Авторы

  • Rasuljonova Bibioyshaxonim Azizbek qizi
    Farg’ona davlat Univarsiteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82514

Ключевые слова:

raqamli texnologiyalar texnologiyalarga qaramlik psixologik rivojlanish maktabgacha yoshdagi bolalar ekran vaqti.

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda raqamli texnologiyalarga qaramlikning shakllanish sabablari,uning bolalarga salbiy oqibatlari hamda ushbu muammoning oldini olish yo’llari tahlil qilingan.Hozirgi davrda raqamli qurilmalar-smartfon,planshet,televizor va kompyuterlarning keng tarqalishi bolalarning ruhiy,psixik,ijtimoiy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatmoqda.Maqolada ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari, psixologik nazoratning yetishmasligi va bolalarda sog’lom texnologiya madaniyatini shakllantirishning samarali usullari ko’rib chiqilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

583

MAKTABGACHA YOSHDAGİ BOLALARDA RAQAMLİ TEXNOLOGİYALARGA

QARAMLİK: SABABLARİ,OQİBATLARİ VA OLDİNİ OLİSH YO’LLARİ.

Rasuljonova Bibioyshaxonim Azizbek qizi

Farg’ona davlat Univarsiteti

1-bosqich talabasi

E-mail:rasuljonovaoisha778@gmail.com

Tel:+99899 2354171

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda raqamli texnologiyalarga

qaramlikning shakllanish sabablari,uning bolalarga salbiy oqibatlari hamda ushbu muammoning

oldini olish yo’llari tahlil qilingan.Hozirgi davrda raqamli qurilmalar-smartfon,planshet,televizor

va kompyuterlarning keng tarqalishi bolalarning ruhiy,psixik,ijtimoiy va jismoniy rivojlanishiga

ta’sir ko’rsatmoqda.Maqolada ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvlari, psixologik nazoratning

yetishmasligi va bolalarda sog’lom texnologiya madaniyatini shakllantirishning samarali usullari

ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlari va iboralar:

raqamli texnologiyalar,texnologiyalarga qaramlik,psixologik

rivojlanish,maktabgacha yoshdagi bolalar,ekran vaqti.

Аннотация:

В данной статье проанализированы причины формирования зависимости от

цифровых технологий у детей дошкольного возраста, её негативное влияние на здоровье и

развитие ребёнка, а также эффективные способы профилактики данной проблемы. В

настоящее время широкое распространение цифровых устройств — смартфонов,

планшетов, телевизоров и компьютеров — оказывает влияние на психическое, социальное,

физическое и эмоциональное развитие детей. В статье рассматриваются родительские

подходы к воспитанию, недостаток психологического контроля, а также эффективные

методы формирования здоровой цифровой культуры у детей.

Ключевые слова:

цифровые технологии, зависимость от технологий, психологическое

развитие, дети дошкольного возраста, экранное время.

Annotation:

This article analyzes the causes of digital technology addiction in preschool-aged

children, its negative impact on children's health and development, and effective strategies for

preventing this issue. Today, the widespread use of digital devices—such as smartphones, tablets,

televisions, and computers—affects the mental, psychological, social, and physical development

of children.

The article examines parenting approaches, the lack of psychological supervision, and effective

methods for developing a healthy digital culture in children.

Keywords:

digital technologies, technology addiction, psychological development, preschool-

aged children, screen time.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

584

Zamonaviy texnologiyalarning kun sari jadal rivojlanayotganligi hech kimga sir emas.Bular

insonlarning hayotiga chuqur kirib kelmoqda.Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning

planshet,

smartfonlardan

foydalanishi

keng

tarqalgan.Raqamli

texnologiyalardan

foydalanuvchanlik ba’zida ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etsa-da, haddan tashqari

foydalanish bolalarda texnologiyaga qaramlikni shakllantirishi mumkin.Bolalar ko’pincha ota-

onalarining, aka-uka va opalarining xatti-harakatlarini kuzatish orqali o’rganadilar.Agar oila

a’zolari ko’p vaqtini telefonda o’tkazadigan bo’lsa bola ham bu holatni me’yorda deb qabul

qiladi. A. Bandurani ijtimoiy o’rganish nazaryasiga ko’ra, bolalar atrofdagilarning xatti-

harakatlarini kuzatish orqali ularga taqlid qiladi. Yana bir muhim jihat- bu indentifikatsiya

jarayonidir. Bola o’zini atrofdagi kata insonlar bilan tenglashtirishga harakat qiladi. Ayniqsa, 3-6

yosh oralig’ida bolalar ota yoki onani “ideal shaxs” deb qabul qiladilar. Agar bu ideal shaxs

texnologiyalarga haddan ortiq bog’langan bo’lsa, bolla ham shunday rolni egallashga intiladi.

Bolalar zerikkanida yoki ruhiy noqulaylik holatlarida raqamli qurilmalardan foydalanish orqali

o’zini tinchlantirishga harakat qiladilar. Bunda bolalar emotsional ehtiyojlarini qondirish vositasi

sifatida foydalanishga o’rganib qolganlar. Zigmund Freydning psixoanalatik nazaryasida inson

harakatlarining asosiy motivlari-nafs(Id), ong(Ego) va axloqiy nazorat (superego) o’rtasidagi

kurash bilan belgilanadi. Bola hali superego va ego fazilatlarini to’liq shakllantirmagan bo’lgani

uchun , u tez-tez nafs (Id) tomonidan boshqariladi- ya’ni, tez va oson zavq olishga

intiladi.Masalan: bola zerikkanida- planshetni olib multfilm yoqadi. Yig’laganda

–telefonni olib o’yin oynaydi. Qaramlikning asosiy oqibatlati: nutq rivojlanishining sekinlashuvi,

ijtimoiy ko’nikmalarning sustlashuvi, e’tibor va xotira muammolari,uyquning buzilishi,

psixologik muammolar.Buning oldini olish yo’llari: Oila va pedagoglarning hamkorligi. Ota-

onalar va tarbiyachilar bolalarning texnologiyadan foydalanish vaqtini birgalikda nazorat

qilishlari, faolyatga muqobil shakllarni taklif qilishlari lozim. Muqobil rivojlantiruvchi

faolyatlarni taklif qilish. Bolalarda mustaqil fikrlashni, ijodkorlik va muomala ko’nikmalarini

rivojlantirishimiz kerak. Psixologik tarbiya va ongli texnologiyalardan foyalanish. Bolalarga

texnologiyalar haqida tushunarli tarzda ma’lumot berish, ularni ongli ravishda foydalanishga

o’rgatish muhimdir.Bolaning jamiyatdagi o’rnini anglashiga yordam berish orqali ichki

motivatsiyani kuchaytirish mumkin. So’ngi o’n yillikda dunyo bo’ylab bolalar va o’smirlar

o’rtasida depressiya, xavotr buzilishi, o’ziga zarar yetkazish va hatto o’z joniga qasd qilish

holatlari keskin oshdi. Ijtimoiy psixolog Jonathan Haidt bu holatni chuqur o’rganib, uni raqamli

davrning bevosita oqibati sifatida ko’radi. U bu holatni “bolalikning qayta simlanishi” (The

Great Rewiring of Childhood) deb ataydi.Haidt ta’kidlashicha, 2010-yillardagi smartfonlar

inqilobi bolalar hayot tarzini tubdan o’zgartirdi. Avvallari bolalik jismoniy harakatla, real

muloqot va erkin o’yinlar bilan bo’g’liq bo’lgan bo’lsa, hozirgi bolalar ko’proq virtual makonda

hayot kechirmoqda.

Komilova Shahnozabonu Ismoil qizining tadqiqotlarida raqamli ta’lim texnologiyalarining

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlantirishdagi o’rni keng yoritilgan. Zamonaviy raqamli

texnologiyalar, xususan, interaktiv dasturlar va multimedia resurslari, maktabgacha yoshdagi

bolalarning nutq rivojlanishida muhum rol o’ynaydi. U raqamli texnologiyalar bolalarning

nutqini rijonlantirishda quyidagi afzalliklarni taqdim etadi: Individual yondashuvlar: Har bir bola

o’zining rivojlanish darajasiga mos ravishda materiallarni o’zlashtirishi mumkin. Interaktivlik:

Bolalar interaktiv o’yinlar va dasturlr orqali faol ishtirik etadilar,bu esa ularning qiziqishini

oshiradi. Multimedia imkonyatlari :Audio, video va animatsiyalar orqali bolalarning eshitish va

ko’rish orqali o’rganishlari samarali bo’ladi. Biroq, raqamli texnologiyalardan foydalanishda

quyidagi cheklovlarga etibor qaratish lozim: Ortiqcha foydalanish: Raqamli vositalardan haddan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

585

tashqari foydalanish bolalarning ijtimoiy muloqot qobilyatlarini cheklashi mumkin. Texnik

muamolar: Ba’zi hollarda texnik nosozliklar o’quv jarayonlarida salbiy ta’sir ko’rsatishi

mumkin. Pedagogik tayyorgarlik: Pedagoglar raqamli texnologiyalarni samarali qo’llash uchun

yetarli tayyorgarlikka ega bo’lishlari zarur. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalarga qaram

bo’lgan bolalar ko’pincha muloqotga kam kirishadi’ boshqalar bilan o’ynash, o’z fikrini ifoda

etish va his tuyg’ularini boshqarish borasida qiynaladi. Bunday bolalarda yo’lg’izlikka intilish,

tajavuzkorlik, sabrsizlik va hattoki depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Ular real hayotdagi o’zaro aloqalarini tushunishda va emotsional jihatdan javob qaytarishga

qiyinchiliklarga duch kelishadi.

So’ngi yillarda dunyo miqiyosida olib borilgan tadqiqotlar raqamli texnologiyalar ta’sirining

jiddiyligini ko’rsatmoqda. Masalan, AQSHda 3-5 yosh oralog’idagi bolalarning o’rtacha ekran

vaqti 2-3 soatni tashkil qilayotgani aniqlandi. BU esa Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST)

tomonidan tavsiya etilgan me’yor-1 soatdan ancha ortiq. O’zbekistonda to’liq statistik

ma’lumotlar mavjud bo’lmasa-da, kundalik kuzatishlar va mutaxassislar fikriga ko’ra, aksariyat

oilalarda bolalar kuniga 2 soatdan ko’proq vaqtini telefon yoki planshet bilan

o’tkazmoqda.Ayniqsa, ota onalarning ish bilan bamdligi va bolani tinchlantirish maqsadida unga

telefon berish holalari keng tarqalgan.Bolalarda raqamli texnologiyalarga qaramlikning

shakllanishi birdaniga emas, balki bosqichma-bosqich sodir bo’ladi. Bu jarayonni quyidagicha

tushunish mumkin:

1.Qiziqish bosqichi- Bola ilk marotaba smartfon yoki planshet bilan tanishadi, undagi rang-

barang tasvirlar, tovushlar, harakatlanuvchi obyektlar unga jozibador tuyuladi.

2.Kundalik odatga aylanish bosqichi- Bola har kuni raqamli qurilmalardan foydalanishni

boshlaydi, bu esa unda “kun tartibining bir qismi” sifatida shakllanadi.

3.Emotsioanal bog’lanish bosqichi-Bola texnologiyalardan zavq oladi, ruhiy ehtiyojlarini

(zerikishni yengish, e’tibor qozonish, o’yin orqali quvnoqlik) raqamli vositalar orqali qondira

boshlaydi.

4.Qaramlik bosqichi- Bola texnologiyalarsiz vaqt o’tkazishga qiynaladi, undan ayrilganda

bezovtalanadi, agressiv yoki tushkun holatga tushadi.

Bu bosqichlar psixologik jarayonlar bilan chanbarchas bog’loq bo’lib, ayniqsa 3-6 yosh

oralig’idagi bolalarda tezroq shakllanishi mumkin, chunki bu davrda ularning irodasi kuchsiz va

tashqi ta’sirga juda ochiq boladi.

Qaramlikni kuchaytiruvchi omillar:

1.Ota-onaning befarqligi yoki haddan tashqari erkalatishi- Bola vaqtini qanday nazorat qilmaslik,

unga “telefon o’yinchooq” sifatida munosabatda bo’lish, raqamli texnologiyalarni mukofot yoki

jazo vositasi sifatida ishlatish-qaramlikni kuchaytiruvchi omillardan hisoblanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

586

2.Bosh vaqtini tashlkil eta olmaslik-Bolaning bandligini va faol ishtirokini ta’minlay olmaslik

uni passiv ekran qarshisidagi holatga olib keladi.

3.Oila a’zolarining o’zlari ham texnologiyalarga bog’liq bo’lishi- Agar ota-ona doim telefon

yoki televizor oldida bo’lsa, bola ham shu modelni takrorlaydi.

4.Raqamli kontentning haddan ortiq jozibadorligi- Multfilimlar, o’yinlar va videolarning yorqin,

tez o’zgaruvchi, chaqiriq beruvchi xarakteri bolaning tabiiy rivojlanishiga zid tarzda kuchli

hissiy bog’lanishga olib keladi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalardan butunlay vos kechish kerak emas.Shu sababli

zamonaviy psixologiya va pedagogika “raqamli tarbiya” tushunchasini ilgari surmoqda.Uning

asosiy tamoyillari: Texnologiyadan foydalanishga ongli yondashuv-Bola, nima sababdan, qancha

vaqtga va nima maqsadda texnologiyadan foydalanayotganini anglashiga o’rgatiladi. O’rnak

bo’lish-Ota-onaning o’zi texnologiyadan maqsadli foydalanishi, bolaga yaxshi namuna bo’lishi

kerak. Muloqotni ustun qo’yish-Har qanday kontendan ko’ra, jonli suhbat, hissiy aloqa va o’zaro

oyinlar bolaga ko’proq foyda keltiradi. Bola bilan birga kontent tanlash- Foydali multfilimlar,

interaktiv ta’limiy ilovalarni tanlashda bolaning fikrini inobatga olish va u bilan fikr almashish.

Maktabgacha bo’lgan bolalarning raqamli texnologiyalarga qaramligida ijtimoiy muhit va

muassasalar roli. Maktabgacha ta’lim muassasalari, tarbiyachilar va sog’lom muhitda

rivojlanayotgan jamiyat bolani qaramlikdan

asrashda muhim ro’l o’ynaydi. Bog’chalar va oilaviy markazlarda: “Raqamli gigiyena”

mavzusida mashg’ulotlar; Jismoniy faollik, musiqa va san’at bilan bog’liq darslar; Gajjetlarsiz

haftalik tadbirlar o’tkazilishi mumkin. Ota-onalarga esa maslahat sifadi: bolaning texnologiya

bilan munosabatni nazorat qilish, ular bilan sifatli vaqt o’tkazish, har kuni hech bo’lmaganda 30

daqiqa birga o’ynash va suhbatlashish tavsiya etiladi. Anderson,C.A., va Dill, K.E. (2000).

Videoo’yinlarning salbiy psixologik ta’siriga oid tadqiqot o’tkazishdi. Bu tadqiqotning asosiy

mazmuni:

Ushbu tadqiqot ikki alohida eksperiment orqali inson psixologiyasini ta’sirini o’raganadi:

1-tadqiqot: Real hayotdagi zo’ravon video o’yinlarni o’ynash va agressiv xatti-harakatlar

o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qiladi.Natijalar shuni ko’rsatadiki, zo’ravon o’yinlarni ko’p

o’ynaydigan shaxslar ko’proq agrresiv fikrlar va

xatti-harakatlarga ega bo’lishadi.

2-tadqiqot: Laboratoriya sharoitida zo’ravon video o’yinlar o’ynagan ishtirokchilarda agressiv

fikrlar his – tuyg’ularning kuchayishi kuzatilgan.Bundan kelib chiqadiki, zo’ravonvideo o’yinlar

qisqa muddatda agressiv fikrlarni faollashtiradi. Uzoq muddatda esa agressiv xatti harakatlar va

jinoyatchilikka moyillikni oshiradi. Bu ta’sirlar erkaklar va oldindan agressiv xulq-atvorga ega

bo;lgan shaxslarda kuchliroq namoyon bo’ladi. Bolalarning gajjetlardan foydalanish darajasi

COVID -2019pandemiyasi orqali ko’pchilik bolalarada ekran oldida vaqt o’tkazishni oshirdi.

Bolalarning taxminan uchdan birida psixologik moslashuv muammolari aniqlangan. COVID-

2019 infeksiyasining paydo bo’lishi bilan turli choralar, raqamli media vositalaridan foydalanish

yanayam oshirildi. Masalan: maktablar va bog’chalar onlayn ta’limga o’tkazildi, uy karantinlari

va ijtimoiy masofa choralari kabi chora-tadbirlar natijasida ko’ngil ochar maqsadlarda raqamli

media vositalaridan keng foydalanishni yanayam oshirdi. Pandemiyadan oldin bolalar taxminan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

587

ikki soat vaqtlarini ekran oldida o’tkazishgan bo’lsalar, bu muddat pandemiya bilan ikki baravar

ko’paydi. 2024-yil 1- iyul holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi 37

million 134 ming kishini tashkil etadi.

Shu bilan birga 3 – 7 yosh oralig’idagi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 2 million 930 ming

844 nafarni tashkil etadi. Ushbu ko’rsatgichlar maktabgacha ta’lim tizimining ahamyatini va

uning rivojlanishiga qaratilgan e’tibor zarurligini ko’rsatadi. Aynan shu yoshdagi bolalarning

intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishida muhim ro’l o’ynaydi. Raqamli texnologiyalar

hayotga chuqur kirib kelayotgan bir davrda bu tizimlarni oldini olib, bolalarga shaxs sifatida

shakllanishi uchun ko’proq e’tibor berish zarur.

Xulosa: Raqamli texnologiyalar zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga ayalangan bo’lsa-da

ularning maktabgacha yoshdagi bolalarga bo’lgan ta’siri murakkab va ikki tomonlama

xarakterga ega . Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarga qaramlikning sabablarini, salbiy

oqibatlarini va oldini olish yo’llari chuqur yoritishga harakat qilindi. O’rganishlar shuni

ko’rsatmoqdaki, texnologiyalarning erta yoshda haddan tashqari ishlatilishi bolaning psixologik,

emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Diqqatini jamlay olmaslik,

nutq rivojining sekinlashuvi, muloqotga bo’lgan qiziqishning pasayishi,uyqu rejimining buzilishi,

zo’ravonlikka moyillik va haddan tashqari mustaqillik kabi holatlar bolalarda texnologiyalarga

qaramlik fonida kuzatilmoqda. Biroq, tog’ri yondashuv orqali raqamli texnologiyalar bolalarning

ta’lim va tarbiyasida kuchli vositaga aylanishi mumkin. Masalan,ta’limiy o’yinlar, interaktiv

darslik, audio- video vositalar va visual materiallar bolalarda dunyoqarash, diqqat, eslab qolish

qobilyati va ijodkorlikni yanayam rivojlantiradi. O’zbekiston aholisining 7,9 foizini tashkil

etuvchi maktabgacha yoshdagi bolalar raqamli muhitda ulg’aymoqda. Ularning salomatligi,

axloqiy rivoji va jamiyatga integratsiyalashuvi aynan bugungi qarorlar va yondashuvlarga

bo’g’liq. Shu sababli, maktabgacha ta’lim tizimiga raqamli xafsizlik va texnologiyalarga

nisbatan sog’lom munosabat shakllantirishda asosiy platformaga aylanishi kerak.

Fodalanilgan adabiyotlar:

1.Anderson,C.A., Dill, K.E.(2000). Video Games and Aggressive Thoughts, Feelings, and

Behavior in the Laboratory and in Life maqolasi.

2.Jonathan Haidtning The Anixious Generation(2024) kitobi.

3.Komilova Shahnozabonuning tadqiqotlari.

Библиографические ссылки

Anderson,C.A., Dill, K.E.(2000). Video Games and Aggressive Thoughts, Feelings, and Behavior in the Laboratory and in Life maqolasi.

Jonathan Haidtning The Anixious Generation(2024) kitobi.

Komilova Shahnozabonuning tadqiqotlari.