Авторы

  • Sadinova Shohida Ibragimovna
    ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119585

Ключевые слова:

Autizm nutqiy nuqson mutizm exolaliya kommunikativ faoliyat nutq rivojlanishi avtonom nutq emotsional-irodaviy jarayonlar.

Аннотация

Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Nutqiy nuqsonlarning shakllanishi va darajalari, xususan, mutizm, exolaliya, intonatsion xususiyatlar va kommunikativ faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlarning sustligi asosida to‘rt guruhga ajratilgan. Har bir guruhning o‘ziga xos nutqiy belgilarini tahlil qilish orqali autizmli bolalarga individual yondashuvning muhimligi asoslanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

931

AUTIZM BOLALARDA NUTQNING O‘ZIGA XOSLIGI

Sadinova Shohida Ibragimovna

ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada autizm spektridagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalarda nutqiy

rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Nutqiy nuqsonlarning shakllanishi va darajalari,

xususan, mutizm, exolaliya, intonatsion xususiyatlar va kommunikativ faoliyatga bo‘lgan

ehtiyojlarning sustligi asosida to‘rt guruhga ajratilgan. Har bir guruhning o‘ziga xos nutqiy

belgilarini tahlil qilish orqali autizmli bolalarga individual yondashuvning muhimligi asoslanadi.

Kalit so‘zlar:

Autizm, nutqiy nuqson, mutizm, exolaliya, kommunikativ faoliyat, nutq

rivojlanishi, avtonom nutq, emotsional-irodaviy jarayonlar.

Autizmli bolalarda nutqiy nuqsonlar kommunikativ jarayonlarning komponentlarini yetarlicha

bo’lmasligida namoyon bo’ladi. Turli xil nutqiy nuqsonlar kuzatiladi. Bolalarning bir qismida

mutizm kuzatiladi. Mutizm nutqning yo‘qligi bilan namoyon bo’ladi nutqiy kommunikatsiya va

kommunikativ- talablar doirasiga bog’liq ravishda emotsional-iroda jarayonlari nutqning o'ziga

xosligi bilan xarakterlanadi. Mutizmni yuzaga kelishini nutq faoliyatining shakllanishidagi

nuqson emas, balki nutqiy muloqotga bo’lgan motivatsiyaning yo‘qligi sifatida ko‘rib chiqish

mumkin. Biroq mutizmni ifodalanish darajasi turlicha bo’ladi.

To’liq mutizmda nutqning impressiv tomonini rivojlanishi juda sust ifodalangan.

Alohida tovushlar va tovushlar birikmasi so‘z va ibora shaklida namoyon bo’lmaydi hamda

autizmli bolada qiziqish uyg‘otmaydi. Verbal darajadagi barcha

muloqotlardan voz kechishlari natijasida ularda passiv so'zlar zahirasini deyarli

bo’lmaydi. Eshituv diqqati zaif va rivojlanmagan. Bunday bolalarni tekshirish

davomida, bolaga qaratilgan nutq ularda uni idrok etish, unga taqlid qilish xoxishi

yo‘qday tuyuladi. Inson nutqi autizmli bolani qo'rqitadi hamda unda to’liq

emotsional noqulaylikni yuzaga keltiradi. Ba’zi bolalarda nutq rivojlanishining

zamini ham yo‘qdir. Bunday nutq nuqsonlari ko‘pincha intellektual kamchiliklar

bilan birgalikda yuzaga keladi. Ikkinchi guruh bolalari qisman mutizmdan qiynaladilar. Birinchi

guruh bolalariga nisbatan nutqning saqlangan imkoniyatlari mavjud. Ushbu bolalarni nutqiy

imkoniyatlarini nutqni to’liq rivojlanmaganligining birinchi darajasidagi nuqsonlar bilan

taqqoslash mumkin. Ushbu bolalarning bir qismida nutq nuqsonlari birinchi va ikkinchi

darajadagi nutqni to’liq rivojlanmaganligida namoyon bo’ladi. Autizmli bolaning nutqi logopat

bolaning nutqidan farqli ravishda avtonom ifodalanadi, ya’ni nutq sotsiumga qaratilmaydi hamda

alohida tovushlar birikmasi bilan ifodalanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

932

Uchinchi guruh bolalarda nutq birmuncha shakllangan bo’lib, tahminan nutqning to’liq

rivojlanmaganligini ikkinchi va uchinchi darajalariga mos keladi.

Biroq ikkinchi guruhdagilar singari nutq manzilsiz, aniq bir shaxsga, biror bir

obyektga nutqni qaratilishi yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Nutqning rivojlanishidagi bu bosqichda

autizmli bola o‘zining “men” ini so‘z bilan ifodalash sohasida juda katta qiyinchiliklarga duch

keladi. O‘zini “men” so’zi bilan ifodalashning qiyinchiliklari autizmli bolaning o‘zini tushunishi,

o'zining shaxsini shakllanishidagi murakkabliklar bilan bog’liq. Autizmli bola o'zining ismini

aytmaydi va 1 shaxsdagi olmoshni nutqida qo’llamaydi. O‘zi haqida ikkinchi va uchinchi

shaxsda gapiradi. Uning nutqi exolaliya, nutqiy shtamplar, tovush birikmalari, so'z birikmalari

yoki alohida jumlalarda ifodalanadi. Nutqining intonatsion tomoni o'ziga xos bo’lib, ovozi sun’iy,

ba'zan falset ovoz bilan ajralib turadi. To'rtinchi guruhdagi bolalarda nutqining rivojlanish

darajasini birmuncha yetarlichaligi bilan xarakterlanadi. Bola uzoq vaqt monologik nutqni olib

bora oladi. Biroq dialogik nutqni olib borishi o'ziga xos qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Nutqiy

stereotiplar, shtamplar, avtonom namoyon bo'lishning sustligi ifodalanadi. Biroq ushbu

kamchiliklar yuqori nutq rivojlanish darajasi bilan yumshatiladi hamda

qisman namoyon bo'ladi. Shuni takidlash joizki ajratilgan nutq buzilishlariga ega bo'lgan

autizmli bolalarning ajratilgan to'rt guruhi mustaqil tasnif bo'lib, K.S.Lebedinskaya,

O.S.Nikolskaya (autizmli dizontogenez tipiga taaluqli emas).

Autizmli bolalarda nutqning o‘ziga xos rivojlanishi ularning psixologik va emotsional

holatlari bilan bevosita bog‘liq. Nutqning shakllanishi nafaqat fiziologik jarayon, balki sotsial va

kommunikativ ehtiyojlar bilan ham belgilanadi. Shu sababli autizmli bolalarning nutqini

rivojlantirishda individual yondashuv, ijtimoiy muhitni moslashtirish va maxsus pedagogik

metodlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ularning nutqiy rivojlanishini tahlil qilishda

har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini, emotsional fonini va motivatsion holatini inobatga olish

zarur.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, autizmli bolalarda nutqning o‘ziga xosligi ularning emotsional,

ijtimoiy va intellektual rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Nutqiy rivojlanish darajasi

asosida bolalarni to‘rt guruhga ajratish orqali har birining individual ehtiyojlariga mos ta’lim-

tarbiyani yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Bunday bolalar bilan ishlashda maxsus

logopedik, psixologik va pedagogik yondashuv zarur bo‘lib, ularning nutqiy va sotsial

integratsiyasini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”

Toshkent 2016

2. Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat

universiteti nashriyoti.

3. Matg'afurova D.O. "O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari". Oriens jurnali, 2021.

4. Nishanova Z. va boshqalar. "O'smirlik davri psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi". Ziyo

istagan qalblar uchun! kutubxonasi.

Библиографические ссылки

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” Toshkent 2016

Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti.

Matg'afurova D.O. "O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari". Oriens jurnali, 2021.

Nishanova Z. va boshqalar. "O'smirlik davri psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi". Ziyo istagan qalblar uchun! kutubxonasi.