ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
837
KONSTRUKTIV VA KOMMUNIKATIV QOBILIYATLAR PEDAGOGIK MAHORAT
NEGIZI SIFATIDA: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUV
Mahmudova Zilola Yoqub qizi
Shahrisabz davlat pedogogika instituti
Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
(boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi, 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagogik mahoratning muhim komponentlari bo‘lgan
konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars jarayonida muammoli vaziyatlarni hal etish,
o‘quvchilar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib
chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida situativ model va interfaol metodlardan foydalanish orqali
mazkur qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari ochib beriladi.
Kalit so‘zlar:
konstruktiv qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, pedagogik mahorat, situativ
yondashuv, interfaol metod, o‘qituvchi tayyorlash, muloqot
Аннотация:
В статье рассматриваются теоретические основы и практическое значение
конструктивных и коммуникативных способностей как важнейших компонентов
педагогического мастерства. Анализируются механизмы формирования у будущих
учителей начальных классов навыков решения учебных ситуаций и эффективного
общения с учащимися. Особое внимание уделяется использованию ситуативных моделей
и интерактивных методов в подготовке педагогов.
Ключевые слова:
конструктивные способности, коммуникативные способности,
педагогическое мастерство, ситуативный подход, интерактивный метод, подготовка
учителей, общение
Annotation:
This article analyzes the theoretical foundations and practical significance of
constructive and communicative abilities as key components of pedagogical mastery. It
examines mechanisms for developing prospective primary school teachers’ skills in solving
instructional problems and communicating effectively with students. The study emphasizes the
use of situational models and interactive methods in teacher training.
Keywords:
constructive ability, communicative ability, pedagogical mastery, situational
approach, interactive method, teacher training, communication
KIRISH
XXI asrda ta’lim tizimida yuz berayotgan tub islohotlar zamonaviy o‘qituvchining kasbiy
kompetensiyalariga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Bugungi kunda pedagogik
mahoratning negizini tashkil etuvchi asosiy komponentlar qatorida konstruktiv va kommunikativ
qobiliyatlar alohida o‘rin egallaydi. Bu qobiliyatlar o‘qituvchining nafaqat dars mazmunini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
838
to‘g‘ri rejalashtirishi, balki o‘quvchilar bilan samarali muloqot olib borishi, ularning individual
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagogik jarayon samaradorligining kaliti aynan konstruktiv
fikrlash, innovatsion rejalashtirish va muloqotda ijtimoiy-psixologik sezgirlik kabi omillarga
bog‘liqdir (Maxmutov M.I., 1984; Bandura A., 1986; Bruner J., 1996). Ayniqsa, boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi uchun konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlar pedagogik faoliyatning muhim
vositasi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda o‘qituvchidan bolalarning emotsional holati,
ehtiyojlari, nutqiy darajasi va o‘quv faolligiga mos yondashuv talab etiladi.
Bugungi kunda o‘qituvchilarni tayyorlashda situativ modellardan, interfaol metodlardan
va holatli topshiriqlardan foydalanish konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarni
shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu jarayonda o‘zaro muloqot, muammoli
vaziyatni hal qilish, hamkorlikda qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalar rivojlanadi, bu esa o‘z
navbatida pedagogik mahoratning tabiiy shakllanishiga xizmat qiladi.
Maqolada aynan shu yo‘nalishda konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning nazariy
asoslari hamda ularni rivojlantirishning amaliy jihatlari yoritilib, talabalarda ushbu
ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yechimlar taklif etiladi.
TADQIQOT METODLOGIYASI
Ilmiy tadqiqotning samaradorligi, avvalo, uning nazariy-metodologik asoslariga va
tanlangan uslublarning dolzarbligiga bog‘liqdir. Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini shakllantirishda konstruktiv va kommunikativ
qobiliyatlarning ahamiyatini aniqlash maqsadida kompleks metodologik yondashuv qo‘llanildi.
1. Metodologik asoslar
Tadqiqot quyidagi nazariy-metodologik yo‘nalishlarga tayandi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi (Vigotskiy, 1978; Rubinsteyn, 1999), bu
yondashuv orqali pedagogik qobiliyatlarning individual rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi;
Konstruktivizm pedagogikasi (Bruner, 1996; Piaget, 1970), bu orqali o‘qituvchi
tomonidan mustaqil bilim olish va pedagogik rejalashtirish jarayonlarining ahamiyati asoslab
berildi;
Ijtimoiy-kognitiv yondashuv (Bandura, 1986), bu qobiliyatlarning shakllanishida
kuzatuv, modellashtirish va o‘z-o‘zini nazorat qilish omillariga urg‘u berildi.
2. Tadqiqot metodlari. Quyidagi metodlar tadqiqotning ilmiy ishonchliligini ta’minlashga xizmat
qildi:
Nazariy tahlil – pedagogik qobiliyatlar, ularning turlari va shakllanish omillari bo‘yicha
mavjud adabiyotlar, ilmiy manbalar o‘rganildi;
Tizimli yondashuv – konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning pedagogik mahorat
tarkibida tutgan o‘rni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqildi;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
839
Empirik kuzatuv – pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning dars
jarayonlarida amaliy faoliyati va muloqot kompetensiyalari tahlil qilindi;
Modellashtirish – situativ metodlarga asoslangan mashg‘ulot ssenariylari ishlab chiqilib,
ular orqali qobiliyatlarni shakllantirish jarayoni kuzatildi;
Taqqoslash va umumlashtirish – turli metodlar samaradorligi taqqoslanib, umumiy
xulosalar chiqarildi.
3. Tadqiqot obyekti va predmeti. Obyekt: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
tayyorgarlik jarayoni. Predmet: mazkur jarayonda konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning
shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik-pedagogik omillar, metodik yondashuvlar.
4. Tadqiqotning metodi va uslublari asosida qo‘yilgan vazifalar:
Pedagogik qobiliyatlar turlarini aniqlash va ilmiy jihatdan tasniflash;
Konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarning o‘zaro aloqadorligini asoslash;
Situativ modellashtirish asosida ushbu qobiliyatlarni shakllantirish usullarini aniqlash;
Interfaol metodlar asosida talabalarning amaliy tayyorgarlik darajasini baholash.
NATIJALAR VA TAHLIL
Tadqiqot davomida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining konstruktiv va kommunikativ
qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan situativ mashg‘ulotlar, interfaol metodlar va kuzatuvlar
asosida muhim amaliy natijalarga erishildi.
1. Boshlang‘ich holatdagi qobiliyatlar tahlili
Tajriba-sinov ishlarining boshida 40 nafar 3-kurs talabasiga test va amaliy topshiriqlar orqali
dastlabki diagnostika o‘tkazildi. Quyidagi jihatlar aniqlab olindi:
Talabalarning 62%ida konstruktiv qobiliyat past yoki o‘rta darajada;
Kommunikativ ko‘nikmalarda esa 58% talaba rasmiy muloqotga moyil bo‘lib, erkin, ijtimoiy-
emosional muloqotga qiynalardi;
Talabalar dars rejasini tuzishda innovatsion metodlar va mos vositalarni tanlashda sustlik qilardi.
2. Eksperimental metodik ta’sir natijalari
Tadqiqot davomida 8 hafta davomida quyidagi metodlar qo‘llandi:
Situatsion topshiriqlar (muammo yechish, o‘quvchini baholashda xolislik muammosi, vaziyatga
asoslangan rolli o‘yinlar);
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
840
“Debat”, “Bahsli savol”, va “Case-study” metodlari;
Jamoaviy tahlil va refleksiya (fikr-mulohaza daftarchalari).
Ushbu metodlar orqali talabalar o‘zlarining faol, ijodiy va ijtimoiy pozitsiyalarini shakllantira
boshladi. Dars loyihalarida dars mazmunini bolalar yoshiga moslashtirish, kreativ didaktik
materiallar tayyorlash, holatli muloqot va savol-javob olib borish ko‘nikmalari aniq sezildi.
3. So‘rovnoma va baholash natijalari. So‘nggi bosqichda talabalar o‘rtasida takroriy test va
reflektiv suhbatlar o‘tkazildi. Natijalar quyidagicha:
Qobiliyat turi
Boshlanish holati (%)
Tajribadan so‘ng (%)
Konstruktiv yuqori
18
67
Kommunikativ yuqori
22
73
Pedagogik
rejalashtirishda
mustaqillik
25
78
Ushbu natijalar pedagogik ta’lim jarayonida konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarni
shakllantirish uchun situativ yondashuv samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi. Talabalar darsga
tayyorgarlik, metod tanlash, kommunikatsion yondashuv va bolalarning psixologik holatiga mos
pedagogik qaror qabul qilishda faolroq bo‘la boshlashdi.
4. Kuzatuvlar va sifatli tahlil. Kuzatuv daftarlari va talaba fikrlarida quyidagilar aks etdi:
“Vaziyatli topshiriqlar orqali o‘zimni haqiqiy o‘qituvchi kabi his qildim.”
“Savol-javobli mashg‘ulotlarda boshqa talabalar bilan fikr almashib, o‘z fikrimni himoya qilishni
o‘rgandim.”
“Endi darsni faqat tushuntirish emas, balki o‘quvchilar bilan ‘muloqotli o‘yin’ sifatida
ko‘raman.”
Bu kuzatuvlar metodik ta’sirning nafaqat bilimga, balki kasbiy o‘zlik va pedagogik refleksiyaga
ham ta’sir ko‘rsatganini isbotlaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
841
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik ta’lim jarayonida konstruktiv va kommunikativ
qobiliyatlarning shakllanishi bevosita o‘quv muhiti va tanlangan metodik yondashuvlar bilan
chambarchas bog‘liqdir. Situativ yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar nafaqat bilim
va ko‘nikmalarni shakllantiradi, balki talabani mustaqil fikrlashga, pedagogik vaziyatga mos
harakat qilishga, shuningdek, samarali muloqot o‘rnatishga undaydi.
Ayniqsa, muammoli vaziyatlar, “rol o‘yinlari”, “debat” va “case-study” kabi faol o‘qitish
metodlari konstruktiv qobiliyatni rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ldi. Bu
metodlar orqali talabalar o‘z darslarini yangicha rejalashtirish, bolalar psixologiyasiga mos
usullarni tanlash, moslashuvchanlik va ijodkorlikni namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi
(Maxmutov, 1984; Bruner, 1996).
Kommunikativ qobiliyat esa, ayniqsa, interfaol mashg‘ulotlar va reflektiv tahlil orqali kuchaydi.
Talabalar o‘z fikrlarini aniq, asosli va madaniy ifoda qilishga intilishdi. Kuzatuvlar shuni
ko‘rsatdiki, ilgari sust bo‘lgan talabalar ham guruhiy ishlar va suhbatlarda faol ishtirok eta
boshladi. Bu esa Bandura (1986) ta’riflagan “ijtimoiy o‘rganish” konsepsiyasining amalda
ishlashini tasdiqlaydi.
Tadqiqot natijalari xorijiy va milliy manbalardagi ilmiy qarashlar bilan hamohangdir. Jumladan,
Vygotskiyning (1978) “yaqin taraqqiyot zonasi” nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchi (talaba) o‘z
qobiliyatlarini rivojlantirishda boshqa subyektlar (o‘qituvchi, tengdoshlar) bilan ijtimoiy
hamkorlik orqali yuqoriroq pog‘onaga ko‘tariladi. Aynan situativ metodlar bu ijtimoiy
hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
842
Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining mazmuni, auditoriya sharoitlari, guruhdagi faollik darajasi
va talabalarning motivatsiyasi kabi tashqi omillar ham qobiliyatlar shakllanishiga sezilarli
darajada ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Bu holat kelgusidagi metodik tadqiqotlarda chuqurroq
tahlil etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri sifatida qaralmoqda.
XULOSA
O‘tkazilgan nazariy tahlillar va amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, konstruktiv va
kommunikativ qobiliyatlar pedagogik mahoratning ajralmas va markaziy tarkibiy qismlaridir. Bu
qobiliyatlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ularning rivojlanishi zamonaviy
o‘qituvchining kasbiy faoliyatida samaradorlikni belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan situativ yondashuv, interfaol metodlar va amaliy modellashtirish orqali
talabalar o‘zlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirdi. Ayniqsa, dars
mazmunini loyihalash, vaziyatli muammolarni hal etish, o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish
va o‘z fikrini ravon ifoda etish kabi ko‘nikmalarning rivojlanishi aniq natijalar bilan isbotlandi.
Tadqiqot natijalari pedagogik kadrlar tayyorlash tizimida quyidagi metodik yo‘nalishlarni
takomillashtirish zarurligini ko‘rsatdi:
Talabalarda kasbiy qobiliyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan holatli, amaliy, tajriba asosidagi
mashg‘ulotlar ulushini oshirish;
Konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish uchun interfaol metodlardan keng
foydalanish;
Talabalar o‘rtasida kasbiy refleksiya, o‘z-o‘zini tahlil qilish va ijtimoiy mas’uliyat hissini
kuchaytirish.
Shunday qilib, pedagogik ta’limda konstruktiv va kommunikativ qobiliyatlarni shakllantirishga
qaratilgan metodik yondashuvlar, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan
talabalar uchun o‘ta muhim bo‘lib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatiga puxta zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Bandura, Albert. Social Foundations of Thought and Action: A Social Cognitive Theory.
Prentice-Hall, 1986. 617 bet.
2. Bruner, Jerome S. The Culture of Education. Harvard University Press, 1996. 224 bet.
3. G’ulomov, S., va boshqalar. Pedagogik mahorat. Toshkent: O‘qituvchi, 2015. 288 bet.
4. Imamova, N. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish. Toshkent: Ilm
Ziyo, 2020. 172 bet.
5. Jalolov, J. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan va texnologiya,
2016. 204 bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
843
6. Maxmutov, M.I. Problemnoe obuchenie: Osnovy logiki i didaktiki. Moskva: Pedagogika,
1984. 223 bet.
7. Musurmonova, O., va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan, 2021. 250 bet.
8. Rubinshteyn, S.L. Osnovy obshchey psikhologii. Sankt-Peterburg: Piter, 1999. 480 bet.
9. Saidahmedov, N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: TDPU, 2020.
216 bet.
10. Xolmurodov, A. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik qobiliyatlarni shakllantirishda interfaol
metodlar. Qarshi: Nasaf, 2022. 134 bet.
11 . Mahmudova, Zilola Yoqub qizi. “O‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik
Qobiliyatlari O‘rtasidagi Bog‘liqlik.” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and
Management Studies, vol. 2, no. 2, 17 Feb. 2025, Innovative Academy RSC, pp. 123–127.
12. Mahmudova Zilola Yoqub qizi. Shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogic asoslari.
“Psixologiya” ilmiy jurnali. Buxoro davlat universiteti. №1, 2025, 295-300-b.
13. Mahmudova, Zilola. Methods for developing pedagogical skills in modern education.
Eurasian journal of entrepreneurship and pedagogy. Vol. 3, issue 1, feb. 2025, 100-103 pp.
14. Olimov, Shirinboy Sharofovich, and Khusniddin Kupayinovich Khomidov. "Preparing
Future Teachers To Solve The Tasks Of Patriotic Education Of Children And Youth." The
American Journal of Social Science and Education Innovations 2.12 (2020): 132-136.