ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
172
ABDURAHMON JOMIYNING ILMIY MEROSI VA “FAVOIDUZ ZIYOIYYA”
ASARINING YARATILISH SABABLARI
I.Y.Bultakov
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti
Arabshunoslik oliy maktabi dotsenti
f.f.n.
Vohidova Dilfuza Abduqahhor qizi
70230101 Lingvistika (arab tili)
yo’nalishi I bosqich magistranti
+998910167595
Annotatsiya:
Abdurahmon Jomiy (1414-1492) – o’z davrining yetuk mutafakkiri,
tasavvuf falsafasining buyuk vakili hamda ilm-fan sohasida yuksak yutuqlarga erishgan shoir va
olim. Uning ilmiy merosi grammatikadan tortib, tasavvuf, falsafa va she’riyatgacha bo’lgan
ko’plab yo’nalishlarni qamrab oladi hamda Sharq madaniyatining ajralmas qismi bo’lib,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Jomiyning “Favoiduz
ziyoiyya” asari nahv (arab tili sintaksisi) sohasidagi muhim risola bo’lib, u grammatik qonun-
qoidalarni qisqa, ravon va tizimli shaklda taqdim etgani bilan mashhurdir. Bu maqolda
Jomiyning ilmiy merosi va aynan “Favoiduz ziyoiyya” ning yaratilish sabablari, uning mazmuni
va ahamiyati yoritiladi.
Kalit so’zlar:
Abdurahmon Jomiy, Favoiduz ziyoiyya, nahv, arab tili grammatikasi,
ilmiy meros, ta’lim, hoshiyalar.
Abdurahmon Jomiyning ilmiy faoliyati tasavvuf, falsafa, adabiyot, grammatika, mantiq singari
ko’plab sohalarni qamrab oladi. Uning din, xususan, arab tiliga oid asarlari qayta-qayta nashr
etilgan, keyingi davrlarda ham madrasalarda darslik va qo’llanma vazifasini o’tagan. Uning
ilmiy merosi bir nechta asosiy yo’nalishlarga bo’linadi:
1.
Tasavvuf va falsafa:
Jomiyning asarlari tasavvuf falsafasi bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, ular ilohiy muhabbat, ruhiy poklanish va insonning kamolotga erishish yo‘llarini ochib
beradi. U o‘zining tasavvufiy qarashlarini Ibn Arabiy, Al-G‘azzoliy va Najmiddin Kubro singari
buyuk mutafakkirlar ta’limotiga asoslanib rivojlantirgan. Abdurahmon Jomiy Hirot
naqshbandiylik tariqatining piri va murshidi bo’lgan. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy
Abdurahmon Jomiyni o’zlariga pir va ustoz deb bilishgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
173
U “
Shavohidi nubuvva
” (“
Payg’ambarlikka dalillar
”), “
Naqshband ta’limoti haqida risola”,
“Haj qilish yo’llari haqida risola”, “Xo’jalar tariqati haqida risola
” va boshqa asarlarida
islom dini, tasavvuf, falsafaning asosiy masalalari yuzasidan o’z fikrlarini bayon etgan.
Jumladan, “
Nafahot ul-uns min hazorot il-quds” (“Muqaddas dargohdan esuvchi do’stlik
shabadalari”)
asari tasavvuf tarixini o’rganishda muhim manba sanaladi, unda 616 nafar
mutasavvif hayoti va faoliyati to’g’risida muxtasar ma’lumotlar bor. Hazrat Alisher Navoiy bu
asarni Abdurahmon Jomiy vafotidan so’ng to’ldirishlar bilan turkiy tilga tarjima qilgan.
Abdurahmon Jomiy asarlarida diniy-tasavvufiy mazmun, Allohni tanish va bilish bilan bog’liq
haqiqat majoziy yo’l bilan ifodalangan. Abdurahmon Jomiy Allohni yorug’ nur ko’rinishida
tasavvur etgan va uni go’zal mahbub qiyofasida tasvirlagan. Uning fikriga ko’ra, Alloh minglab
ko’zguda, turli qiyofa va ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ulug’ shoir Abdurahmon Jomiy hayot,
inson go’zalligi, tuyg’u va ehtiroslariga tasavvufiy ma’no bergan. “
Tuhfat ul ahror”
(“Ahrorlar uchun tuhfa”)
asarida tasavvufga oid atamalarni izohlagan.
2.
Adabiyot va she’riyat:
Abdurahmon Jomiy fors-tojik adabiyotida o’ziga xos she’riy
maktab yaratgan va o’z ijodida insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiluvchi asarlar
qoldirgan. Uning eng yirik adabiy merosi
“Haft avrang” (“Yetti taxt”)
she’riy turkumidir. Bu
to’plam yetti masnaviydan iborat bo’lib, ularda turli falsafiy, tasavvufiy va axloqiy mavzular
yoritilgan:
1
. “Olijanoblarga tortiq” (1481-1482);
2
. “Taqvodorlar tasbehi” (1482-1483);
3
. “Yusuf va Zulayho” (1485);
4
. “Layli va Majnun” (1485 yil yakunlangan);
5
. “Iskandarning donishmandlik kitobi” (1485);
6.
“Oltin zanjir” (uning uchinchi qismi muallif hayotining har xil davrlaridan tashkil topgan);
7.
“Salomon va Ibsol” (1480-1481).
Jomiyning she’riyati yuqori badiiy uslubi bilan ajralib turadi. U obrazlar, ramzlar va falsafiy
mazmunni badiiylik bilan uyg’unlashtirishda benazir mahorat ko’rsatgan. Abdurahmon Jomiy
ijodiy merosining so’nggi yillari “
Bahoriston
” (1487) dostoni, uchta lirik devon (1479-1491) va
“
Musiqa haqida risola
” bilan boyitilgan.
Uning
“Risolayi aruz”, “Risolayi muammoyi kabir”, “Risolayi muammoyi sagʻir”,
“Risolayi muammoyi mutavvassit”, “Risolayi muammoyi manzum”, “Sharhi bayti
masnaviy, “Sharhi bayti Xusrav”, “Sharhirubbiyot”, “Risolayi qofiya”
kabi asarlari Sharq
adabiyoti tarixini, uning vazn, qofiya va sheʼr turlari bilan bogʻliq nazariy masalalarini
oʻrganishda hozirgi kunga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Olimning faqat muammo
haqidagina 4 ta nazariy qoʻllanma yaratgani yoki ulugʻ salaflari asarlarining murakkab bir
baytini izohlash, tasavvufning biron atamasini yoritish uchun maxsus risolalar yozgani uning
adabiyot tarixini oʻrganishga juda katta ahamiyat berganini, oʻzi bu sohalarning haqiqiy
donishmandi boʻlganini koʻrsatadi.
3.
Ilmiy asarlar:
Jomiyning ilmiy merosi nafaqat adabiyot va tasavvuf, balki mantiq,
grammatika va tilshunoslik kabi sohalarni ham qamrab oladi. Uning aruz bilan bir qatorda
musiqa nazariyasi haqida
“Risolayi musiqiy”
asarini yozishi shu davr madaniy hayotida katta
voqea boʻldi. Jomiy oʻz risolasida Abu Nasr Forobiyning koʻp jildlik “Musiqa haqida katta
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
174
kitob” asaridagi gʻoyalarni yanada rivojlantirdi, musiqani tovushlarning oʻzaro ohangdoshlik
(taʼlif) va noohangdoshlik (manofarat) nuqtai nazaridan oʻrganuvchi, yangi kuy yaratish uchun
ular orasidagi oralik (ozmina)larni tekshiruvchi fan deb xarakterladi
. Musiqa, uning fikricha,
insonga eng yuqori maʼnaviy oziq beradigan mukammal goʻzal tovushlar haqidagi fandir.
Jomiy oʻz davrining eng buyuk tilshunosi ham edi. U fors tili grammatikasi boʻyicha maxsus
sheʼriy va nasriy qoʻllanma yozgan. Arab tilini esa oʻz ona tilidek bilgan edi. Uning
“Favoiduz
ziyoiyya”
asari esa arab tili grammatikasining nozik jihatlarini tushuntiruvchi muhim
manbalardan biri bo’lib, o’sha davr talabalari uchun asosiy o’quv qo’llanma sifatida xizmat
qilgan. Uning “Favoiduz ziyoiyya” asarini o’rganish ishlari uning yaratilgan vaqtidan
boshlangan.
“Sharhi Mullo” yoki “Mullo Jomiy” yoki “Sharhi Mullo Jomiy” nomlari bilan mashhur bo‘lgan
“Favoiduz-Ziyoiyya” asari o‘ziga xos tarixga ega. Bu asarning tarixi haqida so‘z yuritishdan
oldin uning asosi bo‘lgan “Kofiya” va uning muallifi o’rganish muhim ahamiyatga ega.
“Kofiya” kitobi Ibn Hojib nomi bilan mashxur bo‘lgan buyuk tilshunos olim Abu Umar Usmon
ibn Umar al-Kurdiy (646 h. v/e) tomonidan yozilgan. U Misrda yashab o‘tgan. Otasi Misr
amirining hojibi, ya’ni qo‘riqchilaridan biri bo‘lgani uchun “Ibn Hojib” ya’ni, “Qo‘riqchining
o‘g‘li” degan nom unga taxallus bo‘lib qolgan. U hayoti davomida ko‘plab ilmlarni, jumladan,
nahv ilmini chuqur egallab, bu borada kichik bir risola yaratdi. Muallif ushbu kitobini toliblar
yodlashlari va esda saqlashlari oson bo‘lishi uchun
ixcham bo‘lishini inobatga olib, keng
ma’noni ifoda qiladigan so‘zlar bilan boyitdi. Shu bois asar ko‘pchilik e’tiborini qozondi. Kitob
o‘z zamonasida arab tili darsliklari ichida tengsiz edi. Asar o‘sha paytning o‘zidayoq
madrasalarda arab tili darsligi sifatida o‘qiladigan va nahv masalalarida manba deb e’tibor
qilinadigan bo‘ldi. Kitob olimning hayotlik chog‘idayoq katta shuhrat qozonib, uning izohtalab
o‘rinlarini yoritib berish maqsadida o‘sha zamon olimlari unga sharh yoza boshladi. Misol
tariqasida muallif bilan asrdosh bo‘lgan buyuk muhaqqiq, tilshunos alloma Roziyuddin
Muhammad ibn Hasan Astrabodiy (688 h. v/e)ni aytishimiz mumkin. U “Sharhur-Roziy alal
Kofiya” (
ةيفاكلا يلع يضرلا حرش)
nomli to‘rt jildli asar yozgan. Ammo birinchilardan bo‘lib
muallifning o‘zi sharh yozgan, degan rivoyatlar bor. Muallif sarf ilmi borasida ham ko‘pchilik
e’tiborini qozongan “Shofiya” nomli asar yozgan. Roziyuddin Astrabodiy bu kitobga ham
mo‘jazgina bir sharh yozgan. Bu asar ham Kofiya kitobi bilan birga madrasalarga sarf ilmidan
darslik sifatida kiritilgan va unga ko‘plab sharhlar yozilgan.
“Kofiya” kitobiga juda ko‘plab sharhlar yozilgani rivoyat qilinadi. Shunday sharhlardan
biri biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan “Favoiduz-ziyoiyya” asaridir.
Abdurahmon Jomiyning Ziyouddin Yusuf ismli o‘g‘li bo‘lib, u Ibn Hojibning “Kofiya” asarini
o‘qib, ba’zi mujmal o‘rinlaridan ko‘ngildagidek tushuncha hosil qilmadi. O‘sha kungacha
yozilgan sharhlardan qoniqish hosil qilmay otasidan “Kofiya” asariga sharh yozib berishini
iltimos qildi. Jomiy o‘g‘li Ziyouddin Yusufning taklifini inobatga olib unga sharh yozdi. Jomiy
asarini o‘g‘lining nomi bilan, ya’ni “Favoiduz ziyoiyya” deb nomladi. Albatta, Jomiy ushbu
asarini nafaqat o‘g‘li, balki barcha ilm tahsil qiluvchilarga boshlang‘ich qo‘llanma sifatida
1
Qarang: Mahammatov A. Xolbekov M. Abduraximov A. Abu Nasr Al-Farobiy, Abu Ali Ibn-Sino, Safiuddin Al-
Urmaviy va Abduraxmon Jomiylarning ilmiy-nazariy qarashlari. – Namangan: NamDU ilmiy axborotnomasi. 2021.
– B: 422-428.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
175
yozganini asarning kirish qismida aytib o‘tdi. Ushbu asarni Jomiy vafotidan bir yil oldin, hijriy
897-yili 11-Ramazon, shanba kuni yozib tugatdi.
Bu kitob o‘z zamonasining ulamolari orasida katta nufuzga ega bo‘lib, bugungacha o‘z obro‘sini
saqlab qolgan. Ulamolar bu sharh Jomiyning yozgan sharhlari ichida eng yaxshisi deya e’tirof
etishgan. “Markaziy Osiyo hududida “Favoiduz ziyoiyya” asaridan so’ng arab tilining
grammatikasiga bag’ishlangan mukammal asar yaratilmagan. Ushbu asar yozilgan davridan
boshlab, butun O’rta Osiyo va Idil bo’yi tatarlari madrasalarida ham asosiy darsliklardan biri
bo’lib xizmat qilgan”
. Ushbu kitob Ibn Hojibning “Kofiya” asariga sharh bo‘lgani uchun u
kishining kitoblaridagi tartib o‘zgartirilmagan. Kitobda kirish so‘zidan so‘ng kalima va Kalom
haqida so‘z boradi. So‘ng g‘ayrul-munsarif, marfuot, mansubot, majrurot, tavobe’lar, mabniyyot
hamda ismlar va uning lavohiqlari, fe’llar hamda harf haqida so‘z boradi
.
ةمدّقملا – Kirish
– muallif kitobning kirish qismida kalima va uning turlari, kalom, ism, hosil va
mahsul, ismning xususiyatlari, mo‘rab, mo‘rabning hukmi, e’rob, omil, taqdiriy e’rob va lafziy
e’rob haqida so‘z yuritgan.
فرصنملا ريغ– G‘ayrul-munsarif
– bu bo‘limda ismning sarflanmasligiga sabab bo‘ladigan
to‘qqizta illat va unga misollar, g‘ayri munsarif bo‘lgan ismning munsarif bo‘lishi joiz bo‘lgan
o‘rinlar haqida so‘z boradi. So‘ng o‘sha to‘qqizta illat birma-bir misollar bilan aytib o‘tiladi.
Ular: adl, vasf, ta’nis, ma’rifa, ujmat, jam, tarkib, alif va nun, vazni fe’llardir.
تاعوفرملا- Marfuot –
bu bo‘limda foil va uning maf’uldan oldin va keyin kelish o‘rinlari,
fe’lning hazf bo‘lish o‘rinlari, ikki fe’lning bir ism ustida tortishuvi, noibi foil, mubtado, xabar,
mubtadoning hazf bo‘lishi joiz hamda lozim bo‘lgan o‘rinlari va xabarning hazf bo‘lishi, joiz
hamda lozim bo‘lgan o‘rinlari, “نّإ” va uning sheriklarining xabari, jinsni inkor qiluvchi “ل”ning
xabari, “سيل”ga o‘xshash “ام va ل”ning ismi haqida so‘z boradi.
تابوصنملا– Mansubot
– bu bo‘limda, maf’uli mutlaq, maf’ul bihi, munodo va munodoning
tobe’lari, muzof bo‘lgan munodo, tarxim, mandub, tahzir, maf’ul fihi, maf’ul lahu, maf’ul ma’hu,
hol, tamyiz, mustasno, “ّاك” va uning sheriklarining xabari, “نّإ” va uning sheriklarining ismi,
jinsni inkor qiluvchi “ل” bilan mansub bo‘lish o‘rinlari, “ام va ل”ning xabari haqida so‘z boradi.
تارورجملا– Majrurot –
bu bo‘limda muzof ilayh, ma’naviy izofa, lafziy izofa, izofaning
turli tarkibiy ko‘rinishlari, mavsuf va sifatdagi izofa haqida, oltita ismning izofa bo‘lishining
hukmi haqida so‘z boradi.
عباوتلا – Tavobe’lar
– bu bo‘limda na’t, mavsuf holatining sifati va muta’lliqi, atf, tavkid, badal,
atful bayon haqida so‘z boradi.
تاينبملا– Mabniyyot
– bu bo‘limda, zamirlar va ularning turlari, ismi ishoralar, mavsula,
“يذلا” bilan xabar qilib keltirish, ismi fe’llar, tovushlar, murakkab ismlar, kinoyalar, so‘roq va
xabar uchun ishlatiladigan “مك”, ismi istifhom va ismi shartlar hamda zarflar haqida so‘z
boradi.
اهقحاولو ءامسلا
–
Ismlar va ularning lavohiqlari
– bu bo‘limda, ma’rifa, alam, nakra, adad
ismlar, muzakkar va muannas, musanno, majmu’, masdar, ismi foil, ismi maf’ul va sifati
mushabbaha hamda ismi tafzil haqida so‘z boradi.
لاعفلا – Fe’llar
– bu bo‘limda, moziy, muzore’, “ّا” nosiba taqdir qilinadigan o‘rinlar, majoziy
kalima, amr, noibi foil, muta’addiy fe’llar, af’oli qulub, noqis fe’llar, muqoraba fe’llar va taajjub
fe’llar hamda madh va zam fe’llar haqida so‘z boradi.
2
Shomuhammedov Sh. Abdurahmon Jomiy hayoti va ijodi. – Toshkent: 1963. – B. 83; Yana qarang: Jomiy A.
Iskandar xiradnomasi. Sh.Shomuhammedov tarjimasi. – Toshkent: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti. 1978. – B. 8.
3
Abdurahmon Jomiy. Favoiduz ziyoiyya fi sharhi Kofiya. – Tehron: Intishoroti ilmiyya. 1990.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
176
فورحلا
-
Harflar
– bu bo‘limda, jar harflari, fe’lga o‘xshash harflar, atf harflari, tanbih harflari,
nido harflari, ijob harflari, zoida harflari, tafsiriya harflar, masdar harflari, tahziz harflari,
tavaqqu’ harflari, istifhomning ikki harfi, shart harflari, “ولو ّا” fe’l uchun lozimligi, rad’ harfi va
muannasning “ءات”si, tanvin hamda tavkidning nuni haqida so‘z boradi.
Abdurahmon Jomiy “Kofiya” asariga yozgan
“Favoiduz ziyoiyya”
sharhi nafaqat ilgari, hattoki
hozirgi kunimizda madrasalarimizda talabalarga o‘qitilib, sevimli darsliklar qatoridan joy olgan.
Misrlik mashhur olim Muhammad Tantoviy “Nash’atu-n-nahvi va ta’rixu ashhuri-n-nuhhati”
(“Nahvning paydo bo’lishi va mashhur nahvshunoslar tarixi”) nomli asarida Usmoniylar
saltanati davrida “Favoiduz ziyoiyya” arab tili bo’yicha asosiy qo’llanmalardan biri bo’lgani va
ushbu asarga hoshiyalar yozilgani, hoshiya ustiga hoshiyalar bitilgani haqida ma’lumot keltiradi
.
Bu uning ilmiy va amaliy ahamiyati qanchalar yuqori ekanidan dalolatdir. Quyida “Favoiduz
ziyoiyya” ning mashhur hoshiyalaridan ba’zilarini eslab o’tamiz:
Isomiddin ibn Ibrohim ibn Muhammad Asfaroiniy (h.944, v/e).
Muhammad Ismatullo ibn Mahmud Buxoriy. U zot kitobning yarmigacha hoshiya yozgan.
Abdug‘afur Loriy (h. 912, v/e), u zot Jomiyning shogirdlaridan bo‘lib, “Mabniyyot”
bobining “Tovushlar” bo‘limigacha yozgan.
Abduhakim ibn Shamsiddin Sayolkuniy (h. 1070 v/e). U zot Jomiyning shogirdi
Abdug‘afur Loriy hoshiyasini oxiriga yetkazgan.
Shayx Vajihuddin Alaviy (h. 998 v/e).
Shayx Nurulhaq ibn shayx Abdulhaq Dehlaviy (h. 1073, v/e).
Hofiz Kuhakiy Toshkandiy. U zot “Marfuot” bo‘limigacha yozgan.
Muhammad Abdurahmon ibn Mahmud Asfaroiniy.
Muhammad Sodiq Qobiliy.
Abulbaqo.
Muhrim Afandi.
Abdulloh ibn Solih Afandi Rumiyning “Takmilatul muhrim” asari.
Abdunabiyning “Jome’ul g‘umus” nomli asari.
Sayyid Alixon Kabir nomi bilan mashhur bo‘lgan zotning “al-Hadoiqun nadiyya sharhul
Favoidis-somadiyya” asari.
Muhammad Ali ibn Qozi shayx Ali Tahonaviyning “Kashshofu istilohotil funun” nomli
asari.
Abulbaqo Kafaviyning “Kulliyot” asari.
Shihobiddin Hindiyning “Sharhu Hindiy” nomli asari.
“Qomusul lug‘at” nomli asar.
“Tojul lug‘at” nomli asar.
“Siroh” nomli asar.
“Muntahal arab” nomli asar.
“Muntaxabul-lug‘at” nomli asar.
“Nafoisul-lug‘at” nomli asar.
Abdurahmon Jomiyning “Favoiduz ziyoiyya” asari Sharq grammatik merosining muhim qismi
hisoblanadi. Uning amaliy yondashuvga asoslanganligi asarni o’z davrida mashhur qilgan va
keying avlodlar uchun ham qimmatli manba sifatida saqlanib qolgan. Bu asar Jomiyning ilmiy
salohiyati va tilshunoslikka qo’shgan hissasini yaqqol namoyish etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
4
Muhammad at-Tantoviy. Nash’atu-n-nahvi va ta’rixu ashhuri-n-nuhhati. – Misr: Daru-l-maorif, 2005. – B. 325.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
177
1.
Abdurahmon Jomiy. Favoiduz ziyoiyya fi sharhi Kofiya. – Tehron: Intishoroti Ilmiyya,
1990.
2.
Anvarov A. Jomiy va uning nahv ilmiga qo’shgan hissasi. – Toshkent: Fan, 2001.
3.
Ibn Hojib. Al-Kofiya fi an-Nahv. – Qohira: Al-Maktaba al-Asriyya, 2005.
4.
Mahmudov N. Arab grammatikasining rivojlanish bosqichlari. – Toshkent: Universitet
nashriyoti, 2005.
5.
Muhammad at-Tantoviy. Nash’atu-n-nahvi va ta’rixu ashhuri-n-nuhhati. – Misr: Daru-l-
maorif, 2005.
6.
G’ulomov N. Arab tilshunosligining asosiy yo’nalishlari. – Toshkent: O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi, 2003.
7.
Shomuhammedov Sh. Abdurahmon Jomiy hayoti va ijodi. – Toshkent: 1963.