Polimer kompozitsion mаteriаllаr uchun to‘ldiruvchi tаnlаsh

CC BY f
138-140
20
4
Поделиться
Абдуллаев, О. (2023). Polimer kompozitsion mаteriаllаr uchun to‘ldiruvchi tаnlаsh . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 138–140. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/20764
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda to‘yinmagan poliefir smolalar asosida olingan kompozitsion materiallar xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida ishlatib kelinmoqda. Bularga misol qilib mashinasozlik, qurilish, kimyoviy texnologiya, lak-bo‘yoq sanoati va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni aytish mumkin. Ular asosida yana uy-ro‘zg‘or buyumlari, santexnika jihozlari, bezak mahsulotlari va boshqa o‘nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Похожие статьи


background image

138

POLIMER KOMPOZITSION MАTERIАLLАR UCHUN TO‘LDIRUVCHI TАNLАSH

Аbdullayev O.G.

Namangan davlat universiteti, O‘zbekiston,

oga20@mail.ru,tel: 902230227

Bugungi kunda to‘yinmagan poliefir smolalar asosida olingan kompozitsion materiallar xalq

xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida ishlatib kelinmoqda. Bularga misol qilib mashinasozlik,
qurilish, kimyoviy texnologiya, lak-bo‘yoq sanoati va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni aytish mumkin.
Ular asosida yana uy-ro‘zg‘or buyumlari, santexnika jihozlari, bezak mahsulotlari va boshqa o‘nlab
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

To‘yinmagan poliefir smolalarning qovushqoqligi unchalik yuqori emasligi, faqat yuqori

haroratdagina emas, balki xona haroratida ham qotishi mumkinligi, hamda qotish jarayonida
uchuvchan mahsulotlarni hosil qilmasligi, qotgandan soʼng yaxshigina mexanik va
elektroizolyatsion xossalarga egaligi to‘yinmagan poliefirlarni ishlatish ko‘lamini kengaytiradi[1].

Bundan tashqari ular suvga, kislotalarga, benzinga, moylarga va boshqa muhitga chidamli

hisoblanadi. Bu o‘z navbatida uni boshqa plastik massalar va odatdagi konstruktsion materiallar,
yog‘och, po‘lat, beton va boshqalarga nisbatan raqobatbardosh ekanligini asoslaydi [2,3].

Odatda poliefirlar uchun erituvchi sifatida stirol ishlatiladi. Bu erituvchi aktiv erituvchi

bo‘lib, qotish jarayonida bevosita ishtirok etadi, yaʼni u to‘yinmagan poliefir molekulalarini o‘zaro
tikadi. Boshqacha qilib aytganda, to‘yinmagan poliefir smolalar qator ajoyib xossalarga ega bo‘lgan
termoreaktiv materiallar hisoblanadi.

Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan to‘yinmagan poliefir smolalar qovushqoqligining turlicha

bo‘lishi, aynan poliefir tarkibiga qo‘shilgan erituvchi hisoblanmish stirol miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu tadqiqot ishida kompozitsion material uchun to‘ldiruvchi tanlash maqsadida

Rossiyaning(GOST 27952— 2017) PN-1 markali, quyi qovushqoqlikka ega bo‘lgan, o‘rtacha gel
hosil qiluvchi polidietilenglikolmaleinatftalat smolasi va xossalari jihatidan yuqorida keltirilgan
smolaga o‘xshash bo‘lgan Xitoy(Guang Dong Resin Co LTD)ning 6211 markali smolasidan
foydalanildi. Bu smolalar asosida turli tarkibga ega bo‘lgan kompozitsion material – shpatlevka
namunalari tayyorlandi.

Kompozision materiallarni ishlab chiqarishda uni tashkil etuvchi komponentlarni hajm

bo‘yicha bir tekis taqsimlanishi asosan aralashtirishni amalga oshirib beradigan apparatga bog‘liq
bo‘ladi. Avtoshpatlevka tarkibiga har-xil qovushqoqlikdagi suyuq va turli tuman qattiq moddalar
kirganligi uchun ularni aralashtirib, ma’lum konsistensiyaga ega bo‘lgan kompozision material
olish uchun o‘ziga xos talablarga javob beradigan aralashtirgich tanlab olish talab etiladi.
Avtoshpatlevka ishlab chiqarish uchun gorizontal (qo‘sh) valli germetik bekiladigan Z-simon
aralashtirgichli apparat ishlatildi (1-rasm).

Avtoshpatlevkaning o‘ziga xos tarkibi uni olish jarayonida aralashtirish bosqichini asta-

sekin olib borishni talab etadi. Shuning uchun apparat valining aylanishlar soni minutiga 20-45
marta bo‘lishi kerak.

Apparatning ishlash prinsipi. Komponentlar aralashtirgichga uning qopqog‘i (5) ochik

holatda bo‘lganda yoki yuklash shtuseri (6) orqali solinadi. Bunda moddalar, bevosita (3)
podshipniklarda bir-biriga qarama-qarshi aylanayotgan Z-simon parraklarga (2) tushadi. Parraklar
maxsus shaklga ega bo‘lgan kamera (1) da aylanadi. Kameraning ikki yon tomoni (4) devor bilan
berkitilgan. Shu yon devorlariga aylanadigan vallar uchun aralashayotgan massa val va devor
orasiga o‘tib ketmasligini ta’minlash uchun zichlashtiruvchi salniklar o‘rnatilgan.

Aralashayotgan komponentlar haroratini ko‘tarilib ketmasligi uchun apparatning qo‘sh

qavatli qismida(7) sovitish uchun suvdan foydalaniladi.

Ishlatilgan apparatning hajmi 200 l tashkil etadi.
Keltirilgan usulda olingan avtoshpatlevka och kulrang, biroz quyuq va yumshoq

konsistensiyaga ega bo‘lgan massa. U metall sirtga yuqori adgeziya bilan suriladi.

Avtoshpatlevkani qotish jarayoni metiletilketon peroksidi va Xitoyning «Akaki»

avtoshpatlevkasining qotiruvchisi bilan tekshirib ko‘rildi. Qotish jarayoni turli haroratlarda


background image

139

o‘rganildi.

Avtoshpatlevkaning qotish vaqti uni ishlatiladigan havo haroratiga qarab, tezlatgich va

qotiruvchi miqdorini o‘zgartirish orqali sozlandi. Avtoshpatlevkani qotishi natijasida sillik va
yaltiroq bo‘lmagan yuza paydo bo‘ladi. Olingan qatlamni tekshirish uchun avtoshpatlevka 1mm dan
4 mm gacha qalinlikda yuzaga surildi. Qatlam qotgandan keyin yuzada yorilish alomatlari
kuzatilmadi. Olingan qatlam mustahkamligi abraziv (jilvir) material yordamida tekshirib ko‘rildi.
Abraziv material sifatida GOST 52318-2005 bo‘yicha turli donadorlikdagi jilvir rusumlaridan
foydalanildi.

1-rasm.

1-aralashtirgich oxuri, 2-Z-simon parraklar,3- podshipniklar, 4-yon devorlar, 5-qapqoq, 6-

yuklash shtuserlari, 7-isitish uchun apparatning qo‘sh qavatli qismi, 8-tishli g‘ildirak, 9-universal
kompensasiyalovchi mufta, 10-reduktor, 11-bikr mufta, 12-elektrodvigatel, 13-aralashmani
to‘kadigan mexanizm. Parrakli vallar bikr mufta (11), silindrsimon reduktor (10),
kompensasiyalovchi mufta (9) va tishli g‘ildirak (8) orqali ulangan elektrodvigatel (12) bilan
harakatga keltiriladi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, abraziv material avtoshpatlevka qatlamini bir tekisda oldi va sirt

yuzasida hech qanday yorilishlar kuzatilmadi. Jilvir bilan ishlangan va u bilan ishlanmagan
namunalar bir oy davomida havoda ushlab turildi. Bu davr mobaynida avtoshpatlevka sirtida
o‘zgarishlar bo‘lmadi. Taklif etilayotgan to‘yinmagan poliefir asosida olingan kompozitsiya
o‘zining texnik ko‘rsatkichlari bilan avtoshpatlevkalarga qo‘yiladigan talablarga javob beradi.

Shu usulda tayyorlangan avtoshpatlevka bir nechta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish

shaxobchalarida sinovdan o‘tkazildi.

Olingan shpatlevkalar asosan avtomobillarni taʼmirlash va boshqa metall sirtlarini tekislash

maqsadida ishlatishga moʼljallangan. Bunday kompozitsion materiallarning asosiy tarkibiy qismi
toʼldiruvchi boʼlib, u bogʼlovchi massasiga nisbatan 150-400% gacha boʼlishi mumkin. Shuning
uchun ushbu tadqiqot ishlarida kompozitsiya uchun optimal toʼldiruvchi miqdori va uning tashkil
etuvchi komponentlarining nisbati tadqiq etildi.

Tadqiqot natijalari asosida shuni aytish mumkinki, kerakli xossalarga ega bo‘lgan

kompozitsion material olish uchun to‘ldiruvchi sifatida talk va bo‘r (ushbu tadqiqotlarda
«Farg‘onaazot»АJ da hosil boʼladigan qattiq karbonatli chiqindi)ni ishlatish maqsadga muvofiq
bo‘ldi. Chunki ayni shu komponentlardan iborat to‘ldiruvchi yordamida olinadigan kompozitsion
materialning adgeziyasi, tiksotropiyasi, qotish tezligi va abraziv materiallarga munosabati jihatidan
GOST[4] talablariga javob berar ekan. Bunda kompozitsiya tarkibiga qo‘shilgan umumiy
to‘ldiruvchi miqdori 180-250%(og‘ir.jihat.) ni tashkil etdi[3]. Talk va bo‘rning to‘ldiruvchidagi
optimal nisbatlari 20:80 deb topildi. Olingan kompozitsion material namunalari yuqorida keltirilgan
ikkala to‘yinmagan poliefir smola asosida olindi va tadqiq qilindi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, olingan avtoshpanlevkaning fizik-mexanik xossalari

Rossiyaning “Tineysik-avto” [4] avtoshpatlevkasinikidan deyarli farq qilmaydi. Bu talablariga
javob beradigan kompozitsiya olish uchun talk va karbonatli to‘ldiruvchilardan, 20:80 nisbatdagi
sistemani ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘ldiruvchi sifatida bu komponetlardan
foydalanishni yo‘lga qo‘yish olinadigan mahsulot tannarxini arzonlashtirishga olib keladi va
Respublikamizda mavjud bo‘lgan texnogen chiqindilarni utilizatsiya qilishga tomon qo‘yilgan yana


background image

140

bir qadam bo‘ladi.

Аdabiyotlar

1.

Воробьев А. Полиэфирные смолы. Компоненты и технологии, №6, 2003, с.182-185.

2.

Ульрих Пот. Полиэфиры и алкидные смолы. М.: Пейнт-Медиа 2009, 232 с.

3.

Полимерные композиционные материалы. Бондалетова Л.И., Бондалетов В.Г.
Учеб.пособ. Томск. Томский политехнический университет, 2013, 118 с.

4.

ТУ 2312-021-11748532-97 Шпатлевка полиэфирная двухкомпонентная ПЭ-0052
"Тинейсик-Авто". Поликомпласт


Библиографические ссылки

Воробьев А. Полиэфирные смолы. Компоненты и технологии, №6, 2003, с.182-185.

Ульрих Пот. Полиэфиры и алкидные смолы. М.: Пейнт-Медиа 2009, 232 с.

Полимерные композиционные материалы. Бондалетова Л.И., Бондалетов В.Г. Учеб.пособ. Томск. Томский политехнический университет, 2013, 118 с.

ТУ 2312-021-11748532-97 Шпатлевка полиэфирная двухкомпонентная ПЭ-0052 "Тинейсик-Авто". Поликомпласт

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов