TA‘LIM MENEJMENTIDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH

Аннотация

Hozirda Respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim borasida ham katta islohotlarni amalga oshirilmoqda. Maqolada ta’limni boshqarishning zamonaviy usullari, ta‘lim menejmentida kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish masalalari yoritilgan

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
300-303
38

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Samukova Guzal Rustambek qizi. (2025). TA‘LIM MENEJMENTIDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH. Научный информационный бюллетень, 6(1), 300–303. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69457
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirda Respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim borasida ham katta islohotlarni amalga oshirilmoqda. Maqolada ta’limni boshqarishning zamonaviy usullari, ta‘lim menejmentida kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish masalalari yoritilgan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

300

TA‘LIM MENEJMENTIDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI

SHAKLLANTIRISH

Samukova Guzal Rustambek qizi

Oriental universiteti

“Ta`lim menejmenti” magistranti

Annotatsiya:

Hozirda Respublikamizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ta’lim borasida ham

katta islohotlarni amalga oshirilmoqda. Maqolada ta’limni boshqarishning zamonaviy usullari,

ta‘lim menejmentida kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish masalalari yoritilgan.

Kalit

so‘zlar:

Ta‘lim,

menejment,

ta‘lim

menejmenti

boshqaruv

qarorlari,

rahbarlik,kreativlik,kasbiy kompetensiya ,uzluksiz ta‘lim, ta‘lim turlari.

Taʼlim - tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimizning

markazida bo‘lishi zarur. Аgar biz o‘z vaqtida uzoqni ko‘zlab katta hayotga kirib kelayotgan

yoshlarimizning chuqur bilim va kasb hunar egallashi uchun zamin yaratmasak, ularni zamon

talab qiladigan mutaxassislar etib tayyorlamasak bugungi kunda dunyoni qamrab olgan

moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida yurtimizda tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror

o‘sish surʼatini taʼminlashga, ayni shunday og‘ir sharoitda xalqimiz hayotining tobora

yuksalishiga erisha olmaymiz.

Ta’lim menejmenti – boshqaruv san’ati sifatida. Menejment so‘zi inglizcha so‘zdan olingan

bo‘lib, boshqaruvni tashkil etish, boshqaruv hokimiyati, rahbarlik qilish, rejalashtirish, tartibga

solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish kabi ma‘nolarni anglatadi. Menejment ko‘zlangan

maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya’ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini

muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmuidir.

Ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, uni rivojlantirib va takomillashtirib borish

ilg‘or pedagogik tajribalarni, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga

tatbiq etish, fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda foydalanish kabi vazifalar barcha ta’lim

muassasalari uchun zarur bo‘lib, bular ma’lum bir muddatni belgilamaydi, chunki qanchalik tez

o‘zlashtirilsa shuncha yaxshi samara beradi. Bunday ishlarni rejalashtirishda rahbarlar butun bir

jamoa a’zolarining faoliyatini tahlil qilgan holda, mazkur vazifalar kim tomonidan qachon va

qanday qilib amalga oshiriladi, bular qancha vaqt talab qiladi, bu ishlarni amalga oshirish uchun

qanday shart-sharoitlar zarur, mazkur yo‘nalishda boshqa ta’lim muassasalari qanaqa tajribalarga

ega kabi qator savollarga javob topgan holda amalga oshirishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Amerikalik pedagog Patti Drepeau tomonidan pedagoglarning kreativlik sifatlarini

rivojlantirishning 4 yo‘lini ko‘rsatilgan.

1-yo‘l: kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish.

Bunda asosiy urg‘u kreativ fikrlash

ko‘nikmalarini shakllantirish asosida e’tibor markazida bo‘lib, talabalar tayanch so‘zlar

yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga qaratilgan. Xususan,

talabalar kreativ fikrlash ko‘nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni

fikrlashga undovchi savollar tarkibidan zarur so‘zlarning ma’nolariga e’tibor qaratiladi. Masalan,

“Didaktika” o‘qitish o‘qitish nazariyasi sifatida pedagogik texnologiya, o‘qitish texnologiyasi,


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

301

ta’lim texnologiyasi, ularning mazmuni bir fikrni ifodalaydi, talaba xohlagan tayanch so‘zni o‘z

fikrida ifodalashi mumkin. O‘qituvchi savollar beradi: “fikrni mantiqan ifodalang!”, “tasavvur

qiling va ulardan o‘z maqsadingizda foydalaning!”. Talablar o‘qituvchi rahbarligida kreativlik

ko‘nikmalarini o‘zlashtirishlari egallab, “kreativlik xaritasi”dan foydalanishlari mumkin.

2-yo‘l: amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini shakllantirish.

Pedagoglar talaba-yoshlarda

kreativ harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘rsatmali metod va

vositalardan foydalaniladi. Bu o‘rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam

berishi mumkin, biroq talablarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

3-yo‘l: faqat faoliyat jarayonlarini tashkil etish.

Mazkur yo‘l talabalarni muammoni yechish

va innovatsion g‘oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg‘u beradi. Mazkur

jarayonlarda kreativ metod va usullari faol qo‘llanmasida kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan,

“Didaktika” tushunchalari bilim, ko‘nikma, malaka va boshqa kategoriyalar bo‘yicha

topshiriqlar bajarilar ekan, talabalar bu tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish borligi haqida

fikr yuritadilar va turli didaktik muammolar tahlil qilinadi. Natijada bu jarayonda ko‘p

tomonlama fikrlash, mushohada yuritishga yo‘l ochadi.

4-yo‘l: kreativ mahsulot (ishlanmalar)da foydalanish.

Bu yo‘lni tutishda pedagog talabalarga

“Didaktikaning ta’limdagi o‘rni” mavzusida “Power Point” dasturi yordamida prezentatsiya

(taqdimot) tayyorlab, topshiriqni bajargan holda yangilik yaratish mumkin. Taqdimotni

tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ yondashuv ko‘nikmalari faol rivojlanadi.

Pedagog kompetentligida kreativlikni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 23-avgustdagi xalq ta’limi

tizimi xodimlari bilan bo‘lgan telemuloqotda quyidagicha fikrlarni bildirganlar: “Hozirgi zamon

o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biri – kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining

yuqoriligi, sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodligi va o‘z kasbini sevishidir. Bu fazilatlar pedagoglarni

boshqa kasb egalaridan ajratib turadi”. Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish

uchun bugungi pedagog namunaviy intellektga ega bo‘lishi, zamonaviy ta’lim-tarbiya

qonuniyatlarini mukammal bilishi va shu asosda o‘z kasbi bilan bog‘liq ijodkorlik qilish

qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Bugungi professor o‘qituvchi o‘z shogirdlariga Vatanga sadoqat,

mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash,

mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda mantiqiy fikrlashga

odatlantirish va ijod qilishni o‘rgatishi kerak bo‘ladi. Bo‘lajak pedagoglarga kreativlik bo‘yicha

ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha bo‘ladi.

Kreativlik quyidagi faoliyatni qamrab oladi:


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

302

Akmeolgik

yondashuv

Kreativ

yondashuv

Akseolo

gik

yondas

huv

Refleksiv

yondas

huv

Tadqiqotchi A.Nosirov rahbarlik menejmentida kompetentsiyani muhimligini taʼkidlab o‘z

fikrlarini boshqarishda quyidagi qobiliyat kompetentsiyalari orqali izohlagan;

1.

Standart kompetentsiya ushbu yaʼni faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilab olishi

qobiliyatidir;

2.

Asosiy kompetentsiya – ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilash olish

qobiliyati;

3.

Yetarli kompetentsiya kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati;

4.

Kasbiy kompetentsiya – pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish, o‘z

ustida ishlash o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirishdan iborat, deb ta’kidlaydi

1

.

Tadqiqotchi Temurov D. - taʼlim muassasasi boshqaruviga oid bilimlarni o‘zlashtirishni amaliy

faoliyatiga qo‘llash bo‘yicha quyidagi tamoyillarni tavsiya qiladi:

1.

Ong va faoliyat birligi. Ushbu tamoyil rahbarning taʼlim muassasasi boshqaruviga oid

bilimlarni o‘zlashtirishni va amaliy faoliyatda qo‘llashi.

2.

Taʼlim muassasasini boshqarishning ilmiy va g‘oyaviyligi. Mazkur tamoyil boshqaruvga

yuksak g‘oyaviylik hamda ilmiy asoslangan quyidagi muvofiq boshqariladi.

3.

Taʼlim muassasalarida boshqaruvning izchil va uzviylik .Ushbu tamoyil rahbarlar

samaradorligining demokratik harakatda kasb kasb etishini anglatadi .

4.

Taʼlim muassasasida rahbar boshqaruvning gumanitar xususiyatlarga ega ekanligi.

Mazkur tamoyil ijtimoiy faoliyat negizida umum-jamiyat manfaatlari bilan shaxsiy manfaatlar

ifodalaydi.

5.

Taʼlim muassasalarini boshqarishga har tomonlama (kompleks) tizimli yondashuv.

Ushbu tamoyil o‘ziga taʼlim muassasa xodimlari bir ijtimoiy faoliyat birlashtiradi.

1

Nosirov А. Rahbarning kasbiy kompetentligi va boshqaruv madaniyati, taʼlim menejmenti .

jur 2013 yil №6, 2bet .


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

303

6.

Taʼlim muassasalarini boshqarishning muayan aniq maqsadga yo‘naltirilganligi. Mazkur

tamoyil taʼlim muassasasining ijtimoiy harakatdagi faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqqan

holda harakatlarning tashkil etishi bilan izohlanadi

2

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –

Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

2.

R. X. Djurayev va S.T.Turg‘unov: Ta’lim menejmenti” T.:Voris-Nashriyot. 2006

3.

Nosirov A. Rahbarning kasbiy kompetentligi va boshqaruv madaniyat taʼlim

menejmenti . jur 2013 yil №6, 2bet .

4.

Peregudov L.V., Saidov M.X. Menedjmenti ekonomika visshego obrazovaniya. - T.:

Moliya, 2001.

5.

Sharifxo‘jaev M., Abdullaev q. Menejment. Daslik. - T.: O‘qituvchi, 2001.

6.

G‘ulomov S.S. Menejment asoslari. - T.: O‘qituvchi. 2002.

7.

Peregudov L.V.,Saidov M.X. Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti.

T. Moliya. 2005.

2

Temirov D. Taʼlim muassalarini boshqarishda pedagogik tamoyillar uzviyligi .Taʼlim

menejmenti jur 2013 yil №6. 95-96 betlar.

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

R. X. Djurayev va S.T.Turg‘unov: Ta’lim menejmenti” T.:Voris-Nashriyot. 2006

Nosirov A. Rahbarning kasbiy kompetentligi va boshqaruv madaniyat taʼlim menejmenti . jur 2013 yil №6, 2bet .

Peregudov L.V., Saidov M.X. Menedjmenti ekonomika visshego obrazovaniya. - T.: Moliya, 2001.

Sharifxo‘jaev M., Abdullaev q. Menejment. Daslik. - T.: O‘qituvchi, 2001.

G‘ulomov S.S. Menejment asoslari. - T.: O‘qituvchi. 2002.

Peregudov L.V.,Saidov M.X. Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti.

T. Moliya. 2005.