Авторы

  • Mahmatov Hasan Bektemir o’g’li,Ishmuradov Bunyod Farxodovich
    SamDU Kattaqo’rg’on filiali Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi,SamDU Kattaqo’rg’on filiali Ijtimoiy ish yo’nalishi katta o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82523

Ключевые слова:

renessans renessansning o‘gitlari insonparvarlik gumanizm erkin fikrlash ilm-fanga hurmat axloqiy tarbiya falsafa va tafakkur san’at va madaniyat tolerantlik so‘z erkinligi uyg‘onish davri saboqlari.

Аннотация

Renessans — XIV asr oxiri va XVII asr boshlarida Yevropada yuzaga kelgan madaniy, ilmiy va falsafiy inqilob boʻlib, insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda insonning oʻziga boʻlgan ishonchi, ilmga boʻlgan qiziqishi va sanʼatga boʻlgan eʼtibori kuchayib, oʻrta asrlarning diniy va feodal qarashlaridan voz kechilib, yangicha dunyoqarash shakllandi. Renessans ikki bosqichga boʻlinadi: Birinchi Renessans (XIV–XV asrlar) va Ikkinchi Renessans (XVI asr). Ushbu maqolada har ikkala davrning asosiy vakillari va ularning bizga qoldirgan oʻgitlari tahlil qilinadi.​


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

545

BIRINCHI VA IKKINCHI RENASANS VAKILLARI HAMDA ULARNING BIZGA

QOLDIRGAN OʻGITLARI.

Mahmatov Hasan Bektemir o’g’li

SamDU Kattaqo’rg’on filiali

Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-kurs talabasi

Ishmuradov Bunyod Farxodovich

SamDU Kattaqo’rg’on filiali

Ijtimoiy ish yo’nalishi katta o’qituvchisi

Annotatsiya:

Renessans — XIV asr oxiri va XVII asr boshlarida Yevropada yuzaga kelgan

madaniy, ilmiy va falsafiy inqilob boʻlib, insoniyat tarixida yangi davrni boshlab berdi. Bu

davrda insonning oʻziga boʻlgan ishonchi, ilmga boʻlgan qiziqishi va sanʼatga boʻlgan eʼtibori

kuchayib, oʻrta asrlarning diniy va feodal qarashlaridan voz kechilib, yangicha dunyoqarash

shakllandi. Renessans ikki bosqichga boʻlinadi: Birinchi Renessans (XIV–XV asrlar) va Ikkinchi

Renessans (XVI asr). Ushbu maqolada har ikkala davrning asosiy vakillari va ularning bizga

qoldirgan oʻgitlari tahlil qilinadi.​

Annotation:

The Renaissance is a cultural, scientific and philosophical revolution that occurred

in Europe in the late 14th and early 17th centuries, marking the beginning of a new era in human

history. During this period, people's self-confidence, interest in science and attention to art

increased, and a new worldview was formed, abandoning the religious and feudal views of the

Middle Ages. The Renaissance is divided into two stages: the First Renaissance (14th–15th

centuries) and the Second Renaissance (16th century). This article analyzes the main

representatives of both periods and the teachings they left us.

Аннотация:

Ренессанс — культурная, научная и философская революция, произошедшая

в Европе в конце XIV — начале XVII веков и ознаменовавшая начало новой эры в

истории человечества. В этот период возросла уверенность людей в себе, интерес к науке,

внимание к искусству, сформировалось новое мировоззрение, отказавшееся от

религиозных и феодальных взглядов Средневековья. Эпоха Возрождения делится на два

этапа: Первое Возрождение (XIV–XV вв.) и Второе Возрождение (XVI в.). В статье

анализируются основные представители обоих периодов и учения, которые они нам

оставили.

Kalit so’zlar:

renessans, renessansning o‘gitlari, insonparvarlik, gumanizm, erkin fikrlash, ilm-

fanga hurmat, axloqiy tarbiya, falsafa va tafakkur, san’at va madaniyat, tolerantlik, so‘z erkinligi,

uyg‘onish davri saboqlari.

Keywords:

Renaissance, teachings of the Renaissance, humanity, humanism, free thinking,

respect for science, moral education, philosophy and thought, art and culture, tolerance, freedom

of speech, lessons of the Renaissance.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

546

Ключевые слова:

Возрождение, учения возрождения, гуманизм, гуманизм,

свободомыслие, уважение к науке, нравственное воспитание, философия и мысль,

искусство и культура, толерантность, свобода слова, уроки возрождения.

Renessans (fransuzcha renaissayce – uygʻonish) – insoniyat maʼnaviy taraqqiyotidagi uygʻonish

davri. Bizning xalqimiz oʻz tarixida ikki bor ana shunday Renessansni yaratgan. Birinchisi ilk

oʻrta asrlarda, ikkinchisi esa Sohibqiron Temur va temuriylar davrida roʻy bergan va insoniyat

taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Bugungi kunda yurtimizda Uchinchi Renessans

poydevori yaratilmoqda. XIII asrdan eʼtiboran Yevropada renessans davri boshlandi. Tabiiyki,

ushbu ijtimoiy-tarixiy jarayon Yevropaning turli mamlakatlarida turlicha kechdi. Renessans

davri Yevropada uch asosiy bosqichni: ilk bosqich (XIV asr), yetuklik bosqichi (XV asr) va

oxirlab qolgan soʻnggi bosqich (XVI asr)ni bosib oʻtdi. Renessans oʻzining ilk bosqichida butun

Yevropani emas, balki uning eng rivojlangan mamtlarini qamrab oldi. Renessans davrining ilk

bosqichi izlari qadimgi Italiyaga borib taqaladi. Renessans gʻoyalari qadimgi Italiyada XII

asrdayoq vujudga kelgan edi. Xuddi shuning uchun ham renessans oʻzining ilk bosqichida sof

“italyancha voqea” edi. Oʻz taraqqiyotining yetuk bosqichida u butun Yevropaga xos xususiyat

kasb etdi. Bu paytda Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlarida hunarmandchilik va savdo-

sotiqning tez rivojlanishi boshlandi. Kishilarning shahar tomon intilishlari oshib ketdi. Jamiyat

hayotida shaharlarning oʻrni va ahamiyati uzluksiz kuchaydi. Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror

topa boshladi. Kishilarning turmush tarzida muhim ijobiy oʻzgarishlar sodir boʻla boshladi.

Renessans davri oʻziga xos yangi madaniyatni yaratdi. Ushbu madaniyat nafaqat dinga, balki ilm

va fanning ilgʻor yutuqlariga tayana boshladi.

Tarixdan ma'lumki O'rta Osiyo hududi qadimdan turli xil bosqinchilar uchun juda yaxshi makon

bo'lib kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlar Ahamoniylar, Mil. Avv. IV asr Aleksandr

Makedonski, milodiy VII-VIII asrlarda arablar bosqini va XII-XIII asrlarda Mo'g'ullar

bosqinlarini aytish mumkin. Har bir bosqinchilik yurishlari o'zining salbiy oqibatlarini qoldirdi.

VII-VIII asrlarda arablar bosqini O'rta Osiyo hududiga o'zining salbiy jihatlari bilan birgalikda

ijobiy tomonlarini ham ko'rsatdi. Arablar bosqinidan so'ng sharqda ilk uyg'onish davri aynan

O'rta Osiyo hududida ro'y berdi. Bu davrda ko'plab buyuk zotlar allomalar yetishib chiqdiki

ularning ma'naviy dunyosi hali hamon oramizda yashayotganligini xis etishimiz mumkin.

Ikkinchi ana shunday uyg'onish davri ham aynan sharqda vujudga keldi bu Amir Temur va

Temuriylar davriga to'g'ri keldi va bu davr tarixga ikkinchi uyg'onish davri bo'lib kirdi.
Amir Temurning o'zi o'qimishliligi zukkoligi adabiyot va san'atga qiziqishi shuning bilan

birgalikda o'z ona tilidan tashqari boshqa bir nechta tillarni ham yaxshi bilishi, shuning asosida

turli xil davlatlardan olib kelingan olimu fuzalolar, allomalar bilan ko'plab suhbatlar uyushtirib

turardi, keyinchalik Amir Temurning bunday olib borgan oqilona siyosati zamirida XIV-XV

asrlarda sharq musulmon olamida IX- XII asrdan so'ng yana bir uyg'onish davrini renessansni

vujudga kelishida juda katta omil bo'lib xizmat qildi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Amir

Temur har bir sohaga alohida e'tibor qaratdi shu jumladan ta'lim, ilm-fan sohasiga asosiy

e'tiborini qaratdi. Ayniqsa mo'g'ullardan so'ng ezilgan xalqning o'tmishini ajdodlarining qanday

buyuk shaxslar ekanligini bilishi uchun tarix sohasini rivojlantirdi. Temurning o'zi ham tarixiy

adabiyotlarni mutoala qilib borar edi. Bu haqda Amir Temur saroyida 12 yoshida keltirilgan

tarixchilik bilan shug'ullangan Ibn Arabshoh o'zining Amir Temur tarixi kitobida shunday

keltiradi: "Temur tarix (kitob) lari, Xudoning raxmati va salomi bo'lg'ur anbiyolar”, “Qissalarni

podshohlar siyratlari va o'tgan salaflar haqidagi hikoyalarni doimo-saafarda, ham xadarda ham

o'qutib, qunt bilan tinglar edi”. Ko'rinib turibdiki Amir Temurning tarixga, o'tmishga, ajdodlari

merosiga befarq qaramasligi uning ezilgan xalqni qaytadan ma'naviy jihatdan birlashtirishiga

katta yordam berdi. Amir Temur davlatida ilm- fan bilan shug'ullanish uchun juda katta


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

547

imkonoyatlar yaratishi bilan birgalikda olimlarni har jihatdan qo'llab quvvatlagan. Amir Temur

yurishalari vaqtida qaysi davlatga bormasin birinchi navbatda ilm ahllarini, olimlarni va

yozuvchilarni alohida e'tibor bilan ulug'lagan, izzat-ikrom ko'rsatib ularni o'z davlatiga olib

kelgan va ilm bilan shug'ullanish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Shunday Amir

Temurdan ro'shnolik ko'rgan o'zi sevgan ilmi bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lgan o'z

davrining buyuk shaxslaridan biri Ibn Xaldun: "Tangriga xamd bo'lsinki, qimmatimni biladigan,

xizmatimni qadrlaydigan va hurmatimni o'rniga qo'yadigan kishini menga ato qildi" deb yozadi.

Keyinchalik Ibn Xaldun Amir Temur bilan tanishgandan so'ng ungacha bo'lgan davrini besamar

ketganligini anglaydi va afsus chekadi. Amir Temur olimlar bilan suhbat va bahslar uyushtirishni

yaxshi ko'rgan, g'oliblarga qimmatbaho tuhfalar bergan. Amir Temur o'qimishli, dono kishilar

davrasini, ular bilan suhbat qilishni yoqtirgan, davlat ishlarini yo'lga qoyishda ular bilan

maslahatlashib ish ko'rgan. Shuning uchun ham u o'zining "Tuzuklari"da qayd etilgan 12 toifa va

tabaqaning ikkinchisiga aqlli kishilar va kengash sohiblarlarni kiritdi va ularni e'tiborli shaxslar

deb bildi. Madrasalar, kutubxonalar, maktablar barpo etildi. Buning natijasi o'laroq, Temuriylar

davrida ilm-fan ravnaq topib, bu jahon tarixida "ikkinchi renessans" nomi bilan tilga olindi.

Renessansning bizga qoldirgan asosiy saboqlari quyidagilar:

-

Renessans davrining eng muhim o‘gitlaridan biri — bu ilm-fanga, aql-idrok va

tafakkurga bo‘lgan yuksak hurmatdir. O‘sha davrda shakllangan "bilim kuchdir" g‘oyasi hozir

ham dolzarb. Bu saboq bugungi O‘zbekiston yoshlari uchun ham muhim: bilim bilan

qurollangan jamiyatgina taraqqiy etadi. Ilmiy izlanishlar, tanqidiy tafakkur, yangilikka ochiqlik

— zamonaviy taraqqiyotning poydevoridir.

-

Renessans inson erkinligini, xususan, fikr erkinligini asosiy qadriyat sifatida ilgari surdi.

Bu saboq bizga hayotdagi har qanday o‘zgarish avvalo fikrdan boshlanishini eslatadi. Bugun

ham jamiyatda konstruktiv tanqid, mulohaza yuritish, muqobil fikrlar borligi taraqqiyot uchun

zarur.

-

Renessans gumanistlari uchun inson faqat bilim bilan emas, balki maʼnaviy yetuklik bilan

ham kamol topardi. Ular axloqiy poklik, insonparvarlik, haqiqat va adolat tarafdori edilar. Bugun

O‘zbekistonda yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda bu qadriyatlar asosiy o‘rin

tutmoqda.

-

Renessans san’atni inson ruhiy olamini yuksaltiruvchi vosita deb bildi. Bu davrda

rassomchilik, me’morchilik, adabiyotda ulkan yuksalish yuz berdi. Bugungi O‘zbekistonda

milliy san’at, musiqa va me’moriy merosga e’tibor kuchaygani — o‘sha qadriyatlarning

davomidir.

-

Renessans vakillari tabiatni o‘rganish orqali yaratuvchining buyukligiga yetmoqchi

bo‘ldilar. Ular insonni tabiatning bir qismi deb bildilar. Bugungi ekologik muammolar fonida bu

g‘oya yana-da muhim bo‘lib bormoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak renessansning bizga qoldirgan eng katta merosi — bu

insoniylikdir. Bu davr bizga o‘rgatadiki, haqiqiy taraqqiyot – bu nafaqat texnika va fan yutuqlari,

balki maʼnaviyat, axloq va insonparvarlikda ham yuksalishdir. Bugungi O‘zbekiston yoshlariga

bu saboqlar juda muhim: ular orzu qiladi, o‘rganadi, izlanadi va xalqimiz ravnaqi uchun xizmat

qiladi. Shunday ekan, Renessansning o‘gitlari bizga bir haqiqatni eslatadi: haqiqiy boylik – bu

tafakkur va ma’naviyat boyligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1.

G‘aniyeva, M. (2005).

Yevropa Uyg‘onish davri adabiyoti

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

548

2.

Berdikulov, A. (2012).

G‘arb Uyg‘onish davri va gumanizm tafakkuri

. Toshkent: Fan

nashriyoti.

3.

Nazarov, Q. (2003).

Falsafa tarixi

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

4.

Fayzullayev, A. (2011).

Sharq va G‘arb Uyg‘onish davrlari: taqqosiy tahlil

. Toshkent:

Ilm ziyo.

5.

Kristeller, P. O. (1961).

Renaissance Thought and its Sources

. New York: Columbia

University Press.

6.

Grendler, P. F. (2004).

The Renaissance: An Encyclopedia for Students

. New York:

Charles Scribner's Sons.

Библиографические ссылки

G‘aniyeva, M. (2005). Yevropa Uyg‘onish davri adabiyoti. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Berdikulov, A. (2012). G‘arb Uyg‘onish davri va gumanizm tafakkuri. Toshkent: Fan nashriyoti.

Nazarov, Q. (2003). Falsafa tarixi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

Fayzullayev, A. (2011). Sharq va G‘arb Uyg‘onish davrlari: taqqosiy tahlil. Toshkent: Ilm ziyo.

Kristeller, P. O. (1961). Renaissance Thought and its Sources. New York: Columbia University Press.

Grendler, P. F. (2004). The Renaissance: An Encyclopedia for Students. New York: Charles Scribner's Sons.