Авторы

  • Xo'jamova Nurshoda Baxodir qizi
    Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 24-maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82512

Ключевые слова:

o’smirlik davri muhit hissiyotlar emotsional holat yosh davri muammolari kechinmalar tarbiya.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar, ularning psixologik xususiyatlari hamda bu holatlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. O‘smirlik — inson psixikasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan, shaxs shakllanishining muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Maqolada ayni davrda uchraydigan stress, xavotir, g‘azab, tushkunlik, o‘zini qadrlash muammolari singari emotsional holatlarning kelib chiqish sabablari va ularni yengib o‘tish yo‘llari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, hissiy barqarorlikni ta’minlashda oilaning, maktab muhitining va psixologik yondashuvlarning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

594

O’SMIRLIK DAVRIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL HOLATLAR VA ULARNI

BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK TALQINI

Xo'jamova Nurshoda Baxodir qizi

Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 24-maktab psixologi

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar,

ularning psixologik xususiyatlari hamda bu holatlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan.

O‘smirlik — inson psixikasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan, shaxs shakllanishining

muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Maqolada ayni davrda uchraydigan stress, xavotir, g‘azab,

tushkunlik, o‘zini qadrlash muammolari singari emotsional holatlarning kelib chiqish sabablari

va ularni yengib o‘tish yo‘llari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, hissiy

barqarorlikni ta’minlashda oilaning, maktab muhitining va psixologik yondashuvlarning o‘rni

alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

o’smirlik davri, muhit, hissiyotlar, emotsional holat, yosh davri muammolari,

kechinmalar, tarbiya.

O’smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni hissiy-emotsional kechinmalarida katta

o’zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va

tanqidiy tafakkur ancha o’sadi. O’smirlar dunyoqarashqarashlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar

bilan qiziqa boshlaydilar. Mana shularing hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislari

o’sishi uchun manba bo’lib qoladi. O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislarning o’zi

xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional

kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik, romantika

shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu yoshda o’z-o’ziga baho berish

hissi kuchli ravishda o’sadi. O’smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda

ijtimoiy siyosiy masalalarga qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida katta o’rin

oladigan bo’lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi. Shu yoshda

organizmda fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional qo’zg’alishlaming

xarakterida ham o’zgarish ro’y beradi.

Hislar kuchli ravishda namoyon bo’laveradi, lekin ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi.

Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi. O’smirlik

davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o’smirlarda kuzatiladigan o’smirlik

avtonomiyasi holatidir. O’smirlik avtonomiyasining xuquqiy avtonomiya, iqtisodiy avtonomiya,

emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi. Ma‘lumki, bola dunyoga

kelgan boshlab kimningdir qaramog’iga muxtoj bo’ladi. Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni

oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va uni muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani xar

tomonlama qo’llab-quvvatlashi bois bola bunday e‘tiborga,daldalarga muxtojlik xis etib turadi.

O’smirlik davrida esa bola o’z hayotini, xavfsizligini taminlash borasida mustaqillikka erishadi.

Endi u o’zini o’zi himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z imkoniyatlari darajasida mexnat qilib,

yetarli darajada daromad qilishi, o’z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o’zi qondira olishi mumkin

bo’ladi. Yuqorida keltirib o’tilgan xuquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o’smirlik yoshiga

yetishi bilan unga qator xuquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrda bola

yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish xuquqiga ham ega bo’ladi. Mabodo, bu davrda o’smirning

ota-onasi ajralib ketgudek bo’lsa, o’smirning qayerda va kim bilan qolishi uning xohishiga qarab

xal etiladi. Shuningdek, bola bu davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

595

jismoniy mexnat bilan shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan uz xatti-

xarakati,qiliklari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi xuquqiy imkoniyatlarga ega

bo’lish va bundan o’smirning xabardorligi uning xuquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini

ta‘minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish o’smirda o’z xatti-xarakati uchun javobgarlik,

ma‘suliyatlilik xissini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy avtonomiya ham ma‘lum darajada xuquqiy

avtonomiyaga bog’liq holda yuzaga kelib, bevosita o’smirning o’z moddiy extiyojlarini

boshqalar, ota-ona yordamisiz qondira olishi mumkinligi bilan bog’liq. O’smir endi o’z

extiyojlarini qondirish uchun ota-onasiga to’la tobe bo’lmaydi. Ayniqsa, xozirgi bozor

iqtisodiyotiga o’tish davri bilan bog’liq ravishda o’smirlar o’rtasida tijorat ishlari bilan, turli

daromadli ishlar bilan shug’ullanish va ular orqali o’zlarining kundalik extiyojlarini qondira

olish, xatto o’z ehtiyojlaridan ortiqroq mablag’ga ega bo’lishi ham mumkin. Bunday holatlar

o’smirlarda iqtisodiy avtonomiyaning yuzaga kelishini ta‘minlaydi. O’smirlik avtonomiyalaridan

yana biri - emotsional avtonomiyadir. Ma‘lumki, bola dunyoga kelgan ondan boshlab u onasi va

atrofdagilarning emotsional, xissiy qo’llab-quvvatlash, mexr-muxabbatini namoyon qilishiga,

erkalashiga extiyoj xis qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik yoshidagi, maktabgacha va kichik

maktab yoshidagi bolalarni suyib,erkalab ularni quchib, boshini silab, yoqimli gaplar va

muomala bilan ularga xissiy yaqinlik namoyon qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo’ladilar

va erkalayotgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Buni yosh bolalarning onasiga suykalishi,

ularning pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz mumkin.

Shuningdek, bolalar o’z tengdoshlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarida nizo-

tortishuvlarga duch kelganida va ayniqsa, tengdoshlaridan«jabrlanganda», «yengila

boshlaganidan», ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan emotsional dalda, xissiy qo’llab-

quvvatlash kutadi va bu borada ularga murojaat qiladi. Agar uz vaqtida shu emotsional daldani

ola olsa, uzini erkin, tetik, g’olib xis qiladi va ular bilan quvonib yuradi. Uzining kichkinagina

hayotida duch kelgan «muammolarini» xal qilishda kattalar yordamiga muxtojlikni xis qiladi,

ulardan muntazam foydalanishga intiladi. O’smirlik davrida esa aksincha, o’smir endi «yosh

bola» emas, endi u «katta odam», katta odam esa mustaqil bo’lishi, o’z muammolarini o’zi xal

qilishi kerak. Bu davrda kattalar yordamiga murojaat qilishi tengdoshlar tomonidan

qoralanadi.Va buni o’smirning uzi ham xoxlamaydi. Bu davrda o’smirlarga kattalar tomonidan

oldingidek ko’rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o’zlarini erkalab, silab

siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan bildiriladigan olqishlarni

«yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagilarni emotsional qo’llab-quvvatlashlaridan holiroq bo’lishga,

o’z muammolarini o’zlari shaxsan xal qilishga intiladilar. Oldinlari ko’chada, bog’chada,

maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib,ota-onasidan yordam so’ragan

bo’lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu

xaqda ota-onasiga bildirmaslikka xarakat qiladi va imkon qadar ota-onalarining uning

«ishlariga» aralashmasliklarini xoxlaydi. Bularning barchasi o’smirlarda bevosita kuzatiladigan

emotsional avtonomiyaning ta‘siridir.

O’smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir. Bunga ko’ra

o’smirlar imkon qadar o’z xonasida yolg’iz qolishga, biron bir ishni bajarayotgan yoki biron bir

joyda bo’lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz qolishga, ayniqsa, o’z ota-onasi, oila a‘zolari

nazaridan chetroqda bo’lishga, o’z o’y-xayollari bilan mashg’ul bo’lib vaqt o’tkazishni

itsaydi.Suxbatlashsa ham asosan o’z tengdoshlari, yaqin o’rtoqlari bilangina muloqotda bo’lib,

ota-onasi bilan imkon qadar kamroq muloqotda bo’lishga intiladi va uzi bilan uzi ovora bo’lib

qoladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

596

O'smirlik davrida emotsional soha ba'zi o'zgarishlarga uchraydi. Yoshi bilan bolalar his-

tuyg'ularni yaxshiroq farqlashni o'rganadilar, "hissiy" tushunchalar chegaralari aniqroq bo'ladi.

O'smirlarda, ular o'sib ulg'ayganida hissiyotlar so'z boyligining sezilarli darajada kengayishi va

emotsiyalar farq qiladigan parametrlar sonining ko'payishi O'smirliklar atrofdagi dunyoning turli

xil ko'rinishlariga kattalar va bolalarga nisbatan ko'proq intensiv munosabatda bo'lishadi.

O'smirliklarda bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan emotsional holatlar tezda bir-birini almashtirishi

mumkin. Psixologlar o'smirlik larning emotsional hayotidagi qo'zg'alishni qo'zg'alish va

tormozlanishning asabiy jarayonlarining o'zgaruvchan faollashuvi bilan asoslashadi. O'smirlik

davrida umumiy hayajon kuchayadi va ba’zi jarayonlar zaiflashadi. Biroq, o'smirlar o'zlarining

hissiy tajribalarini ko'pini yashirishga moyildirlar. Bundan tashqari,o'smirlar bir ob'ektga

nisbatan his-tuyg'ular va hissiyotlarning ambivalentsiyasi bilan ajralib turadi. E.P.Ilyinning

fikriga ko'ra, o'smirlar g'azab, qo'rquv va qayg'udan ko'ra ko'proq quvonch namoyon bo'lishiga

moyil. G'azablanish tendentsiyasi qo'rquv va xafagarchilikdan ko'ra ko'proq aniqroq. Quvonch,

g'azab va xafagarchilik 12-13 yoshda eng kuchli seziladi va bu davrda qo'rquvning zo'ravonligi

pasayadi. V.G.Kazanskayaning fikriga ko'ra, o'smirlar odatda ijobiy va salbiy his-tuyg'ulariga

"yopishadi". Boshqa narsalar qatori, o'z-o'zini tartibga solish qobiliyati o'smirlik davrida

rivojlanadi. Ya'ni, o'smir o'z his-tuyg'ulari, emotsiyasini namoyon bo'lishini yaxshiroq

boshqarishni boshlaydi.O'smirlik hissiy reaktsiyalarining ba'zi xususiyatlari gormonal va

fiziologik jarayonlarga bog'liq. Kayfiyatning keskin o'zgarishi, yuksalishdan depressiyaga

to'satdan o'tish va aksincha, o'smirlarda aqliy muvozanat umumiy hayajonning oshishi va shartli

holatlarning zaiflashishi bilan izohlanadi. Shuningdek, emotsional soha turli xil ijtimoiy

omillarga va tarbiya sharoitlariga bog'liq. O'smirlarda aksentuatsiya, shaxs xususiyatlarining

keskin namoyon bo'lishi kuzatiladi, bu asosan o'smirlarning xulq-atvorini belgilaydi va ularning

atrof-muhit bilan o'zaro ta'siriga ta'sir qiladi. O'smirlik davri (10-15 yosh) - shaxsiyatni

shakllantirishning o'ziga xos davri. Jismoniy, hissiy va ijtimoiy o'zgarishlarning xilma-xilligi,

shu qatorda qashshoqlik, suiiste'mollik yoki zo'ravonlik ta'sirida o'spirinlar ruhiy salomatlik

muammolariga nisbatan zaifligini oshirishi mumkin. O'smirlarning psixologik farovonligini

oshirish va ularni muvaffaqiyatli rivojlanish imkoniyatlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan jiddiy

zarbalar va xavf omillaridan himoya qilish ularning o'spirinda farovonligi va katta yoshdagi

jismoniy va ruhiy salomatligi uchun muhimdir. O'smirlik - bu aqliy farovonlik uchun zarur

bo'lgan ijtimoiy va emotsional odatlarni rivojlantirish va shakllantirishning muhim davri. Ular

orasida sog'lom uyqu rejimini targ'ib qilish; muntazam jismoniy faoliyat; qiyin vaziyatlarni

bartaraf etish, muammolarni hal qilish va shaxslararo muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish;

va hissiy o'zini o'zi boshqarish qobiliyatini rivojlantirish. Oilada, maktabda va umuman atrofdagi

jamiyatdagi qulay sharoitlar ham muhimdir. Dunyo bo'ylab o'smirlarning taxminan 10-20% aqliy

salomatligi bilan bog'liq muammolar mavjud, ular to'g'ri tashxis qo'yilmagan va tegishli

davolanmagan. O'smirning emotsional sohasini normalligi va ruhiy salomatligi bir qator omillar

bilan belgilanadi. O'smirlarga ta'sir ko'rsatadigan xavf omillari sonining ko'payishi ularning ruhiy

salomatligi mumkin bo'lgan oqibatlarini yanada kuchaytiradi. O'smirlik davrida stress darajasini

oshirishi mumkin bo'lgan omillar orasida katta avtonomiyaga intilish, tengdoshlarning umidlarini

qondirish istagi, jinsiy identifikatorni qidirish va texnologiyalarning mavjudligi va ulardan

foydalanishning ko'payishi kiradi. O'smirning ruhiy salomatligini belgilaydigan boshqa muhim

omillar - bu ularning oilaviy hayotining sifati va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabatlaridir.

Ruhiy salomatlik uchun tan olingan xatar - bu zo'ravonlik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar.

Bolalar va o'smirlar, ayniqsa, jinsiy zo'ravonlikka moyil bo'lib, bu shubhasiz ruhiy

salomatlikning yomonlashishiga olib keladi. Ba'zi o'smirlarda yashash sharoitlari, kamsitish yoki

ijtimoiy chetga chiqish yoki sifatli yordam va xizmatlardan foydalanish imkoniyati yo'qligi

sababli ruhiy salomatlik muammolari xavfi ortadi. Bu gumanitar inqiroz va beqarorlikda

yashaydigan o'smirlarga tegishli; surunkali kasallik, autizm spektri buzilishi, aqliy zaiflik yoki


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

597

emotsional buzilish kabi boshqa asab kasalliklari bilan og'rigan o'smirlar; homilador o'smirlar,

ota-onaga aylangan yoki erta va yoki majburiy nikohga kirgan o'smirlar; yetim bolalar; etnik

yoki jinsiy ozchiliklardan yoki boshqa kamsitilgan guruhlardan bo'lgan o'smirlardir. O'z

navbatida, ruhiy salomatligi muammolari bo'lgan o'smirlar, ayniqsa, ijtimoiy chetga chiqish,

kamsitishlar, stigma, o'qishdagi qiyinchiliklar, xavfli xatti-harakatlar, jismoniy kasalliklar va

inson huquqlari buzilishlariga juda moyil. Emotsional kasalliklar ko'pincha o'smirlik davrida

rivojlanadi. Depressiya yoki xavotirdan tashqari, hissiy kasalliklari bo'lgan o'spirinlarda

asabiylashish, ko'ngilsizlik yoki g'azab kuchayishi mumkin. Simptomlar bir vaqtning o'zida bir

nechta hissiy kasalliklarga o'xshash bo'lishi mumkin va tez va kutilmagan kayfiyat va

hissiyotlarning o'zgarishi bilan tavsiflanadi. Yosh o'spirinlarda qo'shimcha ravishda qorin og'rig'i,

bosh og'rig'i yoki ko'ngil aynish kabi hissiy bog'liq jismoniy alomatlar paydo bo'lishi mumkin.

Depressiya 15-19 va 15-14 yoshdagi o’spirinla va o'smirlar orasida kasallanish va nogironlik

bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinda turadi, 10-14 yoshdagi bolalar orasida. Anksiyete buzilishi

15-18 yoshdagi o'smirlar va o’spirinlar orasida ruhiy salomatlik muammolarining to'qqizinchi va

15-18 yoshli o'spirinlarning ruhiy salomatligi muammolarining oltinchi sababi hisoblanadi.

Emotsional bezovtalik, masalan, maktabga qatnashish va mashg'ulotlarga qattiq ta'sir qilishi

mumkin. Izolyatsiya va yolg'izlik hissi ijtimoiy begonalashuv bilan kuchayishi mumkin. Eng

og'ir holatlarda depressiya o'z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham

mazkur buzilishlarni darrov aniqlashimiz hamda oldinini olishimiz kerak bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Abramova G.S. Vozrastnaya psixologiya: Uchebnik dlya studentov vuzov.-

M., Akademicheskiy proekt, 2014.

2.

G`oziyev E., Holmuhammedov M., Ibroximov X. Psixologiyametodologiyasi. Psixolog

mutaxassisligi uchun o`quv qo`llanma. ToshkentM.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy

Universiteti, 2012.

3.

Ziyocom.uz

Библиографические ссылки

Abramova G.S. Vozrastnaya psixologiya: Uchebnik dlya studentov vuzov.-M., Akademicheskiy proekt, 2014.

G`oziyev E., Holmuhammedov M., Ibroximov X. Psixologiyametodologiyasi. Psixolog mutaxassisligi uchun o`quv qo`llanma. ToshkentM.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti, 2012.

Ziyocom.uz