“Mexanikada saqlanish qonunlari” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni | Зелёная химия и устойчивое развитие

“Mexanikada saqlanish qonunlari” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni

CC BY f
251-254
20
Поделиться
Худайбердиева, А., Расулова, Г., & Комилов, С. (2023). “Mexanikada saqlanish qonunlari” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalarning o’rni . Зелёная химия и устойчивое развитие, 1(1), 251–254. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/green-chemistry/article/view/21018
А Худайбердиева, Ташкентский химико-технологический институт

доцент

Г Расулова, Ташкентский химико-технологический институт

ассистент

С Комилов, Ташкентский химико-технологический институт

Студент 4 курса

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Похожие статьи


background image

251

“MEXANIKADA SAQLANISH QONUNLARI” MAVZUSINI

O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

dotsent A.I.Xudayberdiyeva, assistent G.T.Rasulova, 4-kurs talabasi S.Q. Komilov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, ularning zamirida biz

tanlagan va butun dunyo e’tirof etgan, “O‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘li turibdi. Ana
shu yo‘lning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan
munosabatini tubdan o‘zgartirgan ta’lim-tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama etuk avlodni
tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shior

hayotimizda tobora o‘zining yaqqol o‘z ifodasini topmoqda.

XXI asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy

innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruratga aylandi.

Pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi:

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim

muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida
raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli o‘quv adabiyotlari
bilan va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni
nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni amalda bajarish har bir ta’lim muassasasining bevosita burchi
hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli ravishda tadbiq
etish har bir fan o‘qituvchisining maxsus bilim va ko‘nikmalarga hamda pedagogik amaliyotda
zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki,
pedagogik texnologiya atamasining o‘ziga ham shu soha bo‘yicha izlanishlar olib borgan har bir
olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya
psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari,
tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonnig tashkiliy
metodik omilini ham bildiradi”(V.Lixachev).

“Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli

texnikasi”(V.P.Bespalko) “Pedagogik texnologiya-rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga
erishish jarayoni tavsifi”(LP.Volkov).

“Pedagogik texnologiya-talaba va o‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv

jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ular pedagogik faoliyatining har
tomonlama o‘ylangan modelidir”(V.M.Monaxov).

“Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy

imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bodishining tizimli yig‘indisi va tartibini
bildiradi”(M.V.Klarin).

“Pedagogik texnologiya-o‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmuni

qamrab oluvchi mazmuniy umumlashma hisoblanadi.”(G.K.Selevko).

Shunday qilib, bu ta’riflardan ko‘rinadiki hozircha bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif

qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar orasida YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif maqsadga muvofiq
sanaladi. Unga ko‘ra:

“Pedagogik texnologiya-o‘qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va

bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qodlash ularning o‘zaro
ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir.

Bu ta’riflar tahlilidan ko‘rinadiki, pedagogik texnologiya natijani qo‘lga kiritish uchun

ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tadbiq etish degan xulosaga kelish
mumkin.

Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va o‘quvchining bilim

darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda
bajarilishini ta’minlovchi zarur vositalar majmuasi tushuniladi.


background image

252

Hozirgi vaqtda jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ta’lim tizimida qo‘llanilib

kelinayotgan va didaktikada ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar zarnr bo‘ladigan metodik
tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, pedagogik texnologiya
atamasining o‘ziga ham shu soha bo‘yicha izlanishlar olib borgan har bir olim o‘z nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya psixologik va pedagogik
o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning
maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonnig tashkiliy metodik omilini ham
bildiradi”(V.Lixachev).

Shu munosabat bilan hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarini quyidagi

mazmundagi yo‘nalishlarga qaratilganligini qayd etmoq lozim.

l. Shaxs strukturasiga modjallanganligiga ko‘ra:
- bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga modjallangan pedagogik texnologiyalar;
- aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga qaratilgan aqliy faoliyat texnologiyalari;
- estetik va axloqiy munosabatlarni tarkib toptirishga modjallangan hissiyotiy - axloqiy

texnologiyalar;

- ijodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan evristik texnologiyalar;
2. Mazmuni va tuzilishiga ko‘ra:
- ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalar;
- dunyoviy va diniy ta’limga modjallangan texnologiyalar;
- umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari;
- insonparvarlik va texnokratik ta’lim texnologiyalari;
- xususiy predmet texnologiyalari;
- mono va kompleks (majmua) texnologiyalari;
3.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsining tutgan o‘rniga ko‘ra bodadigan

pedagogik texnologiyalar:

- avtoritar texnologiyalar;
- didaktosentrik texnologiyalar;
- shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar;
- insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari;
- erkin tarbiya texnologiyalari;
4. Hozirgi zamon ta’lim tizimida yetakchi rol o‘ynayotgan an’anaviy ta’limni

mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan o‘zgartirishga qaratilgan
texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

- pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan

pedagogik texnologiya;

- o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining

samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;

- ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan

pedagogik texnologiyalar;

- o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan

pedagogik texnologiyalar;

- xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
a) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan

pedagogik texnologiyalar.

Bu

texnologiya

o‘qituvchi

va

o‘quvchi

shaxsi

o‘rtasidagi

munosabatlarni

mukammallashtirish, o‘quvchi shaxsiga individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini
demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik g‘oyalari bilan qamrab olishni nazarda tutadi.

b) O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining

samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.

Bu texnologiya o‘tilayotgan fanni (fizikani) o‘qitishda o‘quvchilarning bilish faoliyatini

faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bu
texnologiyalar guruhni didaktik-o‘yin, rivojlantiruvchi muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim


background image

253

texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.

c) Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan

pedagogik texnologiyalar.

Mazkur texnologiyalar berilgan fanni o‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil

etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Ularga dasturli o‘qitish,
differensial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik ta’lim
texnologiyalari kiradi.

d) O‘quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi

pedagogik texnologiya. Bu texnologiya o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va
qayta ishlash orqali o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, aqliy
faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni
nazarda tutadi.

e) Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiya.

Ushbu texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanish ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligiga
asoslangan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Fizika fanini o‘qitishda mazkur texnologiyalardan
foydalanish o‘quvchilarni mustaqil ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish imkonini beradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal(modul) va xususiy metodik
darajada qo‘llaniladi.

Fan o‘qituvchisi o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni

takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal darajada qo‘llashi maqsadga
muvofiq.

Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari

asosida tashkil etiladi. Bunda o‘qituvchi o‘rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur
texnologiya asosida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari,
darsda o‘quvchilarning bilishi lozim boTgan o‘quv topshiriqlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan
bilimini nazorat qilish va baholash mezonini belgilash lozim. Shunday qilib, berilgan fanni
o‘qitishda qaysi texnologiyalardan foydalanish shu fanning xususiyatiga, mazmuniga va boshqa
omillarga bogTiq boTib, berilgan mavzu uchun biror bir pedagogik texnologiyadan foydalanish
tavsiya etiladi. Endi shu texnologiyalarga qisqacha to‘xtalib o‘taylik.

“Mexanikada saqlanish qonunlari” mavzusiga oid SWOT jadvalini to’ldiring.

SWOT — tahlil nomlanishi inglizcha bosh harflardan olingan:

Strengths

— kuchli tomoni;

Weakness

— kuchsiz tomoni;

Opportunities

— imkoniyatlari;

Threats

— foydalanishdagi xavflar, qiyinchiliklar, muammolar.

SWOT - tahlil jadvali

«LOYIHALASH» metodining tuzilmasi

Talabalarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, berilgan vazifa

bo’yicha rejalashtirish, tashkillashtirish va natijalarni baholash ishlarini olib

‘Sharlarning o’zaro ta’siri” bo’yicha muammoli vaziyat
Tavsifi

S

W

O

T


background image

254

m «1

«1

1

1

,

1

1

1 •

1 •

Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar.

Guruhlar muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida fikr yuritadilar

Guruhlar muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. Bu metoddan asosan

Fizikadan amaliy mashg’ulotlarda, masalalar yechishda qo’llanilsa samarali natijaga erishiladi.

Muammoli Vaziyat” Metodi

Ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning
yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir

Adabiyotlar

1. B.L. Farberman «Ilg‘or pedagogik texnologiyalar» T. «FAN», 2000 yil.
2. N.X. Avliyoqulov «Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari» T. 2001 yil.


Библиографические ссылки

B.L. Farberman «Ilg‘or pedagogik texnologiyalar» T. «FAN», 2000 yil.

N.X. Avliyoqulov «Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari» T. 2001 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов