Том 8 № 1 (2025)
Статьи
YOUTH CRIME IN UZBEKISTAN: CURRENT TRENDS AND THE NEED TO REFORM
Juvenile delinquency, defined as illegal acts committed by minors, has become a growing concern in Uzbekistan. The rise in youth crime reflects broader social challenges, including lack of parental supervision and insufficient educational engagement. This article examines the relevance of the issue, emphasizes the need for preventive measures, and explores possible legal and social responses. It also considers international practices to offer insights for improving juvenile justice in the country.
KRIPTOVALYUTA: RIVOJLANISHI, IMKONIYATLARI VA TAHLILIY YONDASHUV
Mazkur ilmiy maqolada kriptovalyuta tushunchasi, uning iqtisodiyotdagi o‘rni, afzalliklari va xavflari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, blokcheyn texnologiyasi, markazlashmagan moliyaviy tizimlarning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan. Maqola doirasida kriptovalyutalarning investitsiya imkoniyatlari, tartibga solish masalalari hamda iqtisodiy xavf-xatarlari bo‘yicha tahliliy yondashuv taqdim etilgan.
ISHEMIK YURAK KASALLIGI (IYUK)
Ishemik yurak kasalligi (IYUK) — yurak mushagining qon bilan ta’minlanishining yetarli emasligi natijasida rivojlanadigan surunkali yurak kasalligi bo‘lib, dunyo bo‘yicha o‘limning yetakchi sababi hisoblanadi. Bu holat yurakni oziqlantiruvchi koronar arteriyalarning torayishi yoki to‘silib qolishi natijasida miokardning gipoksiyasi bilan yuzaga keladi. IYUKning asosiy klinik shakllariga stenokardiya, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va yurak ritm buzilishlari kiradi. Kasallikning rivojlanishiga yuqori qon bosimi, giperxolesterinemiya, chekish, diabet va stress kabi omillar sabab bo‘ladi. Ushbu maqolada IYUKning patofiziologiyasi, asosiy klinik belgilar, tashxis usullari va zamonaviy davolash yondashuvlari yoritiladi. Shuningdek, kasallikning oldini olish va hayot tarzini sog‘lomlashtirish orqali xavf omillarini kamaytirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH MAQSADLARI VA TAMOYILLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishdagi asosiy maqsadlar va tamoyillar tahlil qilinadi. Byudjet-soliq siyosati davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilish, aholining turmush darajasini oshirish hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida qaraladi. Maqolada ushbu siyosatning zamonaviy tamoyillari, funksiyalari va ulardan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi amaldagi islohotlar doirasida byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan.
ZAMONAVIY FIZIKADA EKSPERIMENTAL METODLARNING RIVOJLANISHI
Ushbu maqolada zamonaviy fizikada eksperimental tadqiqot metodlarining rivojlanish bosqichlari, ularning ilmiy kashfiyotlarga qo‘shgan hissasi va hozirgi zamonaviy ilmiy loyihalardagi o‘rni yoritiladi. Katta Hadron Kollayderi, kvant optikasi, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlar tahlili kabi texnologiyalar asosidagi eksperimentlar fizikaning eng ilg‘or yo‘nalishlarini shakllantirmoqda. Maqolada shuningdek, eksperiment va nazariya o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik, yangi o‘lchov texnologiyalari va O‘zbekiston olimlarining bu boradagi sa’y-harakatlari ham ko‘rib chiqiladi.
ELEKTR ZANJIRLARI SIRLARI: YORUG’LIK YOQAMIZ (STEAM LOYIHASI: ODDIY ELEKTR ZANJIRLARI VA XAVFSIZLIK)
Mazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarini elektr energiyasining asosiy tushunchalari va oddiy elektr zanjirlari ishlash tamoyillari bilan tanishtirishga bag'ishlangan. Unda STEAM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San'at, Matematika) yondashuvi asosida oddiy materiallardan kichik elektr zanjiri yig'ish va lampochkani yoqish bo'yicha amaliy loyiha taklif etilgan. Loyiha davomida o'quvchilar elektr toki, o'tkazgichlar, izolyatorlar va zanjirlar kabi tushunchalarni ilmiy asosda o'rganadilar, o'z zanjirlarining dizaynini yaratish va uni amalda sinash orqali muhandislik va texnologik ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Maqolada, shuningdek, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, jamoaviy ishlash va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilishning ahamiyati ham yoritilgan.
TABIATDAN FOYDALANISH TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Mazkur maqolada tabiatdan foydalanish tadbirlarini amalga oshirish jarayonida iqtisodiy samaradorlikni baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Unda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va iqtisodiy manfaatdorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritilgan. Mualliflar tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarning xarajat va foyda nisbatini aniqlash usullarini ko‘rib chiqib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini asoslab bergan. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlikni baholashda qo‘llaniladigan indikatorlar va ko‘rsatkichlar tizimi keltirilgan hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishiga oid tavsiyalar berilgan. Maqola ekologik-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda va barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.
QAYTALANUVCHI BRONXIT: PEDIATRYA AMALIYOTDA MUHIM MUAMMO
Qaytalanuvchi bronxit — bolalar orasida uchraydigan eng ko‘p nafas yo‘llari kasalliklaridan biridir. U yil davomida uch marotaba va undan ortiq bronxit epizodlari bilan xarakterlanadi. Bu kasallik bronxial daraxtning sezuvchanligining ortishi, gipersekresiya va immun himoya pasayishi bilan kechadi. Maqolada qaytalanuvchi bronxitning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi, diagnostika va davolash yo‘llari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada profilaktik choralarning o‘rni ham alohida ta’kidlangan.
YOSHLAR ORASIDA DINIY E’TIQOD VA DUNYOQARASHDAGI O‘ZGARISHLAR
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida diniy e’tiqod va dunyoqarashdagi o‘zgarishlar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Globalizatsiya, internet texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, shuningdek, ta’lim tizimi va oilaviy muhit kabi omillar yoshlarning ruhiy-ma’naviy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani ko‘rib chiqiladi. Maqolada turli sotsiolog olimlarning qarashlari, statistik ma’lumotlar va empirik kuzatuvlar asosida tahlil qilinadi. Xususan, diniy e’tiqodning shakllanishi, kuchayishi yoki zaiflashishining sabablariga e’tibor qaratilib, yoshlarning diniy bilimga bo‘lgan ehtiyoji va unga yondashuvi ochib beriladi. Maqola yakunida yechim va takliflar beriladi.
SIYOSIY MUSTAQILLIK UCHUN JADIDLAR JASORATI
Ushbu maqolada XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda shakllangan jadidchilik harakatining siyosiy xarakteri, mustaqillik yo‘lidagi jasoratli sa’y-harakatlari va ularning tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Jadidlar tomonidan olib borilgan ma’rifiy kurash, muxtoriyatga intilish, bosqinchi kuchlarga qarshi mafkuraviy va siyosiy qarshilik hamda buning oqibatida yuzaga kelgan fojiali taqdirlar haqida ilmiy mulohaza yuritiladi.
DEVELOPMENT OF SPIRITUAL INTELLIGENCE IN ADOLESCENTS THROUGH EDUCATIONAL TECHNOLOGIES
This study explores how educational technologies can contribute to the development of spiritual intelligence in adolescents. As education systems increasingly integrate digital tools, questions arise about whether these technologies can support not only intellectual growth but also moral and emotional development. Drawing on qualitative data collected from interviews, observations, and reflective journals of adolescent students, the research identifies how certain digital platforms—when used with pedagogical intention—can enhance self-awareness, empathy, and ethical reasoning. The findings highlight the importance of teacher guidance in fostering reflective learning and demonstrate that spiritual intelligence can be nurtured in digital environments, provided they are structured to promote introspection and human connection. The paper concludes with a call for educational policies and practices that embrace a holistic vision of technology-integrated learning, one that empowers students intellectually and spiritually.
KONSTRUKTIV VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR PEDAGOGIK MAHORAT NEGIZI SIFATIDA: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUV
Ushbu maqolada pedagogik mahoratning muhim komponentlari bo‘lgan konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars jarayonida muammoli vaziyatlarni hal etish, o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida situativ model va interfaol metodlardan foydalanish orqali mazkur qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari ochib beriladi.
ORQA MIYA JAROHATLARI FONIDA OSHQOZON SHILLIQ QAVATIDAGI MORFOLOGIK VA FUNKSIONAL O‘ZGARISHLAR: PATOGENETIK BOG‘LIQLIK VA KLINIK ASORATLAR
CHET TILINI O‘RGATISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM KONSEPTSIYALARI VA METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada chet tilini o‘rgatishda differensial ta’lim yondashuvi va uning amaliy metodologiyasi atroflicha tahlil qilingan. Ta’lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, ularning psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda til o‘rgatishda samaradorlikka erishish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif differensial ta’limning asosiy tamoyillari, uni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari va innovatsion yondashuvlar bilan boyitish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tgan. Maqolada nazariy tahlil va amaliy tajribalar sintez qilingan bo‘lib, u chet tili o‘qituvchilari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O‘SIMLIGINING 30 TA MAHALLIY VA HORIJIY NAV VA NAMUNALARIDA DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIK DARAJASINING BAHOLANISHI
Mazkur tadqiqot O‘zbekistonning lalmikor hududida, tipik bo‘z tuproqda olib borilib, 30 ta turli geografik kelib chiqishga ega kunjut navining dala unuvchanlik ko‘rsatkichlari baholandi. Urug‘lar 14-aprel kuni ekilib, o‘rtacha 16 kun ichida unib chiqdi. O‘simliklarning 10% va 75% unib chiqish sanalari qayd etilib, dastlabki unuvchanlik bosqichlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari unuvchanlikka ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, shuningdek, qurg‘oqchilikka chidamli navlarni saralashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘QUVCHILAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA PEDAGOGNING ROLI
Bu maqolada o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda pedagogning tutgan o‘rni, uning amaliy faoliyati hamda shaxsiy fazilatlarining ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida motivatsiya o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otuvchi asosiy omil sanaladi. Shuning uchun pedagog tomonidan har bir o‘quvchiga individual yondashuv, o‘z vaqtida berilgan rag‘bat, darslarning qiziqarli hamda interaktiv tarzda tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada motivatsiyaning turlari, ayniqsa ichki va tashqi motivatsiya o‘rtasidagi farqlar hamda ularni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undash bilan ularning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish orqali motivatsiyani kuchaytirishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Pedagogning ijobiy shaxsiy namunasining o‘quvchilarga ruhiy ta’siri ham maqolaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy tavsiyalar aytib o’tiladi.
ВЛИЯНИЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ НА ЭКОЛОГИЧЕСКУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ
CHET TILINI O‘RGATISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM KONSEPTSIYALARI VA METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada chet tilini o‘rgatishda differensial ta’lim yondashuvi va uning amaliy metodologiyasi atroflicha tahlil qilingan. Ta’lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, ularning psixologik va pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda til o‘rgatishda samaradorlikka erishish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif differensial ta’limning asosiy tamoyillari, uni dars jarayoniga integratsiya qilish usullari va innovatsion yondashuvlar bilan boyitish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tgan. Maqolada nazariy tahlil va amaliy tajribalar sintez qilingan bo‘lib, u chet tili o‘qituvchilari uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.
HYDRAULIC AND THERMAL ANALYSIS OF CLOSED HEAT SUPPLY SYSTEMS
SPECIFIC PROPERTIES OF ZIRCONIUM DIOXIDE AND METAL-CERAMIC CONSTRUCTIONS: ADVANCED MATERIALS FOR BIOMEDICAL APPLICATIONS
Zirconium dioxide (ZrO₂) and metal-ceramic constructions represent a revolutionary class of biomaterials that have transformed modern biomedical engineering, particularly in dental and orthopedic applications. This review examines the unique properties of these advanced materials, including their mechanical characteristics, biocompatibility, and structural features that make them ideal for clinical applications. Recent developments in material science have enhanced the performance of these constructions through improved processing techniques and compositional modifications. The superior mechanical properties of zirconia, combined with the advantageous characteristics of metal-ceramic composites, offer promising solutions for long-term biomedical implants and restorative applications.
ЎЗБЕКИСТОН КАПИТАЛ БОЗОРИ ИСТИҚБОЛДАГИ АСОСИЙ ВАЗИФАЛАР
The article analyzes ways to improve islamic banking services. By using digital technologies, it is possible not only to restructure management and business processes, but also to implement a number of innovations that will ease human life in the banking sector.
PANCREATITIS: ETIOLOGY, CLINICAL FEATURES, AND TREATMENT APPROACHES
This article provides an overview of the etiology, clinical manifestations, diagnostic strategies, treatment approaches, and potential complications of pancreatitis, based on contemporary clinical and physiological knowledge.
INGLIZ VA OʻZBEK TILIDA DIALOGLARDA KOMMUNIKATIV NIYAT VA YASHIRIN RAD ETISHNING IFODALARI
Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida dialoglarda kommunikativ niyatning ifodalari va yashirin rad etish strategiyalarini tahlil qilib, kommunikativ niyatni anglash va yashirin rad etishning kognitiv mexanizmlari hamda ularning muloqotdagi samaradorligi haqida muhim maʼlumotlar beradi. Tadqiqotda nutq aktlari va pragmatik konsepsiyalar doirasida yashirin rad etish harakatlarining lingvistik vositalari, ularning kontekstga bogʻliqligi va madaniy farqlari oʻrganiladi. Ingliz va oʻzbek tillaridagi yashirin rad etish shakllarining oʻxshashliklari va farqlari aniqlanib, tilshunoslik va pragmatika sohalariga yangi yondashuvlar taklif etiladi.
ПОНЯТИЕ И КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ ДОСТУПНОСТИ ПРИ ИСПОЛЬЗОВАНИИ БАНКОВСКИХ УСЛУГ
В данной статье подробно рассматривается понятие доступности и критерии оценки при использовании банковских услуг. Популярность связана с открытостью банковских услуг для всех социальных слоев, географическим охватом, финансовой доступностью и широким доступом к цифровым технологиям. Критерии оценки включают доступность банковских услуг, стоимость, удобство пользователя, уровень безопасности, гибкость для клиентов, качество обслуживания и прозрачность информации. Эти аспекты определяют, насколько эффективно банковская система обслуживает население.
MAHALLIY BYUDJET BOSHQARUVI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Maqolada Buxoro viloyati misolida mahalliy byudjet boshqaruvi samaradorligini baholash va takomillashtirish masalalari ekonometrik usullar yordamida tadqiq qilingan. 2015-2024 yillar ma’lumotlari asosida integral samaradorlik ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan va byudjet boshqaruvi samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Tadqiqot natijasida shaffoflik, raqamlashtirish va institutsional salohiyatning byudjet boshqaruvi samaradorligiga ijobiy ta’siri isbotlangan. 2030 yilga kelib samaradorlikni 24.4% ga oshirish strategiyasi taklif etilgan.
TEMURIYLAR DAVRIDA TURIZM VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida turizm sohasiga oid ma’lumotlar va turizm rivojlanishida davlat islohotlari bo’yicha ma’lumotlar aks ettirilgan.
FONETIK ANALIZ VA UNI FONEMAL TAFSIRI
Ushbu maqolada fonetik analiz tushunchasi, uning tilshunoslikdagi o‘rni va fonemal tizim bilan bog‘liqligi keng yoritilgan. Turli tillarning fonetik tizimlari va fonemal tafsiri misollar orqali ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, fonetik tahlilning nutq tovushlarini fonemalar sifatida belgilashdagi o‘rni ham tahlil qilinadi.
BLENDED LEARNING FOR DEVELOPING ENGLISH LANGUAGE SKILLS AMONG UZBEK SCHOOL STUDENTS
Blended learning—combining face-to-face instruction with digital content—is transforming English language education in Uzbekistan. This approach promotes student engagement, improves language proficiency, and fosters digital literacy. Drawing from Uzbek case studies, this paper analyzes how blended learning influences students' listening, speaking, vocabulary, and writing skills. Despite infrastructure challenges, blended learning has shown significant promise when thoughtfully integrated. The article highlights best practices and provides recommendations to optimize its implementation in Uzbek secondary schools.
АКТУАЛЬНЫЕ ВЫЗОВЫ ОХРАНЫ АВТОРСКИХ И СМЕЖНЫХ ПРАВ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
В статье исследуются ключевые проблемы защиты авторских и смежных прав в цифровой среде: нелицензионный стриминг, обход DRM, применение deepfake и использование нелегальных датасетов для обучения ИИ. Выявлены пробелы в национальном и международном регулировании, в том числе отсутствие единого реестра цифровых прав и трудности сбора онлайн-доказательств. Особое внимание уделено трансграничным аспектам: нормам TRIPS, европейским директивам и американскому DMCA. Описаны перспективы применения технических средств охраны контента (блокчейн-реестры, цифровые водяные знаки, AI-мониторинг) и предложены меры по их правовому закреплению. Разработаны рекомендации для совершенствования узбекского законодательства и практики правоприменения, включая расширение процедур notice-and-takedown и института safe-harbor.
JIYEMURAT JIRAWDIŃ JIRAWSHILIQ ÓNERI
Bul maqalada Jiyemurat jırawdıń jırawshılıq ónerine bolǵan qızıǵıwshılıǵı, jırawshılıq kásipti iyelewdegi qushtarlıǵı, onıń ustazı, ustazı bergen qóbızın alıp, óz tuwǵan eli Shoraxanǵa kelip jırawshılıq kásibin dawam etiwi haqqında sóz etiledi.
ASAB TIZIMI KASALLIKLARI
Asab tizimi kasalliklari – bu markaziy (miya va orqa miya) hamda periferik (asab tolalari va tugunlari) asab tizimining tuzilishi yoki funksiyasidagi buzilishlar bilan kechadigan turli xil patologiyalar majmuasidir. Ushbu maqolada nevrologik kasalliklarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishlari, tashxislash usullari va davolash yo‘llari atroflicha tahlil qilinadi. Jumladan, insult, epilepsiya, Parkinson kasalligi, Altsgeymer kasalligi, multiple skleroz, nevropatiyalar kabi keng tarqalgan patologiyalar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Har bir kasallik uchun xavf omillari, patofiziologiyasi va bemor hayot sifati bilan bog‘liqligi alohida yoritiladi.
ENDOKRIN BEZLAR
Endokrin bezlar inson organizmida gormonal muvozanatni saqlashda muhim rol o‘ynovchi ichki sekretsiya a’zolari hisoblanadi. Ular bevosita qon aylanish tizimiga turli gormonlarni ajratib chiqaradi va bu gormonlar orqali turli organlar faoliyati, metabolizm, o‘sish, rivojlanish hamda reproduktiv tizim boshqariladi. Ushbu maqolada endokrin tizimning asosiy tarkibiy qismlari — gipofiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi, jinsiy bezlar va epifiz bezining tuzilishi, vazifalari hamda ularning gormonal faoliyati tahlil qilinadi.
" OG’RIQ QABUL QILINMAYABDI" AYOLLARDA SURUNKALI OG’RIQLARNI E'TIBORDAN CHETDA QOLISHI
Surunkali og‘riq sindromlari dunyo bo‘yicha millionlab insonlarning hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayollarda surunkali og‘riqlar erkaklarga nisbatan ko‘proq uchrasa-da, ularning shikoyatlari ko‘pincha yetarli darajada jiddiy qabul qilinmaydi. Ushbu maqola ayollarda og‘riqni baholashdagi gender noadollik, psixosomatik yondashuvlarning salbiy oqibatlari va tibbiyotdagi sistematik muammolarni tahlil qiladi. Maqolada ilmiy manbalar va klinik kuzatuvlar asosida yechimlar taklif etiladi.
DISTANCE LEARNING VERSUS TRADITIONAL CLASSROOM: ENGLISH LANGUAGE LEARNERS' PERCEPTIONS
This study explores the perceptions of English language learners (ELLs) regarding distance learning compared to traditional classroom instruction. With the rise of online education, especially after the COVID-19 pandemic, understanding students’ attitudes and preferences has become essential for effective language instruction. The research investigates factors such as learner engagement, accessibility, interaction, motivation, and academic performance in both learning environments. Data was collected through surveys and interviews with ELLs at various proficiency levels. Findings indicate that while distance learning offers flexibility and accessibility, many learners still prefer the traditional classroom setting for its interactive and immersive qualities. The study concludes with recommendations for improving the online learning experience for ELLs, ensuring it better supports their linguistic and social development.
LOLADOSHLAR OILASI (LILIACEAE) NING EKOLOGIYASI VA BIOLOGIYASI.
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda introduksiya qilinayotgan manzarali daraxt va butalar bioekologiyasi keltirilgan. Eng kop introduksiya qilinayotgan o’simliklardan Loladoshlar oilasi (Liliaceae) bo’lib Yevroosiyo, Afrika va Shimoliy Amerikaning mo’tadil mintaqalarida tarqalgan
45 avlod va 1 300 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning uncha ko’p bo’lmagan turlari Afrika va Janubiy Amerikaning tropiklaridagi tog’larda uchraydi. Biz shu o’simlik xaqida to’liq ma’lumot yoritib beramiz.
HADIS ROVIYLARIGA DOIR ASARLARDA AYOLLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada asosan hadis roviylari haqidagi asarlarda ayollarning o‘rni juda muhim bo‘lgani, shuningdek, islom ta’limotining rivojlanishi va tarqalishida ayollar ham faol ishtirok etgani hamda ularning bilimlari, tajribalari va rivojlanishlari hadislarning asosiy manbalari sifatida kuzatilgani yoritilgan. Ayol roviylar — ya’ni sahih hadislarni ro‘yxatga olish va tarqatishda ishtirok etgan ayollar — islom tarixi davomida ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Ayollar nafaqat roviylar sifatida, balki ko‘pincha o‘z vaqtida ustozlar ham bo‘lib, katta asarlar yaratgan. Ayollarning rivoji va jamiyatdagi mavqeini aniqlash uchun hadis roviylari haqidagi asarlarda ularning shaxsiy tajribalarini o‘rganish orqali keng yoritilgan.
“INSON - MASHINA - ISHLAB CHIQARISH MUHITI” TIZIMI VA UNING XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada inson, mashina va ishlab chiqarish muhitining o‘zaro integratsiyalashgan tizimi hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Insonning mehnat faoliyatidagi roli, mashinalarning funksional imkoniyatlari va ishlab chiqarish muhiti omillarining uyg‘unligi ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tizim komponentlari o‘rtasidagi ergonomik, texnologik va xavfsizlikka oid bog‘liqliklar yoritilib, zamonaviy ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan va raqamli transformatsiyalashgan sharoitida inson omilining ahamiyati qayd etiladi. Maqolada shuningdek, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini ta'minlash va texnik xavfsizlik choralarini integratsiyalash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
THE GRAMMAR OF CHANGE: GENDER-NEUTRAL LEXICON IN THE ERA OF SOCIAL REFORM
In recent years, the English language has experienced notable changes, especially in how it reflects evolving social values. One of the key developments is the shift from gender-specific terms to more inclusive, gender-neutral alternatives in both professional and everyday communication. This change is closely tied to broader efforts to promote equality, fairness, and representation across all areas of public life. The article examines how this linguistic transformation mirrors deeper social reforms and changing attitudes toward identity and power. Special attention is given to syntactic structures, ideological influences, and the role of clarity in communication. Using data from corpus linguistics, discourse analysis, and real sociolinguistic contexts, the study demonstrates that adopting neutral language is more than just a trend—it represents a meaningful step toward reducing bias and redefining traditional roles. Ultimately, the research highlights the power of language as both a tool and a reflection of modern social change.
ЛИНГВОПРАГМАТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВОЕННО-ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ РЕЧИ В УЗБЕКСКОМ И РУССКОМ ЯЗЫКАХ
Настоящая статья посвящена сравнительному анализу лингвопрагматических особенностей военно-профессиональной речи в русском и узбекском языках. Особое внимание уделяется структуре, функциям и прагматике военной терминологии, а также коммуникативным стратегиям в армейской среде. Автор рассматривает роль языковых клише, командных форм, этикета и жаргонизмов, определяя их значимость для эффективного военного взаимодействия. Анализ проводится на основе работ известных лингвистов, таких как В.В. Виноградов, Т.В. Шмелёва, А. Мамажонов, а также с опорой на аутентичные примеры устной и письменной военной речи. Особое внимание уделяется прагматическому аспекту: интонации, форме повелительного наклонения и регламентации общения. Сравнительный анализ показывает, что в обоих языках военная речь характеризуется высокой степенью стандартизации, лаконичностью и эмоциональной нейтральностью, однако культурно-языковые различия создают уникальные формы речевой практики. Русская речь тяготеет к бюрократической точности, тогда как узбекская проявляет элементы традиционной вежливости и иерархичности. Статья будет полезна лингвистам, преподавателям языков и специалистам в области военной коммуникации.
ERTA HOMILA YO‘QOTISH (ABORTUS) SABABLARI VA OLDINI OLISH STRATEGIYALARI
Erta homila yo‘qotish (abortus spontaneus) homiladorlikning 22 haftasigacha bo‘lgan davrida homilaning o‘z-o‘zidan chiqib ketishi bilan tavsiflanadi. Ushbu holat reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, uning sabablari turli — genetik, endokrin, immunologik, infektsion va anatomik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Maqolada erta homila yo‘qotishining asosiy etiologik omillari, xavf omillari va ularni aniqlash, shuningdek, oldini olish va takrorlanishining profilaktik strategiyalari tahlil qilinadi.
UTILIZING ARTIFICIAL INTELLIGENCE FOR DIAGNOSING AND ASSESSING LANGUAGE SKILLS IN EFL STUDENTS
Artificial Intelligence (AI) technologies are increasingly influencing educational practices, especially in the field of language learning. This study investigates the use of AI in diagnosing and assessing the language skills of students learning English as a Foreign Language (EFL). The research explores how AI tools are utilized to evaluate learners’ proficiency in reading, writing, listening, and speaking. Findings indicate that AI can offer real-time feedback, personalize learning paths, and reduce the subjectivity of traditional assessment methods. However, limitations such as cultural bias, lack of contextual understanding, and technical constraints remain. This paper aims to provide educators with insights into how AI can be effectively integrated into language assessment practices.
URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA TABIIY GEOGRAFIK OMILLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: O‘ZBEKISTON MISOLIDA
ECONOMY, MARKET AND ECONOMIC POLICY
This article fully covers the minimum limits of state intervention in the economy, the need for state management of the economy, the typology and concept of economic policy, and the classification of types of economic policy.
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA PARALINGVISTIK VOSITALARNING IFODALANISHI: JIMLIK, IMO-ISHORA VA NOVERBAL ELEMENTLARNING TIL ORQALI BERILISHI
Mazkur maqolada Abdulla Qahhor nasriy asarlarida paralingvistik vositalarning – xususan, jimlik, imo-ishora, yuz ifodasi, tana harakati va boshqa noverbal elementlarning badiiy til orqali ifodalanishi tahlil etiladi. Qahhor hikoyalarida paralingvistik elementlar muhim kommunikativ va emotsional yuklamaga ega bo‘lib, personajlarning psixologik holatini, ichki ziddiyatlarini, jamiyatdagi o‘rnini va o‘zaro munosabatlaridagi nozik jihatlarni ochib berishda xizmat qiladi. Yozuvchi bu vositalarni bevosita tasvir bilan emas, balki murakkab badiiy til, stilistik vositalar va sintaktik qurilmalar orqali berishga erishgan. Maqolada jimlikning dramatik zo‘riqish nuqtasi sifatida ishlatilishi, imo-ishora va tana tilining nutqdagi semantik ahamiyati, personaj xarakteri va ruhiyatini ifodalashdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Qahhor o‘z asarlarida oddiy harakat tasvirlari orqali ko‘p qavatli ma’no yaratgan, bu esa uning stilistik mahoratini namoyon etadi. Ushbu maqola paralingvistik vositalarning badiiy nasrdagi ifoda shakllarini, ularning estetik va semantik funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, o‘zbek adabiyotining badiiy til va uslub xazinasini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.
GAZ KONLARI USKUNALARINI KOMPLEKS HIMOYA QILISHDA QOʻLLANILADIGAN KORROZIYA INHIBITORLARI VA ULARNING AHAMIYATI
АКТУАЛЬНЫЕ ВЫЗОВЫ ОХРАНЫ АВТОРСКИХ И СМЕЖНЫХ ПРАВ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
В статье исследуются ключевые проблемы защиты авторских и смежных прав в цифровой среде: нелицензионный стриминг, обход DRM, применение deepfake и использование нелегальных датасетов для обучения ИИ. Выявлены пробелы в национальном и международном регулировании, в том числе отсутствие единого реестра цифровых прав и трудности сбора онлайн-доказательств. Особое внимание уделено трансграничным аспектам: нормам TRIPS, европейским директивам и американскому DMCA. Описаны перспективы применения технических средств охраны контента (блокчейн-реестры, цифровые водяные знаки, AI-мониторинг) и предложены меры по их правовому закреплению. Разработаны рекомендации для совершенствования узбекского законодательства и практики правоприменения, включая расширение процедур notice-and-takedown и института safe-harbor.
ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ РЕСУРСЫ: КОРПУС, ТЕЗАУРУС, ОНТОЛОГИЯ
В статье рассматривается понятие лингвистических ресурсов, в частности, понятия корпуса, тезауруса и онтологии, которые играют важную роль в современной лингвистике и компьютерной лингвистике. Анализируются структура, функции и отличия каждого ресурса. Также обсуждаются их роль и практическое значение в обработке естественного языка.
ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА: АДЕКВАТНЫЙ ПЕРЕВОД И СЕМАНТИЧЕСКИЕ РАЗЛИЧИЯ УЗБЕКСКИХ, РУССКИХ И ТУРЕЦКИХ ПОСЛОВИЦ
В статье рассматриваются сложности, связанные с переводом узбекских, русских и турецких пословиц. Особое внимание уделяется семантическим различиям, культурному контексту и проблемам адекватности перевода. Приводятся примеры с лингвокультурным анализом, а также методы обеспечения точности перевода.
A CORPUS-BASED ANALYSIS OF THE FREQUENCY AND DISTRIBUTION OF DERIVED FOLK HEALING TERMS IN ENGLISH AND UZBEK TEXTS
This study presents a corpus-based analysis of derived folk healing terms in English and Uzbek, examining their frequency and distribution across diverse textual data. Folk healing traditions are deeply embedded in cultural heritage, and their linguistic manifestation offers valuable insights into societal beliefs, practices, and historical evolution. Through the application of computational linguistic methods, this research identifies common derivational patterns (e.g., affixation, compounding) in both languages and quantifies their prevalence in a specialized corpus. The findings highlight both universal tendencies in term formation and culturally specific linguistic features, contributing to our understanding of cross-cultural medical terminology, lexicography, and translation studies.
AUTIZM BOLALARDA NUTQNING O‘ZIGA XOSLIGI
Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Nutqiy nuqsonlarning shakllanishi va darajalari, xususan, mutizm, exolaliya, intonatsion xususiyatlar va kommunikativ faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlarning sustligi asosida to‘rt guruhga ajratilgan. Har bir guruhning o‘ziga xos nutqiy belgilarini tahlil qilish orqali autizmli bolalarga individual yondashuvning muhimligi asoslanadi.
Teaching English to Visually Impaired Learners
This article explores the methods and strategies of teaching English to visually impaired learners. It focuses on inclusive education, the use of assistive technologies, and adapting teaching materials for students with visual disabilities. The study highlights both the challenges and opportunities in making English language learning more accessible to visually impaired students.
MIRZO ULUGʻBEK – QOMUSIY OLIM SIFATIDA
Mazkur maqolada Mirzo Ulugʻbekning ilmiy faoliyati, ilm maʼrifatga homiyligi, bunyodkorlik ishlari, Samarqandda akademiyaga asos solishi, gʻarb va sharq olimlarining Mirzo Ulugʻbek haqidagi fikrlari hamda Ulugʻbek akademiyasining avvalgi akademiyalardan farqli jihatlari yoritilgan.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA O’QISHGA BO’LGAN MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy usullari, mavjud muammolar va samarali yechimlar yoritilgan. Empirik tadqiqotlar asosida o‘quvchilarning motivatsion xatti-harakatlari, o‘qituvchining roliga bog‘liq jihatlar va pedagogik uslublarning taʼsiri tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy tajribalar bilan taqqoslash orqali motivatsiyani barqaror shakllantirishning muvaffaqiyatli modellariga baho berilgan. Maqola boshlang‘ich taʼlim pedagoglariga, amaliyotchi psixologlarga va ota-onalarga mo‘ljallangan bo‘lib, taʼlim sifati va bolalar rivoji uchun zarur tavsiyalarni taklif etadi.
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA XXI ASRDA O‘QUVCHI FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
MUSTABID TUZUMDA QATAG‘ON SIYOSATINING GENDER JIHATLARI: AYOLLAR VA BOLALAR TAQDIRI
Mazkur maqolada sovet davrida amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining genderga oid oqibatlari o‘rganiladi. Xususan, ayollar va bolalar taqdiriga ko‘rsatilgan salbiy ijtimoiy, ruhiy va madaniy ta’sirlar, ularning jamiyatdagi o‘rni, ayollarning “xalq dushmanining xotini” sifatida stigmalanishi va bolalarning davlat tomonidan ajratilgan yetimxonalar orqali “ideallashtirish” siyosatiga mahkum etilishi tahlil qilinadi. Maqola tarixiy adolatni tiklash va gender tengligi tamoyillari nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARNING MUAMMONI HAL QILISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi o‘rganildi. Eksperimental tadqiqot orqali interaktiv dasturlar, simulyatorlar va raqamli vositalardan foydalanish natijasida o‘quvchilarning muammoni hal qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Ta’lim jarayonida texnologik vositalarni samarali qo‘llashning ahamiyati va istiqbolli yo‘nalishlari tahlil qilindi.
UZLUKSIZ PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPTETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada uzluksiz pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, amaliyot davomida uchraydigan asosiy kommunikativ muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. O‘quvchilar, pedagogik jamoa va ota-onalar bilan samarali muloqot o‘rnatish, tajribali o‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish, innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanish va samarali aloqa strategiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
ECONOMIC ISSUES OF DEVELOPING ENTREPRENEURSHIP AMONG THE POPULATION
This thesis analyzes the problems and solutions aimed at increasing the entrepreneurial activity of the population and ensuring economic development. Economic changes in Uzbekistan, difficulties and opportunities in the field of entrepreneurship are considered. The aspects covered are the concept and importance of developing entrepreneurship among the population. Factors limiting entrepreneurial activity: financial resources, education, information and organizational problems, educational and training programs, financial assistance and subsidies, consulting services for entrepreneurs. The results and recommendations serve as the basis for developing strategies aimed at further developing entrepreneurship. This work is of great importance in stimulating the economic activity of the population and increasing the effectiveness of state policy.
O‘ZBEKISTONNING TA’LIM BOSHQARUV TIZIMI VA RAHBAR KADRLARNI TAYYORLASH YO‘NALISHLARI
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim boshqaruv tizimi, uning tarkibiy tuzilmalari hamda rahbar kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ta’lim boshqaruvining huquqiy-me’yoriy asoslari, ta’lim sifatini oshirishda rahbar kadrlarning roli va ularni tayyorlashda amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar va xalqaro tajriba asosida kadrlar tayyorlashning istiqbollari ko‘rib chiqiladi.