Ushbu maqolada o‘yinlar nazariyasining asosiy tamoyillari, xususan, ikki shaxsli nol yig‘indi o‘yinlar, bluff strategiyalari va ko‘p bosqichli o‘yinlar tahlil qilinadi. Bellman, Blackwell, Dresher, Ferguson, Kuhn va Nash kabi yetakchi olimlarning ishlari asosida strategik qaror qabul qilishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Optimal strategiyalarni aniqlashda ehtimollik, muvozanat (Gleichgewichtspunkt) va dominatsiya kontseptsiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotlar raqobatbardosh va kooperativ o‘yinlarda optimal natijalarga erishish usullarini ochib beradi.