Авторы

  • Erkinboyeva Guljaxon Ozodbek qizi,Abdullayev Oybek Shakirjanovich
    Agrobiologiya fakulteti, “O’rmonchilik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 26-guruh talabasi,Agrobiologiya fakulteti, “Organik dehqonchilik va o’rmon melioratsiyasi” kafedrasi assistenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119570

Ключевые слова:

Manzarali o’simliklar buta iqlim daraxt tur turkumManzarali o’simliklar turkum

Аннотация

 Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan. Eng kop introduksiya qilinayotgan o’simliklardan Loladoshlar oilasi (Liliaceae) bo’lib Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning mo’tadil mintaqalarida tarqalgan
45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p bo’lmagan turlari Afrika va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Biz shu o’simlik xaqida to’liq ma’lumot yoritib beramiz.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

996

LOLADOSHLAR OILASI (LILIACEAE) NING EKOLOGIYASI VA BIOLOGIYASI.

Abdullayev Oybek Shakirjanovich

Agrobiologiya fakulteti, “Organik dehqonchilik va o’rmon melioratsiyasi” kafedrasi assistenti.

Erkinboyeva Guljaxon Ozodbek qizi

Agrobiologiya fakulteti, “O’rmonchilik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 26-guruh talabasi.

Аннотация:

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan

manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan. Eng kop introduksiya qilinayotgan

o’simliklardan Loladoshlar oilasi (Liliaceae) bo’lib Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy

Amerikaning

mo’tadil

mintaqalarida

tarqalgan

45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p bo’lmagan turlari Afrika

va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Biz shu o’simlik xaqida to’liq

ma’lumot yoritib beramiz.

Калит сўзлар:

Manzarali o’simliklar, buta, iqlim, daraxt, tur, turkum.

Loladoshlar oilasi (Liliaceae) Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning mo’tadil

mintaqalarida tarqalgan 45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p

bo’lmagan turlari Afrika va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Loladoshlar

- piyozli ko’p yillik o’simliklar.

Ularning eng balandi Himolaydagi gigant kardiokrinum (Cardiocrinum giganteum) bo’lib, bo’yi

4 m ga yetadi. Eng kichigi - Janubiy Afrikadagi mitti litantusning (Litanthus pusillus) bo’yi esa

25 mm bo’lib, uning piyozi no’xatdek keladi. Loladoshlar orasida ikkita epifit turlar ma’lum.

Bular Madagaskar orolidagi urgeniyasimon rodokodon (Rhodocodon urgeneoides) va Sharqiy

Osiyodagi daraxtsimon liliya (Lilium arboricola). Biroq daraxt po’stlog’idagi mox qatlami

orasida ularning ham piyozi bor. Odatda ko’payish piyozchalarining chuqurlashishi maxsus

tortuvchi ildizlar yordamida amalga oshadi. Bu ildizlar yo’g’on va etli bo’lib, qurib borgan sayin

kaltalashadi hamda piyozchalarni pastga tortib ketadi. Lolalarda (Tulipa) piyozchalarning

chuqurlashishi ular joylashgan stolonlar yordamida amalga oshadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

997

Loladoshlarning piyozlari ko’p yillik, bir necha yillik halqalardan iborat bo’lishi yoki bir yillik,

har yili qayta hosil bo’lishi mumkin. Har ikkala holda ham piyozlar faqat barg tangachasidan,

faqat pastki tangachadan yoki ularning har ikkalasidan iborat bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda

etli g’amlovchi tangachalardan tashqari pardasimon tangachalar ham bo’lib, ularning uchi yer

ustiga ham chiqadi va yashil barglarning asosini o’rab turadi. Bir yillik piyozlarda barcha

tangachalar vegetatsiya oxirida qurib qoladi va ular orasida avvalroq guldor poyaning asosida

shakllangan o’rindosh piyoz shakllanadi.

Ko’p yillik piyozlarda tangachalarning bir qismi quriydi, shu sababli bir necha yillik qurigan

tangachalar yig’ilib qoladi. Yer ustki guldor poyalari bargli, bargsiz strelkalar yoki faqat gulli

bo’lishi mumkin. Faqat gulli poyalarda barcha barglar ildizoldi barglardan iborat bo’ladi. Barg

yaprog’i butun, ko’pincha tig’simon yoki tasmasimon, ba’zan yuraksimon va 6 bandli

(Cardiocrinum va Drimiopsis avlodlarida) bo’ladi, odatda parallelsimon tomirlanadi. Gullari

mayda yoki yirik, yakka yoki to’pgullarga, odatda shingilga yig’ilgan.

Gul oldi bargchalari odatda mayda, ba’zan yirik sariq barglar ko’rinishida poyaning yuqorisida

yig’ilgan (Fritillarianing ayrim turlari, Eucomis turkumida). Gullari ikki jinsli, aktinomorf, kam

hollarda zigomorf (masalan, Camassia, Fritillaria, Bellevalia, Muscari va Lachenalia

turkumlarining ayrim turlarida, Cardiocrinumda). Gulqo’rg’on tojsimon, 2 qator joylashgan 6

qismdan iborat.

Loladoshlarning gullari xushbo’y hidli, juda ko’p miqdorda nektar ajratadi, turli hasharotlar

yordamida,

ayrimlari

esa

qushlar

yordamida

changlanadi.

Mevasi - ko’sakcha. Urug’lari yassi yoki sharsimon. Urug’ining tarqalish usuli bo’yicha

Loladoshlar ko’pincha ballistlarga mansub, ya’ni mevasi yetilgach, ko’sakcha yoriladi va undagi

urug’lar ma’lum masofaga otilib ketadi. Bu usul uchun tik va egiluvchan poya xos bo’lib, meva

yetilish vaqtida shamol yoki boshqa ta’sir ostida chayqalib turadi hamda urug’ni qadimgi qamal

quroli - ballista (toshotar) singari otadi. Bunday o’simliklar (anemoxor ballistlar) urug’i yassi

bo’lib, ularda shamolda tarqalishga yordam beradigan moslamalar mavjud.

Ayrim Loladoshlarning (mirmekoxorlar) urug’ini chumolilar tashib ketadi. Ularning poyalari

meva yetilish vaqtida yerga egiladi. Urug’ida elayosomalar - etli va yumshoq qo’shilmalar bo’lib,

ular urug’dan oson ajraladi va chumolilar tomonidan iste’mol qilinadi. Loladoshlar bir-biridan

yaqqol

ajralib

turuvchi

2 kenja oilaga: loladoshlar (Lilioideae) va ssilladoshlar (Scilloideae) kenja oilalariga ajraladi. 7

Loladoshlar kenja oilasi 4 bo’g’inga taalluqli 10 avlod va taxminan 470 ga yaqin turni o’z ichiga

oladi. Bu kenja oila vakillari shimoliy yarimsharda uchraydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

998

LOLADOSHLAR OILASINING EKOLOGIYASI.

Chorva mollari boqilishi va o’simlik gulining terib olinishi sababli kamaymoqda. O’zbekiston

Respublikasi FA Botanika bog’ida 1956 yildan boshlab o’stiriladi. Tabiatda o’sib turgan joylari

qat’iy nazorat ostiga olinishi lozim. Korolkov lolasi - Tulipa korolkowii Regel Korolkov lolasi

Qizil Kitobga 2-daraja - kamyob tur sifatida kiritilgan.

Janubi-garbiy Tyanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan, kamyob o’simlik. Qisqacha tavsifi.

Bo’yi 10-20 sm ga yetadigan ko’p yillik, piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2,5 sm,

qobig’i ichki tomonining yuqori qismi sertuk. Barglari 3 ta, egri-bugri. Guli yakka, qizil, tubi

qora. Changchi iplarining pastki qismi qora, yuqori qismi esa qizil. Ba’zan changchi iplari qora

yoki qizil. Changdoni sariq. Mart-aprel oylarida gullab, iyuniyulda mevasi yetiladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Qurama (Abjassoy,

Kendirdovon), Nurota, Ko’xitang, Boysun, Bobotog’da, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida

tarqalgan. Qozog’iston va Tojikistonda ham uchraydi. O’sish sharoiti. Qum-shag’alli hamda

toshli yonbag’irlarda va ola jinsli yerlarda o’sadi. Soni. Tabiatda to’p-to’p bo’lib va yakka-yakka

holda tarqalgan. Ko’payishi. Urug’idan va piyozidan ko’payadi.

Korolkov lolasi - Tulipa korolkowii Regel 24 o’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari.

Gullari uzib va piyozlari qazib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi sababli kamayib

bormoqda. Madaniylashtirilishi. O’zbekiston Respublikasi FA Botanika bog’ida 1956 yildan

boshlab ekib o’stirilmoqda. Muhofaza choralari. Tabiatda o’sib turgan tuplarini nazorat ostiga

olish va ko’proq madaniylashtirishga e’tibor berish kerak.

Lolalar haqidagi ilk ma’lumotlar forslarda uchraydi. Hozirda ilk madaniylashtirilgan lolalarning

ajdodi qaysi tur ekanligini aniqlash juda mushkul ish. Biroq bular Kichik va O’rta Osiyoda

tarqalgan gesner (T.gesneriana) va shrenk (T.schrenkii) turlari bo’lishi mumkin. Forslardan

lolalar Turkiyaga tarqalgan va bu yerda hozirgi lola nomini olgan. Turkiyada ular ustidan ilk

seleksiya ishlari olib borilgan. XVI asrga kelib lolalarning 300 ga yaqin navlari ma’lum bo’lgan.

1554 yilda Avstriya imperatorining Turkiyadagi elchisi Ogye de Byusbek Venaga lolalarning

katta miqdordagi piyozi va urug’larini jo’natgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

999

Ular avval Venadagi dorivor o’simliklar bog’ida o’stirilgan. Bog’ning direktori botanika

professori Sharl de l’Eklyuz (Charles de l’Ecluse, 1525-1609) bo’lgan. Eklyuz seleksiya bilan

shug’ullana turib lolalarning urug’lari va piyozlarini o’zining o’rtoqlari va tanishlariga jo’natgan.

XVI asrning 60-yillarida savdogarlar ularni Avstriya, Fransiya va Germaniyaga olib kelishgan.

Shu vaqtdan boshlab lolalar butun Yevropaga tarqala boshlagan. Avvallari lolalar qirollarning

saroylarida o’stirilib, boylik va zodagonlik ramzi sanalgan. Lolalarning ashaddiy muxlislari

sifatida Rishelye, Volter, avstriya imperatori Frans II, fransuz qiroli Lyudovik XVIII larni

keltirish mumkin. 1570 yilda Eklyuz taklifga binoan Gollandiyaga ishga keladi hamda o’zi bilan

boshqa o’simliklar qatorida lolalarning piyozlarini ham olib keladi.

Shundan keyin butun bir xalqning lolalar bilan telbalarcha qiziqishi boshlanadi. Bu gulning

kamyob nusxalari uchun 2 000 dan 4 000 floringacha pul to’langan. XVII asrning boshida 3

yilda lolalar oldi-sottisi bilan bog’liq 10 million florinlik shartnomalar imzolangan. Ko’pchilik

sanoatchilar o’z ishlab chiqarish korxonalarini tashlab, lola o’stirishga kirishib ketgan. Natijada

ko’plab sanoat korxonalari inqirozga yuz tutgan. Shu sababli hukumat bunga qarshi choralar

ishlab chiqishga majbur bo’lgan. Jamiyatda lolalarning nihoyatda ko’payib ketganligi o’z

navbatida aks 17 ta’sirni ham keltirib chiqardi, ya’ni lolalarning ko’rinishini yoqtirmaydigan va

ularni qirib tashlaydigan shaxslar ham paydo bo’lgan. Faqatgina ingliz bog’lari va ulardagi yangi

gullar paydo bo’lgandan so’nggina lolalarga bo’lgan telbalarcha qiziqish nihoyasiga yetgan.

Rossiyadagi yovvoyi lolalar XII asrdayoq ma’lum bo’lgan, biroq madaniy lolalarning piyozi

Pyotr I davrida 1702 yilda Gollandiyadan keltirilgan. Lolalarning piyozi XIX asrning oxirigacha

chet eldan keltirilganligi sababli juda qimmat bo’lgan. Faqatgina XIX asrning oxiriga kelib

lolalar sanoat miqyosida ko’paytirila boshlagan. Boychechak (Gagea) turkumiga 70 ga yaqin

turlar kiradi. Ular Yevroosiyo va Shimoliy Afrikada tundra o’rmonlari va tog’lardagi

muzliklardan chalacho’llargancha bo’lgan hududlarda o’sadi. Boychechaklar erta bahorgi

efemeroidlar hisoblanadi.

Ularning sariq rangli yulduzsimon gullari bahorda tog’ o’tloqlarini, shag’alli yonbag’irlarni va

tog’ qoyalarini qoplaydi, adirlar va ayrim hollarda sho’rlangan tuproqlarda va ohaktoshlarda

uchraydi, keng bargli o’rmonlar va bog’larda uyum-uyum bo’lib o’sadi, ekin maydonlarida

begona o’t sifatida tarqaladi.

Bu

o’simliklar

loladoshlar

oilasining

eng

kichik

vakillari

bo’lib,

bo’yi

3- 35 sm ni tashkil qiladi. Boychechaklarda bitta piyoz bo’ladi. Agar ona piyoz qo’shimcha 1-2

ta piyozcha hosil qilsa, unda 2-3 piyozli bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda ona piyoz atrofida bir

nechta piyozchalar hosil bo’lib, turli yoshdagi piyozchalardan iborat uyacha shakllanadi.

Qoplovchi tangachalari to’rsimon tolali, pardasimon yoki po’stloqsimon. Nisbatan quruq

yerlarda tarqalgan platispermum (Platyspermum) kichik turkumining ayrim turlarida ikki xildagi

ildizlar mavjud: piyoz tubi markazidagi ipsimon popuk ildizlar tik vertikal o’sadi (musbat

geotropizm) hamda piyoz tubi chetidagi dag’al ildizlar avvaliga tik pastga qarab o’sadi, keyin

gorizontal va tepaga qarab o’sadi (nolinchi va manfiy geotropizm).

Ular piyozni o’rab oladi va orasidagi tuproq zarrachalari bilan birgalikda kapsula hosil qilib,

piyozni

yozda

qurib

qolishdan

saylaydi.

Ildiz

oldi

barglari

(1-2 dona)

odatda

to’pguldan uzun bo’ladi. To’pgul tagidagi barglar

soni

1-3 (5) dona, kam hollarda poya bir tekis barglangan bo’ladi. To’pgullari soyabonsimon, gullari

soni 18 kam. Gullarining bandi ko’pincha turlicha uzunlikda bo’ladi. Gulqo’rg’on qismlarining


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

1000

tashqarisi yashil, ichkarisi sariq rangda, asosida asalchi bezining chuqurchasi bor. Changchilari

xuddi lolalar va eritroniumlarniki singari asosi bilan birikkan harakatchan changdonli.

Gullari kuchsiz protoginiyali (ya’ni ginetseyi androtseydan biroz avval yetiladi), hidsiz.

Changlatuvchilar - kichik pashshalar, qo’ng’izlar va asalarilarni gulqo’rg’on qismlari asosida va

changchi iplari orasida tomchilar shaklida yig’ilgan shira o’ziga jalb qiladi. Urug’lari yassi,

uchburchuksimon (platispermum kichik turkumida) yoki tuxumsimon.

Ayrim turlarning urug’larida (G.lutea, G.reticulate) elayosomalar, ya’ni integumentning urug’

atrofida o’sgan to’qimasi bo’ladi. Boychechaklar vegetativ usulda piyozlari bilan ham tez

ko’payadi. Bunda piyozlar ona piyozning tubida, barglarning qo’ltig’ida va ba’zan g’unchalar

o’rnida hosil bo’lishi mumkin. Ayrim turlarda intensiv vegetativ ko’payish ilk gullashgacha

davom etsa, boshqalarida undan keyin ham davom etadi.

Farg’ona

vodiysi

o’simliklar

qoplamida

lolalarning

8

turi

uchrab,

ularning

6 turi, ya’ni dilband lola (T.micheliana Th.Hoog), korolkov lolasi (T.korolkowii Regel), yungli

lola (T.lanata Regel), ulug’vor lola (T.ingens TM. Hoog), pushtagli lola (T.carinata Vved.) va

O’zbekiston lolasi (T.uzbekistanica Botschantz. et Sharipov) O’zbekiston Qizil Kitobining

so’nggi 4-nashriga kiritilgan. Dilband lola - Tulipa micheliana Th.Hoog Dilband lola Qizil

Kitobga 2-daraja - kamyob tur sifatida kiritilgan. U G’arbiy Pomir-Oloydagi kamayib ketgan tur.

XULOSALAR

Loladoshlar - piyozli ko’p yillik o’simliklar. Ularning eng balandi Himolaydagi gigant

kardiokrinum (Cardiocrinum giganteum) bo’lib, bo’yi 4 m ga yetadi. Eng kichigi - Janubiy

Afrikadagi mitti litantusning (Litanthus pusillus) bo’yi esa 25 mm bo’lib, uning piyozi no’xatdek

keladi. Loladoshlar orasida ikkita epifit turlar ma’lum. Bular Madagaskar orolidagi

urgeniyasimon rodokodon (Rhodocodon urgeneoides) va Sharqiy Osiyodagi daraxtsimon liliya

(Lilium arboricola). Biroq daraxt po’stlog’idagi mox qatlami orasida ularning ham piyozi bor.

Ko’pchilik turlar tog’ oldi va tog’ mintaqalarida, o’rmonlarda, daryolar bo’yidagi baland bo’yli

subalp o’tloqlarda, botqoqliklarda yoki ochiq o’tli yonbag’irlarda o’sadi. Xitoyning g’arbiy

hududlari, Janubi-sharqiy Tibet va Birma shimoli ayniqsa liliya turlariga boy. Chorva mollari

boqilishi va o’simlik gulining terib olinishi sababli kamaymoqda.

O’zbekiston Respublikasi FA Botanika bog’ida 1956 yildan boshlab o’stiriladi. Tabiatda o’sib

turgan joylari qat’iy nazorat ostiga olinishi lozim. Loladoshlar oilasiga mansub bo’lgan

o’simliklarning 6 turi kamayib borayotgan turlar sifatida O’zbekiston Qizil kitobining so’nggi 4-

nashriga kiritilgan. 3. Qashqadaryo viloyatining o’simliklar qoplamidagi Qizil kitobga kiritilgan

Loladoshlar oilasiga mansub bo’lgan o’simliklarning barchasi Tyanshan, Pomir-Oloy yoki Hisor

uchun endem turlar hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O’. Pratov, Q. Jumayev Yuksak o’simliklar sistematikasi Toshkent 2003.

2. A.U Usmonov - Dereviya i kustarnika sredney azii T, 1974

3. M.G.Popov - Dikie plodovie derevya Uzbekistana T, 1934


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

1001

4. M.M.Arifxonova - Rastitelnost Ferganskoy dalini, 1967

5. V.P.Drobov - Lesa sadi sredniy Azii M, 1936

6. V.P.Drobov - Lesa Uzbekistana T, 1948

7. https://uz.m.wikipedia.org

Библиографические ссылки

O’. Pratov, Q. Jumayev Yuksak o’simliklar sistematikasi Toshkent 2003.

A.U Usmonov - Dereviya i kustarnika sredney azii T, 1974

M.G.Popov - Dikie plodovie derevya Uzbekistana T, 1934

M.M.Arifxonova - Rastitelnost Ferganskoy dalini, 1967

V.P.Drobov - Lesa sadi sredniy Azii M, 1936

V.P.Drobov - Lesa Uzbekistana T, 1948