Авторы

  • Arabova Matlubaxon Jumayevna
    Andijon viloyati Izboskan tumani 11-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.69095

Ключевые слова:

kreativlik qobiliyat layoqat tadqiqotchilik tahlil kreativ topshiriqlar interfaol metodlar.

Аннотация

Ushbu uslubiy tavsiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning kreativ faollogini oshirish, zamon talabiga mos bilim samaradorligini shakllantirish yuzasidan ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

50

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV FAOLLIGINI OSHIRISH

YUZASIDAN USLUBIY TAVSIYALAR

Arabova Matlubaxon Jumayevna

Andijon viloyati Izboskan tumani 11-maktab

boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Anatatsiya:

Ushbu uslubiy tavsiyada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning kreativ faollogini

oshirish, zamon talabiga mos bilim samaradorligini shakllantirish yuzasidan ma’lumotlar

keltirilgan.

Kalit so’zlar:

kreativlik, qobiliyat, layoqat, tadqiqotchilik, tahlil, kreativ topshiriqlar, interfaol

metodlar.

Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga

keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va

hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar,

tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun

odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda

bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.

Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmunini bilish

lozim. Kreativlik inglizcha “create”dan olingan bo‘lib, yaratish ma’nosini bildiradi. Kreativlik

deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati

tushuniladi. Uning tagzamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek,

kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakursdan

yondashishni anglatadi. Kreativlik shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri,

ma’naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi, u shaxs ega bo‘lgan bilimlarning ko‘pqirrali

ekanligida emas, balki yangi g‘oyalarga intilish, o‘rnatilgan stereotiplarni isloh qilish va

o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar

chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, berilgan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib

bo‘lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g‘oyaning paydo bo‘lishi asosiy shartdir.

Masalan, ingliz tilida so‘zlarni yodlab, grammatika qoidalarini “suv qilib ichib yuborgan”

bo‘lsangiz ham, insho yozolmasangiz, barchasi bekor. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida

tasavvur muhim rol o‘ynaydi. Albert Eynshteyn “Tasavvur — bilimdan muhim” deganida aynan

mana shu jihatni nazarda tutgan. Ko‘pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson

xayoliga keladi. Buning uchun, avvalo, fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham

berilishi lozim.

Darsni interaktiv va qiziqarli tarzda o‘tkazish uchun 5 ta layfxak:

1. Samarali boshlash muvaffaqiyat kalitidir. Darsni har doim g‘ayrioddiy va qiziqarli tarzda

boshlang. Aynan shu daqiqada siz nostandart usullardan "to‘liq" foydalanishingiz mumkin.

Masalan, uy vazifasini zerikarli so‘rov o‘rniga, blits-turnir, mini-test o‘tkazing, musobaqa tashkil

qiling. Agar mavzu yangi bo‘lsa, unda siz darsni ushbu mavzu bo‘yicha qiziqarli faktlar bilan

boshlashingiz mumkin.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

51

2. Darsni o‘quvchilaringizning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtiring.

Har bir darsni rejalashtirish uchun turli xil variantlar foydalaning! Siz nafaqat sinfda faollarni,

balki darsda tez-tez "esnaydigan", ortda qolayotgan o‘quvchilarni ham jalb qilishingiz kerak!

Hamma uchun to‘g‘ri keladigan nimadir o‘ylab toping va texnikadan foydalaning!

3. O‘yin elementlarini qo‘shing. Har doim va har qanday sinfda ham o‘yin - ajoyib variantdir.

Chunki o‘yinli darslar har qanday yoshdagi maktab o‘quvchilarini ham birdek jalb qila oladi.

Shu sababli darsga to‘g‘ri keluvchi o‘yinlar o‘rganishga harakat qiling!

4. Stereotiplarni buzing! Darslarni odatiy doiraga o‘tkazmang: ma‘ruza, so‘rov va hokazo.

Darsni boshqacha tuzishga harakat qiling. O‘quvchilarning darsga qiziqishi yo‘qligi ko'pincha

ular darsning barcha bosqichlarini oldindan bilishlari bilan bog‘liq. Shunday ekan, shakllarga

amal qilmang.

5. O‘quvchilarni yangi mavzuni tushuntirishga jalb qiling! O‘zlari izlab ma’lumot topish, tayyor

tushuntirishni tinglashdan ko‘ra bilimni koʻproq mustahkamlaydi. O‘quvchilar ishlasin! Buni

amalga oshirish uchun keyingi mavzu bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni topish vazifasini bering.

Yoki dars davomida, o‘quvchilarning o‘zlarining hayotiy tajribasiga murojaat qiling.

O‘quvchilarni kreativ faolligini oshirishda quyidagi o‘yin usulidagi interfaol metodlardan

foydalanishni tavsiya qilaman:

"Bo‘g‘in” o‘yini.

O‘quvchilarning tezkor fikrlashlari, so‘z boyligini aniqlash maqsadida

bu o‘yin o‘tkaziladi. Bunda birinchi aytilgan so‘zning oxirgi bo‘g‘imi keyingi so’zning birinchi

bo‘g‘imiga to‘g‘ri kelishi kerak bo‘ladi. Misol uchun, Maktab – tabrik, rassom – somsa va

hokazo.

Maqol” o‘yini.

O‘quvchilarni rag’batlantirish va maqollarni bilish darajasini aniqlash maqsadida

o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘yin shartini aytmagan holda talabgor o‘quvchilarni doskaga taklif etadi.

O‘quvchilar istaganicha doskaga chiqishi mumkin. O‘qituvchi birinchi o‘quvchiga bejirim

karopka beradi, o‘quvchi maqol aytib uni sherigiga uzatadi. Karopkani olgan o‘quvchi maqol

aytib yana keyingi sherigiga tutqazadi. Maqol aytolmagan yoki aytilgan maqolni takrorlagan

o‘quvchi o‘rniga o‘tiradi. O‘yin bitta o’quvchi qolgunicha davom ettiriladi. Oxirgi qolgan

o‘quvchi g‘olib bo‘lish uchun maqol aytadi va karopkani ochib ichidagi o‘qituvchi tayyorlagan

sovg‘aga ega chiqadi.

“Kim g’olib?” o’yini

. 1-bosqich. Ushbu o‘yin o‘quvchilarni o‘tilgan mavzu yuzasidan olgan

bilimlarini yanada mustahkamlashga undaydi. Asosiysi, o‘quvchilar ham g‘oliblik uchun, ham

ko‘proq bilim olish uchun kurashadilar.

2-bosqich. O’quvchilarni ikki guruhga bo‘lasiz va nomlaysiz. Ularga o‘tilgan mavzu yuzasidan

ketma-ket ma’lumot aytishlarini aytasiz va tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ma’lum vaqt ajratasiz..

3-bosqich. Qaysi guruh a’zolari mavzu yuzasidan ko‘proq va mazmunli ma’lumotlar aytgan

bo‘lsa g‘olib deb e’lon qilasiz.

Maktabda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati juda katta. Maktablar

yoshlarga o‘z iste’dodlarini, shu jumladan ijodiy qobiliyatlarini kashf etish, rivojlantirish va

aniqlashda yordam berishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Maktablar bolalarni o‘zlari yashaydigan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

52

jamiyatning bir qismi ekanliklarini va uning rivojlanishiga hissa qo’shadigan ijodiy

imkoniyatlarga ega ekanliklarini his qilishlarida muhim ahamiyatga ega.

Aktiv dars muhitini hosil qilish uchun o‘qituvchilarga quyidagi 5 ta usulni amalda qo’llashlarini

tavsiya qilgan bo’lar edim:

1. Darslaringizga "sir" qo'shing. O‘quvchilar ularni darsda nima kutayotganini bilishmasa,

o‘rganish judayam qiziqarli bo‘ladi. Darslaringizni jumboqli va sirli savollar bilan boshlashga

harakat qiling. Yoki yangi mavzuni boshlashdan avval bo‘lganingizda, o‘quvchilarga darslikda

bo‘lmagan butkul yangi ma‘lumotni bering.

2. O'quvchi hayoti bilan bog'lang.O'quvchilaringiz o'rganayotgan narsalarga real aloqani

yaratishga harakat qiling. Bu ularga mavzuni nega o'rganishi kerakligini yaxshiroq tushunishga

yordam beradi. Misol uchun, "Siz pul haqida o‘rganyapsiz, chunki hayotda siz qanday qilib oziq-

ovqat sotib olib, to‘lovingizni to‘lashni bilishingiz kerak". Bunday aniqlik mavzuni muhimlilik

darajasini oshiradi va o‘quvchi yanada diqqatliroq bo'ladi.

3. Sinf o‘yinlarini yarating. O‘quvchilaringiz nechanchi sinf bo‘lishingizdan qat’i nazar, o‘yinlar

darsni qiziqarli o‘tkazishning ajoyib usuli hisoblanadi. Shu sababli, darsingizda metodik

o‘yinlardan ko‘proq foydalaning! Bu nafaqat dars samarasini oshiradi, shuningdek o‘quvchilar

ushbu darsdan haqiqatdan zavqalanadilar!

4. Texnalogiylardan foydalaning.Texnologiyalar darslarni qiziqarli o‘tkazish uchun ajoyib

usuldir. Bolalar elektronikani yaxshi ko‘radilar, shuning uchun uni umumiy ta’lim

strategiyangizga ularni kiritishga harakat qiling. Doskaning oldida turish va ma’ruza qilishning

o‘rniga, interfaol texnalogiyalardan foydalaning.

5. "Kreativlik" bilan yondoshing.Darsingiz qanchalik qizg‘in ruhda o‘tishi va undan maksimal

darajada samara olish avvalo sizga bog‘liq! Siz pedagog sifatida kreativ bo‘lishingiz, har bir

darsingizni qiziqarliroq va tushunarliroq o‘tishini ta’minlashingiz kerak va siz bunga majbursiz!

Shunday ekan o‘zgarishni birinchilardan bo‘lib boshlang!

Kreativ fikrlash oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni

yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab-quvvatlaydi. Kreativ fikrlash

bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi

qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

O‘qituvchilar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shartsharoitlarni bilishlari

va oʻzlari ham oʻquvchilarga fikrlashda koʻproq ijodiy yondashishga yordam bera olishni

bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz

navbatida, o‘qituvchilarga taʼlim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun

muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar

asosida shakllantirilib, oʻquvchilar kompyuter platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va

yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.

Xulosali fikrga keladigan bo‘lsak, ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga

bogʻliq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda

birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi

zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun, ham takomillashtirish va

muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat. O‘quvchilarning kreativ fikrlash koʻrsatkichlari

ularning tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir.

Xuddi o‘quvchi ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham

kompyuterlashgan testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya) maʼlumotlar

asosida tahlil qilish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 1, Fevral 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

53

1. Toshtemirova S. A. (2020). Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida //

Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5

2. https://t.me/Krepeduz

3. Abdullayeva K. Milliy boshlang`ich maktab qanday bo`ladi? // Ma`rifat.2016. 4-soni

4. Пора добрых перемен // Учителъ Узбекистана. 2019.04.

5. Nikolay Pirogov. Педагогическийе сочинениею. M.1957.

Библиографические ссылки

Toshtemirova S. A. (2020). Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida // Uzluksiz ta'lim. № 1 (86). - S.5

Abdullayeva K. Milliy boshlang`ich maktab qanday bo`ladi? // Ma`rifat.2016. 4-soni

Пора добрых перемен // Учителъ Узбекистана. 2019.04.

Nikolay Pirogov. Педагогическийе сочинениею. M.1957.