Авторы

  • Sh.A.Abduraxmanova
    p.f.f.d. (PhD), dotsent Nizomiy nomidagi TDPU, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72815

Ключевые слова:

raqamli texnologiyalar inklyuziv ta’lim shaxsiylashtirilgan ta’lim masofaviy ta’lim imo-ishora tili daktil alifbo.

Аннотация

 Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim xizmatlari bozorining to‘laqonli raqobatbardoshligini oshirishda raqamli ta’lim resurslarining ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining shaxsiylashtirilishi, keng ommaga yetib borishi va ta’lim olish imkoniyatlarini oshirish orqali inklyuziv ta’limning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Raqamli ta’lim resurslarini joriy etish orqali ta’lim xizmatlarini iqtisodiy samaradorlikka erishish, yangi innovatsion yechimlarni yaratish va bozor raqobatbardoshligini oshirish mumkinligi ta’kidlanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

343

INKLUZIV TA’LIM XIZMATLARI BOZORINI TO‘LAQONLI

RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TA’LIM RESURSLARNING

AHAMIYATI

Sh.A.Abduraxmanova

p.f.f.d. (PhD), dotsent

Nizomiy nomidagi TDPU, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri

Annotatsiya:

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim xizmatlari bozorining to‘laqonli

raqobatbardoshligini oshirishda raqamli ta’lim resurslarining ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli

texnologiyalar ta’lim jarayonining shaxsiylashtirilishi, keng ommaga yetib borishi va ta’lim olish

imkoniyatlarini oshirish orqali inklyuziv ta’limning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Raqamli ta’lim resurslarini joriy etish orqali ta’lim xizmatlarini iqtisodiy samaradorlikka erishish,

yangi innovatsion yechimlarni yaratish va bozor raqobatbardoshligini oshirish mumkinligi

ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

raqamli texnologiyalar, inklyuziv ta’lim, shaxsiylashtirilgan ta’lim, masofaviy

ta’lim, imo-ishora tili, daktil alifbo.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotida Hukumatimiz tomonidan jamiyatimizda imkoniyati

cheklangan shaxslarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Shuningdek, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yosh

va barkamol sog‘lom avlodni tarbiyalashda, inkluziv ta’limga bo‘lgan intilishlarini yanada

qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar amalda o‘zining

ijobiy natijasini bermoqda. Darhaqiqat, yurtimiz kelajagi bo‘lgan barkamol sog‘lom avlod

tarbiyasida ularga yaratilayotgan ta’lim-tarbiya muassasalari bilan birga inkluziv ta’limning o‘rni

beqiyosdir.

Jahon ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida daktil va imo-ishora nutqiga asoslangan

kommunikativ kompetensiyalarni takomillashtirish, ta’limning har bir bosqichida shaxsning

shakllanishi jarayonida daktil va imo-ishora nutqi asosidagi kommunikativ kompetensiyalarni

rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. O‘qitishning intensiv

texnologiyalarini takomillashtirish, intensiv ta’lim texnologiyalari vositasida kommunikativ

kompetensiyalarni rivojlantirish, imo-ishora nutqi vositasida muloqotga kirishish, jamiyatda

ishlashga jalb etish metodlarini takomillashtirishga doir ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor

qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish

boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-oktabrdagi PQ-407-sonli qarori 5-

band uchinchi xatboshida ilgʻor xorijiy tajribaga tayangan holda oʻzbek imo-ishora tilining ilmiy

asoslarini va uning lotin yozuviga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqish hamda o‘zbek imo-

ishora tiliga o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalar, innovatsion vositalar va usullarni keng

qo‘llash vazifalari belgilanib o‘tilgan.

Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik

faoliyatimiz, balki ta’lim sohasi rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiiyki, boshqa

sohalarda bo‘lgani singari kabi raqamli texnologiyalarni ta’limda joriy etish ham uning

faoliyatini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu nafaqat ta’lim oluvchilar va pedagoglar o‘rtasidagi


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

344

munosabatlar bilan bog'liq bo‘lib qolmay, balki inklyuziv ta’lim tizimini raqamli elektron

dasturlar orqali o‘qitish usullarigacha ham yangiliklar kirityapti.

Elektron ta’lim muhitini yaratish va unda ishlash bo‘yicha respublikamiz olimlaridan

M.Aripov [6], U.Begimqulov [8], F.Zakirova [3], O.Mamarajabov [9] va boshqalar, MDH

olimlari V.V.Borisova, O.G.Nalbandyan [1], V.N.Strelsov [2], xorijlik olimlar E.Simon [13],

A.M.Patxon [12] va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.

Saule Kudubayeva tomonidan tilshunoslikning bir sohasi bo‘lgan semantika iboralar va belgilar

birikmalari orqali berilgan ma'nolarni tekshirishga qaratilgan. Muallif og'zaki va imo-ishora

tillari o‘rtasidagi o‘xshashlik darajasini o‘rganishga kirishadi, ularning asosiy farqlarini

ta’kidlaydi. Tadqiqotning asosiy maqsadi qozoq tilidagi gap qismlarining imo-ishora bilan

ifodalangandagi xususiyatlarini, fe’l va qo‘shimcha zamonlarning tarjimasini tartibga solish

tamoyillarini sinchiklab o‘rganishdan iborat. Maqolada sub’ekt-ob’ekt-predikat asosida matnni

imo-ishora tiliga tarjima qilish formulalari batafsil bayon etilgan. Sub’ekt-ob’ekt munosabatini

ko‘rsatadigan va so‘zlashda kim so‘zlovchi, “ob’ekt” yoki “sub’ekt” rolini bajarishini

aniqlaydigan misollar keltirilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, muvaffaqiyatli tarjima qilish uchun

birinchi navbatda jumlaning ma'nosini tushunish kerak. Maqola qozoq imo-ishora tili

semantikasining maftunkor olamida ham strukturaviy elementlarni, ham kontekstual jihatlarini

tushunish muhimligini ta'kidlab yakunlanadi [11].

Bugungi kunda elektron ta’lim muhitida o‘qitish ta’limni avtomatlashtirish, ta’lim

samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi usul va materiallarni loyihalash va qo‘llash yo‘li

bilan ta’lim jarayonini optimallashtirish tamoyillari asosida takomillashtirishdan iborat [10].

Elektron ta’lim muhiti bu - axborotlashgan ta’lim muhitining sinonimi sifatida

foydalanuvchilarning ta’limiy manbaalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida

zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, mutaxassislikka tayyorlash jarayonining

shaxsiy kompyuterlar, telekommunikatsiya, metodik va tashkiliy muhiti sifatida ta’riflagan [7].

Inklyuziv ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni oshirish uchun zamonaviy raqamli

texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, elektron dasturlar va

platformalar ta’lim sifati, qulayligi hamda imkoniyatlarini oshirish orqali inklyuziv ta’limni

yangi bosqichga olib chiqadi.

Raqamli elektron dasturlar ma’lum bir yo‘nalishlarda inklyuziv ta’lim xizmatlarini yaxshilashda

asosiy rol o‘ynaydi. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Shaxsiylashtirilgan ta’lim – har bir o‘quvchining ehtiyojlariga mos moslashtirilgan o‘quv

dasturlarini yaratish imkonini beradi.

Masofaviy ta’lim imkoniyatlari – jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, uzoq

hududlarda yashovchilar yoki boshqa sabablarga ko‘ra an’anaviy ta’limga kira olmaydiganlar

uchun qulay sharoit yaratadi.

Aksessibil va moslashuvchan interfeyslar – nutqni aniqlovchi, audiovizual materiallar,

matnni ovozli o‘qish funksiyalari orqali turli imkoniyatlarga ega shaxslar uchun ta’lim olishni

yengillashtiradi [5].

Inklyuziv ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun

raqamli texnologiyalar muhim rol o‘ynaydi. Elektron ta’lim dasturlari ta’limga teng imkoniyat

yaratish, o‘quv jarayonini soddalashtirish va ta’lim xizmatlarini kengroq auditoriyaga taqdim


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

345

etish imkonini beradi. Shu sababli, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy qilish orqali inklyuziv

ta’lim sohasida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.

Inklyuziv ta’lim bozorida raqamli texnologiyalar keng qamrovli auditoriyaga yetib borishi, arzon

va tejamkor yechimlari, innovatsion raqobat muhiti jihatlarda ustunlik berishi bilan ajralib turadi.

Bunda:

Keng qamrovli auditoriyaga yetib borish – raqamli platformalar milliy va xalqaro

darajada ta’lim xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

Arzon va tejamkor yechimlar – raqamli texnologiyalar orqali ta’lim jarayoni iqtisodiy

jihatdan samarali bo‘lib, qimmatbaho an’anaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Innovatsion raqobat muhiti – yangi elektron dasturlar ishlab chiqish orqali ta’lim

xizmatlari takomillashtiriladi va bozorda mustahkam o‘rin egallashga yordam beradi.

Kar va zaif eshituvchi insonlar ijtimoiy integratsiyasi nafaqat shahar muhitiga moslashish

yo‘nalishida, balki ularning hayotiga turli axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ham

amalga oshiriladi. Ushbu shaxslarning ijtimoiy integratsiyalashuvida qo‘llaniladigan axborot

texnologiyalarining turlarini farqlash lozim: bular maxsus texnik vositalar, telekommunikatsiya

texnologiyalari hamda Internet xisoblanadi.

Raqamli texnologiyalarning kirib kelishi kar va zaif eshituvchi bolalarning ko‘pgina sohalardagi

zarur axborotlarga ega bo‘lishinii osonlashtirdi. Bu sohalardan biri ta’limdir [14].

Ta’lim olish jarayonida matnlarni tushunish bilan bog‘liq muammolar tufayli kar va zaif

eshituvchi maktab internat o‘quvchilari ta’lim olish jarayonlarida to‘siq hosil bo‘ladi. Shunga

ko‘ra kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar tomonidan qabul qilingan va o‘zlashtirilgan axborot shu

yoshdagi eshituvchi o‘quvchi olgan axborotga nisbatan ma’no va miqdor jihatidan ancha past

bo‘ladi. Natijada, o‘rta maktabda o‘qiyotganda kar o‘quvchining yuqori harakatlari bilan, bitiruv

vaqtiga kelib, u sog‘lom bitiruvchisining olgan bilimidan zaifroq bo‘lgan bilimga ega bo‘ladi.

Shuning uchun yana bir muammo paydo bo‘ladi: kar va sog‘lom o‘quvchilari o‘rtasida

universitetga qabul qilishning teng bo‘lmagan shartlari. Shuning uchun eshitish qobiliyati zaif

bo‘lgan bitiruvchilarning aksariyati ishchi mutaxassisliklarni olish uchun o‘rta maxsus kasb-

hunar ta’lim muassasalarini tanlaydilar. Ular asosan: avtomobil mexanik, oshpaz, tikuvchi,

etikdo‘st, restavrator, santexnik, duradgor, bog‘bon kasblari egallab ishlaydilar.

Kar va zaif eshituvchi insonlar uchun yordamchi qurilmalar quyidagi guruhlarga ajratish

mumkin: individual va jamoaviy eshitish tuzatish qurilmalar (eshituv apparatlari, koxlearniy

implantlar, tovush-mustahkamlovchi uskunalar.).

Raqamli ta’lim vositalarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: passiv, faol va interfaol usullar.

Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish jarayonida barcha texnika vositalaridan, shu

toifadagi o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanish mumkin va

tavsiya etiladi.

- passiv texnik vositalar (o‘quv mashinalari va kompyuterlar). Ushbu texnik vositalarning paydo

bo‘lishi tufayli endi axborotni vizual va ovoz yordamida taqdim etish mumkin. O‘z ishini

raqamli texnologiyalari asosida amalga oshiruvchi ta’lim vositalarining mavjudligi zamonaviy

ta’limning o‘ziga xos xususiyatidir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

346

- faol texnik vositalar (trenajyorlar, o‘quv kompyuter dasturlari, ovoz muhandisligi qurilmalari

(til sinflari, ovoz kuchaytirgichlar va boshqalar.). Faol texnik ta’lim vositalari axborotni bilvosita

taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

- interfaol texnik ta’lim vositalari-bu o‘quv jarayoni mazmunini o‘zgartirish va shakllantirishga

imkon beradigan va talabalar bilan axborot o‘zaro ta’sirining adaptiv usuliga ega bo‘lgan o‘quv

dasturlari xisoblanadi [4].

Mamlakatimizda eshitishida muammolari bo‘lgan talabalarni o‘qitish uchun maxsus guruhlarni

jalb qilgan universitet mavjud emas. Sababi bir muammo: mamlakatimizdagi universitetlar kar

va zaif eshituvchi talabalar uchun jihozlangan emas shuningdek oliy ta’lim tizimidagi

unversitetlar va institutlarda o‘quv dasturlari karlarning ta’lim xususiyatlarini hisobga olmagan,

natijada kar va zaif eshituvchi talaba o‘zini sog‘lom talaba bilan raqobatlasha olmaydi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Борисова, В. В., & Налбандян, О. Г. (2016). Информационная система «речевые

технологии» как эффективный инструмент диагностики и коррекции речевых нарушений

детей младшего возраста. Сборник материалов Ежегодной международной научно

практической конференции «Воспитание и обучение детей младшего возраста» ( ООО

Мозаика Синтез.

2.

Стрельцов, В. Н., Налбандян, О. Г., & Борисова, В. В. (2016). Опыт применения

компьютерных технологий для коррекции речевых нарушений у учащихся начальных

классов. Инновационные проекты и программы в образовании, (5), 71.

3.

Закирова, Ф. (2023). Теоретические и практические основы методической

подготовки будущих преподавателей информатики в педагогических ВУЗах. Каталог

авторефератов,

1(1),

1–42.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/autoabstract/article/view/42548

4.

Abduxakimovna, A. S., & Mikhailovich, Y. V. (2023). APPLICATION OF

DIGITAL

LEARNING

TECHNOLOGIES

IN

VOCATIONAL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

,

22

(1),

143-145.

5.

Abduraxmanova Shaxnoza Abduxakimovna, & Saydivosilov Saidiabzal Anvar ugli.

(2023). THE NEED TO DEVELOP THE DIGITAL TECHNOLOGY SKILLS OF FUTURE

COMPUTER SCIENCE TEACHERS IN UZBEKISTAN.

World Bulletin of Management and

Law

,

23

, 64-67. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/2874

6.

Aripov, M., Sharipbay, A., Abdurakhmonova, N., & Razakhova, B. (2018).

Ontology of grammar rules as example of noun of Uzbek and Kazakh languages. In

Abstract of

the VI international conference “Modern problems of applied mathematics and information

technologyal-Khorezmiy

(pp. 37-38).

7.

Bakiyeva, Z. R. (2022). Teaching computer animation to students through an electronic

learning platform. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 26-28.

8.

Begimkulov, U. (2013). Distance teaching and pedagogical education.

Pedagogi-cal

education,-Tashkent

,

5

, 19-21.

9.

Mamarajabov Odil Elmurzaevich. (2022). Formation of students’ competence in the

use of cloud technologies in the information educational environment. World Bulletin of Social

Sciences, 8, 79-80.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

347

10.

Muratov Elvin Ilich. (2022). Problems of choosing innovative strategies for the

educational process based on empirical methods. World Bulletin of Social Sciences, 8, 101-103.

Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/732

11.

Nurzada Amangeldy,

Saule Kudubayeva,

Akmaral Kassymova,

Ardak

Karipzhanova, Bibigul Razakhova, Serikbay Kuralov: Sign Language Recognition Method

Based on Palm Definition Model and Multiple Classification. Sensors 22(17): 6621 (2022)

12.

Paxton A.M. (Curriculum and Instruction). Submitted in fulfilment of the

requirements of the Degree of Doctor of Philosophy. School of Education, College of Social

Sciences. University of Glasgow. 2020. 321 p.

13.

Simon E. The impact of online teaching on higher education faculty’s professional

identity and the role of technology: the coming of age of the virtual teacher. Doctor of

Philosophy. -2012. - 281 p.

14. Sharofat, O. R. (2023, May). Electronic learning resources and requirements for their

creation. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current

Problems of Programming.

Библиографические ссылки

Борисова, В. В., & Налбандян, О. Г. (2016). Информационная система «речевые технологии» как эффективный инструмент диагностики и коррекции речевых нарушений детей младшего возраста. Сборник материалов Ежегодной международной научно практической конференции «Воспитание и обучение детей младшего возраста» ( ООО Мозаика Синтез.

Стрельцов, В. Н., Налбандян, О. Г., & Борисова, В. В. (2016). Опыт применения компьютерных технологий для коррекции речевых нарушений у учащихся начальных классов. Инновационные проекты и программы в образовании, (5), 71.

Закирова, Ф. (2023). Теоретические и практические основы методической подготовки будущих преподавателей информатики в педагогических ВУЗах. Каталог авторефератов, 1(1), 1–42. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/autoabstract/article/view/42548

Abduxakimovna, A. S., & Mikhailovich, Y. V. (2023). APPLICATION OF DIGITAL LEARNING TECHNOLOGIES IN VOCATIONAL EDUCATION. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(1), 143-145.

Abduraxmanova Shaxnoza Abduxakimovna, & Saydivosilov Saidiabzal Anvar ugli. (2023). THE NEED TO DEVELOP THE DIGITAL TECHNOLOGY SKILLS OF FUTURE COMPUTER SCIENCE TEACHERS IN UZBEKISTAN. World Bulletin of Management and Law, 23, 64-67. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/2874

Aripov, M., Sharipbay, A., Abdurakhmonova, N., & Razakhova, B. (2018). Ontology of grammar rules as example of noun of Uzbek and Kazakh languages. In Abstract of the VI international conference “Modern problems of applied mathematics and information technologyal-Khorezmiy (pp. 37-38).

Bakiyeva, Z. R. (2022). Teaching computer animation to students through an electronic learning platform. Journal of Integrated Education and Research, 1(6), 26-28.

Begimkulov, U. (2013). Distance teaching and pedagogical education. Pedagogi-cal education,-Tashkent, 5, 19-21.

Mamarajabov Odil Elmurzaevich. (2022). Formation of students’ competence in the use of cloud technologies in the information educational environment. World Bulletin of Social Sciences, 8, 79-80.

Muratov Elvin Ilich. (2022). Problems of choosing innovative strategies for the educational process based on empirical methods. World Bulletin of Social Sciences, 8, 101-103. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/732