ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
757
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA TAʼLIMDA INKLYUZIVLIK
Egamberdiyeva Bonu
Urganch Davlat Pedagogika instituti boshlang'ich
ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedogagik texnologiyalarning taʼlim jarayonidagi oʻrni va uning
inklyuziv taʼlim bilan oʻzaro bogʻliqligi haqida soʻz yuritilgan. Shuningdek, pedogagik
texnologiyalar nima ekanligi, ularning oʻqitishdagi oʻrni va zamonaviy darslarda qanday foydasi
borligi haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
texnologiya, pedagogik, inklyuziv, muammoli oʻqitish, individual
Annotatsия
: В данной статье рассматривается роль педагогических технологий в
образовательном процессе и их взаимосвязь с инклюзивным образованием. Также
приводятся мнения о том, что представляют собой педагогические технологии, какова их
роль в обучении и какую пользу они приносят на современных уроках.
Ключевые слова
: технология, педагогический, инклюзивный, проблемное обучение,
индивидуальный
Annotation
: This article discusses the role of pedagogical technologies in the educational
process and their connection with inclusive education. It also presents ideas about what
pedagogical technologies are, their role in teaching, and how they are beneficial in modern
lessons.
Keywords
: technology, pedagogical, inclusive, problem-based teaching, individual
Jahonda
soʻngi
oʻn
yilliklar
davomida
nutqimizda
“pedogagik
texnologiya”, ”zamonaviy pedogagik texnologiya”, “oʻqitish texnologiyasi” kabi tushunchalar
keng qoʻllanilmoqda. Taʼlim jarayonini texnologiyalashtirish gʻoyasi dastlab Gʻarbiy Yevropa
va AQShda shakllangan. Ularda pedagogika fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”,
“pedagogik texnologiya ” tushunchasi ham isteʼmolda yoʻq. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy
bilimlarni berish jarayoni “taʼlim jarayoni” sifatida nomlanadi. Shaxsga bilim berish, uning
maʼlumotini oshirish , taʼlim samaradorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui
“Metodika” deb yuritiladi.
Metodika fanlarini oʻqitishda asosiy eʼtibor taʼlim sifatini
yaxshilashga, uning samaradorligini taʼminlashga qaratiladi.
Rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini taʼminlovchi yetakchi omil
sifatida taʼlim jarayoni eʼtirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida taʼlim hamda tarbiya jarayoni
birdek ahamiyatga ega ekanligiga urgʻu beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu
borada ustuvor boʻlishi lozim. Oʻzida axloqiy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida ijobiy xususiyatni taʼminlaydi, axloqli insongina bilimni
qadrlay oladi degan gʻoyani ilgari suramiz. Shunday ekan bu oʻrinda “pedagogik texnologiya”
tushunchasining qoʻllanilishi, shuningdek, asosiy eʼtiborni faqat taʼlim jarayonini samarali
tashkil etishga qaratmay, balki ham taʼlim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
758
taʼminlashga birdek qaratish lozim. Har bir pedagog taʼlim berish jarayonida oʻquvchiga albatta
tarbiya berish bilan ham shugʻullanishi lozimligi alohida ahamiyatga egadir.
Pedogagik texnologiyaning asosini muammoli oʻqitish tashkil etadi. Hozirgi pedagogikaga oid
adabiyotlarda muammoli oʻqitishning turli taʼrif va tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan toʻliq va
aniq taʼrif
M.I.Maxmutova
tomonidan berilgan boʻlib, unda muammoli oʻqitish mantiqiy fikrlar
tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan oʻrgatish va dars berish usullarini qoʻllash
qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga
boʻlgan qiziqish, talab v.x.k) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli oʻqitish mashgʻulotlarini
tashkil etish va oʻtkazishning muhim tomoni shundaki, bunda oʻqituvchi uning ham taʼlimiy,
ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan boʻlishi talab qilinadi. Oʻqituvchi hech qachon
oʻquvchilarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlami olishga
turtki berishi, mashgʻulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur boʻlgan axborot, voqea, vaqt va
hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim boʻladi. Muammoli oʻqitish
bilimlarni ongli va mustahkam oʻzlashtirish, atrof-muhitga oʻzining faol munosabatini belgilab
olishda oʻquvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlaiga ega.
Muammoli vaziyatni tashkil qilishdan oldin oʻquvchilarning ushbu vaziyat olib keladigan sabab-
oqibat aloqalarini oʻrnata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, oʻquvchilarning
muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini oʻrganish shartdir. Shuningdek, oʻqituvchi
oʻquvchilarga faqat ular uchun qulay boʻlgan muammoni qoʻymasligi ham mumkin. Shu bilan
birgalikda muammoning yechilishi uni toʻgʻri qoʻya bilishga bogʻliq ekanligini unutmaslik
lozim. Pedagogik texnologiyalar- bu taʼlim jarayonini rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va
nazorat qilish usullari majmuasidir.
Inklyuziv taʼlim — bu har bir bola, shu jumladan jismoniy yoki aqliy imkoniyati cheklangan
bolalar ham oʻz salohiyatiga qarab umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish imkoniyatiga ega
boʻlishini taʼminlaydigan yondashuvdir.
Pedogagik texnologiyalar inklyuziv taʼlimda juda muhim oʻrin tutadi. Chunki ular:
Har bir oʻquvchining ehtiyojiga mos ravishda yondashuvni taʼminlaydi
Oʻquvchilarning faolligini oshiradi
Oʻquvchilar oʻrtasida hamkorlikni oshiradi
Individual yondashuv imkonini beradi
Pedogagik taxnologiyalarning inklyuziv taʼlimda ham qoʻllanilishi nuqsoni bor bolalarning oʻz
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻqitishda juda katta yordam beradi. Albatta, har bir bolaning
qiziqish va dunyoqarashlari bir xil boʻlavermaydi. Ularning qiziqishlariga qarab dars jarayonini
turli metod va texnologiyalar orqali olib borish dars jarayonida samarali natijaga erishishga katta
yordam beradi. Shuningdek, dars mobaynida turli koʻrgazmali vositalar, zamonaviy
texnologiyalar, metodlardan foydalanish bu kabi oʻquvchilarning faolligini ham birmuncha
oshiradi va boshqa oʻquvchilar bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmasini ham rivojlantiradi.
Pedogagik texnologiyalar inklyuziv taʼlim oʻquvchilari bilan individual yondashuv imkoniyatini
toʻlaqonli ochib bera oladigan vositalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar
yordamida har bir oʻquvchiga mos yondashish mumkin. Kimdir matnni oʻqib yaxshi tushunsa,
kimdir video orqali tushunadi, yana boshqasi amaliyot orqali oʻzlashtiradi. Bu usullar bilan xatto
maxsus ehtiyojli bolalar ham oʻzlarini darsda foydali his qilishlari mumkin. Ular chetda qolib
ketmaydi, aksincha, guruh bilan ishlashga, fikr almashishga oʻrganadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
759
Xulosa qilib aytganda, pedogogik texnologiyalar va inklyuziv taʼlim bir biriga juda bogʻliq
jarayon hisoblanadi. Ikkalasi birga qoʻllansa, nafaqat oʻquvchilar, balki oʻqituvchining oʻzi ham
dars jarayonidan mamnun boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
J.Xasanboyev, X.Toʻraqulov, I.Alqarov, N. Usmonov “Pedagogika” Darslik Toshkent
2011
2.
R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulov “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” Oʻquv
qoʻllanma. Toshkent. 2010
3.
N.N Azizxoʻjayeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Oʻquv qoʻllanma.
Toshkent. 2006.