BUGUNGI KUNDA TA’LIMDA BOSHQARUV JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishning ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning roli tahlil qilinadi. Samarali boshqaruv tizimi ta’lim sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va muassasalarning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining afzalliklari va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
313-317
24

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yodgorov Ibodulla Yaqub o‘g‘li. (2025). BUGUNGI KUNDA TA’LIMDA BOSHQARUV JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING AHAMIYATI. Научный информационный бюллетень, 6(1), 313–317. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69454
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishning ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning roli tahlil qilinadi. Samarali boshqaruv tizimi ta’lim sifatini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va muassasalarning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining afzalliklari va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

313

BUGUNGI KUNDA TA’LIMDA BOSHQARUV JARAYONLARINI

OPTIMALLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Yodgorov Ibodulla Yaqub o‘g‘li

Oriental universiteti

"Ta’lim menejmenti" yo‘nalishi

Magistranti.

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

ta’lim

muassasalarida

boshqaruv

jarayonlarini

optimallashtirishning ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning roli

tahlil qilinadi. Samarali boshqaruv tizimi ta’lim sifatini oshirish, resurslardan oqilona

foydalanish va muassasalarning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek,

maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining afzalliklari va ulardan foydalanish

bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.

Kalit

so‘zlar:

ta’lim

boshqaruvi,

optimallashtirish,

innovatsion

texnologiyalar,

avtomatlashtirilgan tizimlar, raqobatbardoshlik, samarali boshqaruv, strategik rivojlanish.

Har bir ishning tub-tubida ilm, tajriba yotadi. Kishi dunyoga kelibdiki, u hayoti mobaynida faqat

va faqat ilmu-hunar o‘rganadi. Shu davr mobaynida inson ta’lim olish jarayonini boshdan

kechiradi.Dastlabki ta’limni albatta jamiyatning ustuni bo‘lmish oilada oladi, vaqt o‘tishi bilan

bog‘chaga, maktabga,oliy ta’limga va shu ketma-ketlikda davom ettiraveradi.Ushbu maqolada

ta’limning hayotimizda tutgan o‘rni qay darajada ekanligi, bugungi kunda ham yurtboshimiz

tomonlaridan yilning shu triqa nomlanganligi, talim jarayonlari davomida o‘qituvchi va

murabbiylar tomonidan berilayotgan sifatli ta’lim jarayonlari, davlatning ta’lim sifatiga qay

darajada e’tibor berayotganligi keng qamrovli tarzda yoritib berilgan.

Avvalombor juda ham ko‘pchiligimizni maktab nega kerak yoki bo‘lmasa insonga o‘qiotuvchi

nega kerak kabi ba’zi bir savollar hayotimizda juda ham ko‘plab uchrab turadi. Ba’zi bir kishilar

esa, ta’limni hayotning o‘zi bersa, bizga ortiqcha yugura-yugur ne kerak deya ta’kidlashadi. Har

bir inson bu yorug‘ olamga kelibdiki, tug‘ilganidan toki vafot etgunga qadar ilmu- hunar

o‘rganadi. Inson zoti tug‘ilibdiki, dastlabki ta’lim tarbiyani jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish

oilada ota-onasi orqali oladi. Oz muncha vaqt o‘tgach esa ota-onalar o‘z farzandlarini

boshlang‘ich ta’limning dastlabki ko‘nikmalarini beruvchi dargoh maktabgacha ta’lim

muassasalariga joylashtirishadi. U yerda inson o‘zi uchun bilimlarining dastlabki ko‘nikmalarini

ola boshlaydi. Ya’ni qanday, yozish, chizish, hisoblash, o‘qish va shu kabi mashg‘ulotlarni. Bola

maktab yoshiga yetgach o‘rta ta’limga kirib kela boshlaydi. Ko‘pchilikda kuzatiladigan bir holat

maktabga ilk bor borgandan so‘ng boshqa bir olamga tushib qolganday bo‘lib qoladi. Chunki u

yerda barcha ishlar o‘zining vaqti soati bilan kechadi. O‘n bir yillik ta’limni tugatgach har kim

o‘z yo‘lini tanlaydi kimdir yigitlar ba’zilari harbiy xizmatga, ba’zilari esa oliy ta’limga yo‘l

oladilar.Oliy ta’lim erta bir kun kim bo‘lib chiqishimizni belgilab beradi.

Ta’lim-bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga

tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi.

Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u turli xil turdagi o‘quv

muassasalarida emas balki oila va boshqa sohalarda ham ma’lumot berish jarayonini ham


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

314

bildiradi. "Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni

buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning

yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan

chambarchas bog‘liq" - Shavkat Mirziyoyev. Ta’lim har bir millatning ko‘zgusidir. Inson hayoti

davomida doimo bilim olishga intiladi. Bilim olish mobaynida turli xil to‘siqlarga,

qiyinchiliklarga duch keladi. Lekin zamonaviylashib borayotgan turmush tarzimizda bilim olish

uchun barcha sharoitlar mujassam. O‘tmishda ta’lim sohasida bugungi kungidek imkoniyatlar

mavjud bolmagan lekin ajdodlarimiz ta’lim olishni uddalaganlar.

Ta’lim tizimi jamiyatning taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu tizimning samarali ishlashi

boshqaruv jarayonlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bilan bevosita bog‘liq. Zamonaviy ta’lim

muassasalari raqobatbardosh muhitda faoliyat yuritayotganligi sababli, boshqaruv tizimini

optimallashtirish dolzarb masala hisoblanadi.

Bugungi kunda ma’lumki ta’lim tashkilotlarini boshqarish bilan dolzarb muammolar yuzaga

kelgan. Ta’lim sifatini oshirish uchun e’tiborni avvalo tizimga qaratish kerak.

Ta’limda boshqaruvga doir mummolarning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri ,

jamiyat hamda iqtisodiyotning keskin o‘zgarib borishida. Qisqa qilib aytganda zamonaviy

sharoitda eskicha boshqaruv tizimi bilan qolib ketish bu eng asosiy va katta muammolardan biri.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun dastlab boshqarish sohasida malaka oshirish yoki

kadrlarni qayta tayyorlashdan o‘tkazish kerak.

Ta’lim sifatini oshirish uchun e’tiborni avvalo tizimga qaratish kerak. Ta’limda boshqaruvga

doir mummolarning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri, jamiyat hamda iqtisodiyotning

keskin o‘zgarib borishida.

Boshqaruv — bu tizimni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash,

tartibga solish uchun ta’sir etishdir.

Amerikacha boshqaruvda — tashabbuskorlik, yuqori kasbiy tayyorgarlik, taslikilotchilik,

ishchanlik;

Yaponcha boshqaruvda — har bir xodimga g‘amxo‘rlik, ishlab chiqarishning ijtimoiy xavfsizligi,

shakllanish istagi, icliki go‘zallik;

Fransuzcha boshqaruvda—boshqaruv tizimini shakllantirish uchun insoniy madaniyat, yuqori

darajadagi aloqadorlik madaniyati, milliy, tarixiy.

madaniy an’ana elementlaridan foydalanish.

Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:

- boshqaruv hokimiyati vasan’ati;

- resurslarni boshqarish bo‘yicha a’lohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.

Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

315

- boshqaruvni demaratizatsiyalashtirish va insonparvarlashtirish;

- boshqarishni tizimliligi va yagonaliligi;

- boshqarishda markaz va hudud uyg‘unligi;

- boshqaruvda yakka boshqaruv va jamoatchilik uyg‘unligi;

- boshqaruvni ilmiy asoslanganligi;

- boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi.

1

Boshqaruvning ilmiy asoslanganligi prinsipi. Ushbu prinsip boshqaruv tizimini boshqamv

fanining so‘nggi yutuqlari asosida tashkil etishni ifodalaydi. Rahbar pedagogik tizim va jamiyat

rivojlanishining obyektik tendensiyalarini,

qonuniyatlarini tushunishi va hisobga olishi zarur. Boshqaruvni ilmiy asoslanganligi prinsipiga

amal qilish pedagogik tizimni boshqarish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liqligiga va

ishonchliligiga bog‘liq.

Xususan bugungi zamon talablariga ko‘ra ta’lim muassasasini boshqarish aslida murakkab

jarayon hisoblanadi. Muammolarni yechimini quyidaga fikrlar bilan yechish mumkin:

- Boshqaruvning tarkibiy qisimlari, maqsad va vazifalarini tog‘ri tanlash;

- Bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlarni o‘rganib chiqish va tahlil qilish;

- Kelgusida qilinadigan ishlarni rejalashtirish;

- Ta’lim va tarbiya darajasini oshirishning zamonaviy usullarini tashkil qilish;

- Jamiyatimizda tubdan isloh qilingan ta’lim tizimini yaratish;

2

Avvalo boshqaruv ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak. Insonning har qanday

faoliyatining yo‘nalishini, xarakterini uning ko‘zlagan maqsadi belgilaydi. Maqsad esa huddi

qonundek ong ostiga ta’sir qilib, harakatning sifatini va usulini belgilaydi. Demak ko‘rinib

turibdiki boshqarish ham inson faoliyatining o‘ziga xos sohasidir. Yuqoridagi fikirlarning

mohiyati shundaki, boshqarishda maqsadni to‘g‘ri, aniq belgilash uning natijasining samarador

va yuqori bo‘lishiga turtki bo‘ladi.

1

Amonov A. "Ta’lim menejmenti va zamonaviy boshqaruv tizimlari". Toshkent, 2022.

2

Karimova S. "Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari". Samarqand, 2023.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

316

Boshqarish vazifasi mohiyatli zaruriy, takrorlanuvchi xarakatlar majmui bo‘lib, yagona mazmun

va maqsadga qaratilgan. Bunda boshqarish faoliyati birbiriga bog‘liq va alohida vazifalarni o‘z

ichiga oladi bunda boshqarish vazifalari rejalashtirish, tartibga solish, tashkil etish, sozlash,

muvofiqlashtirish, nazorat, rag‘batlantirish, izlash, faollashtirish, hisob-kitob kabi harakatlar

orqali amalga oshiriladi. Boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun ta’lim muassasasida

boshqarish tizimini tashkil etiladi. Bu asosan boshqarish sub’ekti direktor oliy o‘quv yurtlarida

esa rektor o‘z navbatida boshqarish bo‘g‘inlarini tashkil etadi. Shu bo‘g‘inlar orqali u

boshqarish ob’ektiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir mavjud ob’ekt rivojlanishini tezlashtirishga

xizmat qiladi. Yuqorida aytilganidek, boshqarish sub’ektlar faoliyatining harakatlari majmui

bo‘lib, har xil vazifalarni ado etish hisoblanadi.

Ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish yosh avlod tarbiyasida, o‘quv-uslubiy

faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion

texnologiyalarni joriy qilishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yangi o‘sib kelayotgan avlodning ta’lim sohasida tashkil

etilgan zamonaviy moddiytexnik bazasidan unumli foydalanishni ta’minlash, oliy va o‘rta

maxsus ta’limi tizimidagi yo‘nalishlar va mutaxassislar bo‘yicha davlat ta’lim standartlari,

o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish borasida

ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Ta’limda boshqaruv tizimini optimallashtirishning zarurati. Ta’lim muassasalarining

samaradorligini oshirish uchun boshqaruv jarayonlarini modernizatsiya qilish talab etiladi.

Bunda quyidagi jihatlar muhim rol o‘ynaydi:

Axborot texnologiyalaridan foydalanish – Elektron hujjat aylanishi va avtomatlashtirilgan

boshqaruv tizimlari boshqaruv jarayonlarini tezlashtiradi.

Kadrlar boshqaruvini takomillashtirish – O‘qituvchilar va rahbarlarning malakasini oshirish,

ularni yangi yondashuvlarga moslashtirish.

Resurslardan samarali foydalanish – Byudjet mablag‘lari va moddiy-texnik bazani oqilona

boshqarish.

2. Innovatsion texnologiyalarning ta’lim boshqaruvidagi roli

So‘nggi yillarda ta’lim muassasalarida Big Data, sun’iy intellekt, blokcheyn, bulut

texnologiyalari kabi innovatsion yondashuvlardan foydalanish rivojlanmoqda. Ushbu

texnologiyalar ta’lim jarayonlarini boshqarishda quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

Talabalarning o‘zlashtirish darajasini kuzatish va prognoz qilish.

O‘quv jarayonini individuallashtirish va moslashuvchan boshqarish.

Boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish orqali inson omilini kamaytirish.

3. Ta’lim muassasalarida boshqaruvni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Elektron boshqaruv tizimlarini joriy etish – masofaviy ta’lim platformalari va CRM tizimlaridan

foydalanish.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

317

Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash – innovatsion menejment bo‘yicha kurslarni joriy qilish.

Tahliliy yondashuv asosida qaror qabul qilish – statistik ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv

mexanizmlarini rivojlantirish.

Xulosa qilib aytganda, ta’limda boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish ta’lim sifatini oshirish,

resurslardan samarali foydalanish va muassasalarning raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat

qiladi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion boshqaruv yondashuvlari bu jarayonda muhim

rol o‘ynaydi. Shu boisdan, ta’lim muassasalari boshqaruvni takomillashtirishga alohida e’tibor

qaratishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Amonov A. "Ta’lim menejmenti va zamonaviy boshqaruv tizimlari". Toshkent, 2022.

2.

Karimova S. "Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari".

Samarqand, 2023.

3.

UNESCO. "Education Management and Digitalization Trends". Paris, 2024.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasi

to‘g‘risida"gi qarori, 2023.

5.

World Bank. "Modern Education Systems and Strategic Management". Washington,

2024.

References

Amonov A. "Ta’lim menejmenti va zamonaviy boshqaruv tizimlari". Toshkent, 2022.

Karimova S. "Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari". Samarqand, 2023.

UNESCO. "Education Management and Digitalization Trends". Paris, 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida"gi qarori, 2023.

World Bank. "Modern Education Systems and Strategic Management". Washington, 2024.