Авторы

  • Eshboyeva Madina Rustam qizi,Xo'janazarov Absalom Ziyodullayevich
    Termiz Davlat Pedagogika Instituti Falsafa , ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi tarix tarix fanlar nomzodi (Phd),Termiz Davlat Pedagogika Instituti Milliy g'oya , ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82511

Ключевые слова:

Gender tengligi deklaratsiya mafkura demokratik ayollar ijtimoiy .

Аннотация

Mamlakatimizda  so'nggi   besh  yil  davomida  gender  tengligi   masalasiga  ulkan  ahamiyat  bermoqda.Gender  tengligi  Birlashgan  Millatlar Tashkiloti  tomonidan  alohida   e'tibor  qaratilayotgan  va  qo'llab -quvvatlash  zarurligi  e'tirof  etilayotgan  muhim  masalalardan  biri  hisoblanadi. O'zbekiston  Respubilkasi  Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev  davlat rahbari   sifatida  faoliyatining  ilk  kunlaridan  asosiy  e'tiborni  ayollar  va   oila  muammolariga  qaratib  kelmoqda.Natijada  o'tgan    davrda   gender  tengligini   ta'minlash  va  ayollarning  ijtimoiy  turmush  sharoitlarini  yaxshilashga  doir har  qator  normativ- huquqiy   hujjatlar   qabul  qilindi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

598

GENDER TENGLIGI O'ZBEKISTONDA QANDAY KECHMOQDA

Xo'janazarov Absalom Ziyodullayevich

Termiz Davlat Pedagogika Instituti Falsafa ,

ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi tarix

tarix fanlar nomzodi (Phd)

Eshboyeva Madina Rustam qizi

Termiz Davlat Pedagogika Instituti Milliy g'oya ,

ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA:

Mamlakatimizda so'nggi besh yil davomida gender tengligi masalasiga

ulkan ahamiyat bermoqda.Gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan

alohida e'tibor qaratilayotgan va qo'llab -quvvatlash zarurligi e'tirof etilayotgan muhim

masalalardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respubilkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

davlat rahbari sifatida faoliyatining ilk kunlaridan asosiy e'tiborni ayollar va oila

muammolariga qaratib kelmoqda.Natijada o'tgan davrda gender tengligini ta'minlash va

ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga doir har qator normativ- huquqiy

hujjatlar qabul qilindi.

KALIT SO'ZLAR:

Gender tengligi,deklaratsiya,mafkura, demokratik,ayollar ,ijtimoiy .

HOW IS GENDER EQUALITY PROGRESSING IN UZBEKISTAN

ANNOTATSION:

Over the past five years ,our country has paid great equality .Gender

equality is one the important issues that the United Nations has recorganized as a prirrity

and that requres special attention and support from the very first days of his presidency

Prezident of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev has focused his attention

on woman 's and family issues .As result ,a number of regulatory and legal

documantries were adopted in the past period to ensure gender equality and improve the

social living conditions of woman .

Keywords:

gender equality ,declaration ,idealogy ,democratic, womans, social.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-aprelda qabul qilingan "Og'ir ijtimoiy vaziyatga

tushib qolgan xotin-qizlarga ,nogironligi bo'lgan ,kam ta'minlangan farzandlarini to'liqsiz

oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilarga arzon uy-joylar

berish tartibi to'grisidagi nizomni tasdiqlash haqida" gi qarori shular jumlasidandir. Ushbu

qaror mohiyatidan inson huquqlarini himoya qilish,ayyollarni ijtimoiy -iqtisodiy jihatidan

qo'llab-quvvatlash umuman jamiyatmizda gender tengligini ta'minlashga qaratilgan desak

mubolag'a bo'lmaydi o'z navbatida 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan "Xotin -qizlar va

erkaklar uchun teng. huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonuni xotin -

qizlarning jamiyatdagi o'rniga huquqiy kafolat hisoblanadi. Mazkur qonun davlatimiz

rahbarining 2019-yil 7-martdagi qabul qilgan "Xotin -qizlarning mehnat huquqlari


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

599

kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab -quvvatlashga oid

chora-tadbirlar to'g'risidagi qaroriga muvofiq ishlab chiqarilgan ."Xotin -qizlar va erkaklar

uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi "qonunning maqsadi xotin-

qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi

munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Qonunda gender tengligi tushunchasi ham ta'rif

berilgan.Gender xotin -qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va

faoliyatining barcha sohalarida shu jumladan siyosat,iqtisodiy ,huquq ,mafkura

va

madaniyat ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihatidir.Demak

gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarigina ifodalanmaydi .Balki har ikki jins

vakillari o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlamogi ularga hayot sifatini oshirish uchun

bir xil imkon berishini huquqiy kafolatlaydi.

Binobarin har qanday rivojlangan demokratik jamiyatning muhim talablaridan biri ham

shu ayollar va erkaklar huquqlari tenglik ta'minlashidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

2021-yil 22-fevral kuni Birlashgan Millatlar

Tashkiloti

Inson

huquqlari bo'yicha

kengashining 46-sessiyasida so'zlagan nutqida gender tengligi siyosati masalasi borasida

mamlakatimizning ijtimoiy -siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasidagi ayyollarning

rolini tubdan oshirishning qaratilgan ishlar qatiy davom ettirilishi takidladi.SHu maqsadda

joriy yilarda O'zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarning muloqoti va

xotin-qizlarning

mintaqaviy

biznes-forumi

o'tkazish

rejalashtirayotgan

e'tiborni

qaratdi.Prizidentimiz 2020-yilning 23-sentabrda video-anjuman

shaklida o'tkazilgan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasining 75-yilligi sessiyasida nutqida ham

O'zbekistonda gender tengligi siyosati ustuvor masalaga aylandi alohida qayt etgani bejis

emas. Chunki keyingi yillarda. yurtimizda xotin -qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni

tobora kuchayib

bormoqda.Parlamentimizga ayol deputatlar soni ikki barobar

ko'paydi.Haqiqatan

ham ,bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning

o'z

imkoniyatlarini to'laqonli ro'yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar ta'minlash

davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.O'zbekistonda bir qator qonunlar Prezidentning xotin-

qizlar huquqlarini ta'minlash ,xususan gender tengligi va ayollarning zo'ravonlik va

zulmdan himoya qilish,ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqomini kuchaytirish

to'g'risidagi farmon va qarorlarni qabul qilingan .Gender tenglik bo'yicha tegishli

institutsional choralar ham ko'rilmoqda.Ayni paytda O'zbekiston Respubilkasi Oliy

Majlisining Senati tarkibida xotin-qizlar va gender tenglik masalasi qo'mitasi tashkil

qilingan.Bu yangi tuzilma ayollar huquqlarini ta'minlash va kamsitishning har qanday

shakliga barham berish bo'yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg'unlashtirish

bilan shug'ullanmoqda.Shuni alohida qayt etish kerakki 1948-yilda BMT

Bosh

Assembliyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari

umumjahon Deklaratsiyasida

ayollar

va

erkaklarning

tengligi alohida e'tirof

etilgan.Deklaratsiyaning 1-moddasida belgilanganidek "Hamma odamlar o'z qadr-qimmati

hamda

huquqlarida erkin

va teng bo'lib tug'iladilar.Ularga aql va vijdon ato

qilingan ,binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatida bo'lishlari kerak.

BMT tomonidan 1966-yilda qabul qilingan yana bir xalqaro -huquqiy hujjat Fuqarolik va

Siyosiy huquqlari to'g'risidagi Xalqaro paktning 3-moddasida ta'kidlangandek "Mazkur

paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan

barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini

oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

600

1.Hamidullo Mo'minov "O'zbekistonda gender siyosatiga e'tibor yanada kuchaymoqda

2.Ayollarning siyosatda imkoniyatlarni kengaytirish Sevara Usmonova maqolasi

3.Yangi O'zbekistonda gender tenglik masalasi va muammolari O'z Mu axborot xizmati

4.Dilshoda Mirzajonova Gender tengligi 2023 -yil

5.Gender tengligining jamiyatdagi ahamiyati Tolipova Mohlaroyim

6.Tanzilla Norboyeva Parijdagi "tenglik avlodi" xalqaro forumi nutqidan

7.Sayyora Xodjayev "Gazeta .uz" intervyusi

8.Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasi 2022 -yil

Библиографические ссылки

Hamidullo Mo'minov "O'zbekistonda gender siyosatiga e'tibor yanada kuchaymoqda

Ayollarning siyosatda imkoniyatlarni kengaytirish Sevara Usmonova maqolasi

Yangi O'zbekistonda gender tenglik masalasi va muammolari O'z Mu axborot xizmati

Dilshoda Mirzajonova Gender tengligi 2023 -yil

Gender tengligining jamiyatdagi ahamiyati Tolipova Mohlaroyim

Tanzilla Norboyeva Parijdagi "tenglik avlodi" xalqaro forumi nutqidan

Sayyora Xodjayev "Gazeta .uz" intervyusi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasi 2022 -yil