ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
725
OMMAVIY MADANIYATNING BOLALAR TARBIYASIGA TA’SIRI
Ishmurodov Bunyod Farhodovich
Ilmiy rahbar: Samarqand davlat universitet Kattaqo`rg’on filiali
o`qituvchisi
Temirova Xurshida Turobovna
Samarqand davlat universiteti Kattaqo`rg’on filiali Ijtimoiy
ish yo`nalishi 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ommaviy madaniyatning bolalar tarbiyasiga salbiy ta'siri
har tomonlama tahlil qilingan. Muallif ushbu jarayonning psixologik, axloqiy va ijtimoiy
jihatlarini ochib bergan, xorijiy tajribalarni o‘rganib, O‘zbekistonda mavjud vaziyatni ham
chuqur tahlil qilgan. Maqolada ota-ona va pedagoglarning roli, shuningdek, davlat siyosatining
ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
ommaviy madaniyat, bola tarbiyasi, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy tarmoq,
xorijiy tajriba, O‘zbekiston, madaniyatshunoslik.
Kirish
Zamonaviy davrda bolalarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar juda ko‘p bo`lib, ulardan
biri bu ommaviy madaniyatdir. Ommaviy madaniyat – bu keng ommaga mo‘ljallangan,
ommaviy axborot vositalari orqali tarqaladigan va ko‘plab insonlar tomonidan iste’mol
qilinadigan madaniy ko‘rinishlardir. U asosan ko‘ngilochar xarakterga ega bo‘lib, musiqiy
kliplar, kino, internet memlari, tarmoq trendlari, reklama va shunga o‘xshash omillar orqali
shakllanadi. Biroq, ushbu madaniyatning salbiy jihatlari bolalar tarbiyasiga xavf solmoqda.
Asosiy qism
Ommaviy madaniyatning bolalar ruhiyati va xulq-atvoriga ta'siri sotsiologiya, pedagogika,
psixologiya va madaniyatshunoslik fanlari doirasida keng o‘rganilgan. Xususan, amerikalik
olimlar N.Postman, H.Giroux va D.Buckinghamlar bolalar va ommaviy axborot vositalari
o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qilganlar. O‘zbek olimlari orasida esa G. Jo‘raeva, Z.
Ibragimova va N. To‘xtaevalar bu boradagi izlanishlar olib borishgan. “Bolalar ko‘pincha real
hayot bilan mos kelmaydigan, zo‘ravonlik, buzg‘unchilik yoki haddan tashqari iste'molchilikni
targ‘ib qiluvchi kontentga duch keladilar. Bu ularning real hayot haqidagi tasavvurlarini
buzadi”[1]. Bugungi bolalar axborot texnologiyalari bilan juda erta tanishadi, bu esa ularning
dunyoqarashi, qadriyatlari va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy madaniyat
bolalarga ideal obrazlar mashhurlar, kin ova multfilm qahramonlari orqali hayot tarzini
singdiradi, bu esa real hayotdagi qadriyatlar bilan ziddiyatga kirishi mumkin. “Ommaviy
madaniyat bolalar uchun asosiy axborot manbaiga aylangach, ota-onalar va o‘qituvchilarning
tarbiyaviy
ta'siri
kamayadi”[2].
Mahalliy va milliy qadriyatlar global ommaviy madaniyat to‘lqini ostida o‘z ahamiyatini
yo‘qotishi mumkin, bu esa bolalarning o‘zlikni anglash jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Xorij
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
726
tajribasini o`rganadigan bo`lsak,
AQShda
bolalarni salbiy kontentdan himoya qilish maqsadida
"Children's Online Privacy Protection Act (COPPA)" qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun
bolalarga mo‘ljallangan saytlar va ilovalarda ma'lumot yig‘ishni cheklaydi.
Yaponiyada
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning ommaviy axborot vositalaridan foydalanishiga
qat'iy nazorat o‘rnatilgan. Maxsus bolalar uchun mo‘ljallangan dasturlar va o‘yinlar ishlab
chiqilgan.
Fransiyada
bolalar televideniesi mustaqil muvofiqlashtiruvchi organ tomonidan
nazorat qilinadi. Ular bolalarning yoshiga mos tarkib tayyorlanishini ta'minlaydi[3]. Tahlil
qiladigan bo`lsak bizning
O‘zbekiston
jamiyatida ham ommaviy madaniyatning bolalar
tarbiyasiga ta'siri tobora kuchayib bormoqda. So‘nggi yillarda internet va smartfonlar orqali
yoshlar global ommaviy madaniyatga bevosita bog‘lanmoqda. Ayniqsa, TikTok, Instagram kabi
ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xorijiy tendensiyalar tezda tarqalmoqda. Bu esa ba'zida bolalarning
milliy qadriyatlar, ota-onaga hurmat, madaniy va diniy an'analar borasidagi qarashlariga salbiy
ta'sir ko‘rsatmoqda. “O‘zbekistonda bolalarni bu ta'sirdan himoya qilish maqsadida bir qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
tomonidan o‘quvchilarga mo‘ljallangan tarbiyaviy dasturlar, axborot xavfsizligi qoidalari ishlab
chiqilgan. Davlat telekanallarida bolalar uchun maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlanmoqda.
Shuningdek, pedagoglar va psixologlar ishtirokida ota-onalar uchun targ‘ibot ishlari olib
borilmoqda”[4]. Biroq, mavjud muammolar ham yo‘q emas. Xususan, cheklanmagan kontentdan
foydalanish, yoshlar orasida g‘arbcha turmush tarziga taqlid qilish holatlari, ota-onalarning
raqamli savodxonligining pastligi bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Hali hayotiy
tajribaga ega bo‘lmagan bolalar yolg‘on, noto‘g‘ri yoki manipulyativ ma’lumotlarni haqiqat
sifatida qabul qilishga moyil bo‘lishadi. So‘nggi yillarda turli «chaqiruv» (chellenge) va o‘yinlar
bolalar o‘rtasida keng tarqaldi. Ulardan ba’zilari, masalan, «Blue Whale» (Ko‘k kit), «Momo
challenge» yoki «TikTok»dagi xavfli vazifalarga asoslangan trendlar bolalarni o‘z joniga qasd
qilishgacha olib boradigan darajada ruhiy bosim ostida qoldirgan. Xususan, Buyuk Britaniyaning
«The Guardian» nashrida chop etilgan xabarga ko‘ra, 2025-yil fevral oyida to‘rt nafar ota-ona
«TikTok» platformasini sudga berdi, chunki ularning farzandlari ommalashgan «Blackout
Challenge»ni bajarishga urinib, hayotdan ko‘z yumgan. Mutaxassislar ushbu chellenjni,
oqibatlari yashirib ko‘rsatilgani uchun, dezinformatsiya deb ataydi. Ota-onalar «TikTok»ni
ushbu xavfli kontentni tarqatishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi[5]. Ushbu sohada kompleks
yondashuv, jumladan, qonunchilik, ta’lim tizimi va ommaviy axborot vositalari ishtirokida uzviy
hamkorlik zarur deb hisoblayman. Xulosa qilib aytganda ommaviy madaniyat bolalar ongiga
sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, ota-onalar, pedagoglar va jamiyat vakillari bu borada
mas'uliyatli bo‘lishlari, bolalarning ijtimoiy, madaniy va axloqiy rivojlanishini ta'minlashda faol
ishtirok etishlari lozim. Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat siyosati va oilaviy tarbiya
uyg‘unligi bu muammoni yumshatishda muhim omildir.
Xulosa
Bugungi globallashuv va raqamli axborot asrida ommaviy madaniyatning bolalar tarbiyasiga
ta’siri tobora kuchayib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, musiqalar va filmlar orqali
bolalar ongiga singdirilayotgan qadriyatlar ko‘pincha yuzaki, tijoratga yo‘naltirilgan va milliy
mentalitetimizdan yiroq bo‘ladi. Bu esa bolalarning ruhiy-psixologik rivojlanishiga, axloqiy
qarashlariga va ijtimoiy xatti-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur holatda tarbiya
jarayonining asosiy ishtirokchilari ota-onalar, pedagoglar va jamiyatning o‘zi bolalarga tanqidiy
fikrlash, axborotni ajrata olish, milliy madaniyat va qadriyatlarga hurmat bilan qarash kabi
ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim. Ommaviy madaniyatning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun
bolalarga sog‘lom muhit yaratish, ularni foydali, ma’naviy boy kontentlar bilan tanishtirish va
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
727
milliy g‘urur, o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib,
bolalar tarbiyasida ommaviy madaniyatni boshqarish, uni nazorat ostida olib borish va uni ijobiy
maqsadlarga yo‘naltirish zamonaviy tarbiyaning dolzarb vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Postman, N. (1985). The Disappearance of Childhood. New York: Vintage.
2. Giroux, H. (1994). Disturbing Pleasures: Learning Popular Culture. New York: Routledge.
3. Buckingham, D. (2000). After the Death of Childhood: Growing up in the Age of Electronic
Media. Cambridge: Polity Press.
4. Jo‘raeva, G. (2018). “Ommaviy madaniyat va yoshlar tarbiyasi”, O‘zbekiston pedagogik
jurnali.
5.
xabar.uz
internet axborot sayti