Авторы

  • N.B.Muzaffarov
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119623

Ключевые слова:

Turizm sayyohlik Temur tuzuklari sulola davlatchilik tarixiy yodgorlik.

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida turizm sohasiga oid ma’lumotlar va turizm rivojlanishida davlat islohotlari bo’yicha ma’lumotlar aks ettirilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

703

TEMURIYLAR DAVRIDA TURIZM VA UNING HUQUQIY ASOSLARI

N.B.Muzaffarov

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi

Annotasiya:

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida turizm sohasiga oid

ma’lumotlar va turizm rivojlanishida davlat islohotlari bo’yicha ma’lumotlar aks ettirilgan.

Kalit so’zlar:

Turizm, sayyohlik, Temur tuzuklari, sulola, davlatchilik, tarixiy yodgorlik.

Davlatchiligimiz tarixida turizm tushunchasi paydo bo’lish o’rni juda katta tarixiy davrni o’z

ichiga oladi. Bu davrda tushuncha aynan turizm nomi bilan atalmagan bo’lsada, uning hech bir

davrda o’z ahamiyatini yo’qotmaganini tarixiy manbalar asosida ko’rishimiz mumkin. Buning

isboti sifatida: Davlatchiligimiz tarixida ulkan ahamiyatga ega Temur va Temuriylar davrini

misol qilib olsak bo’ladi. Amir Temur (1336-1405) ulkan markazlashgan tarixiy davlat va uning

sulolaviy asoschisi hisoblanadi. U bir necha yillik harbiy yurishlari natijasida, o’z davrining eng

qudratli davlatlaridan birini tashkil etgan edi. Bu davrda ham sayyohlik(turizm) jadal tarzda

rivojlanib borganini ko’rishimiz mumkin. Buning asosiy omili sifatida Amir Temurning ulkan

davlat chegaralari uch qit’aga borib taqalishi, shuningdek yagona davlat miqyosida xududlarning

xavfsizligi ta’minlaganini tarixiy manbalar asosida yoritilgan asarlarda ko’rishimiz mumkin.

Amir Temur 1402 yilning yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali qirollar Karl va

Genrix nomlariga nomalar yo’llaydi. Ushbu nomada bayon qilinishicha “....biz tomonimizdan

sizlarning fuqarolaringiz daxlsizligini ta’minlaymiz va ular bizning xududlarga erkin kirishi va

aloqalarni rivojlantirishidan biz mamnun bo’lamiz”-deyilgan edi. Bu o’z navbatida Yevropadan

bizning xududimizga keladigan sayyohlik aloqalari va o’z davrining turizmi rivojlanishida aynan

davlat tomonidan berilgan huquqiy asos bo’lib xizmat qilgan. Shuningdek, Temuriylar davlatida

o’z davrining huquqiy asosi bo’lib xizmat qilgan “Temur tuzuklari” asarida ham ushbu davr

munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solingan.

Mazkur tarixiy, huquqiy manbada Amir Temir o’z vorislari va mas’ul boshqaruv shaxslarga

davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va har ikki tomonlarning aholisining erkinligi va

daxlsizligi, o’zaro erkin shaharlarda harakatlanish, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni

rivojlantirish topshirig’ini bergan edi. Uning vorislaridan Mironshoh Mirzo (1366-1408) ham

otasining yo’lidan borib, o’zaro aloqalar va erkin turizmni ta’minlashda ulkan ishlar amalga

oshirgan. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix bilan olib borilgan

diplomatik munosabatlarida turizm sohasiga ham daxldor masalalarda g’arbiy viloyatlar hokimi

Mironshoh ham faol ishtirok etganini ko’rishimiz mumkin.

Shuningdek Mironshoh G’arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon, Armanistonni o’z ichiga olgan mulklar

hokimi sifatida Amir Temurning keksayib qolgan davrida G’arbiy Yevropa xukmdorlarining

diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o’zaro savdo va turizm,

ikki davlat fuqarolaring erkin harakatini ta’minlash maqsadida Yevropa davlatlariga xayrihohlik

bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu

sababli G’arbda Mironshoh tez orada shuhrat qozondi. Bu esa albatta Yevropadan keladigan

elchilik va sayyohlik aloqalarini yanada rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.

Bunda ayniqsa Samarqand va Buxoro shaharlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek

Temuriylar davlatida turizmning taraqqiy etishini biz, ushbu davrda, amalga oshirilgan ulkan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue1, Iyun 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

704

shaharsozlik va tarixiy obidalar, ulkan me’morchilik ishlari va ularni barpo etishdagi

harakatlarda, turli davlatlar bilan aloqalar o’rnatgani va bunda ular o’zaro hamkorlik doirasida

amaliy ishlar qilganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu davrda qaytadan bo’y ko’rsatib, o’z

davrining turizm shaharlariga aylantirilgan Movarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent,

Shoxruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko’pgina shaharlarini e’tirof etishimiz darkor.

Ayniqsa, Samarqandda Bibixonim jome masjidida Qur’onni qo’yish uchun o’rnatilgan ulkan

tosh lavh, Go’ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shoxizinda va boshqa joylardagi sag’analarga

jimjimador naqshlar berilib, o’ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar yozilgan.

Shuningdek ushbu davrda Buxorodagi ko’plab memoriy obidalar va hunarmandchilik

namunalari alohida o’rin tutadi. Bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlari bizning qadimiy shaharlarni

nafaqat Yevropa davlatlari, balki butun Sharqda ham ulkan sayyohlik va turizm markazi

ekanligini yaqqol namunasi sifatida e’tirof etadi. Amir Temur nafaqat Movarounnahr va

Turkistonni obod qildi, balki bo’ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi.

Bag’dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir.

Xulosa sifatida Temuriylar davrida nafaqat Buxoro balki butun Movarounnahr shaharlari ulkan

turizm markaziga aylandi va Jahon miqyosida shaharlarimiz Samarqand “Dunyoning husni”,

Buxoro esa “Islom gumbazi” deya ulug’langanini ko’rishimiz mumkin.

Umuman olganda, bizning qadimiy shaharlarimiz tarixan dunyoning nafaqat turizm va madaniy

markazi ham hisoblanib kelingan va bu hech qachon o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Chunki

bugungi kunda ham yurtboshimiz tomonidan Turizm sohasiga qaratilayotgan e’tibor, hamda

qabul qilinayotgan normativ huquqiy xujjatlar O’zbekiston turizm sohasidagi salohiyatini yanada

rivojlanishida asosiy mezon bo’lib xizmat qilmoqda. Binobarin, bunday e’tibordan hamda o’z

yurtida shunday muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, asoru atiqalar bor millat vakillari bunday

katta va boy ilmiy va madaniy merosdan va uni asrab avaylashdan, dunyo mamlakatlariga ko’z-

ko’z qilishdek faxrli ishdan mosuvo bo’lmasliklari kerak. Bunda nafaqat davlat organlari balki

xalqimizning barcha vakillari bunday iftixordan, jannatmakon yurtda yashayotganliklaridan

doimo shukronalik bilan yashashlari lozim. Biz tadqiqotchi olimlar buyuk tariximiz vakillari

hamda ulug’ ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni avaylab asrashimiz, kelgusi avlodga

yetkazish orqali buyuk bobolarimiz ruhiga bo’lgan yuksak hurmatimizni namoyon qilishimiz

zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Temur tuzuklari" Toshkent 1997.

2. Milliy Arxiv "Diplomatik munosabatlar" asosga kura.

3. Sh. Uljayeva "Amir Temur diplomatiyasi" Toshkent 2017.

Библиографические ссылки

"Temur tuzuklari" Toshkent 1997.

Milliy Arxiv "Diplomatik munosabatlar" asosga kura.

Sh. Uljayeva "Amir Temur diplomatiyasi" Toshkent 2017.