ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
815
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA YOSHLAR IJTIMOIY PSIXOLOGIK HIMOYA
MEXANIZMLARI VA ULARNING TA'SIRI
Choriyeva Ruqiya Ikromovna
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 49-maktab psixologi
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqola axborot xavfsizligi va yoshlar ijtimoiy psixologik himoya
mexanizmlarining ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotda yoshlarning axborot
xavfsizligini ta’minlashning psixologik va ijtimoiy jihatlari, zamonaviy texnologiyalarni keng
qo‘llash va internetning tarqalishi bilan yuzaga keladigan xavflar tahlil qilinadi. Maqolada
axborot xavfsizligini ta’minlashda yoshlarni himoya qilishning muhim psixologik va ijtimoiy
mexanizmlari, ularning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, shuningdek, yoshlarning
onlayn muhitda xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan psixologik yondoshuvlar ko‘rib chiqiladi.
Maqolada axborot xavfsizligi va ijtimoiy psixologik himoya mexanizmlarining ta’sirini tahlil
qilish orqali yoshlar orasida ma’lumotlarni himoya qilish, ularning ongini shakllantirish va
xavfsiz onlayn faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola
axborot xavfsizligi sohasidagi zamonaviy muammolarni hal qilishda ijtimoiy va psixologik
yondoshuvlarni yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
Axborot xavfsizligi, yoshlar, psixologik himoya, ijtimoiy himoya, onlayn
xavfsizlik, psixologik mexanizmlar, ijtimoiy omillar, internet xavf-xatarlari, xavfsiz xulq,
texnologiyalar, o'zini himoya qilish, onlayn muhit, ta’sir, rivojlanish, psixologik yondoshuv
Sir emaski, jahonda globallashuv jarayoni tobora shiddatli tus olayotgan, dunyo
mamlakatlarining inson manfaatlariga xizmat qiladigan tom ma’nodagi demokratik yo‘lni tanlab
olishga bo‘lgan intilishlari kuchaygan bir sharoitda axborotning roli kun sayin ortib
bormoqda.Bugungi kunda ishlab chiqarish rivojini axborotsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Zamonaviy axborot tizimi kompyuter va axborot tizimi, mahalliy va global tarmoqlar, internet
tarmog‘i, multimediali texnologiyalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Ular jamiyatning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Insoniyat axborotlashuv sohasida inqilobiy o‘zgarishlarni
boshidan kechirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, axborotlashgan jamiyatda yashamoqdamiz.
Xo’sh, ayni damda ushbu shiddat bilan kechayotgan jarayonning inson psixikasiga ta’siri qanday?
degan savol tug’iladi. Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va
chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo'lida
foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat
qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan esa buning tamomila aksidir.
Globallashuv jarayonida tahdidlar masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, u barcha sohalarda bo'lgani
kabi yoshlar ongi, psixikasi hamda ma'naviyatga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Dunyoda axborot
almashinuvining o'sishi bilan yoshlar madaniyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy tahdidlar ham
insoniyat oldiga yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalar,
ayniqsa, yoshlar ongini individualizm, egotsentrizm kabi tushunchalar bilan zaharlovchi
ma'naviy-mafkuraviy tahdidlarga aylanmoqda. Bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi
yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi
globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan lekin zararini hech narsa bilan o'lchab
bo'lmaydigan ziyon yetkazishi mumkin. Jumladan, ma'naviy tahdidlarning bir ko'rinishi bo'lgan
«ommaviy madaniyat» niqobidagi tazyiqlarning yoshlar ongiga ta'siri mamlakat taraqqiyoti
uchun xavf soladi. Ayniqsa, voyaga yetmagan bolalarning turli internet klublarida o'tirishlari va
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
816
pornografik saytlarga kirishlari, mobil telefonlardan noto'g'ri foydalanib, behayo film va suratlar
olib yurishlari, bularning barchasi inson ma'naviy kamolotiga ulkan zarar keltiradi. Bugungi
globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda.
Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan
ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis
va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin
minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida
bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol
qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum
bo‘lmoqda. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni
qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar. «Xabar beruvchilar
sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar
o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on
xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar
tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning
joylashganligidan kelib chiqadi». Qarang, bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz
bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z
bilan aytganda, «jurnalist» deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni
himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi.
Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida
shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini ta’minlash
jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. «Bugungi kunda, - degan edi,
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, - insoniyat qo‘lida mavjud
bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz
yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning qalbi va ongini
egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida
emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi». Kurashning bu
turida eng samarali qurol - axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga
intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos
xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat
taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida
g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Mutaxassislarning xulosalariga
qaraganda, rahbarlar, boshqaruv xodimlari axborotlar bilan ishlashga o‘z vaqtlarining 30 foizdan
80-95 foizgachasini sarflashar ekan. Bu tabiiy holat. Chunki o‘z vaqtida va ishonchli
axborotlarga ega bo‘lish hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish va amaliyotda unumli foydalanish
samarali boshqarishni ta’minlashning sharti hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bugungi
kunda dunyo bo‘ylab o‘z manfaatlarini keng yoyishning eng maqbul usuli - axborot xurujlari
bo‘lsa, eng samarali vosita - axborot tizimlari va vositalari hisoblanadi.
Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning asl maqsadi-
yoshlarimizning qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Ushbu axborot tahdidlarining salbiy
ta’sirini kamaytirish maqsadida ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiyani uzviy holda, birga olib
borish zarur. Ta’lim berish jarayonida maqsadga muvofiq tarbiyalab borish, tarbiyalash
jarayonida ta’limga oid ma’lumotlar, usullardan o‘rinli foydalanish har doim ham dolzarb
ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitish jarayonida
asosiy e’tiborni talabalarda tanqidiy tafakkurning rivojlantirilishiga, shuningdek ularda
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
817
axborotpsixologik xavfsizlikning ta’minlanganligi, psixologik himoya mexanizmlarining
shakllanganligiga qaratish darkor.
Yosh davrlari bilan bog‘liq shaxs inqiroz holatlari mavjudligini ota-onalar inobatga olishlari,
mazkur holatlar o‘smirlik davrida alohida e’tibor talab qilishini bilishlari zarur. Globallashuv
sharoitda farzandlarimiz tarbiyasini virtual olam ixtiyoriga berib qo‘yish esa yomon oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Jamiyatimizning, mamlakatimiz fuqarolarining jismoniy, psixologik,
axloqiy, ma’naviy, madaniy jihatdan sog‘lom bo‘lishi barchamizga bog‘liqligini e’tibordan soqit
qilmasligimiz zarur. Bunda esa albatta, oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik, fuqarolik
institutlari hamkorligi kuchaytirib borilishi, barcha faol fuqarolik pozitsiyasini egallashi muhim
ahamiyatga egadir. bugungi kunda yoshlarni turli yot g‘oyalar, virtual olamning salbiy
ta’sirlaridan himoyalash e’tiborga molik, davlat siyosati darajasidagi masala ekanligidan kelib
chiqib, bu yo‘nalishdagi ishlarni susaytirmaslik, izchil va tizimli olib borish, yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni, axborot iste’moli
madaniyatini shakllantirish keng ilmiy jamoatchilik, ota-onalar va har bir ongli fuqaro oldida
turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan bunday jarayonlarda
e'tiborli bo'lish, yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlash lozim. Bunda: - ularda, turli xildagi ma'naviy
tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish; - yoshlarni ma'naviy merosimiz namunalari bilan
muntazam ravishda tanishtirib borish; - yosh bolalarga mobil telefonlar va kompyuter
o'yinlarining inson sog'ligi, ma'naviyati, ongiga yetkazadigan salbiy ta'sirlari haqida tushuntirish
ishlari olib borish lozim. Shundagina biz yoshlarimizni, shu bilan birga xalqimizni har qanday
yovuz kuchlar va ma'naviy tahdidlar to'fonidan omon saqlaymiz, ular qalbida yurtga sadoqat,
vatanga muhabbat tuyg`ularini shakllantira olamiz desak to’g’ri bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1.
Рустамов, Ш. Ш. (2022). Корреляционный анализ пример по психологии.
Корреляции в психологии. Science and Education, 3(3), 1100-1106.
2.
Ахмедов, А. А., & Зикиряева, М. М. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ
ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОГО ВООБРАЖЕНИЯ У ПОДРОСТКОВ. Новый день в
медицине, (1), 151-154.
3.
Hozir.org