ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
25
BUXORO AMIRLIGI HUDUDIDA YASHAGAN XALQLARNING ETNIK TARKIBI
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Buxoro amirligi hududida yashagan xalqlarning etnik tarkibi,
ularning tarixiy shakllanish jarayonlari va madaniy hayoti tahlil qilingan. Amirlikdagi etnik
guruhlar, jumladan, o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkmanlar, arablar va boshqa millatlarning
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘rni hamda o‘zaro munosabatlari ko‘rib chiqilgan.
Maqolada tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va etnografik ma'lumotlar asosida mintaqaning ko‘p
millatli tarkibining xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Buxoro amirligi, etnik tarkib, o‘zbeklar, tojiklar, turkmanlar, etnik xilma-xillik,
tarixiy manbalar, ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniy tarix.
Abstract:
This article analyzes the ethnic composition of the peoples living in the territory of the
Bukhara Emirate, the processes of their historical formation and cultural life. The role and
mutual relations of ethnic groups in the emirate, including Uzbeks, Tajiks, Kazakhs, Turkmens,
Arabs and other nationalities in socio-political and economic life, are considered. The article
highlights the features of the multinational composition of the region based on historical sources,
archival documents and ethnographic data.
Keywords:
Bukhara Emirate, ethnic composition, Uzbeks, Tajiks, Turkmens, ethnic diversity,
historical sources, socio-political life, cultural history.
Аннотация:
В данной статье анализируется этнический состав народов, проживающих на
территории Бухарского эмирата, процессы их исторического формирования и культурной
жизни. Рассмотрена роль этнических групп эмирата, в том числе узбеков, таджиков,
казахов, туркмен, арабов и других национальностей в общественной, политической и
экономической жизни, а также их взаимоотношения. На основе исторических источников,
архивных документов и этнографических данных в статье описываются особенности
полиэтнического состава региона.
Ключевые слова:
Бухарский эмират, этнический состав, узбеки, таджики, туркмены,
этническое разнообразие, исторические источники, общественно-политическая жизнь,
история культуры.
Kirish.
Buxoro amirligi, Markaziy Osiyoning muhim tarixiy davlatlaridan biri sifatida, uning
hududida yashagan xalqlarning boy va rang-barang etnik tarkibi bilan ajralib turadi. Amirlik
hududi asosan hozirgi Oʻzbekiston, Tojikiston, va qisman Turkmaniston hududlarini qamrab
olgan boʻlib, uning yerlarida turli davrlarda koʻplab elatlar va xalqlar yashagan. Bu yerda
yashagan aholining etnik xilma-xilligi nafaqat tabiiy-geografik sharoitlar, balki savdo yo‘llari,
madaniy aloqalar va siyosiy jarayonlar orqali shakllangan. Bu hududda yashovchi aholi savdo,
hunarmandchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan, bu esa amirlikning iqtisodiy
barqarorligiga va madaniy boyligiga hissa qo‘shgan. Hududning strategik geografik joylashuvi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
26
va xalqaro savdo yo‘llarining kesishmasida joylashgani bu etnik xilma-xillikni shakllantirishda
muhim rol o‘ynagan.
Tatqiqot metodologiyasi:
Qiyoslash, taqqoslash, solishtirish.
Adabiyotlar tahlili:
Mavzuni yoritish uchun bir nechta ilmiy asar va maqolalardan, shu bilan birga xorijiy
adabiyotlardan ham keng foydalanildi. Jumladan, Bahodir Eshovning “O’zbekistonda davlat va
mahalliy boshqaruv tarixi”, Jamshid Shodiyevning “Buxoro amirligi davlatchiligining
rivojlanishi”, Akbar Zamonov va Alisher Egamberdiyevning “Buxoro amirligi tarixi” shu bilan
birga, Amir Olimxonning ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’ kabi manba va asarlar taxlil qilinadi.
Muhokama va natijalar:
Ma’lumotlarga ko’ra, Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez
ko’paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib, amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-
yillariga kelib taxminan 2,5 mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60
mingdan ziyodroq, Samarqand shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.
Amirlik aholisining katta qismini o’zbeklar tashkil qilgan bo’lib, juda ko’plab o’zbek urug’lari
vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashagan. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,
Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog’li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh,
Hisor, Qorategin, Ko’lob, Shahrisabz, Qo’bodiyon, Yakkabog’ bekliklarida, Zarafshonning
yuqori qismida istiqomat qilganlar. Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan
katta qismini tashkil etgan. Ular amirlikka qarashli bo’lgan Amudaryoning ikki qirg’og’ida
joylashgan yerlarda, ya’ni amirlikning janubiy va g’arbiy hududlarida istiqomat qilishgan.
Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashkil etgan bo’lib, ular asosan
Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.[1] Buxoro amirligi hududida hindlar, eroniylar,
yahudiylar, lo’lilar, afg’onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham istiqomat qilganlar. Bu
hududda istiqomat qilgan nomahalliy xalqalar, jumladan, hindlar va yahudiylar ijtimoiy qatlam
sifatida to’la huquqqa ega emas edilar va ular alohida mavzelarda yashaganlar. Amirlikda o’troq
aholidan tashqari tog’oldi va dasht hududlaridako’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi ham
yashagan.[2] Buxoro amirligida mahalliy aholi bilan bir qatorda, diniy e’tiqodlari turlicha
bo’lgan turli xil xalq vakillari ham istiqomat qilishgan. Mahalliy aholi o’z vaqtida qo‘shni
mamlakatlar, uzoq-yaqin shaharlar aholisi vakillariga xayrixohlik bilan qaraganlar. Shaharlarda
turli xalq vakillariga yer ajratib berilib, bu manzillarga ularning mahallalari yuzaga kelgan.
Tarixiy adabiyotlarning xabariga ko‘ra, XIX asr o’rtalarida Buxoroda «Yahudiylar mahallasi,
shahar atrofida tatar mahalla, Afshar mahalla» va boshqalar mavjud bo’lgan. Mazkur aholining
erkin yashashi, diniy e’tiqodlari uchun tegishli sharoitlar yaratib berishgan. Yahudiylar
amirlikning Buxoro, Samarqand, Qarshi, Kattaqo‘rg‘on va boshqa yerlarida yashashgan. XIX asr
20-yillarida Buxoroda bo’lgan Y.K. Meyendorof povtaxtdagi 3 ta ko‘chada yahudiylar
yashaganligi, Samarqandda ularning alohida mahallasi borligini qayd etgan. Yahudiylar maktabi
va sinagogi Buxoroda va Samarqandda ham bo’lgan. Xonlikda shuningdek, hindlar, afg‘onlar,
ruslar, armanlar, tatarlar, forslar, qalmiqlar va boshqalarni ham uchratish mumkin bo’lgan.
Buxorodagi No‘g‘ay Saroyida ko‘p sonli rossiyalik tatarlar istiqomat qilishgan.[3] Buxoro
amirligi ahilisining etnik tarkibi xilma-xil edi. Vardonze, Samarqand, Qarshi atroflarida yashab,
amirlik bozorlariga qora va kulrang qorako’l yetkazub bergan arablar aholining uncha katta
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Fevral 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
27
bo’lmagan qismini tashkil etgan. Amir Haydar tomonidan to’rt ming marvlik oilaning
Samarqand atrofiga ko’chirilishi bilan soni ortgan forslar, turkmanlar, dasht yerlari va
mamlakatning shimolida, shuningdek, Zarafshon vodiysida yashagan qoraqalpoqlar, shimloi-
sharqda yashagan Kichik va O’rta juz qozoqlari vakillari ham aholining muayyan qismini tashkil
qilgan. Mamlakatda “Buxoro yahudiylari”, Samarqand va Qorako’l atrofida yashagan lo’lilar,
shuningdek, bu yerga turli maqsadlarda kelib, qolib ketgan ruslar, tatarlar, afg’onlar, hindlar,
qalmiqlarni ham uchratish mumkin edi. Poytaxt shaharda yahudiylarning 800 oilasi yashagan.[4]
Xulosa.
Buxoro amirligi xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va turli etnik
guruhlarning birgalikdagi yashash tajribasi nafaqat mintaqa tarixida, balki bugungi kunda ham
ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro hamjihatlik va o‘zaro hurmatning namunasini ko‘rsatadi. Bu
etnik xilma-xillik faqat tarixiy hodisa emas, balki mintaqaning madaniy merosining ajralmas
qismidir. Shu bois, Buxoro amirligining etnik tarkibini o‘rganish nafaqat o‘tmishni anglash,
balki bugungi kun va kelajak uchun muhim xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bahodir Eshov “O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Yangi asr avlodi –
Toshkent 2019
2. R.E. Xoliqova “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Rossiya – Buxoro munosabatlari”
– Toshkent 2006
3. B.J. Eshov, A. A. Odilov “O’zbekiston tarixi” II kitob (XIV asr o‘rtalaridan - XIX asr ikkinchi
yarmigacha) “Donishmand ziyosi” - Toshkent 2020
4. Akbar Zamonov va Alisher Egamberdiyev “Buxoro amirligi tarixi” – “Tamaddun” nashriyoti
– Toshkent 2022
5. Jamshid Shodiyev “Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi” - Toshkent 2010
6. Amir Olimxon ‘’Buxoro xalqining hasrati tarixi’’ – Toshkent: Fan, 1991
