Авторы

  • Akmaral Nisanbayeva
    Nizomiy nomidagi TDPU. professor
  • Maftuna Batirbayeva
    Nizomiy nomidagi TDPU.talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.64935

Ключевые слова:

aspekt ona tili o‘quvchi til birliklari yozma nutq matn hikoya she’r maqol topishmoq so‘z birikmasi gap.

Аннотация

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili ta’limida matn ustida ishlash va matn yararish ko‘nikmalarini ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirish haqida.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

10

ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNING MATN USTIDA ISHLASH

VA MATN YARARISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Nisanbayeva Akmaral

Nizomiy nomidagi TDPU. professor

Batirbayeva Maftuna

Nizomiy nomidagi TDPU.talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14832965

Annotatsiya

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili ta’limida matn

ustida ishlash va matn yararish ko‘nikmalarini ilg‘or texnologiyalar asosida
shakllantirish haqida.
Kalit so‘zlar: aspekt, ona tili, o‘quvchi, til birliklari, yozma nutq, matn, hikoya,
she’r, maqol, topishmoq, so‘z birikmasi, gap.

Аннотация

В данной статье речь идет о формировании навыков работы над

текстом и создания текста на родном языке в обучении учащихся
начальных классов на основе передовых технологий.
Ключевые слова: вид, родной язык, читатель, языковые единицы,
письменная речь, текст, рассказ, стихотворение, пословица, загадка,
словосочетание, предложение.

Аnnotation

This article deals with the formation of the skills of working on the text

and creating a text in the native language in teaching primary school students
based on advanced technologies.
Key words: species, native language, reader, language units, written speech, text,
story, poem, proverb, riddle, phrase, sentence.

Zamon talabi bilan bog‘liq holda distasion ta’lim, ya’ni masofaviy ta’lim

muammosi metodik aspektda o‘rganilyotgan hozirgi kunda ona tili va o‘qish
savodxonligi darslarining samaradorli o‘quv resurslarining yaratilishi va ularni
amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq. Buning uchun ona tili va o‘qish
savodxonligi predmetidan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘qitish
metodlari va metodikasini ishlab chiqish zaruriyati kun tartibidagi kechiktirib
bo‘lmaydigan vazifa sanaladi. O‘quv resurslarini yaratishda fanni o‘rgatishning
o‘ziga xos tamoyillarini hamda o‘quvchining fizioligiyasi va psixologiyasi bilan
bog‘liq jihatlarini hisobga olish muhimdir.
Umumiy o‘rta ta’limda ona tiliga xos har qanday til birliklarining lug‘aviy
ma’nolari va grammatik xususiyatlarining ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

11

hamda o‘quvchida tilga sezgirlikni tarbiyalash uchun gap yoki matn asos qilib
olinishi lozim. Chunki o‘quvchi til birliklarining fikr ifodasidagi vazifasini nutq
va matn tarkibida anglaydi. So‘z, ibora va birikmalarning ma’nolarini matn
mazmunidan kelib chiqib izohlaydi.
Boshlang‘ich ta’limda tilni qisman nazariy o‘rgatish o‘quvchilarda uning
unsurlaridan amaliy to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni nazarda
tutadi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishda matn tahlili muhim
ahamiyat kasb etadi. Matn tahlili matn qurilishini, matnda ilgari surilgan g‘oyani
anglashga, ifodalangan voqealarga munosabat uyg‘otishda, o‘zbek tilining leksik
boyligi bo‘lmish so‘z, iboralarni o‘zlashtirishida muhim ta’limiy ahamiyatga ega.
O‘quvchilarga matn asosida til birliklarining inson faoliyatidagi ijtimoiy
ahamiyatini anglatish va uni o‘rganishga motivatsiya uyg‘otish tilni o‘rganishga
ongli munosabatni ta’minlaydi. Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich
bosqichidan boshlab ona tili va o‘qish savodxonligi predmetining vazifasi har
qanday nutqiy vaziyatda til unsurlaridan maqsadga muvofiq foydalana bilish
ko‘nikmasini shakllantirishdir. Nutq og‘zaki va yozma tarzda voqe bo‘ladi.
Yozma nutq matn tarzida namoyon bo‘ladi. Matn - o‘zgalarning muallif
ishtirokisiz o‘qib tushunishga mo‘ljallangan nutq birligi. Yozma nutq o‘ylangan,
bir necha marta qayta sayqal berilgan nutqdir. O‘quvchilarning matn yaratishiga
qo‘yiladigan ta’limiy talablarni, mas’uliyatni his qilishlariga doir mashqlarni
tashkil qilish metodikasini ishlab ishlab chiqish va ulardan sinf sharoitida va
masofaviy ta’limda qo‘llash usullarini o‘qituvchilarga tavsiya qilish
metodikaning dolzarb muammolaridir. Mazkur masalaga kengroq miqyosda
yondashadigan bo‘lsak, nafaqat til bilimi, balki ta’limning barcha sohalarini
o‘zlashtirish ham matn orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham “Umumiy
o‘rta ta`limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi”da “… yoshlar ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy hayotning rang-barang jabhalarida, muloqot va
munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol erkin, samarali va to‘g‘ri
foydalana olishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lishi,
zaruriy ko‘nikma va imkoniyatlarga ega bo‘lishlari” alohida qayd etilgan.
Mazkur dasturda matnning leksik ta’minoti ustida ishlashga qaratilgan mavzular
kiritilgan.
Shunga ko‘ra ona tili predmeti o‘quvchida matnning xususiyati va uning inson
hayotidagi ahamiyati haqidagi ilk tushunchani boshlang‘ich sinfdan boshlab
shakllantirishni nazarda tutadi. Buning uchun turli mazmundagi gaplar bilan bir
mazmun va g‘oya atrofida birlashgan gaplarni taqqoslash va ularning farqini
ochish ustida ishlashga doir o‘quv materiali tanlanadi. Tanlangan o‘quv materiali


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

12

yuzasidan o‘quvchilarning mustaqil izlanishlarini talab etadigan topshiriqlar
tizimi ishlab chiqiladi. Matn ustida ishlashda uni qismlarga ajratish, ushbu
qismlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, bogʻliqlikni ta’minlash uchun qaysi
birliklardan foydalanilganini koʻrsatish, ularga sarlavha tanlash, matn
mazmuniga mos keluvchi reja tuzish bilan bog‘liq topshiriqlar bilan ishlanadi.
Masalan:
1-topshiriq. Chiziqning ikki tomonida berilgan ma’lumotni o‘qing. Ular qaysi
jihati bilan farq qiladi? (1-ustunda ham gaplar berilgan. Unda 4ta gap bor. 2-
ustunda ham shuncha gap bor. )

1. Alisher Navoiy bolalik paytlaridayoq
juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo‘lgan
ekan.
2. Shahar aholisi avtobus, yengil
mashina, vilosiped, metro transportidan
foydalanadi.
3. Qoyalar o‘rtasida atrofi yovvoyi
gullarga burkangan kattagina ko‘l hosil
bo‘libdi.
4.

O‘zbekiston gerbida Amudaryo va

Sirdaryo tasvirlangan.

Alisher Navoiy bolalik paytlaridayoq
juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo‘lgan
ekan. Uch yoshidan boshlab she’r,
musiqa eshitishni nihoyatda yaxshi
ko‘rar ekan.
Alisher tiyrak

bola bo‘lgani uchun otasi

uni to‘rt yoshida maktabga beribdi.
Alisher kichkina bo‘lishiga qaramay,
juda ham yaxshi o‘qibdi.(3-sinf. Ona tili
va o`qish savodxonligi. 18-bet)

2-topshiriq. 1-ustundagi gaplar qaysi mavzuda? Gaplarning mazmunidan

kelib chiqib unga sarlavha qo‘ying. 2-ustundagi gaplar qaysi mavzuda?
Gaplarning mazmunidan kelib chiqib unga sarlavha qo‘ying.

3-topshiriq. Nima uchun 1-ustunga sarlavha qo‘ya olmadingiz?

Shundan keyin gap va matn haqidagi ma’lumot ekran orqali uzatiladi:

Matn bir mavzuni yoritib beruvchi mazmunan bog‘liq gaplardan tuziladi.

Matn biror voqea haqida ma’lumot beradi. Unga sarlavha qo‘yish mumkin.
Bir mavzu doirasida bo‘lmagan, bir biri bilan mazmunan aloqador bo‘lmagan bir
necha gaplar yig‘indisi matn bo‘la olmaydi.
O‘quvchilarga monitor orqali turli janrdagi matnlar o‘qishga tavsiya qilinadi.

4-topshiriq. O‘qigan hikoya, she’r, maqol, topishmoqlarni yana qanday

nomlash mumkin? Nima uchun? Fikringizni yozma ifoda eting. Yozgan
javobingizga sarlavha qo‘ying.

5-topshiriq. Siz o‘qigan matnlarda xatboshilar nechta? Matn nima uchun

xatboshiga ajratilgan?


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

13

O‘quvchilarning matn, bog‘lanishli nutq haqidagi tushunchalari bosqichma

bosqich murakkablashtirib boriladi. Matnning belgilari shu tarzda to‘ldirib
boriladi.
Bunda ota-onalarning dars jarayonida ishtirok etishini maksimal darajada
ta’minlash lozim bo‘ladi.

O‘zlashtirishi turli darajadagi o‘quvchilarga matnga beriladigan quyidagi

ta’riflar video orqali namoyish qilinadi. O‘quvchilarga “Matnga berilgan
ta’riflarning qaysi biri sizga ma’qul? O‘zingiz tanlagan ta’rifning boshqa
ta’riflardan afzalligini asoslang” tarzida o‘quvchilar tushunchasi aniqlanadi.
Matn bir mavzudagi gaplar yig‘indisi.
Matn yozma ifoda etilgan asar.
Matn biror voqeani ifoda etadigan yozma nutq.
Matn darsliklarimizda berilgan hikoyalar.
Matn bosma asar.
Matn biz yozgan taklifnoma, e’lon, tabriknomalar.
Matn biz yozgan bayon.
Matn bir voqeani yozma ifoda etishda qo‘llangan gaplarning yig‘indisi.
Mazkur variantlar o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos
keladi. O‘quvchilar matn haqidagi ma’lumotlarning bir nechtasini belgilashi
mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchilarga matnga o‘zlarining ta’rifini yozishlarini taklif etadi.
Ma’lumki, nutq birligi - gap. Demak, gaplar birlashmasidan tuzilgan matn ham
nutq birligidir. Matn gapga nisbatan tugal va to‘liq fikrni ifodalash bilan birga
kommunikativ aloqa jarayonida kengroq va chuqurroq ma`lumotlarni qamrab
oladi. Bu xususiyat grammatik jihatdan gapga teng keladigan maqol, matallarga
ham xosligi uchun ular kichik hajmdagi matndir. Shuning uchun ham til
hodisalarini alohida so‘z, so‘z birikmasi yoki gap asosida emas, balki matn
asosida nutqiy sharoitni hisobga olgan holda o‘rganish va tahlil qilish ma’qul. Bu
jarayonda o‘quvchi bayon etilayotgan tushuncha va fikrlarni aniqlab, anglab
o‘zlashtirishi, ularni mantiqiy izchil va uslubiy jihatdan savodli qilib og‘zaki va
yozma ravishda ifodalash ko‘nikmalarini egallashi kerak.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, fikr turli xil matnlar tarzida ifodalanishi mumkin.
Ular maqsad va mazmun jihatdan tilxat, taklifnoma, tabriknoma, ariza, e’lon,
tarjimai hol kabi turli rasmiy hujjatlar ko‘rinishda bo`ladi.
Tizimli o‘qitishga asoslanilgan holda rasmiy ish qog‘ozlarinining mazmuni,
tuzilishi, unda qo‘llanadigan atamalar bilan o‘quvchilar namuna asosida o‘rgatib
boriladi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

14

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ana shularni hisobga olgan holda o‘quvchilar matn
tuzishga o‘rgatilmaganligi natijasida ularning bayon va insho kabi ijodiy
xarakterdagi yozma ishlarida, rasmiy hujjat namunalarida so‘z va birikmalarni
noo‘rin ishlatish, fikrni takrorlash, asosiy fikr haqida emas, ikkinchi darajali
voqea va narsalar haqida so‘z yuritish kabi xatolar ko‘p uchraydi. Buning yagona
sababi turli janrdagi matnlar tahliliga yetarli darajada e’tibor berilmagani, matn
yaratish mashqlari muayyan izchillikda tashkil etilmagani, o‘quvchilar ishidagi
xato-kamchiliklar ustida o‘quvchi bilan ishlanmaganligidadir.
O‘quvchilarning matn mazmuni va g‘oyasini mukammal anglab, uni qayta nutqiy
barafsil ifodalashga o‘rgatish matnning lisoniy birliklari, bo‘laklari, sarlavhasi
ustida ishlashni taqozo etadi. Masalan, “Alisher Navoiy hayoti” matni asosida ot
so‘z turkumi o‘rganiladigan darsda berilgan matn ustida quyidagicha ishlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-Matnni o‘qing. Matn kim haqida ekan?
-Alisher Navoiy haqida nimalarni bilib oldingiz?
-Matnga qanday sarlavha qo‘yilgan?
-Sarlavha matn mazmuniga mos keladimi? Fikringizni asoslab bering.
-Matnga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
-Matn necha qismga ajratilgan?
-1-qismda nima haqida ma`lumot berilgan?
-2-qismda-chi?
-Bu qismlar o‘zaro bog‘liqmi? Bog‘liqligini asoslang.
-Matnni qayta hikoyalab bering. Nima sababdan matn mazmunini qayta
hikoyalashda qiynaldingiz?
Matn mazmunini o‘quvchilar muallif hikoyasidek yoritib bera olmaydilar. Bunga
erishish uchun matnning leksik va grammatik birliklari ustida ishlanadi.
O‘quvchilarning yaratgan matnlarini tahlilida 3-sinf “Ona tili va o‘qish
savodxonligi” darsligidagi quyidagi o‘quv materialidan (Qo‘rqoq bug‘u)
foydalanish matn yaratishda til birliklarining matn mazmunining ta’sirchanligini
ta’minlashini bilib, his qilib olishlarini ta’minlaydi :

Ularning cho‘g‘dek yonib turgan

ko‘zlarini ko‘rib, yuragi “shuv” etibdi.

Ularning ko‘zlarini ko‘rib qo‘rqib

ketibdi.

Kechagina eng kuchli, navqiron bug‘uni

quvlay-quvlay charchatib qulatishibdi.

Yaqinda eng kuchli bug‘uni quvlayverib

charchatib qulatishibdi.

Endi bo‘rilar meni ko‘rishi bilan Endi bo‘rilar meni ko‘rishi bilan


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

15

qo‘rquvdan

orqalariga

qaramay

qochishadi.

qo‘rauvdan qochishadi.



Mazkur gaplar quyidagi savol-topshiriqlar asosida tahlil qilinadi:
1.Jadvalning har ikki tomonidagi gaplarni o‘qing. Mazmunini ayting.
2.Har ikki ustundagi gaplardan qaysi biri ta’sirchan?
3.Har ikki ustundagi gaplar tarkibini kuzating. Ular nimasi bilan farq qilyapti?
4.Sizning hissiyotingizga qaysi gaplar kuchli ta`sir qildi? Uning sababi nimada?
5.Siz birinchi ustundagi gapni shunday ifodalay olarmidingiz? Buning uchun
nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?
Boshlang‘ich sinfda matn yaratishga mo‘ljallangan matnlar monologik nutq
shaklida bo‘lishiga, o‘rganilmagan mavzularga doir til birliklari qo‘llanmagan
(masalan, undalma, kirish so‘z, ajratilgan bo‘laklar, qo‘shma gaplar, ko‘chirma
gaplar kabi) bo‘lishi, matn tuzilishi sodda (uch – to‘rt xat boshidan oshmasligi),
matn mazmunini yoritishni ta’minlaydigan muallif tomonidan qo‘llangan so‘z va
so‘z birikmalaridan foydalanishlarini, ba’zilarining muqobillarini qo‘llashlarini,
matn so‘ngida matndagi voqealarga o‘z munosabatini yozishlarini talab etadigan
topshiriqlar berish ta’limiy maqsadni amalga oshirishni ta`minlaydi. Ayrim
matnlarga yangi ma’lumotlar qo‘shish, “ijodiy” o‘zgarishlar kiritishga doir
topshiriqlar o‘quvchini erkin fikrlashini ta’minlaydi. Buning uchun rasmlardan,
videofilmlardan, ko‘rganlari, kuzatganlari, eshitganlaridan foydalanishlari
aytiladi.
Matnning qoralama nusxasi tayyorlangach, uni tahrirlash, tuzatishlar kiritish
mumkinligi, bular uning bahosiga ta’sir qilmasligi, aksincha, bular
rag‘batlantirilishi aytiladi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish, matn yaratishga tayyorlash matn ustida tizimi va
qo‘shimcha ta’limiy resurslardan foydalanilishi bilan bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. –T.: 2017.

56- bet.
2.

Azimova I. va boshq. Ona tili va o‘qish savodxonligi. – Toshkent:

Respublika ta’lim markazi, 2022. – 144 b.
3.

Nusratova, H. (2021, October). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH: DOI: 10.53885/edinres.
2021.80. 81.021 Nusratova Hamida, Nizomiy nomidagi TDPU, Boshlang’ich


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

16

ta’lim fanlari kafedrasi dotsenti, PhD. In Научно-практическая конференция
(pp. 51-52).
4.

Hamida, N. (2022, March). BOSHLANG’ICH TA’LIMDA SINFDAN TASHQARI

O’QISH DARSLARINING O’QITILISH HOLATI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.68.
31.102 Nusratova Hamida, Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang’ich ta’lim fanlari
kafedrasi dotsenti, PhD Tursunova Zarina, Nizomiy nomidagi TDPU 2-bosqich
magistri. In Научно-практическая конференция.
5.

Rustamova, Z. (2022). LINGUISTIC BASIS OF CREATION OF DIALECTAL

CORPUS OF UZBEK LANGUAGE. Science and Innovation, 1(8), 1255-1258.

Библиографические ссылки

Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. –T.: 2017. 56- bet.

Azimova I. va boshq. Ona tili va o‘qish savodxonligi. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 144 b.

Nusratova, H. (2021, October). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH: DOI: 10.53885/edinres. 2021.80. 81.021 Nusratova Hamida, Nizomiy nomidagi TDPU, Boshlang’ich ta’lim fanlari kafedrasi dotsenti, PhD. In Научно-практическая конференция (pp. 51-52).

Hamida, N. (2022, March). BOSHLANG’ICH TA’LIMDA SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARINING O’QITILISH HOLATI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.68. 31.102 Nusratova Hamida, Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang’ich ta’lim fanlari kafedrasi dotsenti, PhD Tursunova Zarina, Nizomiy nomidagi TDPU 2-bosqich magistri. In Научно-практическая конференция.

Rustamova, Z. (2022). LINGUISTIC BASIS OF CREATION OF DIALECTAL CORPUS OF UZBEK LANGUAGE. Science and Innovation, 1(8), 1255-1258.