Авторы

  • Fayzullayev Muso Xikmatullayevich
    ShF va tarjimashunoslik fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.69048

Ключевые слова:

terminologiya atama istiloh ilm-fan texnika tilshunoslik ilmiy soha baynalmilal so‘zlar o‘zlashma so‘z boyligi til rivojlanishi.

Аннотация

Maqolada ilm-fan va texnika sohalarida terminlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek, atama va istiloh tushunchalari o‘rtasidagi farq va ularning tilda qanday ishlatilishi tahlil qilinadi. Maqola ilmiy terminologiyaning baynalmilal rivojlanishiga, turli tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarga katta e’tibor qaratadi. Yangi ilmiy tushunchalar va terminlarning yaratilishi, ularga ilmiy yondashuv va aniq ifodaning zaruriyati ko‘rsatiladi. Maqola ilmiy va texnik sohalarda terminologiya ishlab chiqish jarayonlari va tilshunoslikda ularning rolini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

244

“ILM-FAN VA TEXNIKA SOHALARIDA TERMINOLOGIYANING RIVOJLANISHI:

ATAMA, ISTILOH VA TERMIN TUSHUNCHALARINING TAHLILI”

Fayzullayev Muso Xikmatullayevich

ShF va tarjimashunoslik fakulteti 3-kurs fors-ingliz guruhi talabasi

tel: +99890 918 37 32, musofaz2001@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada ilm-fan va texnika sohalarida terminlarning paydo bo‘lishi va

rivojlanishi, shuningdek, atama va istiloh tushunchalari o‘rtasidagi farq va ularning tilda qanday

ishlatilishi tahlil qilinadi. Maqola ilmiy terminologiyaning baynalmilal rivojlanishiga, turli tillar

va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarga katta e’tibor qaratadi. Yangi ilmiy tushunchalar va

terminlarning yaratilishi, ularga ilmiy yondashuv va aniq ifodaning zaruriyati ko‘rsatiladi.

Maqola ilmiy va texnik sohalarda terminologiya ishlab chiqish jarayonlari va tilshunoslikda

ularning rolini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

terminologiya, atama, istiloh, ilm-fan, texnika, tilshunoslik, ilmiy soha,

baynalmilal so‘zlar, o‘zlashma, so‘z boyligi, til rivojlanishi.

Ilm fanning rivoji, yangi soxa va predmetlarning yaratilishi inson hamjamiyatida bir qancha

yangilik va yengilliklarni vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Buning natijasi o‘laroq mavjud

tillarda yaratilgan va yohud vujudga kelgan voqea hodisa bilan birgalikda tabiy ravishda uning

nomi ham vujudga keladi. Va bu ikki yangi tushuncha yaniy predmet, ilmiy yangilik va voqea

hodisa bir jamiyatda vujudga keladi va so‘ngra boshqa jamiyatlarga ham tarqaladi. Tabiy

ravishda bir jamiyatda yuzaga kelgan tushunchaning nomi ham o‘sha jamiyat tilida nomlanadi va

bu termini har bir til imkoniyatidan kelib chiqqan holda qayta nomlaydi yo qisman o‘z tiliga

moslashtiradi va yo to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qiladi.

Shuningdek terminlar tamsil etuvchi barcha narsalar ilm fan orqali yuzaga kelgani inobatga

olinsa, istilohlarning barchasi “ilmiy til” doirasida o‘rganiladi. Bu o‘z navbatida termin ilim fan,

tabiy voqea hodisa, din bilan chambarchas bog‘liq ekanligiga dalolat qiladi.

Ushbu maqolada aynan tadqiq qilinadigan asosiy mavzu va etibor termin va umumjahon

olimlarining terminga bergan tariflari va ularning xulosasi tahlilga tortiladi.

Termin borasida so‘z yuritilar ekan terminga berilgan ba’zi ta’riflarni korib chiqamiz: “Termin –

bu kasbiy (professional) ahamiyatga ega bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi bo‘lib, kasbiy

tushunchani anglatadi, shakllantiradi va

ma’lum bir ob’ektlar, ular

orasidagi munosabatlarni, ma’lum bir soha nuqtai nazaridan bilish jarayonida ishlatiladi

1

.

2-ta’rif: “Ilm-fan, texnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarga oid tushunchalarning

aniq ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasiga termin, deyiladi”

2

.

1

Кодуков М. Общее языкознание. –М., 1974. – Б..105.

2

Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Т.: Ўқитувчи, 1980. – Б.12.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

245

Albatta termin borasida so‘z borar ekan termin so’ziga teng va yaqin keluchi “atama”, “istiloh”

so‘zlarini uchratganmiz, ammo bu yerda biroz to‘xtaladigan nuqtamiz shundaki “atama, termin,

istiloh” so‘zlari orasidagi farq, “atama” ilm-fan doirasida qanday ma’no ifodalay, termin

nazarada tutilgan predmet, hodisa, voqeani qanchalik ifodalab berishiga diqqat qilish kerak. Bu

borada ham terminology olimlarning fikriga yuzlanamiz: S. Usmоnоv, M. Mirhаmidоv, S.

Hаsаnоvlаrning fikrichа: “ .... аtаmа sо‘zining mаʼnоsi termin sо‘zining mаʼnоsigа nisbаtаn

keng bо‘lib, u bаrchа nаrsаlаrning nоmi sifаtidа tushunilаdi, termin esа muаyyаn bir tоr sоhаdа

qо‘llаnuvchi rаsmiylаshgаn sо‘zdir. Shu mаʼnоdа, “termin” tushunchаsi «аtаmа»

tushunchаsining ichigа kiruvchi ilmiy-lugʻаviy birlikdir”.

Ya’niy bundan anglashiladiki termin atamaning maxsus soxalarga yo‘naltirilgan qismiga

beriluchi nomdir. Shuningdek ushbu qarashlarga ham diqqat qiladigan bo‘lsak, ba’zi olimlar

termin so‘zi Rassiya olimlarining ilmiy izlanishlari va tadqiqlarining o‘rganilishi natijasida

turkiy tillarga kirib kelgan va asl kelib chiqish manbai lotin tili (Termin so‘zi lotin tilidаn olingаn

bo‘lib,

terminus

- “oxiri”, “chek” , “chegаrа”, “tugаsh” degаn mа’nolаrni bildirаdi. Istilohdа

tilning mа’lum sаthidаginа qo‘llаnilib, mа’lum so‘z yoki so‘z birikmаsining mа’nosini xususiy

mа’no bilаn ifodаlаb beruvchu so‘z birikmаsi hisoblаnаdi

3

) bo‘lganligini inobatga olsak ushbu

termin atamasi baynalminal tushuncha hisoblanadi.

“Istiloh” ( " حلاطص" (termin) so‘zi, so‘zni uning lug‘aviy ma’nosidan boshqa bir ma’noga

o‘tkazish jarayonini anglatadi, bu o‘zaro aloqaga asoslanadi. Boshqacha aytganda, istiloh — bu

ma’lum bir guruh odamlari orasida bir so‘zni dastlabki ma’nosidan boshqa bir ma’noga o‘tkazish

bo‘yicha kelishuvdir. Bu o‘zgarish so‘zlar o‘rtasidagi umumiylik va maxsuslik, yoki ularning

biror amalda ishtirok etishi, yoki o‘xshashliklariga asoslanadi. Aytish mumkinki, olimlar va

mutaxassislar tilida so‘zi “حلاطص” ham o‘z navbatida bir termindir”[

4

][

5

][

6

].

Janob Ja’fari Langarudi

Huquqiy Lug‘at

kitobida yozadiki, “istiloh — bu so‘z bo‘lib, u maxsus

bir soha yoki fan doirasida o‘zining lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, ilmiy maqsadlar va texnik

tushunchalarni tushuntirish uchun ishlatiladi. Terimlar ko‘pincha qisqa so‘zlardir, ular muhim,

katta va keng ma’nolarni ifodalaydi, aniq ilmiy tushunchalarni ochib beradi, odatiy so‘zlardaysa

bunday aniqlik yo‘q”

7

).

so‘zi haqida fikir yuritar ekanmiz bu tushuncha Arab tilidan krib kelgan hisoblanib, uning

tushunchasi aynan termin zimmasiga olgan ma’noni tashlaydi va bu ko‘proq Arab davlatlari,

Eron va bazan turkiy davlatlar og‘zaki va yozma ilmiy manbalarida kuzatiladi. Bu so‘z ya’niy

“istiloh” ning kirib kelishi albatta islom dini va islomiy ilimlar kirib kelishi bois ilmiy doiralarda

maxsus tushunchalar uchun alohida nomlar berilgan bo‘lib bu nomlarning umumiy nomi

“istiloh”lar deya nomlandi va uni termin so‘zi bilan ekvivalent (sinonim) sifati qo‘llab kelishgan

3

https://uz.wikipedia.org/wiki/Termin

4

۲۲ص ،یناجرج تافیرعت

5

۶۸ص ،(ءاقبلص یبص) تایلکلص

.

6

۸۲۲ص ،۱ج نونفلص تاحلاطص فاشک

.

7

۶ص ،نصرهت ،تفرعم نوناک پاچ ،یقوقح گنهرف باتک رد یدورگنل یرفعج

.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

246

va qo‘llanilmoqda. Qolaversa “termin” tushunchasi nisbatan Yevropa, Markaziy Osiyo va

ko‘plab davlatlarda dominantlik qilganligi va bora bora baynalminallashganligi tufayli ushbu

“termin” so‘zi standart qabul qilingan.

Termin yuqorida zikir etilganidek qanday va qay yo‘sin vujudga kelishiga qisman ishora qilindi.

Ammo fan soxa vakillari bu borada ayricha nigoh bilan qarab bir qancha xulosalar keltirishgan.

Ushbu xulosalar va ta’riflardan bazilarini ko‘rib chiqiqish maqsadga muvofiqdir.

Terminologiyaga oid muammolar jahon tilshunosligida ham atroflicha o‘rganilgan. D.S.Lotte,

V.P.Danilenko, T.L.Kandelaki, V.M.Leychikka tadqiqotlar olib borgan bo‘lsa, o‘zbek

tilshunosligida S.Ibrohimov, S.Akobirov, S.Usmonov, R.Doniyorov, N.Mamatov, A.Hojiyev,

H.Shamsiddinov, Z.Mirxoliqov, I.Pardayeva, N.Usmonov, A.Sh.Sobirov, I.Yuldashev,

Z.Isaqova, G‘.Ismailov, A.To‘raxojayeva, A.Madvaliyev singari olimlarning ilmiy izlanishlarida

ko‘zga tashlanadi.

V.A.Tatarinov ta’kidlaganidek, terminlar paydo bo‘lmaydi, ular ehtiyoj natijasida o‘ylab topilad

8

. Termin so‘zini turlicha talqin qilish va tushunish mumkin. Shu bois ayni terminologiya

sohasida izlanishlar olib borgan soha mutaxassislarining fikr, mulohazalariga e‘tibor berib

ko‘raylik

V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil

funksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda tutiladi. Fan tili

umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so‘zlashuv tili va badiiy

adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi

9

.

Termin so‘zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar) uchun termin -

aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig‘indisini nazarda tutuvchi va unda tatbiq etiluvchi

so‘z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so‘z termin bo‘lishi mumkin

10

.

O.S.Axmanovaning ta’kidlashicha, terminologiya qaysidir fan o‘z taraqqiyotining oliy darajasiga

erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan

so‘ng tan olinadi

11

.

V.G.Gak terminning ta’rifini berish qatori, uning mohiyatini ochadi va terminning biror bir til

so‘z boyligidagi o‘rnini belgilaydi. U ilmiy ishlarda terminga lug‘aviy birliklarning alohida turi

8

Татаринов В.А. История отечественного терминоведения: в трех томах. Московский Лицей, 1994, – 311 с.

9

Даниленко В.П. Русская терминологя. 1977. – С. 8.

10

Гак В.Г. Асимметрия лингвистического знака и некоторые общие проблемы терминологии

(семантические проблемы языка науки). 1972. – С.68.

11

Ахманова О.С,Тер-Мкртичан С.А. Научное определение как лингвистическая и семиотическая проблема.

Проблематика определений терминов в словарях разных типов. – М.: Наука, 1976. – С. 57- 63


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

247

tarzida qaralishiga e’tiroz bildiradi hamda termin-funksiya, leksik birliklar qo‘llanishining bir

ko‘rinishi, degan g‘oyani ilgari suradi

12

.

V.P.Danilenkoning e’tirof etishicha, jamiyatda sodir bo‘ladigan har qanday jarayonning in’ikosi

dastavval terminologiyada o‘z ifodasini topadi yoki muayyan terminlarning tranformatsion

o‘zgarishi oqibatida voqelanadi

13

.

D.Lottening ishlarida terminga alohida belgi sifatida emas, balki aniq sistemaning a’zosi

shaklida qarash zarurligi ta’kidlangan. Uning fikriga muvofiq mazmun planidagi sistemali

munosabatlar terminlarning sistem xarakterga egaligini belgilaydi. Terminlarning terminlar

sistemasidagi o‘rni, mavqei muayyan tushunchaning tushunchalar sistemasidagi o‘rni, mavqei

bilan aniqlanadi

14

.

Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan

tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega boʻlgan va, asosan, nominativ funktsiyani

bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi

15

.

A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “ terminlar - bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga

keladi

16

.

A.V. Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb

ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2.

Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini

davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan,

sanoat sohasi, qishloq xoʻjaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va

qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir”

17

.

V.P. Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi shu soha

terminologiyasining “qat’iy ilmiy terminologiya”ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi

18

.

L.I. Vojno quyidagilarni ta’kidlaydi: “Texnika taraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro

aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika rivojlanishi natijasidagi qonuniyatlari

12

Гак. В.Г. Асимметрия лингвистического знака и некоторые общие проблемы терминологии

(семантические проблемы языка науки). 1972. – С. 69-70.

13

Даниленко В.П. Русская терминология. 1977. – С. 123.

14

Лотте Д.С. Очередные задачи технической терминологии. Московский лицей, 1994. – С. 45-47.

15

Jumanazarovna.J.J. Tererminologiya sohasi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahliliga bog‘liq masalalar muhokamasi. –B.

2.

16

Реформатский А.А. Что такое термин и терминология// Вопросы терминологии. – М., 1961. – С .46-54.

17

Калинин А.В. Лексика русского языка. 1971. – С. 141.

18

Даниленко В.П. Русская терминология: Опит лингвистичекого описания. – М. Наука, 1977. – 8.С.157.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

248

bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib

boradi”

19

.

D.S. Lotte qanday kategoriyadagi so‘zlar terminlashishi mumkinligi haqida gapirib: “Texnikada

quyidagi tushunchalarni anglatuvchi asosiy kategoriyalar terminlashadi: jarayonlar (hodisalar);

texnika predmetlari (materiallar, qurollar, asboblar, detallar va h.k.); xossalar; hisobiy

tushunchalar (parametrlar, geometrik obrazlar va h.k.); o‘lchov birliklari

20

.

“A.V. Kalinin esa termin bilan kasb-hunar so‘zlarining bir-biridan farqli ekanligini quyidagicha

asoslashga intiladi: “Termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xoʻjaligi, texnikadagi

tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir,

nomidir, kasb-hunar so‘zlari esa biror kasb, mutaxassislik oʻrtasida koʻpincha jonli tilda

tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat’iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy

so‘zdir”

21

.

K.M. Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir shaharga qiyoslaydi. Uning

fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa-da, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy

shart-sharoit asosida shakllanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo‘lgan turli me’morlar,

loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. Ular har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o‘rgangan

holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o‘ziga xos murakkablik ham shu bilan

belgilanadi

Olingan materiallarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilganda, V.P. Danilenko va A.V. Kalininning

fikrlarini bir-biriga qo‘shish va ular orasidagi bog‘liqlikni ochib berish zarur. Ularning

nazariyalari terminologiyaning asosiy tamoyillari va uning ilmiy hamda texnikaviy sohalardagi

o‘rnini tushuntiradi.

V.P. Danilenko

ning terminologiya haqidagi fikri, umumadabiy tilning mustaqil funksional turi

sifatida fan tili yoki texnikaviy tilning rolini ajratib ko‘rsatadi. Bu yondashuv ilmiy va texnikaviy

terminlarning alohida tizim sifatida rivojlanishini ta’kidlaydi. Danilenko, shuningdek,

terminologiyaning tizimli xarakterini belgilaydi, ya’ni har bir sohaning o‘ziga xos terminlar

tizimiga ega ekanligini va bu tizimning o‘zaro bog‘liq qonuniyatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, terminlar sohalararo kommunikatsiyani samarali amalga oshirishga yordam

beradi, bu esa fan va texnika rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi sifatida xizmat qiladi.

Danilenko fikriga ko‘ra, fan tili umumadabiy tildan alohida tizim sifatida shakllanadi, shuning

uchun uning rivojlanishida o‘ziga xos qonuniyatlar va talablar mavjud.

A.V. Kalinin

ning fikri terminlar va professionalizmlar o‘rtasidagi farqni tushuntirishga

qaratilgan. Uning ta’kidlashicha, terminlar fan, sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki texnikaning rasmiy

va qonunlashtirilgan tushunchalarini ifodalaydi. Bu fikr, terminologiyaning ilmiy va texnikaviy

19

Воджно Л.И. Научнотехническая терминология из обектов изучение закономерностей розвитие языка //

филологическая наука. 1971. – C. 103.

20

Лотте Д.С. Основы

построения научно-технической терминологии. Вопросы теории и методики. – М.

1961. – C. 29.

21

Kалинин А.В. Лексика русского языка.

– М., 1971. –

C. 141.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

249

sohalarda qat’iy aniq va rasmiy bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi. Kalinin, shuningdek,

terminlarning ilmiy va texnikaviy kontekstda qanday aniq va qat’iy ma’no kasb etishini ko‘rsatib,

professionalizm va termin o‘rtasidagi farqlarni ajratib beradi. Ularning farqi, shundaki, terminlar

ilmiy sohada rasmiy va qonunlashtirilgan ifodalashga ega bo‘lsa, professionalizmlar esa kasbiy

sohada jonli va keng tarqalgan, lekin ilmiy asosga ega bo‘lmagan so‘zlardir.

Bu ikki olimning fikrlari o‘rtasidagi bog‘liqlik shundaki, ularning har biri terminlarning ilmiy va

texnikaviy sohalardagi o‘rnini o‘rganishga qaratilgan. Danilenko, terminologiyaning tizimli va

fan va texnika tillarining alohida funksional tizim sifatida shakllanishini tushuntiradi. Kalinin esa,

bu tizimning rasmiyligini ta’kidlab, terminlarning ilmiy sohada muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Shunday qilib, ularning fikrlari terminologiyaning ilmiy va texnikaviy sohalarda shakllanishi,

rivojlanishi va funksiyalarini aniqlashda muhim yondashuvlarni taqdim etadi.

Xulosa

Maqolada ilmiy va texnik sohalarda terminlarning rivojlanishi, atama va istiloh tushunchalari

o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, ularning tilshunoslikdagi o‘rni tahlil qilindi. Terminlar ilmiy va

texnikaviy tildagi aniq, rasmiy va qonunlashtirilgan tushunchalarni ifodalashda muhim

ahamiyatga ega bo‘lib, ular fan va texnika rivojlanishining ko‘rsatkichlari hisoblanadi.

Terminologiyaning tizimli xarakteri va uning sohalararo kommunikatsiyadagi roli, shuningdek,

terminlarning ilmiy, texnikaviy va kasbiy tildagi o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy izlanishlar orqali

aniqlangan.

Atama, istiloh va termin so‘zlarining o‘zaro farqlari, ular turli madaniyatlar va tillar o‘rtasidagi

aloqalar, o‘zlashmalar va yangi ilmiy tushunchalarning shakllanishi jarayonini ko‘rsatadi. Shu

bilan birga, maqolada ilmiy izlanishlarda ko‘plab olimlarning fikrlari keltirilgan bo‘lib, ular

terminologiyaning rivojlanishi va uning sohalararo bog‘liqligini tahlil qilishda katta ahamiyatga

ega.

Shunday qilib, ilmiy va texnik terminologiyaning rivoji, yangi tushunchalar va atamalarning

paydo bo‘lishi, ularning aniq va rasmiy ifodalari fan va texnika sohasining taraqqiyotida muhim

rol o‘ynaydi. Maqoladagi tahlil, ilmiy terminologiyaning baynalmilal rivojlanishini va uning

tilshunoslikdagi o‘rnini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

x