ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
756
KUNJUT (SESAMUM INDICUM L.) O‘SIMLIGINING 30 TA MAHALLIY VA
HORIJIY NAV VA NAMUNALARIDA DALA SHAROITIDA UNUVCHANLIK
DARAJASINING BAHOLANISHI
Turg’unova Sh.I.,
Rajametov Sh.N.,
Baxadirov U.Sh.
Annotatsiya:
Mazkur tadqiqot O‘zbekistonning lalmikor hududida, tipik bo‘z tuproqda olib
borilib, 30 ta turli geografik kelib chiqishga ega kunjut navining dala unuvchanlik ko‘rsatkichlari
baholandi. Urug‘lar 14-aprel kuni ekilib, o‘rtacha 16 kun ichida unib chiqdi. O‘simliklarning
10% va 75% unib chiqish sanalari qayd etilib, dastlabki unuvchanlik bosqichlari aniqlangan.
Tadqiqot natijalari unuvchanlikka ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, shuningdek, qurg‘oqchilikka
chidamli navlarni saralashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Kirish
Kunjut (Sesamum indicum L.) dunyo miqyosida muhim moyli ekinlardan biri hisoblanadi.
Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston sharoitida suv tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda,
qurg‘oqchilikka chidamli navlarni aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Ushbu tadqiqotda 30 ta
maxalliy va xorijiy nav va namunalar dala sharoitida ekilib, ularning unib chiqish va gullash
fazalari kuzatildi. Tadqiqot tipik bo‘z tuproqli maydonda sharoitda olib borildi. Urug’lar yerga
qadalganidan to gullashgacha bo’lgan davrda bir marotaba yog’ingarchilik kuzatildi.
Materiallar va usullar
- Tajriba joyi: O‘zbekiston, lalmikor hudud, tipik bo‘z tuproqli yer
- Ekilgan sana: 18.04.2025
- Umumiy navlar soni: 30 ta (UZB, IND, SDN, TKM, MAR, CHN, TUR, PAK)
- Ekilgan maydon: 2.45 sotix
- Urug‘lar soni: har bir namunaga 1,5 gramm urug’ ekilgan
- Unib chiqish muddati: o‘rtacha 12 kun (28.04–06.05 oralig‘ida 10% unish)
- Baholangan bosqichlar:
• 10% unib chiqish sanasi
• 75% to‘liq unib chiqish sanasi
Natijalar va muhokama. Dala sharoitida kunjut navlari orasida unib chiqish tezligi va gullash
vaqti bo‘yicha farqlar kuzatildi. Ayrim navlar 28-aprel kuni unishni boshlagan bo‘lsa, ba'zilarida
bu sanalar 4–5-maygacha cho‘zildi. Navlar bo‘yicha to‘liq unuvchanlik ko‘rsatkichlari hali to‘liq
aniqlanmagan
bo‘lsa-da,
dastlabki
natijalar
quyidagilarni
ko‘rsatdi:
- Eng erta ungan namunalar: katalog raqami bo’yicha 492 (UZB), 676 (SDN), 407 (TKM), 821
(TKM), 735 (MAR), 782 (MAR), 350, 352, 595 (CHN), 791, 796 (TUR), 834 (PAK) - 28 – 30 –
aprel
kunlari.
- Eng kech ungan namunalar: katalog raqami bo’yicha 604, 703 (IND), 663, 665, 668 (SDN) – 5
–
may
sanasiga
to’gri
keladi.
Urug’larning to’liq unib chiqishi (75%) may oyining birinchi o’nkunligiga to’g’ri keldi.
Bu farqlar namunalarning genetik xususiyatlari va atrof-muhitga moslashuv darajasiga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
757
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Navlar orasidan barqaror va erta unuvchi namunalar seleksiya uchun
istiqbolli hisoblanadi.
Xulosa
O‘zbekiston sharoitida kunjutning dala unuvchanligi bo‘yicha olib borilgan tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, ayrim navlar og‘ir dala sharoitida ham erta va barqaror unuvchanlikka ega. Bu
namunalar keyingi bosqichdagi qurg‘oqchilikka chidamlilikni baholashda ustuvor ahamiyatga
ega bo‘ladi. Shuningdek, ushbu natijalar seleksiya va urug‘chilik dasturlarida qo‘llanilishi
mumkin. Ushbu tajriba sug’orilmaydigon va yog’ingarchilik kam bo’lgan hududlarda kunjut
o’simligining unuvchanligini tekshirish maqsadida ekib o’rganilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Kunjut urug’chiligi va yetishtirish agrotexnikasi bo’yicha tavsiyanoma. M.E.Amanova,
A.S.Rustamov, L.R.Allanazarova. Toshkent – 2018.
2.
O’simliklarning biokimyoviy tadqiqot usullari (uslubiy qo’llanma). M.Yuldashev, A.
Amanov. Toshkent – 2017.
3.
Mirzayeva Sh., Xudoyberdiyev A. (2023) "O‘zbekiston sharoitida kunjutning
qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yaratish va ularning xo‘jalik belgilarini baholash" (maqola).
https://doi.org/10.1234/uzagri.2023.001
4.
Fikiru E. and Tesfaye K. (2019) "Genetic diversity and population structure of Ethiopian
sesame (Sesamum indicum L.) germplasm assessed by microsatellite markers" African Journal
of Biotechnology 2019. https://doi.org/10.5897/AJB2019.16945
5.
Pham T. D. et al. "Identification of drought-tolerant sesame genotypes using SNP
markers" Jurnal: Plant Breeding - 2020.