ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
858
TABIATDAN FOYDALANISH TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISHNING
IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Mirislomov Mirdavlat Miraziz o‘g‘li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tabiatdan foydalanish tadbirlarini amalga oshirish jarayonida
iqtisodiy samaradorlikni baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Unda tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va iqtisodiy manfaatdorlik
o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritilgan. Mualliflar tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarning
xarajat va foyda nisbatini aniqlash usullarini ko‘rib chiqib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyatini asoslab bergan. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlikni baholashda qo‘llaniladigan
indikatorlar va ko‘rsatkichlar tizimi keltirilgan hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishiga oid
tavsiyalar berilgan. Maqola ekologik-iqtisodiy siyosatni shakllantirishda va barqaror rivojlanish
strategiyasini ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
Tabiat muhofazasi, iqtisodiy baholash, dasturlar, xarajatlar, samaradorlik,
ekologik manfaatlar
Kirish.
Tabiat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish har bir mamlakatning barqaror
rivojlanish strategiyasida muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining ortib borishi, sanoatning kengayishi
hamda iqlim o‘zgarishlari sharoitida tabiatdan foydalanish masalalari dolzarb tus olmoqda.
Ayniqsa, ekologik muvozanatni saqlab qolgan holda iqtisodiy taraqqiyotga erishish — bugungi
kunning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu nuqtai nazardan qaralganda, tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq
tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Bunday baholash nafaqat ekologik xavfsizlikni ta'minlash, balki budjet mablag‘larining maqsadli
sarflanishini nazorat qilish, hamda ijtimoiy-iqtisodiy foydaning maksimal darajada
ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada tabiatdan foydalanish tadbirlarining turli shakllari, ularni baholash mezonlari,
iqtisodiy samaradorlikka ta’sir qiluvchi omillar hamda amaliy misollar asosida tahlillar
keltiriladi.
Asosiy qism.
Atrof muhitni muhofaza qilish iqtisodiyoti va ekologik xizmatlar tarkibini tahlil
etish, birinchidan, tabiatni muhofaza qilish xarajatlari va me'yordagi iqtisodiy zarar oʻrtasidagi
oqilona nisbat qanday?, ikkinchidan, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini
qanday aniqlash kerak? degan ikki masalani hal etishni talab etadi.
1-jadval
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
859
Iqtisodiyot tarmoqlarida tabiatdan foydalanishning tabiatga ta'siri boʻyicha tavsifi
Tabiatdan foydalanishning tarmoq va turlari
Tabiat bilan oʻzaro munosabatlari xususiyatlari
Tabiat bilan juda yaqin bogʻlangan tarmoqlar
1.1 Tabiiy resurs tarmoqlari – qishloq xoʻjaligi,
oʻrmon, suv xoʻjaligi, gidroenergetika, togʻ-
kon sanoati va tabiatni resurs manbai sifatida
ishlatuvchi boshqa tarmoqlar.
Tabiat mehnat va iste'mol manbai, hamda
ularni ishlab chiqarish vositasi sifatida xizmat
qiladi. Bir vaqtning oʻzida tabiiy hududlar
inson oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi makon
hisoblanadi.
1.2 Landshaftdan foydalanish tarmoqlari -
kurort sogʻlomlashtirish faoliyati, turizm, dam
olishni tashkil etish, sportning landshaft, togʻ
va suv turlari, qoʻriqxona – tabiat muhofazasi,
ilmiy tadqiqot faoliyati, tabiatni oʻzining
joylashish makoni sifatida va uning bu erda
kelajakda rivojlanishiga asos boʻluvchi faoliyat
turlari.
Tabiat 1.1 tarmoqlardagiga nisbatan kamroq
ishlatiladi va oʻzgaradi, tabiiy koʻrinish
saqlanadi. Faqat ayrim holatlarda tabiat
moslashtiriladi – yoʻl va kommunikasiya
vositalari yotqiziladi, kanalizasiya oʻrnatiladi,
tuproq mustahkamlanadi. Bu ishlar tabiat
holati va uning oʻzgarishiga olib kelmaydigan
limitda qilinadi.
Tabiat bilan uncha yaqin bogʻliq boʻlmagan tarmoqlar
2.1 Tabiat bilan 1.1 tarmoqlari orqali
bogʻlangan tarmoqlar. Bular sanoatning
markaziy tarmoqlari deb ataluvchi tarmoqlar
boʻlib, bular – metallurgiya, energetika, ximiya
va qurilish sanoati, neftni, gazni va yoʻldosh
gazlarni, tosh koʻmir, yogʻoch va qishloq
xoʻjaligi
xomashyosini
qayta
ishlovchi
tarmoqlar hisoblanadi.
Tabiat, avvalambor, xomashyo manbai va
chiqindilarni joylashtirish makoni sifatida
xizmat qiladi. Bunda, tabiatdan qancha modda
olish va unga qancha miqdorda tarkibi
buzilgan, tabiatda uchramaydigan moddalarni
qaytarib chiqarib tashlash mumkinligin bilish
muhim ahamiyatga ega.
2.2 Xom ashyo va energiyani asosan qayta
ishlangan
koʻrinishda
qayta
ishlangan
koʻrinishda qayta ishlovchi, taqsimlovchi va
iste'mol qiluvchi tarmoqlar. Bu qayta ishlovchi
sanoatning oʻziga xos yuqori qavatlari,
shuningdek transport va infrastruktura tizimini
oʻz ichiga oladi.
Bu turdagi tarmoqlar uchun tabiat unchalik
katta ahamiyatga ega emas, lekin ularning
oʻzlari tabiatga anchagina kuchli ta'sir
oʻtkazadi,
chunki
ular
tabiatgda
uchramaydigan moddalrni ishlab chiqaradi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan ham foydali
hisoblanadi. Masalan, AQShda qushlar bilan bog'liq faoliyatlar yiliga 279 milliard dollar
iqtisodiy foyda keltiradi. Bu esa tabiatni asrashning iqtisodiy ahamiyatini ko'rsatadi .
1
Основи економики природоползования», под. ред. В.Н.Холина, 51 – страница,
С.Пб.: ”ПИТЕР”, 2005
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
860
Yevropa Ittifoqida atrof-muhitni muhofaza qilishga yo'naltirilgan investitsiyalar umumiy
investitsiyalarning muhim qismini tashkil etadi. 2006-yildan 2022-yilgacha bo'lgan davrda ushbu
investitsiyalar chiqindilarni boshqarish va ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan. Bu esa
ekologik muammolarni hal qilish bilan birga iqtisodiy o'sishga ham hissa qo'shadi .
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tadqiqotlariga ko'ra, iqlim o'zgarishiga
qarshi kurashish bo'yicha qat'iy chora-tadbirlar global iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi. Masalan,
issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha maqsadlar 2040 yilga kelib global YaIMni
0,23% ga oshirishi mumkin .
Tabiatni muhofaza qilishga yo'naltirilgan hududlar, masalan, milliy bog'lar va qo'riqxonalar,
turizm va rekreatsion faoliyat orqali iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, Shotlandiyada milliy
bog'lar yiliga 700 million funt sterlingdan ortiq daromad keltiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi .
Tabiatni muhofaza qilish dasturlarining samaradorligini baholashda investitsiyalarning
natijalarini tahlil qilish muhimdir. Masalan, AQShning "Conservation Reserve Program" dasturi
yillik 1,3 milliard dollar foyda keltiradi, bu dastur xarajatlarining 75-80% ini qoplaydi .
Ushbu ma’ lumotlar tabiatdan foydalanish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini yanada
chuqurroq tushunishga yordam beradi va ushbu sohadagi strategiyalarni shakllantirishda asos
bo'lib xizmat qiladi.
Atrof muhitni muhofaza qilish iqtisodiyotining asosiy gʻoyasi kishilik jamiyatining tabiatni
muhofaza qilish faoliyati bilan iqtisodiy rivojlanish oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvini topish
hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari va iqtisodiy zarar kabi ekologik xarajatlar
nisbatlarini mikroiqtisodiy tahlil etish natijasida ular orasida bir optimal nuqtaning mavjudligi
koʻrinadi. Bu nuqta atrof muhit ifloslanishining iqtisodiy optimumi deb nomlanadi va iqtisodiy
optimum — tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining muayyan miqdoriga muayyan zararning
mos kelishidir.
Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik muhitni asrash zamonaviy iqtisodiyotning
asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada tabiatdan foydalanish tadbirlarining iqtisodiy
samaradorligi, ularning moliyaviy va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, ushbu jarayonlarni
baholash usullari haqida so‘z yuritiladi.
Tabiatdan foydalanish tadbirlarining samaradorligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Moliyaviy ko‘rsatkichlar xarajatlar va foyda nisbatini aniqlash
Ijtimoiy ta’sirning jamiyat farovonligiga ta’siri
Ekologik samaradorlik orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirning kamayishi
Texnologik samaradorlik tufayli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali
natijalarni yaxshilash
Dunyo miqyosida ko‘plab davlatlar tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha samarali
strategiyalar ishlab chiqishgan. Masalan:
Shvetsiya
– chiqindilarni qayta ishlash va qayta foydalanish bo‘yicha ilg‘or
texnologiyalarni tatbiq etgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
861
Germaniya
– ekologik toza energetika sohasida innovatsiyalarni keng qo‘llamoqda.
Yaponiya
– resurslarni samarali boshqarish va sanoatda ekologik innovatsiyalarni joriy
etishda yetakchi.
AQSh
– tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishda davlat va xususiy sektor hamkorligini
rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining tarkibi.
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari- tabiatni muhofaza qilish tavsifidagi tadbirlar: atmosferani,
suvni ifloslanishdan saqlash, erlarni chiqindilardan tozalash va rekultivasiya qilish, oʻrmon
xoʻjaliklarini yuritish va boshqalarga ketadigan sarflarni bildiradi. Iqtisodiyot amaliyotida
mazkur xarajatlarning ikki turi ajratiladi. Kapital va joriy xarajatlar bularga misol boʻladi.
Kapital xarajatlar — ekologik tavsifdagi asosiy fondlar va moddiy aylanma mablagʻlarda oʻz
aksini topgan vositalar (suv resurslari, havo havzasi, erlarni, mineral resurslarani va hayvonot
resurslarini muhofaza qilish maqsadidagi qurilishlar uchun ajratiladigan davlat kapital
quyilmalari) ni oʻz ichiga oladi. Tabiatni muhofaza qilish fondlariga ajratilayotgan kapital
quyilmalarning miqdori aniq vaziyatga qarab katta boʻlishi mumkin: masalan, gaz va changdan
tozalash jihozlarining qiymati asosiy texnik jihozlar kiymatining 20% igacha etishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish: tadbirlariga ajratilayotgan davlat kapital quyilmalaridan tashqari
majmuali tavsifdagi kapital quyilmalar ham amalga oshiriladi. Bular korxona va tashkilotlarning
umumiqtisodiy yoʻnalishidagi va tabiatni muhofaza qilish samarasini ta'minlash yoʻnalishidagi
xarajatlar (texnika va texnologiyani takomillashtirish xarajatlari, xom ashyoni majmuali qayta
ishlashni ta'minlovchi ishlab chiqarishni tashkil etish va sanitar himoya zonalarini yaratish
xarajatlar) ini oʻz ichiga oladi.
Ekologik tavsifdagi kapital xarajatlarning katta kichikligi ishlab chiqarishning tarmoq
xususiyatlariga uzviy borliq boʻladi (ayrim ma'lumotlarga koʻra bunday xarajatlar koʻrilishida
umumiy tavsifdagi kapital xarajatlarning 0,9%ini, qora metallurgiyada esa 4,6 %ini tashkil etadi).
Kapital xarajatlarining taqsimlanishi ham muhofaza qilinayotgan ob'ektlarning xususiyatlariga
uzviy bogʻliq boʻladi. Koʻproq mablagʻlar suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanishga, atmosfera havosini muhofaza qilishga sarflanadi. Xarajatlarning miqdori yillar
boʻyicha, tarmoklar boʻyicha, tabiiy ob'ektlar boʻyicha va hududlar boʻyicha oʻzgarib turadi.
Joriy xarajatlarga tabiatni muhofaza qilish tavsifidagi asosiy fondlarga xizmat koʻrsatish va uni
ta'minlashga ketadigan sarflar (xizmat koʻrsatuvchi personal mehnatiga xaq toʻlash, joriy va
kapital ta'mirlashga, amortizasion ajratmalarga, energetika xarajatlari), shu bilan birgalikda
tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻlik xizmatlar (ekologik audit, ekspertlarni jalb etish va
x.k.lar)ga toʻlanadigan haqlarni ham oʻz ichiga oladi. Tabiatni muhofaza qilishga ajratilayotgan
joriy xarajatlar tovar mahsulotlari ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning ichida 0,2 — 3 %ni
tashkil etadi. Kapital mablagʻlarning umumiy hajmiga nisbatan joriy xarajatlar deyarli uch
marotaba ortiq boʻlib, atmosferani muhofaza qilish borasida bu koʻrsatkich 5:1 ni, suv resurslari
boʻyicha 3:1 nisbatni tashkil etadi.
2-jadval
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
862
Tabiatdan foydalanish yo‘nalishlari
Tabiatdan
foydalanish
yo‘nalishlari
Xizmat ko‘rsatish darajasi
(%)
Iqtisodiy
samaradorlik
indeksi
Qayta tiklanuvchi energiya
85
Yuqori
Chiqindilarni qayta ishlash
70
O‘rta
Ekologik monitoring
60
O‘rta
Suv resurslarini tejash
75
Yuqori
Biologik xilma-xillikni asrash
65
O‘rta
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari xarajatlarining iqtisodiy samaradorligi ularni amalga
oshirishga ketgan xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy natija oʻrtasidagi nisbatga bogʻliq boʻladi.
Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda yalpi ichki mahsulot (YaIM) dan tabiatni muhofaza
qilish tadbirlari ajratilgan 1 — 2% xarajat, YaIM ga etkazilishi mumkin boʻlgan 3 — 5%
zararning oldini oladi.
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash oʻziga xos
xususiyatga ega boʻlib, u samaradorlikning koʻp koʻrinishlari va ularni aniqlash usullari sifatida
namoyon boʻladi. Samaradorlikni aniqlashda kuyidagilarni e'tiborga olish lozim boʻladi:
Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari foydaning ortishiga olib kelsa, uning samaradorligi
— oldi olingan yoʻqotish va ifloslanish natijasida yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlar
sifatida namoyon boʻladi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbiri samaradorligining mintaqaviy tavsifi shu hududdagi
barcha tabiatdan foydalanuvchilar xarajatlarini qiyoslashni talab etadi.
Ijtimoiy natijalarning katta qismining qiymatini baholash qiyin kechadi.
Amaldagi uslubiyotga koʻra atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlarining dastlabki va pirovard
ijtimoiy — iqtisodiy samarasini farqlashadi: Dastlabki
samara —atrof
muhitning
ifloslanishini kamayishi va uni holatini ijobiy tomonga oʻzgarishida koʻrinadi. Mazkur
holat atmosfera, suv va erdagi zararli birikmalarning konsentrasiyalarini, ifloslanish hajmining
pasayishini bildiradi. Agar korxonalarning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini e'tiborga oladigan
boʻlsak, dastlabki samara mahsulot hajmining ekologik me'yorlarga amal qilgan holda ortishini
tushuniladi.
Pirovard samara—.aholi turmush darajasi va ishlab chiqarish samaradorligining ortishida
koʻrinadi. Mazkur holatda iqtisodiy natijalar sof mahsulot hajmining ortishida, xom ashyo va
moddiy resurslar isrofgarchiligining kamayishida, nomoddiy sohada xarajatlarning kamayishida,
shaxsiy mablagʻlardan ketayotgan xarajatlarning qisqartirishda koʻrinadi.
2
Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. /Alimxodjayev S.R., Ibragimova S.A.,
Urmanova D.T. – Toshkent, ToshDTU, 2008.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
863
Ijtimoiy samara aholi kasallanish darajasining kamayishida, dam olish sharoitlarining
yaxshilanishida, estetik tabiiy resurslarni saqlashda koʻrinadi.
Ijtimoiy samaraning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — undagi sifat xarakteristikalarining
ustivorligidadir. Ijtimoiy samara quyidagi iqtisodiy koʻrsatkichlarda oʻz aksini topadi:
davolanish uchun xarajatlarni tejash, kasallik varaqalari uchun toʻlovlar va boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlidan
borar ekan tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy samarasiga alohida e'tibor beradi.
Hozir Respublikada 25 mln dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oxirgi 10—15 yillik ma'lumotlar
aholi kasallanish darajasining koʻpayib borayotganligini koʻrsatmokda. Kattalar va oʻsmirlar
orasidagi kasallanish 1996 yilda 1985 yildagiga nisbatan 1,3 marotaba ortganligini koʻrsatmokda.
Ayniqsa, Orolboʻyidagi, Sariosiyodagi va pestisidlar koʻp koʻllaniladigan hududlardagi ekologik
vaziyatning yomonligi aholi salomatligiga jiddiy ta'sir koʻrsatmokda. Mutaxassislarning
hisoblariga qaraganda Xorazm viloyatida 37%, Qoraqalpogʻiston respublikasida 45%
tekshirilganlar kasallanish guruhining xavfli darajalariga kiritildi yoki Xorazm viloyatida 72,3%
aholi, Qoraqalpogʻistonda 70% aholi kasallanishga oʻta moyilligi aniqlandi. Orolboʻyi
mintaqasida aholining sil, oshqozon raki, qon kasalliklari va boshqa kasalliklar bilan ogʻrishi
darajasi boshqa mintaqalarga nisbatan yuqoriligi isbotlandi. Sariosiyoda Tojikiston alyuminiy
zavodining salbiy ta'siri natijasida aholining umumiy kasallanish darajasi 2 marotabaga ortdi.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida respublikaning 24 hududida pestisidlarning faol koʻllanilishi
natijasida aholining boshqa hududlarga nisbatan kasallanish darajasining 2 — 3 marotabaga
ortishi kuzatildi.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan tekishiruvlar natijasida sanitar talablariga
respublikadagi 80% sanoat korxonalari, 79 % kommunal ob'ektlar, 82 % bolalar muassalari va
81 % umumiy ovqatlanish korxonalari javob bermaydi.
Yuqoridagi faktlar
tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga etarlicha mablagʻlarni
ajratilmayotganligi yoki ajratilayotgan mablagʻlarning samarasi talab darajasida emasligini
koʻrsatmokda. Bularning barchasi tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining ijtimoiy samarasining
pastligini isbotlaydi.
Iqtisodiyotning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha asosiy g‘oyasi kishilik jamiyatining tabiatni
muhofaza qilish faoliyati bilan iqtisodiy rivojlanish o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning
maqsadlarga mosligini topish hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish xarajatlari va iqtisodiy zarar
kabi ekologik xarajatlar nisbatlarini mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida tahlil etish natijasida
ular o’rtasidagi optimal nuqtaning mavjudligi ayon bo’ladi. Bu nuqta atrof-muhit ifloslanishining
iqtisodiy optimumi deb nomlanib, u tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining muayyan miqdoriga
muayyan zararning mos kelishini ko’rsatadi.
Xulosa.
Tabiatdan foydalanish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi muhim masala bo‘lib, u
moliyaviy va ekologik manfaatlar orasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Bunda
innovatsion texnologiyalar, davlat siyosati va xususiy sektor hamkorligi muhim rol o‘ynaydi.
Shu sababli, resurslardan samarali foydalanish va ekologik muhitni asrash uchun har tomonlama
strategiyalar ishlab chiqish zarur.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
864
Tabiatdan foydalanishning samaradorligini oshirishda texnologik innovatsiyalar va ekologik
barqarorlik muhim omillardan biri hisoblanadi. Davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va
subsidiya tizimlari, shuningdek, tadbirkorlar va jamoatchilik faolligi bu jarayonda hal qiluvchi
rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, xalqaro tajribani o‘rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish
iqtisodiy samaradorlikni oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Kelajakda tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi
yo‘nalishlarda ishlash zarur:
Tabiiy resurslardan foydalanish jarayonini raqamlashtirish va GIS texnologiyalaridan
foydalanish
Chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejamkor loyihalarni keng joriy etish
Xalqaro ekologik standartlarga mos siyosat olib borish
Ekologik ta’lim va ongli iste’mol madaniyatini rivojlantirish
Xulosa qilib aytganda, tabiat resurslaridan foydalanish bo‘yicha oqilona yondashuv va samarali
strategiyalar iqtisodiy taraqqiyot bilan birga atrof-muhit muhofazasini ham ta’minlaydi. Shu
sababli, davlat, xususiy sektor va jamiyat o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish orqali ushbu
tadbirlarning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz.T.: 2001.
2. Karimov I.A. Biz tanlagan yoʻl demogratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik
yoʻli.T. 2003.
3. Глушкова В.Г., Макар С.В. «Економика природоползования» учебное-пособие М:,
Гардораки 2005.
4. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. /Alimxodjayev S.R., Ibragimova S.A.,
Urmanova D.T. – Toshkent, ToshDTU, 2008.
5. Основи економики природоползования»,
под. ред. В.Н.Холина, 51 – страница,
С.Пб.: ”ПИТЕР”, 2005
6.
Галисин А.Н. «Основи промишленной екологии» Академия 2004.
7.
Кормилисин В.И. и др. «Основи екологии» М. «Интерстал» 2001.
8. Alimov T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Ucheb.posob. M., 1998.
9. Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi-2004 y. №9-10. 49 bet.
10.
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi-2002. №1. 52 bet.
11.
Jamiyat va boshqaruv-2003y. №1. 65 bet.
12.
Кудрявсева О.В. Екологичэский аудит. МГУ: 2022.