RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI BARCHA SOHALARDA QO`LLASH.

Abstract

Yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
343-345
34

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Tojibayeva Aziza Rixsivayevna. (2025). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI BARCHA SOHALARDA QO`LLASH. Научный информационный бюллетень, 6(1), 343–345. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69448
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

343

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI BARCHA SOHALARDA QO`LLASH.

Tojibayeva Aziza Rixsivayevna

University management and future texnologies

“Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini

ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi

davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga

aylangani ayni haqiqat.

Kalit so'zlar:

raqamli texnologiya, zamonaviylik, ta'lim texnologiyalari, zamonaviy ta'lim, ta'lim

muassasalari

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo'llanilmoqda.

iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta`lim jarayonini ham tez sur`atlarda rivojlanishiga

xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan

tortib nafaqaxo'rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha

muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab

chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va

ishchilar o'rtasidagi raqobat masalasi ham ko'tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan

hamda joriy etilgan texnologiyalarning so'zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma`lumotlarni

himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan

bog'liq masalalar tobora ko'proq e`tiborga olinmoqda.

Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta`kidlaganidek,

“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini

egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini

beradi . Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy

etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash

mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat

ob`ektlari, sifatli ta`lim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot

texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar

asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot,

ma`lumotlar bo'ladi. Ularning tahlilidan so'ng esa to'g'ri boshqarish bo'yicha yechim ishlab

chiqiladi. Respublikamiz oliy ta`lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash, ularning

imkoniyatlarini tahlil qilish asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini

aniqlash maqsadi qo'yilgan bo'lib, unda raqamli texnologiyalarning ta`lim sohasida nafaqat

muhim o'rin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi bo'yicha tahlillar amalga oshirildi.

Tadqiqot usullari sifatida oliy ta`limda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan

yondashuvni shakllantirishga tegishli xulosalar tuzishda normativ hujjatlarni, mavjud bo'lgan

amaliyotni o'rganish, tizimlashtirish va umumlashtirishdan foydalanildi. Yurtimizdagi nufuzli

xususiy o'quv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta`limni yo'lga

qo'ymoqda. Bu jarayonning o'zi ham mamlakatimiz ta`lim tizimida yangi bosqich boshlanganini

anglatadi. Ta`lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

344

hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko'plab narsalarni

jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda

ta`limni “raqamlashtirish” muammolari, uning shakllanishiga ta`siri bo'yicha birorbir davlat

loyihasi yoki so'rovnoma asosida tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir . Shu bilan birga,

Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta`sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy

ommaviy axborot vositalarining ma`ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida,

magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko'rishimiz mumkin. Shuni alohida

ta`kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya`ni, sanoat, iqtisodiyot,

bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli

iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e`tiborga olib, raqamli rivojlanish bo'yicha

barcha soha rahbarlarining o'rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda . Raqamlashtirish

yo'nalishi bo'yicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida amalga oshirilmoqda. Bugungi

kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda “tajovuzkor”, ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan

joylarda, barcha darajalarda qo'llab-quvvatlanmoqda. Iqtisodiyotda ro'y berayotgan jarayonlar

dinamikasi iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida oliy ta`limini rivojlantirish bo'yicha

takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda ta`lim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab

qilmoqda. Ta`limda raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali

qo'llash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet

infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil` operatorlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini

oshirishimiz

va

eng

muhiki

aholining,

ayniqsa

talaba

yoshlarni

zamonaviy

axborotkommunikatsiya texnologiyalarining so'ngi yutuqlarini o'zlashtirishga shartsharoitlar

hamda imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim. Ikkinchidan, o'quv jarayonini tashkil etishda

raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish va axborot resurslari, o'qitish

vositalari va masofaviy o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni

raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha vakolatli organlarga takliflar berish,

yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o'quv xonalari,

laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda

unda orttirilgan tajribani ta`lim muassasalarida qo'llash. Uchinchidan, zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari va ta`lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini

ta`minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun

qo'shimcha sharoitlar yaratish. To'rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish,

ma`ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog'liq holda interfaol va mul`timediali

taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun

kurslarni tashkil qilish va o'tkazish. Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari,

videokonferentsaloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda

masofaviy o'qitish jarayonini amalga oshirish. Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik,

kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab

chiqishda 3D printerini qo'llash, raqamli didaktika va raqamli ta`lim modellarini qo'llash,

o'qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini

muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz raqamli

texnologiyalardan foydalanib ta`lim sifatini tushirmagan holda talaba-yoshlarga bugungi kun

talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Alohida ta`kidlash kerakki, bugungi kunda

hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog'liq, ya`ni ertalab soat bongidan

boshlab to kun rejasini tuzish va o'qish bilan yakunlashgacha. Biz ta`lim sifatini oshirish va

rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik.

Qachonki, planshet ta`lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o'qish jarayoniga katta

qiziqish bilan kirishadi. Bu o'yin bilan klassik ta`limni birlashtirishga tengdir. Natijada o'qish


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

345

jarayoni yaxshilanadi, o'zlashtirish, ta`lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi.

Bilimli avlod, professional kadrlar - bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.

Xulosa o'rnida

aytish joizki ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bir tomondan

muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni

qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada

rivojlanishi holatida yaqqol namoyon bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga

yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.

2.Abdullayev M., Saidahror, G., Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot - kadrlar tayyorlashning

dolzarb yo'nalishlari. 2020 y.

3.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the

development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An

International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.

Abdullayev M., Saidahror, G., Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot - kadrlar tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. 2020 y.

Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.