ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
409
TIL DIAGNOSTIKASI: AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY TIBBIYOTDA AHAMIYATI
VA KLINIK QO'LLANILISHI
Marufxonov Xamid Mahmudovich
tibbiyot fanlari doktori, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi №2 kafedrasi dotsenti.
Aloqa uchun: +998 90 128 25 12, marufkhanov61@gmail.com
Isroilov Azizjon G‘ayrat o‘g‘li
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 3-bosqich talabasi.
Aloqa uchun: +998 90 296 29 79, isroilovazizjon145@gmail.com
Kirish.
Til diagnostikasi qadimgi tibbiyotda keng qo'llanilgan bo'lib, zamonaviy tadqiqotlar ham
tilning turli kasalliklarni erta aniqlashdagi rolini tasdiqlaydi. An'anaviy Xitoy tibbiyotiga ko'ra,
til turli ichki organlarning holatini aks ettiradi va tashxis qo'yishda muhim vosita hisoblanadi.
Ushbu tezisda til diagnostikasining nazariy asoslari, uning klinik ahamiyati hamda zamonaviy va
an'anaviy tibbiyotdagi o'rni tahlil qilinadi.
Tadqiqotning Maqsadi:
An'anaviy tibbiyotda tilga asoslangan tashxis qo'yishning zamonaviy
tibbiyot tashxislari bilan qanchalik uyg'unligini aniqlash va til rangi, qoplamasi va shaklini
aniqlash orqali kasallikka erta tashxis qo'yish imkoniyatlarini o'rganish.*--+
Tadqiqot usuli:
Toshkent shahridagi "Milliy Tibbiyot Markazi" ko'p tarmoqli klinikasida
Nefrologiya, Kardiologiya, Revmatologiya va Qon-tomir jarrohligi bo'limlaridan 18-77 yosh
oralig'idagi 48 bemor (24 erkak, 24 ayol) tanlab olindi. Bemorlarning til suratlari zamonaviy
klinik va laborator-instrumental tekshirish usullari yordamida qo'yilgan tashxislar bilan
solishtirildi.
Natijalar:
Tadqiqot natijalari 3 guruhga ajratildi: qisman mos kelganlar, to'liq mos kelganlar va
umuman mos kelmaganlar.
Revmatologiya bo'limidagi 19 bemordan 14 nafarida til diagnostikasi asosiy tashxis bilan
to'liq mos keldi.
Nefrologiya bo'limidagi 10 bemordan 1 nafarida til diagnostikasi asosiy tashxis bilan mos
kelmadi.
Qon-tomir jarrohligi bo'limidagi 10 bemordan 6 nafarida to'liq, 2 nafarida qisman mos
keldi.
Kardiologiya bo'limidagi 9 bemordan 1 nafarida til diagnostikasi asosiy tashxis bilan mos
kelmadi.
Umumiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, 48 bemorning 36 nafarida (75%) til diagnostikasi asosiy
tashxis bilan to'liq mos keldi, 2 nafarida (4%) qisman mos keldi, 10 nafarida (21%) esa umuman
mos kelmadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
410
Xulosa:
Til diagnostikasi an'anaviy tibbiyotda inson tanasining sog'lig'ini aks ettiruvchi muhim
vosita hisoblanadi. Tilda ichki organlardagi yallig'lanish, metabolik buzilishlar va patologik
o'zgarishlar kuzatiladi, bu orqali bemorning holati haqida dastlabki ma'lumot olish mumkin.
Zamonaviy diagnostika usullari rivojlangan bo'lsa-da, til diagnostikasi, ayniqsa shoshilinch
tibbiyotda, zarur tekshiruvlarni tezda aniqlash va ortiqcha tekshiruvlarni bartaraf etishda muhim
rol o'ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, til diagnostikasi bemorning ichki organlari holati
haqida etarli dastlabki ma'lumot berishi mumkin va shifokorlar amaliyotida qo'shimcha vosita
sifatida foydalidir.
