Авторы

  • Nigora Parmonova
    Qashqadaryo Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi Qamashi 3-son Politexnikumi ona tili va adabiyot o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82517

Ключевые слова:

folklor xoriga beldor buvak o’naki tolli kelin salom

Аннотация

 Ushbu maqola Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “G’ishtli” MFY da yashovchi mehnatsevar xalqimizning o’ziga xos urf-odatlari, an’anasini ko’rsatib ochib beruvchi xalq og’zaki ijodi na’munalarini o’z ichiga oladi. Xalq og’zaki ijodi va uning fe’l atvori, urf-odati, an’analari, orzu intilishlari va tabiatini aks ettiruvchi ko’zgudir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

569

XALQ OG’ZAKI IJODI JILOLARI.

Nigora Parmonova

Qashqadaryo Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hududiy

boshqarmasi Qamashi 3-son Politexnikumi ona tili va adabiyot o’qituvchisi

Anotatsiya:

Ushbu maqola Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “G’ishtli” MFY da yashovchi

mehnatsevar xalqimizning o’ziga xos urf-odatlari, an’anasini ko’rsatib ochib beruvchi xalq

og’zaki ijodi na’munalarini o’z ichiga oladi. Xalq og’zaki ijodi va uning fe’l atvori, urf-odati,

an’analari, orzu intilishlari va tabiatini aks ettiruvchi ko’zgudir.

Kalit so’zlar:

folklor, xoriga, beldor, buvak, o’naki, tolli, kelin salom

Xalq og’zaki ijodining uning fe’l atvori, urf-odati va an’analari orzu intilishlari va tabiatini aks

ettiruvchi o’ziga xos ko’zgudir. Biz ana shu ko’zgu vositasida ezgu niyatlar, insoniylik fazilatlar,

zulm va adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg’ularini ko’ramiz.

Darhaqiqat, o’zbek xalqining xususan O’zbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumanidagi

“G’ishtli”

qishlog’ida yashab o’tgan Oyjamol momojonim aytgan

qo’shiqlar, she’rlar, topishmoqlar hanuz qulog’im tagida yangraydi. Momom bobojonim bilan

yaxshi farzandlarini o’qitib bilimli, ilmli qilib, baxtu kamolini ko’rib yashashdi. Oyjamol

momom tabiatan hushchaqchaq, zehnli chaqqon, mehnatsevar, qo’shiqlarni jondan sevib

aytadigan ayol bo’lgan.

Bobom esa ulug’ vatan urushi qatnashchisi Xayrullayev Po’lat bobo bo’lgan. Bobom to’y

hashamlarga sandiq yasab uylarni tomini yopadigan usta bo’lgan.

Tepdim sandiq ochildi

Turga bodom sochildi,

Bodomni tera-tera

Qanotlarim qayrildi

Qanot bering uchayin

Oq-saroyga qo’naylik


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

570

Oq-saroyning oq toshi,

Yangamning qalamqoshi

Momam u paytdagi jabr-zulmdan ayollarni o’zidan ancha kata bo’lgan otalari qatori odamlarga

turmushga berib yuborayotgani haqida ham ko’p aytardi.

Somon soldim xoriga

Xoridanam nariga

Meni otam otdilar

O’zimdanam qariga

Otam meni otdilar

Boyvachchaga sotdilar

Boyvachchaning qo’lida

Rangim somon etdilar

Xuddi shunday qo’shiqlardan beshik boshida ham aytardilar. Go’yo o’ziga nasib bo’lmagan

baxtga farzandi erishishini tilaydilar: alla bu ilk tarbiya vositasi hisoblanadi, Vatan beshikdan

boshlanadi deyishadi.

Alla, alla, allayo

Alla aytay adiga,

Suv ob kelsin kadiga

Kadilar bovi uzilsinay

Kelinlar bo’b so’zilsinay

Alla, alla, allayo,

Uxlab qolsin allayo

Jonim bolam allayo

Momomning dugonalari qishloqdosh momolar chaqaloqlar haqida ham ko’p va xo’b she’rlar

aytishgan!

Uch yulduz, uch yulduz, uch yulduz

Uchib qayga borasan

Xurosonga boraman

Xurosonni ne ko’rding,

Xurosonning yonida

Suluv yigitni ko’rdim

Suluv yigit yonida

Oq o’tovni men ko’rdim

Oq o’tovning ichida


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

571

Oy kelinchak men ko’rdim!

Oy kelinchak oldida

Beldor beshik men ko’rdim

Beldor beshik yonida

Qizil buvakni ko’rdim!

Buvak so’zi eskirgan shevaga xos eskirgan so’z bo’lib chaqaloq degan ma’noni beradi. Bobom

bilan momom 64 yil umrguzaronlik qilishgan. Yoshligimda nevaralarni yoniga to’plab bir

qancha ertaklar, topishmoqlar aytardi. Biz esa ularni eshitib rosa quvonardik.

Adursa dursa dursa

Otasi bozorga borsa

Bug’in go’shi keltirsa

Onasi pazanda bo’lsa!

Bolasi xo’randa bo’lsa!

Adursa dursa, dursa!

Xalq og’zaki ijodi na’munalarida xalq ertaklari qo’shiqlar laparlar kelin salomlar topishmoqlar

dastlab og’zaki shaklida paydo bo’lgan avloddan avlodga o’tib kelgan. Ular biror bir yagona

shoir yoki yozuvchi tomonidan emas, balki xalq tomonidan yaratilgani uchun “Xalq og’zaki

ijodi” deb ataladi. “Xalq og’zaki ijodi” atamasi o’rniga folklor (inglizcha folk – xalq, lore –

donolik) so’zini ham qo’llash mumkin. Xalq qo’shiqlari xalq og’zaki ijodining eng qadimgi

shakllaridan biridir. Xalq og’zaki ijodida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti

mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, e’tiqodi va diniy tasavvurlari inson va olamga

nisbatan his tuyg’ulari badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’y fikrlari

o’z ifodasini topgan.

Anovi tovlar tovmaqan

Tevaragi zovmaqan,

Uzoqdagi og’amning

Teni-qoni sovmaqan.

Uzoqdagi og’alarni sog’ingan momolarimiz tomonidan aytilgan u paytlari bugungidek manzilni

yaqin qiladigan mashinalar bo’lmagan, shunda ham o’zlarini xursand qilib qo’shiqlar aytishgan,

og’asining tani joni sog’mikan deb o’ylashgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

572

Xalq og’zaki ijodida kelin salomlar ham aytilgan.

KELIN SALOM

Kosa tutdim kelinga

G’ulun solib beramiz

Qoshini qaro bo’lsin deb,

O’sma olib beramiz.

Kosa tutdim kelinga

G’ulun solib beramiz

Ko’zini qaro bo’lsin deb,

Surma olib beramiz.

Kosa tutdim qo’limga,

G’ulun solib beramiz

Yuzini yorug’ bo’lsin deb,

Oyni olib beramiz.

Kosa tutdim qo’limga

G’ulun solib beramiz

Xudo xaqqin bersin deb,

Qur’on olib beramiz.

Kosa tutdim qo’limga

G’ulun solib beramiz

Bir yil o’tib albatta ,

Beshik olib beramiz. deb aytishgan.

Qo’shiq qadimiy lirik janr hisoblanib kuyga solib aytishga mo’ljallanib yoziladi. Qo’shiq odatda

ikki xil bo’ladi: xalq qo’shiqlari va yozma adabiyot majmuasi bo’lgan qo’shiqlar qadimiy tarixga

ega. Xalq qo’shiqlari haqida gapirar ekanmiz, ular ko’pchilikning his-tuyg’ularini

umumlashtirgan holda yakka shahs kechinmalari orqali aks ettiriladi. Xalq tomonidan aytilgan


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

573

kelin salomlarimiz kelinga, yoshlarimizga yaxshi niyat bilan aytilgan qo’shiqdir, kelin salom

sodda, samimiy va tarbiyaviy yaratilgan, san’at asari sifatida zavq berib asrlar oshib yuradi.

Buning mazmuni xursandchilik kayfiyatini ifodalagani uchun to’y-hashamlarda aytiladi.

Yoshligimiz juda esda qolarli, xotirga boy bo’lgan ekan. Juda ko’p suralarni ham bobojonimdan

o’rganganman. Ular besh vaqt namoz o’qib yurtimizning tinchligi bilan elning obod bo’lishini

Ollohdan so’rardi. Farzandlari nevaralarini jondan yaxshi ko’rishardi va topishmoqlar, matallar

aytib berardi.

Tuna tuna tunaki

Tirnoqlari o’naki

O’tirishi tulkiday,

Jem jeyishi jilqiday

Hali kelsa ko’rasiz

Kula kula o’lasiz.

Yer ostida, oy yurar.

Kichkina qozonnning oshi tolli.

Topishmoq xalq og’zaki ijodidan maxsus janrdir. Bobom bu topishmoqlar bilan nevaralarini

topqirlikka, xazil qilib kuldirishga o’rgatar edi. Momom she’rlar aytsa rosa quvonardi, ular doim

xushchaqchaq, yaxshi oliyjanob insonlar bo’lishgan. Barcha nabiralari oliy ma’lumotli yaxshi

sohalarda o’qituvchilik qilib ishlab yurishibdi! Doim yodimdasizlar oxiratlarining obod bo’lsin!

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

VI sinf adabiyoti qo’shiq va uning turlari, xalq qo’shiqlari 1-bet A.Asadova

2.

VI sinf darsligi adabiyot. Tuzuvchilar Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov. Toshkent

2022 62-bet.

Библиографические ссылки

VI sinf adabiyoti qo’shiq va uning turlari, xalq qo’shiqlari 1-bet A.Asadova

VI sinf darsligi adabiyot. Tuzuvchilar Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov. Toshkent 2022 62-bet.