Mazkur maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari xorijiy tajribalar asosida tahlil qilinadi. Rivojlangan mamlakatlar - Finlyandiya, AQSh, Yaponiya va boshqalarning inklyuziv ta’limdagi yondashuvlari o‘rganilib, O‘zbekiston ta’lim tizimiga mos innovatsion metodlar tavsiya etiladi. Maxsus ehtiyojli bolalarning integratsiyasi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, infratuzilmani yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari asosiy e’tiborda bo‘ladi. Maqolada amaliy takliflar orqali inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan strategik yondashuvni ilgari suriladi.