Mazkur maqolada inson, mashina va ishlab chiqarish muhitining o‘zaro integratsiyalashgan tizimi hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Insonning mehnat faoliyatidagi roli, mashinalarning funksional imkoniyatlari va ishlab chiqarish muhiti omillarining uyg‘unligi ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tizim komponentlari o‘rtasidagi ergonomik, texnologik va xavfsizlikka oid bog‘liqliklar yoritilib, zamonaviy ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan va raqamli transformatsiyalashgan sharoitida inson omilining ahamiyati qayd etiladi. Maqolada shuningdek, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini ta'minlash va texnik xavfsizlik choralarini integratsiyalash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.