ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
404
SHERWOOD ANDERSONNING “WEINSBURG, OHIO” ASARIGA ADABIY NAZAR:
INSON RUHIYATI VA DAVRIY KECHINMALAR TALQIN
Boltayeva Dilfuzaxon Shuxrat qizi
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Ingliz tili o’qituvchisi
+998931645565
Anntotsiya:
Ushbu maqola XX asrning boshlarida yashab ijod etgan Amerikalik yozuvchi
Sherwood Andersonning hayoti va ijodi, uning o’zgacha uslubda yozilgan “Winesburg, Ohio”
(1919) asrining mohiyati va unda tasvirlangan insonlar hayoti va qahramonlarning ichki
kechinmalari to‘grisida ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar:
novella, Amerika adabiyoti, reallik, zamonaviylik, Weinsberg, asar, hikoya, obraz,
ruhiy uyg‘onish.
Sherwood Anderson XX asrning birinchi yarmidagi Amerika adabiyotida o’zining yangi
yondashuvi bilan o‘zgach iz qoldirgan va uning mashxur asri “Weinsburg Ohio” bunga yaqqol
misol bo’la oladi. Muallif haqiqatni tasvirlashda mintaqaviy tendensiyalarni yengib o‘tib,
zamonaviylikni milliy va falsafiy darajada tahlil qilishga erisha olgan va asarlarda reallikni
tasvirlagan. Novellalar to‘plamida muallifning AQShning hozirgi va kelajakdagi holatiga
nisbatan qarashlari aks etgan, tipik obrazlar ajratib ko‘rsatilgan va milliy xarakter xususiyatlari
chizib berilgan.
Sherwood Anderson o‘z asarlarida yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy narsani quyidagicha ta’riflagan:
"Bu – shaxsning ichki dunyosining bir qismi bo‘lgan orzular, istaklar, umidsizliklar, umidlar;
kundalik rutina va moddiy farovonlikka intilish orqasida yashiringan tasavvur hayoti." Faqat
o‘zining ichki sezgisiga tayanib, tahlil qilish qobiliyatiga emas, Sherwood Anderson barcha
amerikaliklar, istisnosiz, yolg‘iz odamlar ekanligini va yagona jamiyatda birlashishga
intilishlarini ta’kidlagan
Hammaga birdek ta’sir qiluvchi, fikrlarni birlashtiruvchi milliy g‘oya yo‘qligi – mana shuni
Sherwood Anderson XX asrning birinchi yarmidagi Amerika hayotining asosiy belgisi deb
hisoblagan. Uning kechinmalari "Winesburg, Ohio" (1919) novellalar to‘plamining obrazli
tizimida va g‘oyaviy muammolarida o‘z ifodasini topgan.
Sherwood Anderson XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan amerikalik yozuvchi bo‘lib, u
Ernest Hemingway, John Steinbeck kabi yozuvchilar bilan zamondosh edi. Adabiy faoliyatini
nisbatan kech boshlagan. Uning birinchi romani “Windy McPherson's Son” 1916 yilda,
yozuvchining qirq yoshga to‘lganida nashr etilib, uni darhol Amerika adabiyotida muhim shaxs
sifatida tanitdi.
1
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
405
Sherwood Andersonning bunday kech adabiy martaba boshlashidan o‘zi umuman
tashvishlanmagan. Qirq yoshga to‘lguniga qadar u ko‘plab kasblarni o‘zgartirgan: ishchi, askar,
reklama matnlarini tuzuvchi, tadbirkor bo‘lgan. Aynan shu turfa tajriba va Amerika hayotini
chuqur bilishi uni, o‘z so‘zlariga ko‘ra, “amerikalik jamiyatning tipik vakili, ularning yuksak
maqsadlarini ifodalovchi” jamiyat vakili ekanini ma’lum qildi. Sherwood Anderson o‘z
asarlarida aks ettirishga intilgan asosiy narsani insonning ichki dunyosi, hayotiy orzulari,
xohishlari, umidlari va hafsalasi sifatida belgilagan. U o‘z intuitsiyasiga tayanib, barcha
amerikaliklar aslida o‘z yolg‘izliklarini bartaraf etib, yagona jamiyatni yaratishga intilayotganini
asarlarida ta’kidlaydi.
Sherwood Andersonning kechinmalari uning 1919 yilda yozilgan “Winesburg, Ohio” novellalar
to‘plamining obrazlar tizimi va g‘oyaviy muammolarida aks etgan. Ko‘p vaqt davomida
“Winesburg” “hikoyalar to‘plami” deb atalgan, chunki u mustaqil mazmunli novellalardan
tashkil topgan. Ammo amerikalik tadqiqotchi Malcolm Cowley
uni roman va novellalar
to‘plami o‘rtasidagi janr deb atashni taklif qilgan. Shu bilan birga, sovet tadqiqotchisi M. Landor
bu asarni “novellalar ichidagi roman” deb ta’riflagan.
“Winesburg”ni “novellalar ichidagi roman”ga aylantiradigan narsa nafaqat asarda bosh
qahramon – George Willard obrazining mavjudligi, balki bu qahramonning novelladan novellaga
evolyutsiyasining ko‘rsatilganidadir.
U oddiy qahramonlardan ko‘ra murakkabroq ichki
dunyoga ega. Shu bilan birga, “Winesburg” boshqa ikkilamchi qahramonlarni ham birlashtiradi.
Bu qahramonlar ikkiga bo‘linadi: oddiy odamlar va Sherwood Anderson tomonidan “g‘aroyib
odamlar” deb atalmish obrazlar.
Winesburg aholisi o‘z kundalik ish va tashvishlarida bir-biriga juda o‘xshash. Ular bugungi kun
bilan yashaydigan, dolzarb muammolar haqida qayg‘uradigan, kam narsadan qoniqib, ko‘proqqa
intilmaydigan oddiy odamlardir. Ular uchun fantaziya begona, tasavvur yo‘q, hayotlari zerikarli
va bir xil bo‘lib, ish ko‘ngilochar tadbirlar sxemasiga bo‘ysunadi. Bu odamlar bir-biriga g‘oyat
o‘xshash bo‘lgani sababli, Sherwood Anderson bu xira olomon ichidan kimnidir ajratib
ko‘rsatmaydi va ularni ‘boshqala”, “semiz savdogarlar yoki “o‘sha odamlar” deb ataydi. Bu
odamlar Sh. Anderson novellalarining bosh qahramonlari – “grotesk” qahramonlari bilan
taqqoslaganda “boshqalar” sifatida tasvirlanadi.
“Oddiy odamlar” o‘z kundalik hayoti bilan band bo‘lib, o‘zlariga yetarli darajada yashaydilar,
lekin ularda tasavvur yoki xayol yo‘q, hayoti bir xildagi mehnat va hordiqdan iboratdir.
“G‘aroyib odamlar” esa, aksincha, xayoliy dunyoga ega, orzu qilish va ijod qilish qobiliyatiga
ega bo‘lgan insonlardir. Ular bir xil hayot tarzini rad etib, o‘z shaxsiyatini saqlab qolishga
uringanlar. Sh. Anderson bu obrazlarni amerikalik xalqning ruhiy salohiyatining ramzi deb biladi.
“Grotесk” obrazlari Amerikan millatining ulkan ma’naviy salohiyatini ifodalaydi. Vatandoshlari
bilan ma’naviy birlikka intilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish ehtiyoji “Weinsburg”da amerikalik
2
Ma’lumot: Malcolm Cowley, 1898-yil 24-avgust — 1989-yil 27-mart) — amerikalik nasriyotchi, yozuvchisi, tanqidchi, muharrir
va shoir.
3
Anderson D. Sh.Anderson: An Introduction and Interpretation. – New York, Chicago, San Francisco, Toronto, London, 1967. –
182 p.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
406
xarakterning milliy xususiyatlari sifatida aks etgan. Sherwood Anderson ХХ asrning birinchi
yarmidagi Amerikaning haqiqatini umumlashtiruvchi ulug‘ maqsad va milliy g‘oyadan mahrum
ekanligini ta’kidlaydi. U jamiyat ongida o‘zgarish zaruratini e’lon qiladi va uning asarlari
shuning uchun ham yorqin ma’rifiy xarakterga ega.
Sherwood Andersonning “Weinsburg, Ohio” asarida Amerika obrazi ulkan ma’naviy salohiyatga
ega bo‘lgan mamlakat sifatida gavdalanadi. Bu mamlakat XX asrda o‘z yo‘lini topishi va o‘ziga
xos individualligini ochib berishi kerak.
Roman novellalarining bosh qahramoni George Willard. George Willard mahalliy gazetada
muxbir bo‘lib ishlaydi. Kasbi bois u Weinsburgdagi barcha aholilar bilan muloqot qilishga
majbur bo‘ladi. Aynan u Weinsburgda oddiy odamlardan tashqari noodatiy, g‘alati odamlardan
iborat kishilar bor degan xulosaga keladi, ya’ni Sherwood Anderson “grotеsk odamlar” deb
ataganlarni ajratadi.
To‘plamning birinchi novellasi
“Qo‘llar”(Hands)da “grotеsk odamlar”dan biri
Wing
Biddlebaum hayoti hikoya qilinadi. George Willard universal xarakterga ega personaj sifatida
tasvirlanadi. U oddiy aholilar bilan ham, Weinsburgning noodatiy aholisi bilan ham “chiqishadi”
va hech qaysi tomonning jamiyatidan chetda qolmaydi. Ko‘p vaqtini oddiy aholilar orasida
o‘tkazganiga qaramay, nima uchun uni “grotеsk odamlar” bilan muloqot qilishga shunchalik
tortishini tushuntira olmaydi. Jorj na oddiy odam, na “grotеsk”dir, balki Sherwood Andersonning
o‘ziga xos amerikalik qahramon tipini ifodalaydi.
“Weinsburg”da Georgening “voyaga yetish” tarixi va uning shaxsiyati shakllanishi bosqichlari
tasvirlangan. Ushbu jarayonning kulminatsion bosqichi “Tushuncha” nomli ramziy novellada
ifodalangan. Weinsburgning “oddiy” aholisi bo‘lgan shovqinli olomon orasida Jorj o‘zini
nihoyatda yolg‘iz his qiladi:
“Katta ko‘chada odamlar go‘yo suruvdagi mollar kabi orqaga va oldinga talvasaga tushib yurar
edi. Orkestr chalardi, bolalar esa trotuarlarda yugurib, odamlarning oyoqlari orasida o‘zini
tutardi. Qizil, yog‘li yuzli yigitlar qizlarga qo‘pol ravishda yopishib olar edi. Bir do‘kondagi
xonada raqs boshlanishi kerak edi, va skripkachilar o‘z asboblarini sozlayotgan edi. Deraza
ochiq edi, va sozlangan ohanglar odamlarning shovqin-suroni va orkestr quvurlarining shovqini
bilan aralashib ketar edi. Ushbu shovqinlar yosh Willardlarning asabiga ta’sir qilardi. U atrofini
o‘rab olgan inson massasini his qilar edi. U yolg‘iz qolib o‘ylash uchun qochib ketishni xohlab
qoldi”
.
George Willard bu jamiyatda na oddiy odam, na g‘aroyib odam sifatida tasvirlangan. U mahalliy
gazetaning muxbiri sifatida barcha bilan muloqot qiladi va har ikki turdagi odamlar haqida
xulosa chiqaradi. Shu bilan birga, tabiat obrazini inson ruhiyatining uyg‘unlikka intilish ramzi
sifatida taqdim etadi.
George shovqinli olomondan qochib, shahardan yashirinib ketishni istaydi, lekin qandaydir
g‘ayritabiiy ichki his tufayli o‘zining dugonasi Helen Whiteni ko‘rgani borishga qaror qiladi,
chunki u yolg‘izligiga endi chiday olmaydi. George Helen bilan shahardan qochadi va ular tabiat
bag‘rida yolg‘iz qolishadi.
4
Winesburg, Ohio is a 1919 short story cycle by the American author Sherwood Anderson.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
407
“U shaharni tark etgach, u yerdagi har xil ishlar bilan band bo‘lgan odamlarning doimiy
harakatlaridan asabi buziladigan holat yo‘q bo‘ldi. Helenning yaqinligi Jorjning qalbini yangiladi
va tinchlantirdi. Ikki inson bir xil fikrda edi. ‘Men bu xilvat joyga kelganimda, mana shu yerda
boshqa bir insonni topdim’, bu ularning his-tuyg‘ularining mohiyati edi”
Sherwood Anderson shuni ta’kidlashni muhim deb hisoblaydi: Helen va Georgening yolg‘iz
qolgan paytlarida ular orasida jismoniy yaqinlik sodir bo‘lmadi. Ular onglarini Tabiatda erigan
haqiqatga “bog‘lay olishdi”. Ular hamma narsani unutib, tabiatdagi uyg‘unlikni, ichki birlikni
angladilar. Bu tabiat ularga eng buyuk ne’matni ularning ruhlarini birlashtirib, ularni bir-biriga
ma’naviy yaqin qilib qo‘ydi. Endi ular shaharda bir-birlarini yo‘qotmaydigan insonlar edi. Ular
ichki uyg‘unlikni, o‘z-o‘ziga bo‘lgan totuvlikni topdilar.
“Sophistication” novellasigacha George o‘zini katta dunyoda, insonlar taqdirlari orasida adashib
qolgan bir dona qum zarrasi kabi his qilardi. Uning hayoti, boshqa odamlarning hayotidan
ajratilgan holda, ma’nosiz edi. Aynan Tabiat Jorjni tushkunlikdan xalos qiladi va unga har bir
hayotda ma’no borligini tushunishga yordam beradi. Bu ma’no boshqa inson bilan ma’naviy
birlikka erishishda ekanligini anglatadi. Bu “yer yuzidagi” sevgidan ulug‘roq baxtdir. Shu bois
Tabiat Amerikaning shahar hayotiga qarshi qo‘yilgan, chunki Tabiat shaxsning tirik va
yaratuvchan tomonlarini rivojlantiradi, uyqudagi ruhni uyg‘otadi va o‘sishga undaydi.
Sherwood Anderson nazarida Tabiatni anglash voqelikni falsafiy tushunish bosqichlaridan biridir
va bu Amerika milliy xarakterini shakllantirishning muhim davri hisoblanadi.
Sherwood Andersonning “Weinsburg, Ohio” asarining g‘oyaviy mazmuni ХХ asrning birinchi
yarmidagi Amerika fikrining asosiy yo‘nalishi bilan uyg‘unlashadi. Bu davr AQSh tarixida
norozilik va o‘zgarishlar, eski narsalarni rad etish va yangi narsalar uchun kurashish, tafakkur va
izlanishlar davri edi. Ko‘pgina amerikalik madaniyat vakillari milliy ongda o‘zgarish zaruratini
his qilardilar.
Xalqaro maydonda AQSh iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil va kuchli bo‘lish bilan birga,
ma’naviy yutuqlari bilan ham o‘zini namoyon qilishi kerak edi. ХХ asr boshidagi taniqli
amerikalik ma’rifatparvar H.L. Menckenning publitsistik chiqishlaridagi asosiy mavzular —
siyosat va unga aloqador odamlar, madaniyatsizlik, ma’naviyatsizlik, johillik va qo‘pol xulq edi
.
Jurnalist va publitsist sifatidagi iste’dodi H.L. Menckenni tor dunyoqarashlarni yengishga qaratdi
va u yangi milliy ongni rivojlantirishga chaqirdi. ХХ asrning birinchi yarmidagi hujjatli badiiy
adabiyotning “intilishlariga” uyg‘un ravishda Sherwood Anderson ijodi zamonaviy voqelikning
“inqirozini” yengib, Amerikaning o‘z ma’naviy merosi bilan ulug‘ bo‘lgan davlat sifatida
dunyoga tanitilishiga ishonch bilan to‘ldirilgan.
5
Winesburg, Ohio is a 1919 short story cycle by the American author Sherwood Anderson.
6
Mencken H.L. Thirty-five Years of Newspaper Work. A Memoir / Edited by Fred Hobson, Vincent Fitzpatrick, Bradford Jacobs. –
Baltimore: The John Hopkins University Press, 1994. – 392 p. (In English)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 1, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
408
“Winesburg, Ohio” orqali Sherwood Anderson Amerika jamiyatining yangi ruhiy uyg‘onishga
va milliy birdamlikka intilish zaruriyatini ko‘rsatadi. Bu asar ta’limiy xarakterga ega bo‘lib,
milliy maqsadni aniqlashning muhimligini ta’kidlaydi.
Foydalanilgan Adabiyotlar ro‘yhati
1. Anderson D. Sh.Anderson: An Introduction and Interpretation. – New York, Chicago, San
Francisco, Toronto, London, 1967. – 182 p.
2. Е.В.Варламова «Уайнсбург, Щгайо» Шервуда Фндерсона: В поисках национальной
идентичности. Статья
3. Winesburg, Ohio is a 1919 short story cycle by the American author Sherwood Anderson.
4. Mencken H.L. Thirty-five Years of Newspaper Work. A Memoir / Edited by Fred Hobson,
Vincent Fitzpatrick, Bradford Jacobs. – Baltimore: The John Hopkins University Press, 1994. –
392 p. (In English)