ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
180
MA’ONIY ILMIDA XOBARIY JUMLANING NUTQ TINGLOVCHILARINING
HOLATIGA NISBATAN MOSLASHISHI
Zayniddin Hanifa Hasan
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti
Arabshunoslik oliy maktabi
Magistratura 1-kurs lingvistika(arab) guruhi talabasi
Tel: (94) 663-13-83, E-mail: hanifa.zayniddin@gmail.com
Begmatova Buzahro
Ilmiy rahbar: Dots.
Annotatsiya:
“Ma’oniy ilmida xobariy jumlaning nutq tinglovchilarining holatiga nisbatan
moslashishi” nomli maqola arab tilshunosligining mustaqil bo‘limi hisoblangan balog‘at ilmida
o‘rganiladigan kichik, ammo muhim ahamiyatda ega mavzuni yoritishga qaratildi. Balog‘at
ilmining mustaqil yo‘nalishi hisoblanuvchi ma’oniy ilmi xobariy jumlani nutq tinglovchilari
holatidan kelib chiqib uch guruhga bo‘ladi: ibtidoiy, tolabiy hamda inkoriy. Ushbu maqolada
Ahmad Hoshimiyning “Javahir ul-balag‘a” asari asosida har bir turdagi xobarning tinglovchi
holatlariga nisbatan qo‘llanilish o‘rinlarini o‘rganildi.
Tayanch so‘zlar:
balog‘at ilmi, ma’oniy ilmi, xobariy jumla, ibtidoiy xobar, tolabiy xobar,
inkoriy xobar, tanzil ul-manzila hodisasi.
Ma’oniy ilmida e’tiborga olinadigan jihatlardan yana biri shuki, har qanday xabar tinglovchining
holatidan kelib chiqib, bir necha usulda ifodalanadi. Bu borada tinglovchilar uch guruhga
bo‘linadi: neytral (betaraf), shubhali, inkor qiluvchi. Mana shu uch tipdagi auditoriyaga munosib
tarzda xobar ham uch turga bo‘linadi
va har bir tur jumlada ta’kidning ishlatilish-ishlatilmasligi
bilan ham me’zonlanadi:
1.
اًيئادتبا ربخ – neytral xobar (nutq). Agar tinglovchi xabar qilinayotgan ma’lumotga shubha
qilmasa yoki uni inkor qiladigan holatda bo‘lmasa, nutqda ta’kid ishlatilmadi. Masalan,
ةفرعملا بلط يف قحلا صخش لكلو (Har bir inson ilm talab qilishga haqlidir.)
Xabarning bu turi “boshlang‘ich” hisoblanib, unda tinglovchi unga yetkaziladigan ma’lumotdan
bexabar bo‘lishi yoki xabardor bo‘lsa ham unga nisbatan hech qanday e’tirozi bo‘lmaydi.
2.
يبلط ربخ – shubha ostidagi auditoriya uchun xobar. Bunda tinglovchi eshitgan
ma’lumotiga shubhali munosabatda bo‘ladi va uning haqiqatini bilishga vosita izlayotgan bo‘lsa,
bu holda unga kalomning hukmini kuchaytirib, ta’kid bilan yetkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday xobarning turi يبلط (tolabiy) deyilishidan murod – unda tinglovchi berilgan xabarning
rostligiga ishonch hosil qilishga intiladi. Eshituvchining ikkilanishini yo‘qotish maqsadida esa,
bir
ta’kid
qo‘llaniladi.
Masalan,
رصتنمُ
ريُلا
نَّ
(Darhaqiqat,
amir
g‘olibdir.)
1
57.ص .2004 .ًّنبل توريب .عيدبلاو ًّيبلاو ينًعملا ىف رهاوج .ىمشًح دمحأ
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
181
3.
يرًكنَ ربخ – inkor qiluvchi auditoriya uchun xobar. Bu turdagi xobar tinglovchi uni
eshitganida inkor qilishi yoki uning aksiga ishonishi kutilgan auditoriyaga mos keladi. Bunda
eshituvchining inkor qilishi kuchli yoki zaifligi e’tiborga olinib jumlada ikki yoki undan ortiq
ta’kid
ishlatilishi
talab
etiladi.
Misol
uchun,
رصًنل هنَ او ،رصًنل هنَ ،رصًن كًخأ نَّ (Haqiqatan, akang yordam beradi. Darhaqiqat, akang rostan
ham yordam beradi. Xudo haqqi, u rotan ham yordam beradi.)
Quyida arab tilida jumlani ta’kidlash uchun ishlatiladigan qo‘shimcha va yuklamalarni ko‘rib
chiqamiz: qasam harflari (ب ، تت ، تو), مسقمأ fe’li, hozirgi-kelasi zamonga qo‘shiluvchi “og‘ir” ( ّون
ةليقث) va “yengil” (ةفيفخ ّون) nunlar, ta’kid lomi (ل), دق yuklamasi (quyidagicha kelishi ham
mumkin - دقل) va boshqalar.
Ta’kid nafaqat tinglovchi shubha ostida yoki inkor qiluvchi bo‘lgan taqdirda, balki biror muhim
ma’lumot haqida so‘zlayotgan vaqtda ham ishlatiladi. Shu sababdan aksar arab maqollari o‘zida
ta’kidni
mujassam
etgan.
Misol
uchun,
مهفي
ةرًشلًب
بيبللا
نَّ
(Aqlli
odam
ishoradan
ham
tushunadi.)
عقت ًهلًكشا ىلع رويطلا ّا نَّ maqolining o‘zbek tilidagi “qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi”
ekvivalentiga to‘g‘ri keladi.
Xobariy jumla, yuqorida aytib o‘tilganidek, eshituvchi holati va vaziyat taqozosini inobatga
olgan holda uch turdagi auditoriyaga mo‘ljallangan. Eng qiziqarli jihati shuki, ma’oniy ilmida
har bir turdagi xobar boshqasiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Masalan, neytral tinglovchiga
xuddi u inkor qiluvchidek bir ta’kid bilan jumla yasash, yoki shubha ostidagi eshituvchiga esa
aksincha, neytral tinglovchidek munosabatda bo‘lib ta’kidsiz jumla qurish holati ko‘zda tutiladi.
Bu holat ma’oniy ilmida ةل زِنتملا ليِننتت deb ataladi. Bu o‘z-o‘zidan bir necha holatlarni vujudga
keltiradi va Ahmad Hoshimi o‘z kitobida 7 tasini sanab o‘tadi
1.
Neytral auditoriyaga nisbatan shubha ostidagi kabi munosabatda bo‘lish.
Bunda
tinglovchilar berilayotgan ma’lumotga betaraf munosabatda bo‘lishligiga qaramasdan xobarda
bir ta’kid ishlatiladi. Bu neytral bo'lgan shaxs tomonidan kelajakda paydo bo‘lishi mumkin
bo'lgan har qanday shubha (yoki ikkilanish)ni bartaraf etish uchun amalga oshiriladi.
2.
Neytral auditoriyaga nisbatan xobarni inkor qiluvchi kabi munosabatda bo‘lish.
Bu
holat ham, beriladigan xabardagi har qanday vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchilikni
bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Bunga yorqin misolni Qur’oni Karimning “Yusuf”
surasi 53-oyatida ko‘rishimiz mumkin:
﴾ يٓۚبِّرَ رَ بِرَ ارَ لّبا بِ ٓٓسُّلبِ ةُۢرَالَر رَ رَفۡلُّل لّبا﴿
“Albatta, nafs, agar Robbim rahm qilmasa, yomonlikka ko‘p undovchidir.”
Bu
oyatda
ko‘rishimiz
mumkinki,
birdan
ortiq
ta’kid
(تل
،نَّ)
ishlatilgan.
3.
Shubha ostidagi auditoriyaga nisbatan neytral munosabatda bo‘lish.
Tinglovchi
berilayotgan ma’lumotga shubhali munosabatda bo‘lsa ham notiq o‘z nutqini hech qanday
ta’kidsiz, xuddi betaraf eshituvchiga yuzlangandek bayon etadi. Psixologik nuqtayi nazardan
insonlarning his-tuyg‘u va emotsialari o‘zaro yuquvchanligi ham bunga turtki bo‘lishi mumkin.
Ba’zan dargumon kimsadan shubhani ketkazish uchun ta’kid emas, balki so‘zlovchining holati,
2
59.ص .2004 .ًّنبل توريب .عيدبلاو ًّيبلاو ينًعملا ىف رهاوج .ىمشًح دمحأ
3
Shayx Muhammad Sodiq Muahmmad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Hilol nashryoti, 2020.- 3-juz, 173-bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
182
ya’ni uning hotirjamligi va o‘ziga bo‘lgsn ishonchi ham yetarli bo‘ladi. Ushbu nutq uslubi qarshi
tarafni ishontirishning bir usuli hisoblanib, kontekstga qarab turli maqsadlarda amalga oshirilishi
mumkin.
4.
Shubha ostidagi auditoriyaga nisbatan inkor qiluvchidek munosabatda bo‘lish.
Bunda
tinglovchi ongidan har qanday noaniqlikni olib tashlash uchun berilayotgan xobarda ikki va
undan ortiq ta’kid ishlatib kuchli urg'u berish va agar lozim topilsa, nutqga agressiv tus berish.
Ushbu nutq uslubi ekstremal holatlarda, masalan, kimdir tushkun va umidsiz holga tushganda
qo‘llaniladi: بيرتقل جرفلا نَّ (Darhaqiqat, yengillik yaqindir.)
5.
Inkor
qiluvchi
auditoriyaga
nisbatan
neytral
munosabatda
bo‘lish.
Bu usul ikki maqsadda amalga oshirilishi mumkin: biri qarshi tomondagi kuchli emotsional
norozilik va dushmanlik ruhini pasaytirish, uni tinchlantirish maqsadida qo‘llash bo‘lsa,
ikkinchisi, notiqning o‘z nutqiga beriladigan har qanday qarshilik va norozilikni pisand
qilmaslik, ularni ishontirish yoki bahsga loyiq topmaslik kabi munosabat ko‘zda tutiladi. Bunda
notiq keltirayotgan ma’lumotga auditoriyaning qarshi munosabatiga qaramasdan o‘z nutqida
kuchli ta’kid va urg‘uga ehtiyoj sezmaydi. Bu holat Qur’oni Karimning “Ash-Shu’aro” surasida
Muso alayhissalom va Firavn o‘rtasida bo‘lib o‘tgan dialogda yaqqol ko‘rinadi:
مممتنمُ ّزَ آًتممهتنميتب ًتُ تو زب زرمۡتمملٱ تو زِ زرمۡتمملٱ ببتر تلًتق ٢٧ نّومن مۡتمتل مممكميتلزَ تلزِ مرمأ ٓيزِنلٱ مممكتلومِتر نّزَ تلًتق ٢٦تَيزل نوت ملٱ مممكزئًٓتباتَ ببتر تو مممكبب تر تلًتق﴿
﴾٢٩ تَيزنومۡ مستمملٱ تَزُ تَننتلتع مجت تل ي زرميتَ ًاهلتلزَ تتمِتخنتٱ زَزِتل تلًتق ٢٨ تّوملزقمعتت
26)U (Muso): “U zot sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir”, dedi. 27)U:
“Albatta, sizga yuborilgan Payg‘ambaringiz jinnidir”, dedi. 28)U (Muso): “U, agar aql
yuritsangiz, mashriq-u mag‘ribning va ular o‘rtasidagi narsalarning Robbidir”, dedi. 29)U:
“Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman”, dedi.
Quyida keltirilgan oyatlar ketma-ketligida Muso alayhissalomning nutqilarida ta’kid
ishlatilmagan va aksincha, Firavnda esa har bir gapida ikkitadan ta’kid (ل ،نَّ) ishlatilganligiga
guvoh bo‘lamiz.
6.
Inkor qiluvchi auditoriyaga nisbatan shubha ostidagi kabi munosabatda bo‘lish.
Bunday nutq shakli shubha va ikkilanish hissini berkitish maqsadida butunlay inkor qilish
pozitsiyasini ma’qul ko‘rgan auditoriyaga nisbatan ishlatiladi. Qaysidir ma’noda notiq
keltirilayotgan xobarga eshituvchilarni fikr yuritishlari va tafakkur qilishlariga rag‘bat uyg‘otish
va
undashni
maqsad
qilib
oladi.
Muallif jamiyatga taalluqli misol keltiradi va unda “axloq insonni sharafli qiladi” degan fikrga
boy-badavlat insonlarning qarshi chiqishlari, ularning nazdida izzat-hurmat faqatgina pul va
boylik
bilan
kelishiga
nisbatan
َنع لزئاز ريَ هننَف بدلًزب هًۡلا ًنُاو لًملا َتب زحتص ًُ َمبتحنصتي ًمننَ :لًملًزب تهًتۡلا نَّ
(Pul bilan kelgan hurmat puling bor ekan sen bilan bo'ladi. Xulq bilan kelgan hurmat esa seni
hech qachon tark etmaydi.)
7.
Xabardor tinglovchiga nisbatan xuddi u bexabardek munosabatda bo‘lish.
Bu muloqot
turi insonlar orasida yuz beruvchi kundalik munosabatlarda turli maqsadlarda ko‘p qo‘llanilishini
kuzatish mumkin. Masalan, bir inson biror ish-harakat qilishidan oldin ularga bu haqida
yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerakligini bildirish uchun so‘zlovchi va tinglovchi uchun ma’lum
bo‘lgan faktni aytish. Deylik, bir inson o‘z otasiga ovozini ko‘tarib gapirishni boshlasa siz unga
كوبأ هنَ (U sizning otangiz), deysiz. Gap shundaki, tinglovchi buni allaqachon biladi, lekin bu
bayonotda ritorik maqsad bor: bu bilan eshituvchiga otani hurmat qilishni va ovozni pastlanishni
eslatadi.
4
Shayx Muhammad Sodiq Muahmmad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Hilol nashryoti, 2020.- 4-juz, 239-240-betlar.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
183
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, arab tilshunosligi, ayniqsa, balog‘at ilmida so‘zlovchi
nutqida va undagi har bir gapiga e’tiborli bo‘lishi talab etiladi. Shu sababdan notiqning har bir
jumlasi yuqorida sanab o‘tilgan hodisalardan kelib chiqqan holda shakl va mazmun jihatidan
o‘zgarishi va o‘zida bir qancha ko‘chma ma’nolarni ifoda etishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
1999 .ةرهًقلا .عيدبلا .ينًعملا .ًّيبلا .ةحضاولا ةَلبلا .َيُأ يفطصُ ،مرًج يلع
2.
. 2004 .ًّنبل توريب .عيدبلاو ًّيبلاو ينًعملا ىف رهاوج .ىمشًح دمحأ
3.
.2001 .روبعلا ةنيدُ .ميركلا ّآرقلا
4.
Shayx Muhammad Sodiq Muahmmad Yusuf. Tafsiri Hilol. -T.: Hilol nashryoti, 2020.
5.
Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. I J. –Namangan: Ibrat, 2009.
6.
Abdul-Raof Hussein. Arabic Rhetoric: A Pragmatic Analysis. USA and Canada: -
Routledge, 2006.