TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHLARNING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYALARI

Annotasiya

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirish kompetensiyalari mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal qilish, ijobiy fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy ko‘nikmalarini mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining kreativlikni rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
136-138
46

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Uzaqova Ziyoda Farxod qizi. (2025). TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHLARNING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYALARI. Ilm Fan Xabarnomasi, 6(1), 136–138. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69502
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirish kompetensiyalari mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal qilish, ijobiy fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy ko‘nikmalarini mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining kreativlikni rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

136

TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIDA O‘QUVCHLARNING KREATIV

QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISH KOMPETENSIYALARI

Uzaqova Ziyoda Farxod qizi

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ

qobilyatlarini rivojlantirish kompetensiyalari mavzusi atroflicha yoritib berilgan. Muamolarni hal

qilish, ijobiy fikrlash, texnik va dizayn bilimlarini shakllantirish kabi kompetensiyalar orqali

o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga va inovatsion yondashuvlar asosida ijodiy

ko‘nikmalarini mustaxkamlashning samarali usullari ko‘rsatilgan. Maqola texnologiya fanining

kreativlikni rivojlantirishdagi o‘rni va uning o‘quvchilarga kelajakdagi texnologik o‘zgarishlarga

tayyorlanishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.

Kalit so‘zlar:

texnologiya fani

,

kreativ qobiliyat, loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash,

axborot texnologiyalari, muamolarni hal qilish, jamoaviy ish.

Kirish

Bugungi kun ta’lim tizimida o‘quvchilarni mustaqil, ijodkor va innovatsion fikrlaydigan

shaxs sifatida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab kechayotgan

texnologik va ijtimoiy o‘zgarishlar inson faoliyatining barcha sohalarida kreativlikka bo‘lgan

ixtiyojini oshirmoqda. Shu sababli, ta’lim jarayonida kreativ qobilyatlarni rivojlantirishga

alohida e’tibor qaratilmoqda. Kreativlik-bu yangi va orginal g‘oyalarni yaratish, noan’anaviy

yondoshuvlarni topish va muammolarni innovatsion usullarda hal qilish qobilyati bo‘lib,

zamonaviy ta’lim tizimida zarur bo‘lgan kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonda

texnologiya fani darslari alohida ahamiyatga ega. Mazkur maqolada texnologiya darslarida

o‘quvchilarning kreativ qobilyatlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, metodlari va

usullari yoritilgan. Mazkur tadqiqot maqsadi-texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ

qobiliyatlarini rivojlantirish imkonyatlarini aniqlash, ushbu jarayonni tashkil etishdagi

yondashuvlarni o‘rganish va tahlil qilishdir.

Asosiy qism

Texnologiya fani va kreativlikning o‘zaro aloqasi uzviydir. Texnologiya fani

o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlab, ularning kreativlik qobiliyatlarini

rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bu fan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini yaratishda, yangi texnik

yechimlarni topishda va ijodiy loyihalar ishlab chiqishda yordam beradi. o‘quvchilarning

kreativligi nafaqat badiiy g‘oyalar yaratish, balki tizimli muammolarni hal qilishda

yondoshuvlarini o‘zgartirishda ham o‘z ifodasini topadi. Kreativlikni rivojlantirishda texnologiya

fani ikki asosiy jihatni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘quvchilarga yangicha, ilg‘or

texnologiyalarni o‘rganish va ulardan foydalanish imkoniyatini beradi, ikkinchidan, bu

texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning ijodiy va fikrlash qobilyatlarini shakllantiradi.

Texnologiya fanida o‘quvchilarga nafaqat matematik va fizika ko‘nikmalarini

o‘zlashtirish balki bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash va kreativ yechimlar ishlab chiqish

imkoniyatlari beriladi. Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishda metodik yondashuvlar

qo‘llaniladi. Bu metodlar o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda samarali


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

137

vostalar hisoblanadi. Loyiha asosida o‘qitish: bu metod orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini

amaliyotga tadbiq etib, turli texnik yechimlar yaratadilar. Loyiha asosida o‘qitish, shuningdek

o‘quvchilarga jamoaviy ish, ma’suliyat va muammolarni hal qilishda innovatsion yondashuvlarni

qo‘llashga imkon beradi. Loyiha dasturlari orqali o‘quvchilar amaliy vazifalarni yechishda o‘z

kreativ qobiliyatlarini ko‘rsatadilar.

Muammoli ta’lim: bu yondashuvda o‘quvchilar real muammolarni tahlil qilib, ularni hal

qilishda ijodiy yondashuvlarni ishlab chiqadilar. Muammoli ta’lim o‘quvchilarga analitik

fikrlash, tanqiduy tahlil qilish va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol

metodlar o‘quvchilarga dars jarayonida faol ishtirok etish imkonini beradi. “Aqliy hujum” , rolli

o‘yinlar, guruhli faoliyatlar orqali o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini ochiq ifodalash, muammolarni turli

nuqtai nazardan ko‘rib chiqish va boshqalar bilan hamkorlikda ishlashni o‘rganadilar.

Texnologiya fani va axborot texnologiyalari chambarchas bog‘liq hisoblanadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli vositalar texnologiya fanida kreativlikni

rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Kompyuter dasturlari, 3D- modellash, elektron resurslar va

internet texnologiyalari o‘quvchilarga o‘z ijodiy g‘oyalarini amalga oshirishda yordam beradi.

Bu vositalar orqali o‘quvchilar amaliy loyihalar yaratishda, yangi texnologiyalarni o‘rganishda

va innovatsion yechimlar ishlab chiqishda o‘z ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Texnologiya

fanida zamonaviy dasturlar, masalan, CAD (kompyuter yordamida dizayn) dasturlari, 3D

printerning qo‘llanilishi va boshqa yuqori texnologiyalarorqali o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini

ob’ektlarga aylantirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarning ijodiy

imkoniyatlarini kengaytiradi va texnik fikrlashlarini rivojlantiradilar.

Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish uchun darslarda pedagogik yondoshuvlar muhim

rol o‘ynaydi. o‘quvchilarni kreativ fikrlashga yo‘naltirishda quyidagi yondashuvlar samarali

hisoblanadi:

Muammolarni tahlil qilish va innovatsion yechimlar topish. o‘quvchilarga real va hayotiy

masalalarni taqdim etish, ularni tahlil qilib kreativ yechimlar ishlab chiqishga undash. Bu orqali

o‘quvchilarning fikirlashini kuchaytirish va ijodiy qobiliyatlaruni rivojlantirish mumkin.

Jamoaviy ish va hamkorlik esa o‘quvchilarga guruh bo‘lib ishlash imkoniyatini berib, ularni

jamoaviy fikrlash va ijodiy qarorlar qabul qilishga rag‘batlantirish kreativlikni rivojlantirishda

muhimdir.

Fanlararo yondashuv: Kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishda fanlararo yondashuvining

ahamiyati katta. Texnologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi o‘quvchilarning bilim

doirasini kengaytiradi va yangi ijodiy g‘oyalar yaratishda yordam beradi.

Xulosa

Texnologiya fani darslaridan kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish o‘quvchilarni

nafaqat amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi, balki, ularning kreativ fikrlash va innovatsion

yechimlar yaratish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Shu bois texnologiya fanining o‘quv

jarayonidagi ahamiyatini kuchaytirish, darslarni innovatsion tashkil etish o‘quvchilarning nafaqat

ijodiy salohiyatini oshiradi, balki ularni zamonaviy jamiyat talablari darajasida rivojlanishga

yordam beradi. Texnologiya fanining ijodkorlik bilan

bog‘liq imkoniyatlaridan to‘liq

foydalanish kelajakdagi innovatsion rivojlanishga mustahkam poydevor yaratadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

138

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish

metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami.

2.

Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik

komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b.

3.

Kadirova N.M “ Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar kreativ faoliyatini tashkil etish

masalalari” 2020 Toshkent

4.

Tursunov J.E “Texnologiya darslarida o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish” 2021.

Qo‘qon davlat pedagogika instituti nashri.

Bibliografik manbalar

Abdurasulova A.M “Texnologiya fani bo‘yicha kreativ qobilyatlarni rivojlantirish metodik tavsiyalari” 2022. Samarqand ilmiy anjumanlar to‘plami.

Iѕhmuradova G., Raхmatov A. Teхnologik ta’lim o‘qituvchiѕining didaktik va teхnologik komрetenѕiyalarini takomillaѕhtiriѕh, monografiya INTELLEKT: 2022.-134 b.

Kadirova N.M “ Texnologiya fani darslarida o‘quvchilar kreativ faoliyatini tashkil etish masalalari” 2020 Toshkent

Tursunov J.E “Texnologiya darslarida o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish” 2021. Qo‘qon davlat pedagogika instituti nashri.