ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
549
IJTIMOIY MUHIT BOLANI TARBIYALASHNING OMILI SIFATIDA.
Kaxxorov Beknazar Xusan O'g'li
Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali
Ijtimoiy ish yo'nalishi 4-kurs talabasi.
ANNOTATSIYA:
Maqolada Bola ijtimoiylashuvida ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega
ekanligi , ijtimoiy tasavvurlar hamda o’zi va o’zgalar to’g’risidagi tushunchalarning
shakllanishiga oiladagi ma’naviy-ruhiy munosabatlarning roli haqida shuningdek bolaning o’zi
to’g’risidagi barcha tasavvurlari shakllanishida u tarbiyalanayotgan oilaning ahamiyati haqida
so’z boradi
Kalit so’zlar:
xulq-atvor, ijtimoiy muhit, bolalik davri, oila va ota-ona, Bolaning shakllanishiga
ta’sir ko’rsatuvchi omillar, bolaning psixikasi, oilaviy iqlim.
KIRISH.
Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi turli xil faoliyatlarda tengdoshlari va kattalar bilan muloqot
qilishda eng samarali hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy rivojlanishini
umumiy tushunchasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Ijtimoiylashuv-bu maktabgacha yoshdagi
bolalarning jamiyatda mavjud bo'lgan ijtimoiy-axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini
o'zlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuv-bu butun hayot davomida davom etadigan doimiy jarayon.
Maktabgacha bolalikda bu birinchi navbatda ijtimoiy hayot me'yorlarini o'zlashtirishdir. Ijtimoiy
kompetensiya-hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va
me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish mahorati. Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti
davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda
jadallik bilan kechadi. Chunki, shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy me’yorlar
o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy
muhitni bola astasekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada
rivojlansa, uning keying rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassaslari, maktab,
maktabdan tashqari tarbiya tashkilotlari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kichadi. Bolaning
ijtimoiy rivojlanishida etakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini o'zlashtirish va
keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash yotadi. Ijtimoiy taraqqiyot
bilan chambarchas bog'liq maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi
hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi kattalar bilan
muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va
munosabatlarda mustahkamlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekistonda ko’plab yangi sohalar qatori aholiga
psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini rivojlantirishga xizmat
qiladigan tatqiqotlarga bo’lgan muayyan ehtiyoj tobora sezilmoqda.Zero, bunday xizmatlarga
ehtiyoj bir tomondan oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi
tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga ota-onalar
tomonidan ko’rsatiladigan e’tiborning samarasini belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan boladagi
jamiyatda, insoniy munosabatlar tizimida munosib maqomga ega bo’lishni ta’minlaydigan eng
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
550
dastlabki ijtimoiy tasavvurlar hamda o’zi va o’zgalar to’g’risidagi tushunchalarning
shakllanishiga oiladagi ma’naviy-ruhiy munosabatlarning rolini aniq empirik ma’lumotlar bilan
asoslashga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Ko’plab psixologik tadqiqotlarda oila, bola
shaxsining shakllanishi va uning ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatuvchi omil sifatida baholanadi.
Lekin bolaning o’zi to’g’risidagi barcha tasavvurlari shakllanishida u tarbiyalanayotgan oiladagi
munosabatlarning xususiyatlari, oila tiplari va ota-onalik maqomlari ular tomonidan qay darajada
anglanishining bevosita roli alohida tadqiqot doirasida O’zbekiston sharoitida o’rganilmagan. Bu
masala amaliy ahamiyatga molik bo’lib “…inson o’z umri davomida oladigan barcha
informatsiyaning 70 % ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan”. Demak, shu
informatsiyalar orasida bola o’z “Meni”ni to’g’ri shakllantiradigan va shu orqali uni ijtimoiy
psixologik munosabatlarga ruhan tayyorlaydigan ma’lumotlarning manbai va ta’sir kuchini
o’rganish yosh ota-onalar va oilashunoslar uchun o’ta dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirgi
vaqtda jahon psixologik ilmida ham bola xulq-atvori va ruhiyatining shakllanishida oila va ota-
ona muhim rol o’ynaydi degan yondashuv yetakchilik qiladi. Boshqa tomondan, bolaning
rivojlanayotgan shaxs sifatidagi faolligi ham oiladagi o’zaro munosabatlar xususiyatini belgilab
beradi. Oilada bola shaxsi rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri bu undagi “Men”
konsepsiyasining shakllanishi bo’lib, bir qarashda bu sof kognitiv holat bo’lsa-da, uning manbasi
va shakllantiruvchi omillar oila muhiti va undagi o’zaro munosabatlarining xarakteriga bevosita
bog’liqdir. Bizning vazifamiz - o'zini anglashga qodir, boshqa odamlar bilan, o'zi bilan uyg'un
munosabatlarni o'rnatishga qodir bo'lgan faol ijodiy shaxsni tarbiyalash hisoblanadi.
Bolaning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida
yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G’arb
faylasuflari ham o’zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G’arb va Islom
dunyosining bolaning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib
o’tamiz.Bolaning shakllanishi haqida G’arb faylasuflarining fikrlari.Biologik yo’nalish – bu
yo’nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy)
omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida
avlod-ajdodlardan o’tgan tug’ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini
cheklab qo’yishadi. Yo’nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.Preformizm
yo’nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo’lajak
shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo’ladi. Ular tarbiya va
muhitning rolini butunlay inkor etishidi.Bixeviorizm yo’nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog
va psixolog E.Torandayk asos soldi.Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan,
ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o’tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs
rivojlanishiga ta’sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta’sir etishdan ojiz
deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va
mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta’siri alohida
ta’kidlangan
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Ijtimoiy muhit bolani tarbiyalashda muhim omil sifatida inson hayotining ilk bosqichlaridanoq
muhim rol o‘ynaydi. Bola dunyoga kelganidan so‘ng u o‘zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishga
intiladi va bu ehtiyojlar faqat ijtimoiy muhit orqali ro‘yobga chiqariladi. Tarbiya jarayoni esa
insonning shaxs sifatida shakllanishida muhitning ta’sirini inobatga olgan holda olib boriladi.
Shu bois, pedagogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiy muhitning bola rivojiga ta’siri alohida
e’tibor bilan o‘rganiladi. Bola shaxsining rivojlanishida uch asosiy omil: nasl, muhit va tarbiya
muhim deb hisoblanadi. Ulardan ijtimoiy muhit — bolaning shaxsiy tajribasini shakllantirishda
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
551
vositachi rolini bajaradi. Bu muhitga oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari,
tengdoshlar guruhi, madaniy muassasalar va jamiyatdagi boshqa ijtimoiy institutlar kiradi. Har
bir omil bolaning psixikasi, fe’l-atvori va ijtimoiy faolligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagogika fanida ijtimoiy muhit bola tarbiyasida passiv emas, balki faol vosita sifatida talqin
etiladi. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida axloqiy me’yorlar, odob-axloq qoidalari, milliy qadriyatlar
va ijtimoiy rol va funktsiyalarni egallaydi. Jumladan, A. Avloniyning fikricha, “tarbiya biz
uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Bu fikr
ijtimoiy muhitning bevosita yoki bilvosita bola hayotiga ta’siri naqadar chuqur ekanligini
ko‘rsatadi. Oila birinchi ijtimoiy muhit sifatida bolaning asosiy tarbiya maktabi hisoblanadi.
Oilada bola birinchi marta muhabbat, mehr, e’tibor, intizom va mehnatga hurmat kabi ijtimoiy
his-tuyg‘ularni o‘zlashtiradi. Ota-onaning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, oila ichidagi munosabatlar
madaniyati bolaning xarakteri va dunyoqarashini shakllantiradi. Shuningdek, oilaviy iqlim
bolaning o‘zini tutishi, o‘zaro munosabatlari va o‘ziga bo‘lgan ishonchiga bevosita ta’sir qiladi.
Maktab esa bola ijtimoiylashuvida ikkinchi muhim ijtimoiy muhit bo‘lib, u bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan birga axloqiy-me’yoriy qadriyatlarni ham shakllantiradi. O‘qituvchining shaxsiy
namuna bo‘lishi, sinfdagi muhit, ta’lim dasturlarining tarbiyaviy yo‘nalishi bolaning ongli va
ijtimoiy mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi. Maktab nafaqat bilim berish,
balki ijtimoiy moslashuv, muloqot qilish, muammolarni hal etish, guruhda ishlash kabi ijtimoiy
kompetensiyalarni rivojlantirishga zamin yaratadi. Mahalla va jamiyat ham bolaning ijtimoiy
muhit sifatidagi shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Mahallada o‘tkaziladigan turli madaniy-
ma’rifiy tadbirlar, urf-odat va an’analar bilan tanishish, jamiyatdagi ijtimoiy vazifalarga jalb
etilish bolaning ijtimoiy mas’uliyatini oshiradi. Ayniqsa, ijtimoiy faollikni shakllantirish,
kattalarga hurmat, kichiklarga e’tibor kabi ijtimoiy qadriyatlarni anglashda mahalla muhitining
ahamiyati beqiyosdir.
Zamonaviy sharoitda ommaviy axborot vositalari va internet ham ijtimoiy muhitning ajralmas
qismi bo‘lib qoldi. Bu vositalar orqali bola turli madaniy axborotlarni qabul qiladi, turmush
tarziga taqlid qiladi, qadriyatlar tizimini qayta ko‘rib chiqadi. Shuning uchun ota-onalar va
pedagoglar bolani ijobiy axborotlar bilan ta’minlash, zararli ta’sirlardan himoya qilish
masalasiga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Ijtimoiy muhitning bolaning tarbiyasiga ta’siri ijobiy
ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Agar muhitda mehr, o‘zaro hurmat, odob, axloqiy qadriyatlar
ustuvor bo‘lsa, bola bu xususiyatlarni o‘zlashtiradi. Aksincha, befarqlik, zo‘ravonlik,
e’tiborsizlik, madaniyatsizlik hukmron bo‘lgan muhitda tarbiyalangan bolada salbiy fazilatlar
shakllanishi mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida ijtimoiy muhitning roli beqiyosdir. Ijtimoiy muhit
tarbiyaning manbai, yo‘nalishi va ta’sir doirasini belgilaydi. Tarbiya samaradorligi ko‘p jihatdan
ijtimoiy muhitning sog‘lomligi, ijobiy qadriyatlar bilan boyitilganligiga bog‘liq. Shu bois,
pedagogik amaliyotda bola bilan ishlashda uning yashayotgan muhitini chuqur tahlil qilish va u
orqali ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga intilish muhimdir. Ijtimoiy muhitning bolaning
tarbiyasiga ta’siri ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Agar muhitda mehr, o‘zaro hurmat,
odob, axloqiy qadriyatlar ustuvor bo‘lsa, bola bu xususiyatlarni o‘zlashtiradi. Aksincha,
befarqlik, zo‘ravonlik, e’tiborsizlik, madaniyatsizlik hukmron bo‘lgan muhitda tarbiyalangan
bolada salbiy fazilatlar shakllanishi mumkin. Ijtimoiy taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
552
bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va
tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi.
Taklif o’rnida shuni aytishim mumkinki bolaning tarbiyasida ijtimoiy muhitning ta’sirini
kuchaytirish maqsadida oila, maktab va mahalla hamkorligini yaxshi yo’ga qo’yish , ijobiy
ijtimoiy qadriyatlarni ommalashtirish hamda bolalar uchun sog‘lom axborot muhitini yaratish
taklif etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarida Steam Texnologiyasi Asosida O’quv Jarayonini
Tashkil Etish Jarayoni As Abduqosimovna - Innovation In The Modern Education System, 2023
2.
Игра Для Ознакомления Дошкольников С Художественной Литературой
Технологий Использование М Жовлиева, Са Абдумажитова - Innovation In The Modern
Education System, 2023
3.
Psychological And Pedagogical Characteristics Specific To Their Age In Forming The
Intellectual Ability Of The Students On The Base Of Innovative Technologies Ag Majitovna
Новости Образования: Исследование В Xxi Веке 1 (5), 414- 418
4.
F.Qodirova,
Sh.Toshpo‘latova,
N.Kayumova,
M.A’zamova.
“Maktabgacha
pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.- 688 b
5.
I.V.Grosheva,
L.G.Yevstafeva,
D.T.Maxmudova,
Sh.B.Nabixanova,
S.V.Pak,
G.E.Djanpeisova ”Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2018 y - 72 b
6.
Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y.- 293
b
7.
N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 y. - 183