalik ko’p tasavvurga ega bo’lamiz. Shuningdek,
tarjima boshqa xalqlar adabiyotida yangi janrlar paydo qilish uchun qo’llanma
vazifasini ham o’taydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.
Chodzko A., trans. Specimens of the Popular Poetry of Persia, as Found in the
Adventures and Improvisationsof Kurroglou, The Bandit-Minstrel of Northern
Persia. - London: Oriental Translation Fund, 1842.
GAYBULLA SALOMOV AND UZBEK SCHOOL OF TRANSLATION 13 dekabr
2.
Гацак В. М. Проблема фольклорического перевода эпоса // Петросян, А. А.,
ответственный редактор. Фольклор. Издание эпоса. - Москва : Изд.
«Наука», 1977.
3.
“Alpomish” Fozil Yo’ldosh o’g’li “Sharq” nashriyoti. 1998 y. “ALPOMISH”
Uzbek heroic epos. K.Mamurov. Tashkent 2019.
4.
Султонова, Ш. М. "THE PHENOMENON OF PROFANITY IN THE
RELIGIOUS PHRASEOLOGISMS IN RUSSIAN AND UZBEK." Научный
вестник Наманганского государственного университета 8 (2020): 256-260.
5.
Sultonova, Shoxista, and Muslimaxon Otaboyeva. "BILINGV BOLALAR
NUTQIDAGI
AGRAMMATIZMLARNING
PSIXOLINGVISTIK
ASOSLARI." Scientific journal of the Fergana State University 6 (2023): 88-
88.
