FERMER XO’JALIKLARINING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLINI OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR

Аннотация

Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Mamlakatimizda dehqonlar va fermer xo’jaliklarining jamiyat miqyosidagi o’rnini oshirish borasidagi hukumat ishlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
104-105
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Do’snazarov Mirjalol. (2025). FERMER XO’JALIKLARINING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLINI OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR. Научный информационный бюллетень, 6(1), 104–105. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/ifx/article/view/69509
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Mamlakatimizda dehqonlar va fermer xo’jaliklarining jamiyat miqyosidagi o’rnini oshirish borasidagi hukumat ishlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

104

FERMER XO’JALIKLARINING JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLINI

OSHIRISH BORASIDAGI SA’Y-HARAKATLAR

Do’snazarov Mirjalol

Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i

Annotatsiya:

Ushbu maqola fermer xo’jaliklarining jamiyat hayotida tutgan o’rni va rolini

oshirish borasidagi sa’y-harakatlar borasidagi fikrlar yoritilgan. Mamlakatimizda dehqonlar va

fermer xo’jaliklarining jamiyat miqyosidagi o’rnini oshirish borasidagi hukumat ishlar haqidagi

ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Fermer xoʻjaligi, Dehqon xoʻjaligi, chorva moli, sugʻorilmaydigan (lalmikor)

yerlar, mahsulot sotish va eksportga chiqarish.

Fermer xoʻjaligi

xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi

mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiy-iqtisodiy

mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab

chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va

yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va

ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va sharhi bo’lib hisoblanadi. Bu faoliyat o’ziga xos

tamoillar

bilan

belgilanadi.

Ilk

va

mukammal

shakldagi

Fermer

xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh

yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi.

XX asrning 1920—1930-yillari AQSH, Kanada, Buyuk Britaniyada, 1950—1960-yillarda esa

rivojlangan. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan

bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining

asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy

mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari

va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki

hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindosh urugʻlari va mavsumda

yollanma ishchilar mehnat qiladi.

Oʻzbekistonda dastlabki fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul

qilingan „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil

etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va

mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 1990-yillarning oxirlaridan

boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar

Oʻzbekiston Respublikasining „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi

taxrirda 2004-yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi.

Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari

50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer

maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik,

uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan.

Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli

bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

105

ijaraga

beriladigan

yer

uchastkalarining

eng

kam

oʻlchami Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi

sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan

yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1

ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band

boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil

qildi (2004-yil 1-yanvar).

Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi ham jamiyat hayotida fermer xo’jaligi faoliyatini

yuksaltirishga qaratilgan birlashma hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer

xoʻjaliklari uyushmasi — OʻzRdagi dehqon va fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy uyushmasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlikni, kichik va

oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-apreldagi qaroriga koʻra tashkil etilgan. Uyushma

boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Uyushmaning asosiy vazifalari: dehqon va fermer

xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish; xoʻjaliklarni shartnoma asosida urugʻlik,

oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor mollar va b. resurelar bilan taʼminlash; xoʻjaliklarga ishlab

chiqarish, texnologiya, transport, yuridik, axborot, marketing xizmatlari va boshqa xizmatlar

koʻrsatish; yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;

dehqon va fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash,

lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish, banklar va turli jamgʻarmalardan imtiyozli

asosda kreditlar va mikrokreditlar olishda yordam koʻrsatish va boshqalar. Uyushmaning

Qoraqalpogʻiston Respublikasi uyushmasi, viloyat (12) hamda tuman (116) vakilliklari mavjud.

Uyushma safida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan 43,8 ming fermer xoʻjaligi, 1,8 mln.

dehqon xoʻjaligi (ularning 8266 tasi yuridik shaxs makrmida) bor (2001). Uyushmaning

tavsiyasi bilan joylardagi hududiy vakilliklar qoshida 25 ta mukrbil mashina-traktor parklari

(MTP) tashkil qilinib, fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatmoqda. Mahsulot sotish va eksportga

chiqarish boʻyicha 98 kooperativ korxona tashkil qilingan.

Xulosa sifatida aytadigan bo’lsak, mamalakatimizda fermer xo’jaliklari faoliyati va uni

dehqonlar tomonidan davlat sherikchilik asosida shakllantirish hamda jahon standartiga mos

faoliyat turiga aylantirish davr va xalq talabi hisoblanadi. Biz bilamizki jamiyatda fermer

xo’jaliklarining xalqimiz iste’mol tovarlarini yetkazib berish va davlatimizni iqtisodiy

yuksaltirishdagi o’rni beqiyos bo’lib hisoblanadi.

Adabiyotlar ro’yxati

1. Abdug‘aniev A, Abdug‘aniev A.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. - Т.: O‘zbekiston Y

ozuvchilar uyushm asi Adabiyot Jamg‘arm asi, 2004-304 b.

2. Salimov B.T. va boshqalar. Dehqon va fermer xo‘jaliklari iqtisodi.- T.: O‘zbekiston

Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi, 2004- 176b.

3. Модель "Сельская профильная школа"- М.: АПК и ППРО, 2004-32 ст. 4. Экономика

сельского хозяйства. Учебник, под.ред. Коваленко. Н.Я.М.: -Юркнига, 2004-392 ст.

5. Zokirov О, Pardaev, Qishloq xo ‘jalik iqtisodiyoti. Darslik,- T.: UAJBNT markazi 2003-456 b.

Библиографические ссылки

Abdug‘aniev A, Abdug‘aniev A.A. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti. - Т.: O‘zbekiston Y ozuvchilar uyushm asi Adabiyot Jamg‘arm asi, 2004-304 b.

Salimov B.T. va boshqalar. Dehqon va fermer xo‘jaliklari iqtisodi.- T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot Jamg‘armasi, 2004- 176b.

Модель "Сельская профильная школа"- М.: АПК и ППРО, 2004-32 ст. 4. Экономика сельского хозяйства. Учебник, под.ред. Коваленко. Н.Я.М.: -Юркнига, 2004-392 ст.

Zokirov О, Pardaev, Qishloq xo ‘jalik iqtisodiyoti. Darslik,- T.: UAJBNT markazi 2003-456 b.