Авторы

  • Akmaral Nisanbayeva
    Nizomiy nomidagi TDPU professori
  • Aydana Junisova
    Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.icas.85790

Аннотация

Mazkur maqola boshlangʼich sinflarda ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish ga bagʼishlangan. Аyniqsa, o‘z ustida mustaqil ishlashga o‘rgatishda soddadan murakkabga qarab vazifalar berilsa maqsadga muvofiq  ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

24

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAQIL

ISHLARNI SAMARALI TASHKIL QILISH

Nisanbayeva Akmaral

Nizomiy nomidagi TDPU professori

Junisova Aydana

Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15362011

Annotatsiya:

Mazkur maqola boshlangʼich sinflarda ona tili darslarida mustaqil ishlarni

tashkil etish ga bagʼishlangan. Аyniqsa, o‘z ustida mustaqil ishlashga o‘rgatishda
soddadan murakkabga qarab vazifalar berilsa maqsadga muvofiq ilmiy-amaliy
jihatdan asoslab berilgan.

Аннотация:

Эта статья является независимой на уроках родного языка в

начальных классах посвященный организации работы. В частности, при
обучении самостоятельной работе над собой даются задания от простого к
сложному, научно и практически исходя из цели.

Annotation:

This article is devoted to the organization of independent work in native

language lessons in primary grades. In particular, the purpose of teaching
independent work on oneself is scientifically and practically justified by the fact
that tasks are given from simple to complex.

Didaktikaning eng muщim tamoyillaridan biri ta'lim jarayonida

o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishdir. Boshlang‘ich
sinfda o‘quvchilar tevarak-atrofdagi predmet-hodisalar, ular orasidagi
munosabat haqida ma'lum darajada tasavvurga ega bo‘ladilar va o‘z his-
tuyg‘ularini so‘z orqali ifodalay oladilar. Ularda og‘zaki, yozma va mustaqil
fikrlash malakasi shakllanib, boshlang‘ich darajadagi mavhum fikriy tahlil va
tarkib shakllari o‘sib boradi.

Mustaqil ishni tashkil etishda o‘quvchilarning bajara olish imkoniyatlariga

qarab, o‘z ustida mustaqil ishlashga o‘rgatishda soddadan murakkabga qarab
vazifalar berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Mustaqil ishlarni asosan 3-4 sinflarda o‘tkazish mumkin.
Mustaqil ishni tashkil etishda o‘qituvchi bir matn tanlab “Saylanma diktant”

o‘tkazib oladi va savollar beradi.

Shu matnda “sifat” va “fe’l” so‘z turkumiga oid

so‘zlarni toping va tahlil qiling?

“Sifat” va “fe'l” so‘z turkumining bir biridan farqi?
“Sifat” so‘z turkumi qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi?


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

25

“Fe'l” so‘z turkumi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
“Fe'l” gapda qanday vazifada keladi?
Kabi savollar berib o‘quvchilarni mustaqil fikrlash salohiyatini oshirishga

zamin yaratish kerak.

Mustaqil ishlarni tashkil qilishda “kichik guruhlarda ishlash” metodidan

foydalangan holda “omadli eshiklar” o‘yinini o‘tish mumkin.

Bu o‘yinda

o‘quvchilarning barchasi qatnashadi va o‘yin sharti quyidagicha bo‘ladi.

Doskaga 3 ta eshik chiziladi. Sinf o‘quvchilari guruhga bo‘linadi.
1-eshikda 2 ta savol, 2-eshikda 2 ta savol, 3-eshikda 2 tasavol bo‘ladi.
Har bir eshik uchun savollar so‘z turkumlariga oid bo‘ladi.
1-eshik uchun savol:
1. Harakat bildirgan so‘zlarni toping?
Artyapti, rahmat, yolg‘iz, qochdi, yedi, Hasan, bog‘bon, bordi.
2. Insonga xos bo‘lgan harakatni toping?
Kiyindi, uxladi, kishnadi, cho‘qidi, sayradi, suzdi.
Savollarga to‘g‘ri javob bergan guruh 2-eshikka yuzlanadi.
2-eshik uchun savollar.
1. Narsaning belgi, xususiyatini bildirgan so‘zlarni toping?
Qizil, to‘rtburchak, soqol, tanga, ko‘ylak, tugma.
2. Yozda kiyinadi,
Qishda yechinadi.
Topishmoqning javobini toping?
Suv, daraxt, shamol, piyoz, gilam.
3-eshik uchun savollar.
1. Bo‘lishli fe'llarni toping?
Xushhabar, tinglamoq, suzdi, yozdi, bormadi, uxladi.
2. Bo‘lishsiz fe'llarni toping?
Yozmadi, bajarmadi, foydalandi, yig‘ladi.
O‘yin oxirida g‘olib guruh rag‘batlantiriladi.
Bu o‘yindan asosan “sifat” va “fe'l” so‘z turkumini o‘tganda foydalansa

maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Mustaqil ishlarni tashkil qilishda bunday o‘yinlardan foydalanish

o‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin, mustaqil bayon etishga o‘rgatadi, nutqini
o‘stiradi, lug‘at boyligini oshiradi, fikrlash doirasi kengayadi, bir-birini fikrini
tinglashga o‘rgatadi va o‘tilgan mavzular mustahkamlanadi.


background image

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ

АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

26

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические

основы системного подхода при подготовке учителей профессионального
обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015).
2.

Дилова Н.Ғ. Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик

педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017).
3.

Indiaminov N. va b. Ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga

yo‘naltirilgan ta’lim. Ta’lim texnologiyalari. 2014(8).
4.

Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE

METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and
innovation, 2(B2), 177-178.
5.

Нисанбаева, А., & Чиналиева, А. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА

МОТИВАЦИЯНИНГ АҲАМИЯТИ. Science and innovation, 1(Special Issue 2),
781-786.

Библиографические ссылки

Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015).

Дилова Н.Ғ. Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017).

Indiaminov N. va b. Ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Ta’lim texnologiyalari. 2014(8).

Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178.

Нисанбаева, А., & Чиналиева, А. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА МОТИВАЦИЯНИНГ АҲАМИЯТИ. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 781-786.