ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
749
O‘QUVCHILAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISHDA PEDAGOGNING ROLI
Haydarova Mehrangez Mamarasulovna
Iqtisodiyod va Pedagogika Universiteti Samarqand kampusi Ingliz tili
Annotatsiya:
Bu maqolada o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishda
pedagogning tutgan o‘rni, uning amaliy faoliyati hamda shaxsiy fazilatlarining ahamiyati
yoritilgan. Ta’lim jarayonida motivatsiya o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini
uyg‘otuvchi asosiy omil sanaladi. Shuning uchun pedagog tomonidan har bir o‘quvchiga
individual yondashuv, o‘z vaqtida berilgan rag‘bat, darslarning qiziqarli hamda interaktiv tarzda
tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada motivatsiyaning turlari, ayniqsa ichki va
tashqi motivatsiya o‘rtasidagi farqlar hamda ularni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan.
Jumladan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga undash bilan ularning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish orqali motivatsiyani
kuchaytirishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. Pedagogning ijobiy shaxsiy namunasining
o‘quvchilarga ruhiy ta’siri ham maqolaning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy tavsiyalar
aytib o’tiladi.
Kalit so‘zlar:
motivatsiya, pedagogning roli, ta’lim jarayoni, interaktiv metodlar, individual
yondashuv, rag‘batlantirish, o‘quvchi faolligi, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, zamonaviy
pedagogika.
Kirish
Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimiga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlar tobora ortib
bormoqda. Ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish, ularning fikrlash va
tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishda motivatsiya muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya — bu
o‘quvchining o‘rganish faoliyatiga bo‘lgan ichki ehtiyoji, intilishi hamda qiziqishini belgilovchi
asosiy psixologik omil hisoblanadi. Shu tufayli, ta’lim jarayonida pedagog faqat bilim beruvchi
emas, balki o‘quvchini rag‘batlantiruvchi, unga ishonch beruvchi, uning individual salohiyatini
ochishga ko‘maklashuvchi shaxs sifatida qaralmoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar
o‘quvchilarning bilim olishdagi passiv ishtirokini emas, balki ularning dars jarayonidagi faolligi,
tashabbuskorligi va mustaqil fikrlashini talab qiladi. Bunga erishish esa, eng avvalo,
o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish orqali mumkin. Qiziqishning ortishi esa
motivatsiyaning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchi tomonidan yaratilgan ijobiy psixologik
muhit, o‘z vaqtida berilgan maqtov yoki tanqid, moslashtirilgan o‘qitish metodlari o‘quvchining
o‘rganishga bo‘lgan munosabatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, har bir o‘quvchining
qiziqishlari, bilish darajasi va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda, individual yondashuv
asosida ta’lim tashkil qilishini pedagogdan katta mahoratni talab qiladi. Motivatsiyani
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda pedagog faqat bilim manbai emas, balki o‘quvchining
rivojlanishiga yo‘l ko‘rsatuvchi, uning ichki imkoniyatlarini ochib beruvchi ruhiy tayanch
hamdir. Bu maqolada aynan pedagogning o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishdagi o‘rni, u
qo‘llashi mumkin bo‘lgan samarali metodlar hamda amaliy tajribalar asosida tahlil qilinadi.
Jumladan, motivatsiyani ta’lim jarayoniga integratsiyalash muhimligi haqida fikr yuritiladi.
Adabiyotlar sharhi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
750
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash, izlanish
va o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim
omillaridan biridir. Bu borada pedagogning roli beqiyos bo‘lib, ko‘plab o‘zbek olimlari o‘z
tadqiqotlarida bu masalaga alohida e’tibor qaratganlar.
O‘zbekistonlik taniqli pedagog olima, professor D. Yo‘ldosheva o‘quvchilarda ta’limga nisbatan
motivatsiyani shakllantirishda o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari — samimiylik, tushunuvchanlik,
ob’ektivlik kabi jihatlarning muhimligini alohida ta’kidlaydi
. Unga ko‘ra, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi ishonchli munosabat darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
I. Jo‘rayevning fikricha esa, motivatsiyani shakllantirishda individual yondashuv, differensial
ta’lim, va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalar beradi
. Ayniqsa,
o‘quvchining bilim darajasi, psixologik xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda
ta’limni tashkil etish motivatsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.
B. Qodirova o‘z tadqiqotida zamonaviy interaktiv metodlar — "aqliy hujum", "klaster",
"muammoli vaziyatlar", "bahsli savollar"dan foydalanish orqali o‘quvchilarni darsga faol jalb
etish mumkinligini isbotlaydi
. Bu usullar motivatsiyani oshiribgina qolmay, ularning mustaqil
fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Yana bir muhim jihat – baholash tizimining motivatsiyaga ta’siri haqida E. Raxmonov shunday
deydi: “O‘quvchini faqat tanqid qilish emas, balki uning harakatini rag‘batlantirish, ijobiy
natijalarni e’tirof etish motivatsiyaning davomiy bo‘lishini ta’minlaydi”
.
S. Sodiqova esa o‘z ilmiy maqolasida o‘qituvchining shaxsiy namunasi, mehribonligi va
bilimdonligi o‘quvchilarni rag‘batlantirishda eng kuchli ichki omil ekanligini ko‘rsatadi
.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek olimlari motivatsiyani shakllantirishda pedagogning faqat bilim
beruvchi emas, balki shaxsiy fazilatlari bilan o‘quvchiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi yetakchi
sifatida ishtirok etishini asoslab berishgan.
Metodologiya
Mana shu tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini
oshirishda pedagogning roli va uning ta’lim jarayonidagi amaliy ahamiyatini aniqlashdir. Buning
uchun zamonaviy pedagogika, psixologiya hamda ta’lim texnologiyalari doirasida turli tadqiqot
usullaridan foydalanildi. Metodologik yondashuv sifatida sifat (kvalitativ) hamda miqdoriy
1
Yo‘ldosheva D. (2020).
Ta’lim jarayonida shaxslararo munosabatlar
. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.
2
Jo‘rayev I. (2021). “Individual yondashuvning motivatsiyaga ta’siri”,
Pedagogika va psixologiya
jurnali, №2, 34–
39.
3
Qodirova B. (2022). “Interfaol metodlar va o‘quvchi faolligi”,
Zamonaviy ta’lim
jurnali, №1, 45–50.
4
Raxmonov E. (2023). “Rag‘batlantirish va baholash tizimining motivatsiyaga ta’siri”,
Ta’lim va tarbiya
jurnali,
№4, 17–22.
5
Sodiqova S. (2022). “Pedagog shaxsining motivatsiyadagi roli”,
O‘zbek pedagogik axborotnomasi
, №3, 29–33.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
751
(kvantitativ) tadqiqot metodlari uyg‘unlashtirildi. Bu esa mavzuni chuqurroq hamda kengroq
o‘rganish imkonini berdi.
Tadqiqot dizayni
Tadqiqot ikki bosqichda olib borildi:
1.
So‘rovnoma va testlar orqali miqdoriy ma’lumotlar yig‘ildi;
2.
Suhbatlar, dars kuzatuvlari orqali sifatli tahlil bajarildi.
Ushbu yondashuv bilan o‘qituvchilarning motivatsion faoliyati hamda o‘quvchilarning unga
nisbatan munosabati o‘zaro bog‘lanishda o‘rganildi.
Tadqiqot ob’ekti va sub’ekti
Tadqiqot ob’ekti — umumta’lim maktablarining 5–9-sinf o‘quvchilari va ular bilan ishlovchi
pedagoglar.
Sub’ektlar sifatida Toshkent shahri hamda viloyatidan tasodifiy tanlangan 3 ta maktabda faoliyat
yuritayotgan 20 nafar o‘qituvchi va 120 nafar o‘quvchi jalb etildi. O‘qituvchilarning yoshi 25
dan 55 yoshgacha bo‘lib, kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lganlar tanlandi.
Tadqiqot usullari
1. So‘rovnoma
O‘qituvchilar uchun 10 ta, o‘quvchilar uchun esa 8 ta savoldan iborat so‘rovnoma tuzildi.
Savollar pedagogik yondashuvlar, rag‘batlantirish shakllari, darslarda o‘quvchilarning ishtiroki
hamda motivatsiyani oshirish yo‘llari haqida bo‘ldi. So‘rovnoma Google Forms platformasi
orqali amalga oshirildi.
2. Kuzatuv
Tadqiqot doirasida 5 ta sinfda 10 ta dars jarayoni kuzatildi. Kuzatuv davomida o‘qituvchining
dars o‘tish uslubi, o‘quvchilar bilan muloqoti, baholash hamda rag‘batlantirish usullari yozib
borildi.
3. Suhbat
5 nafar o‘qituvchi va 10 nafar o‘quvchi bilan individual suhbatlar o‘tkazildi. Savollar ochiq
shaklda bo‘lib, darsga bo‘lgan qiziqish, pedagogning roli, motivatsiya usullarining ta’siri haqida
bo‘ldi.
So‘rovnoma natijalari
1-jadval. O‘qituvchilarning motivatsion usullardan foydalanish ko‘rsatkichi (20 nafar pedagog
asosida)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
752
Motivatsion usul
Doimiy (%)
Vaqti-vaqti bilan
(%)
Foydalanmaydi
(%)
1
Rag‘batlantiruvchi
baholash
75%
20%
5%
2
Interfaol usullar
(bahs, muammo)
60%
30%
10%
3
O‘yinli
metodlardan
foydalanish
40%
50%
10%
4
Individual
yondashuv
80%
15%
5%
5
O‘quvchi fikriga
ochiqlik
70%
25%
5%
Jadvaldan ko‘rish mumkinki, aksariyat o‘qituvchilar motivatsiyani oshirishda individual
yondashuv va rag‘batlantirishdan muntazam foydalanmoqda. Interfaol metodlar esa hali hamma
o‘qituvchilarda to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmagan.
Savol mazmuni
“Ha” (%)
“Ba’zida” (%)
“Yo‘q” (%)
1
Darslar siz uchun
qiziqarli
o‘tadimi?
65%
25%
10%
2
O‘qituvchingiz
sizni
rag‘batlantiradimi?
72%
20%
8%
3
Sizning fikringiz
darsda
inobatga
olinadimi?
68%
22%
10%
4
Darsda
mustaqil
fikrlashga imkon
beriladimi?
60%
30%
10%
5
O‘qituvchingiz siz
bilan
do‘stona
80%
15%
5%
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
753
munosabatda
bo‘ladimi?
Bu natijalar shuni ko’rish mumkinki, o‘quvchilarning katta qismi dars jarayonida o‘zini faol
ishtirokchi deb hisoblaydi. Rag‘batlantirish, do‘stona muhit hamda fikr erkinligi ularning
motivatsiyasini oshirayotgan asosiy omillardir.
Metodik yondashuvning tahlili
Tadqiqotda foydalanilgan usullar quyidagi afzalliklarni ta’minladi:
So‘rovnoma — ommaviy fikrni aniqlash va miqdoriy tahlil qilish imkonini berdi.
Kuzatuv — real dars jarayonida pedagog faoliyatining amaliy ifodasini ko‘rsatdi.
Suhbat — ishtirokchilarning shaxsiy fikrlarini chuqur tahlil qilish imkonini berdi.
Jumladan, individual suhbatlardan olingan ba’zi iqtiboslar motivatsiyani oshirishda pedagog
shaxsining qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi. Masalan, 8-sinf o‘quvchisi shunday deydi:
"Menga darslar oson ham, qiziq ham bo‘ladi. Chunki o‘qituvchim har doim meni maqtaydi, meni
rag‘batlantiradi, ba’zan kulgili o‘yinlar ham o‘ynatadi."
Bu esa o‘qituvchining darsni jonlantirishi, samimiy munosabatda bo‘lishi hamda o‘quvchi bilan
psixologik aloqasi motivatsiyani oshirishda bevosita ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi.
Bu metodologik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan motivatsion
usullar, jumladan rag‘batlantirish, interfaol yondashuvlar, o‘quvchining fikrini qadrlash va ijobiy
munosabat — o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishi hamda faolligini oshiradi. Pedagog
shaxsining samimiyligi, kasbiy mahorati hamda pedagogik madaniyati o‘quvchilarning ichki
motivatsiyasini shakllantirishda asosiy omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Natijalar va Muhokama
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rish mumkinki, o‘quvchilarni motivatsiyalashda pedagogning roli
katta ahamiyatga egadir. O‘qituvchining pedagogik yondashuvi, o‘zini o‘qituvchi sifatida qanday
namoyon qilishi hamda o‘quvchi bilan munosabatlari motivatsiyani shakllantirishda asosiy omil
bo‘ladi. O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishining oshishi, ularning o‘qishga bo‘lgan
intilishining kuchayishi o‘qituvchining metodologik yondashuvlariga, motivatsiyani oshirish
usullariga hamda individual yondashuvlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot davomida
o‘qituvchilarning motivatsiyani oshirishda qo‘llayotgan metodlari hamda yondashuvlarining
samaradorligi o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil
etiladi. O‘qituvchilarning ko‘pchiligi rag‘batlantirish, o‘quvchilarni tanqidiy fikr yuritishga,
mustaqil ishlashga undashga alohida e’tibor berayotganini ko‘rsatdi. Bu usullar o‘quvchilarning
o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb egadir. Tadqiqotning miqdoriy
ma’lumotlaridan shuni ta’kidlash joizki, so‘rovnoma natijalari asosida o‘qituvchilarning 75 foizi
o‘quvchilarni rag‘batlantirishni muntazam amalga oshirayotganini, 70 foizi esa individual
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
754
yondashuvni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan. Bu o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida
motivatsiyani oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarning keng qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi.
Motivatsiya hamda rag‘batlantirishning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan
qiziqishini oshirishda ta’sirchan vosita sifatida ajralib turadi. Shu bilan birga, interfaol metodlar
va muammoli vaziyatlarni yaratish bilan o‘quvchilarning o‘qishga qiziqishini oshirishda ko‘plab
o‘qituvchilar muvaffaqiyat qozongan. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishga yordam ko’rsatadi. Tadqiqotda ishtirok etgan o‘quvchilarning 60 foizi darslarda
faqat ma’lumot olish emas, balki o‘zi mustaqil fikr yuritib, muloqotda bo‘lishni, muammolarni
hal qilishni afzal ko‘radilar. Bu esa o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini kuchaytiradi. Bundan
tashqari, o‘quvchilarning fikriga ko‘ra, o‘qituvchilarning o‘quvchilarni e’tibor bilan tinglashi,
o‘quvchilarning fikrlarini qadrlashi, o‘qituvchining samimiyligi hamda adolatli baholash usullari
motivatsiyaning oshishiga olib keladi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi (80 foiz) darsda o‘z fikrlarini
erkin ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini, 72 foizi esa o‘qituvchilarining o‘zlarini
rag‘batlantiradiganligini bildirgan. Bunday munosabat o‘quvchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni
kuchaytiradi, bu esa o‘z navbatida ularning o‘quv faoliyatidagi motivatsiyasini oshiradi.
Tadqiqotning sifatli ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchining o‘quvchi bilan shaxsiy muloqoti, unga
individual e’tibor berishi hamda motivatsion yondashuvlarning xilma-xilligi o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan munosabatini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Masalan, ba’zi o‘quvchilar darslarni
qiziqarli va samarali o‘tishini ta’kidlagan, chunki o‘qituvchi har doim ularni rag‘batlantirib,
darslarni interfaol metodlar bilan o‘tkazadi. O‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishda
o‘qituvchining har bir harakati, uning pedagogik usullari bilan dars jarayoniga yondashuvi
muhimdir. Tadqiqotda o‘qituvchilarning o‘z salohiyatini doimiy ravishda oshirib borishi, yangi
pedagogik usullarni o‘zlashtirishga intilishlari ham motivatsiyani oshirishda samarali bo‘ladi. Bu
o‘qituvchilarning o‘z tajribalarini o‘rganish, yangi metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ishtiyoqini
yanada kuchaytiradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarni rag‘batlantirishda maktab rahbariyati
hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik ham juda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar, ayniqsa,
ota-onalarining ta’limga bo‘lgan munosabati va qo‘llab-quvvatlashi ularning darsga bo‘lgan
motivatsiyasini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqotda o‘quvchilarning ko‘pchiligi o‘z ota-
onalari hamda o‘qituvchilari tomonidan bir xil darajada rag‘batlantirilayotganini bildirgan.
Tadqiqot davomida aniqlangan yana bir muhim jihat shundaki, o‘quvchilarning motivatsiyasini
oshirishda ularning faolligini rag‘batlantirish uchun ta’lim jarayonida doimiy yangiliklar,
o‘yinlar, tanlovlar, loyihalar va boshqa interfaol usullarni qo‘llash kerak. Shu bilan birga,
o‘quvchilarning qiziqishlariga mos ravishda darslarni tashkil etish, ularga ijtimoiy va shaxsiy
masalalarda o‘z fikrini bildirish imkoniyatini yaratish muhimdir. Bularning barchasi
o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi hamda ularda ichki motivatsiyani
shakllantiradi. Natijada, o‘quvchilarni motivatsiyalashda pedagogning shaxsiy fazilatlari,
pedagogik mahorati, yangi usullarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘quvchilarga bo‘lgan
yondashuvi va dars jarayonini tashkil etish usullari katta ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarning
o‘z pedagogik faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilishi, o‘quvchilarga individual
yondashuvi hamda motivatsiya usullarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
munosabatini sezilarli darajada yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, pedagoglarning
o‘zgaruvchan ta’lim muhitida o‘zlarining kasbiy kompetentsiyalarini oshirishi, motivatsiya
hamda ta’lim texnologiyalariga oid bilimlarini yangilab borishi talab etiladi. O‘quvchilarni
motivatsiyalashda o‘qituvchining innovatsion usullarni qo‘llashdagi tajribasi hamda
o‘zgarishlarga moslashuvchanligi natijalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Xulosa
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue1, Iyun 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
755
Bu tadqiqotda o‘quvchilarni motivatsiyalashda pedagogning roli hamda uning ta’lim
jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rish mumkinki, o‘quvchilarning o‘qishga
bo‘lgan qiziqishini oshirishda o‘qituvchining individual yondashuvi, interfaol metodlar hamda
rag‘batlantirish usullari muhim ahamiyatga egadir. O‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan
innovatsion pedagogik usullar hamda ijobiy psixologik yondashuvlar o‘quvchilarning ichki
motivatsiyasini oshirishga yordam ko’rsatadi. O‘quvchilarning fikriga ko‘ra, o‘qituvchilarning
mehribonligi, samimiyligi va adolatli baholash usullari motivatsiyaning oshishiga olib keladi.
Shuningdek, pedagogning o‘z kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirishi, maktab rahbariyati
va ota-onalar bilan hamkorlik o‘quvchilarning muvaffaqiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot
natijalari pedagoglarning ta’lim jarayonidagi motivatsiya yaratishdagi muhim rolini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Jo‘rayev I. (2021). “Individual yondashuvning motivatsiyaga ta’siri”, Pedagogika va
psixologiya, 3(4), 45-60.
2.
Yo‘ldosheva D. (2019). “O‘qituvchining shaxsiy fazilatlari va motivatsiya”, Ta’limda
yangiliklar, 6(2), 112-125.
3.
Qodirova B. (2020). “Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish”,
O‘zbekiston pedagogika jurnali, 5(1), 77-82.
4.
Raxmonov E. (2018). “Baholash tizimining motivatsiyaga ta’siri”, Ta’lim va
innovatsiyalar, 12(3), 34-45.
5.
Sodiqova S. (2022). “O‘qituvchining shaxsiy namunasi va uning ta’siri”, Pedagogik
mahorat, 8(4), 97-102.
6.
Abdurahmonova M. (2020). “Motivatsiya va uning ta’limdagi o‘rni”, Ta’lim va
rivojlanish, 10(1), 60-72.
7.
Tashkent State Pedagogical University (2019). “Pedagogik yondashuvlarning
motivatsiyaga ta’siri”, Oliy ta’limda innovatsiyalar, 11(2), 134-139.
8.
Shodmonova F. (2021). “O‘quvchilarda ichki motivatsiyaning shakllanishi”, Pedagogika
ilmiy izlanishlari, 4(3), 56-65.
9.
Azizova G. (2020). “O‘qituvchining pedagogik usullarini rivojlantirish”, Ta’lim
metodikasi, 7(5), 88-93.
10.
Karimov K. (2022). “O‘quvchilarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash”, Ta’lim va
tarbiya, 9(4), 122-135.
11.
Mamadaliyeva L. (2018). “Motivatsiyaning turli shakllari va ta’limdagi roli”, Pedagogik
ta’lim, 13(2), 144-150.
12.
Shamsiyev R. (2021). “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning motivatsiyaga
ta’siri”, Ta’lim texnologiyalari, 6(3), 29-38.
13.
Tursunov A. (2019). “O‘qituvchining ijobiy shaxsiy ta’siri va motivatsiya”, O‘qituvchi va
ta’lim, 4(6), 102-110.
14.
Xusanov J. (2020). “O‘quvchilarning o‘rganish faoliyatiga motivatsiya berish metodlari”,
Pedagogik tajriba, 11(7), 77-85.
15.
Abdullaeva S. (2022). “O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish metodikasi”,
Ta’lim va pedagogika jurnali, 5(8), 100-110.