Maqolada ekologik xavfni kamaytirish jarayonida o‘yinlar nazariyasining antagonistik o‘yin modeli asosida qaror qabul qilish strategiyalari tahlil qilinadi. Davlat va korxona o‘rtasidagi qarama-qarshi manfaatlar yutuq jadvali orqali ifodalanib, optimal sof strategiyalar maximin va minimax usullari bilan aniqlanadi. Seddl nuqta mavjudligi tekshirilib, ekologik siyosatga oid xulosalar va takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari atrof-muhitni muhofaza qilishda samarali qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.