ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
486
KIBER IJTIMOIYLASHUV MADANIYATINING OILAVIY MUNOSABATLARGA
TA'SIRI
Iroda Yoqubova Gʻaybulla qizi
Sam.DU Kattaqoʻrgʻon filiali
Ijtimoiy ish taʼlim yoʻnalishi
Ilmiy rahbar:
Ishmuradov B. F
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kiber ijtimoiylashuv tushunchasiga aniqlik kiritilib, uning
zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, xususan, oilaviy munosabatlarga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.
Kiber makonning ijtimoiy institutlar, ayniqsa oila institutiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy
jihatlari yoritiladi. Chet el tajribalari bilan solishtirish orqali global tendensiyalar ham tahlil
etiladi.
Kalit so‘zlar:
kiber ijtimoiylashuv, oilaviy munosabatlar, raqamli texnologiyalar, internet,
ijtimoiy tarmoqlar.
Kirish: Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti inson hayotining barcha sohalariga chuqur
kirib bormoqda. Ayniqsa, internet va raqamli texnologiyalar yordamida shakllanayotgan
kiber makon ijtimoiylashuv jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu hodisa “kiber
ijtimoiylashuv” tushunchasini yuzaga keltirdi.
Kiber ijtimoiylashuv nima?
Kiber ijtimoiylashuv — bu shaxslarning internet va raqamli texnologiyalar orqali boshqa
odamlar bilan aloqa o‘rnatishi, axborot almashishi, ijtimoiy normalar va qadriyatlarni
o‘zlashtirishi jarayonidir. Bu jarayon ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Telegram va
boshqalar), bloglar, forumlar, onlayn o‘yinlar va boshqa raqamli platformalar orqali amalga
oshiriladi.Hozirgi zamonaviy raqamlashtirilgan olamda internet va ijtimoiy tarmoqlar inson
hayotining ajralmas qismiga aylandi.Hozirgi kunda hamma virtual muhitda muloqot qilib
kelmoqda. Bu holat natijasida, bilim olish masofaviy shaklda va hayot tarzi ijtimoiy tarmoqlarda
shakllanmoqda. Biroq, kiberijtimoiylashuv jarayonida turli xavflar mavjud boʻlib, ulardan
himoyalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Kiber ijtimoiylashuv xavflari: Ijtimoiy tarmoqlar va
veb-saytlarda shaxsiy maʼlumotlarni joylashtirish orqali oʻz xavfsizligiga tobora koʻproq
xavflarni tugʻdirish. Kiberjinoyatchilarga qulay imkoniyatlar yaratish orqali, tahdidchilar
maʼlumotlardan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanishlarga sababchi boʻlib qolinmoqda. Fishing
va onlayn firibgarlik. Fishing hujumlari elektron pochta, ijtimoiy tarmoq yoki telefon orqali
amalga oshirilib, foydalanuvchilardan maxfiy maʼlumotlarni (parollar, bank maʼlumotlari)
olishga qaratilgan. Firibgarlik usullari tobora murakkablashib bormoqda.Virtual muhitda
muloqat qilishning yana bir ijtimoiy xaflardan biri bu kiber zoʻrovovnlikdir. Kiberbulling
(onlayn tazyiq). Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda tazyiq va taʼqib holatlari koʻp uchraydi.
Bu ayniqsa yosh bolalar va oʻsmirlar uchun jiddiy ruhiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Voyaga yetmagan yoshlarga har xil turdagi onlayn zoʻrovovnlik turlari mavjud. Bularga ham
ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bolalarning ota-onasining xati-xarakatlari aksariyat sababchi
boʻlib qolmoqda. Bolalarning ommaviy muhokamaga qoʻyilishiga sababchi boʻlish holatlari.
Yoki bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xati-xarakatlarini ragʻbatlantirish holatlari, oxir oqibatda
oʻzlariga nisbatan kiber zoʻrovovnlik shakliga aylanib qolyapdi. Bularning oldini olish uchun
bolalar tarbiyasi bilan bir vaqtda kiberijtimoiylashgan jamiyatni muloqot usullarini oʻzgartirish
kerak. Xozirigi kunda yoshlar uchun eng muhim narsa internet yaʼni virtual xayot boʻlib qoldi.
Ammo hamma tarqatilayotgan axborotlar ham haqiqiy, rost axborot eganligiga kafolat yoʻq.
Dezinformatsiya va yolgʻon xabarlar. Tarmoqlarda turli soxta xabarlar va dezinformatsiya
tarqalishi jamiyatda notoʻgʻri tushunchalar shakllantirib, odamlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
487
koʻrsatib kelmoqda.Kiberijtimoiylashuv hayotimizni osonlashtirgani bilan birga, u bilan bogʻliq
xavflar ham mavjud. Internetdan foydalanishda shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish, kiberxavflardan
himoyalanish va maʼlumotlarni ongli tarzda tahlil qilish va qabul qilish muhimdir. Har bir inson
kiber madaniyatga ega boʻlishi va onlayn muhitda oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun
masʼuliyatli boʻlishi lozim. Kiber ijtimoiylashuvning Oilaviy Munosabatlarga Ta’siri:
Kiber ijtimoiylashuvning oilaviy munosabatlarga ta’siri bir nechta yo‘nalishlarda kuzatiladi. Bir
tomondan, bu texnologiyalar oila a’zolari o‘rtasida aloqa va axborot almashinuvini
yengillashtiradi. Masalan, uzoqda yashovchi oila a’zolari video qo‘ng‘iroqlar, ijtimoiy tarmoqlar
orqali muloqotda bo‘lishadi. Bu yaqinlikni saqlab qolishga yordam beradi. Boshqa tomondan,
kiber ijtimoiylashuv haddan tashqari kuchli bo‘lsa, real oilaviy munosabatlar zaiflashishi
mumkin. Ba’zan yoshlar va kattalar virtual hayotga mukkasidan ketib, haqiqiy muloqotni
yo‘qotadilar. Bu esa oilaviy nizolarga, befarqlikka, e’tiborsizlikka olib keladi. Shuningdek,
oiladagi bolalar raqamli texnologiyalar ta’sirida tezroq o‘zgaradi, ularda boshqa madaniyat va
qadriyatlarga moyillik shakllanadi. Bu holat ota-onalarning nazoratsizligi yoki texnologiyalarni
to‘g‘ri boshqara olmasligi sababli yuzaga keladi. Zamonaviy raqamli davrda internet har bir oila
a’zosi hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Farzandlar ta’lim olish, dam olish, muloqot
qilish uchun internetdan foydalanishmoqda. Ammo bu imkoniyatlar bilan bir qatorda turli xavf-
xatarlar, tahdidlar va muammolar ham yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun kiberxavfsizlik va
internetda xavfsiz oilaviy muhit yaratish — bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Kiberxavfsizlik — bu kompyuter tarmoqlari, mobil qurilmalar va boshqa raqamli vositalar orqali
axborotni ruxsatsiz kirish, o‘g‘irlash, buzish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish tizimi.Bu
tushuncha faqat texnik darajadagi himoya bilan cheklanmay, balki insonlarning axborot
madaniyati, raqamli savodxonligi va axloqiy yondashuvi bilan ham chambarchas bog‘liq.
Quyidagi holatlar oilada eng ko‘p uchraydigan kiberxavflar hisoblanadi:
a) Bolalarning zararli kontentga duch kelishi (zo‘ravonlik, pornografiya, ekstremistik
materiallar)
b) Internetda aldov va firibgarlik (phishing, vishing, smishing)
c) Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni qo‘rqitish (cyberbullying)
d) Shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi
f) Qaramlik (internet addiction, video o‘yinlarga haddan ziyod berilish)
Oilada xavfsiz internet muhitini yaratish yo‘llari:
a) Raqamli tarbiyani shakllantirish
Ota-onalar farzandlariga internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, raqamli axloq,
axborotni tanlash madaniyati, onlayn odob kabi tushunchalarni singdirishi zarur.
b) Internetdan foydalanish qoidalarini belgilash
Har bir oila o‘zining “internet qoidalari”ga ega bo‘lishi kerak. Masalan:
Qurilmadan foydalanish vaqti cheklanishi
Yoshlarga mos kontentga ruxsat berilishi Telefon va kompyuter umumiy xonada ishlatilishi
Ijtimoiy tarmoqlarda kimlar bilan muloqot qilish mumkinligi nazorat qilinishi
c) Maxsus dasturlar va filtrlardan foydalanish
Quyidagi vositalar yordamida bolalarni zararli kontentdan himoya qilish mumkin:
Parental Control (ota-ona nazorati) ilovalari: Qustodio, Net Nanny, Kaspersky Safe Kids,
Google Family Link
Brauzer filtrlari va xavfsiz qidiruv tizimlari (YouTube Kids, Kiddle, SafeSearch)
O‘rnatilgan tizim sozlamalari orqali cheklovlar (Windows/Android/iOS parental settings)
d) Farzandlar bilan doimiy muloqot qilish
Texnik vositalar muhim, ammo asosiy himoya vositasi bu suhbat. Ota-onalar farzandlari
bilan ochiq va ishonchli muloqotda bo‘lishi, ularning onlayn hayoti haqida xabardor bo‘lishi
zarur. Farzand internetda nimaga qiziqadi, kim bilan gaplashadi, qanday kontent tomosha
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
488
qiladi — bular haqida doimiy tushuncha bo‘lishi kerak.
KIBER IJTIMOIYLASHUVNING TA’LIM VA TARBIYA JARAYONLARIGA TA’SIRI:
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida ta’lim va tarbiya jarayonlari ham
yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bugungi kunda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun
kiber makon nafaqat axborot manbai, balki ijtimoiylashuv vositasi sifatida ham xizmat
qilmoqda. Kiber ijtimoiylashuv bu jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etib, ijobiy va
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ijobiy ta’sirlari:
1. Bilim olish imkoniyatlarining kengayishi.
2. Raqamli savodxonlikning oshishi
3. Interaktiv va ijodiy o‘quv muhiti
4. Ko‘p tillilik va madaniyatlararo muloqot.
Salbiy ta’sirlari:
1. Axborot isrofi va diqqatni chalg‘itish
2. Yolg‘on ma’lumotlar va axborot havfsizligi
3. Tarbiya jarayonining zaiflashishi
4. Virtual muloqotga qaramlik
Chet el tajribasi:
AQSh: Har bir shtatda maktablar va ota-onalar uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus
qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.U yerda bolalar va oilalar uchun maxsus monitoring dasturlari, ota-
onalarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalar mavjud. Oila a’zolari uchun
onlayn treninglar (NetSmartz, SafeOnline) mavjud. Janubiy Koreya: Bolalar uchun xavfsiz
internet xizmatlari va real vaqtli nazorat tizimlari (Smart Sheriff) keng tatbiq etilgan.Bu yerda
ota-onalar farzandlarining internetdagi faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus mobil ilovalar bilan
ta’minlanadi. Shvetsiyada: oilaviy internet foydalanish qoidalari belgilanadi. Yevropa Ittifoqi:
“Digital Education Action Plan” doirasida raqamli savodxonlik va ota- onalar uchun ta’lim
dasturlari amalga oshiriladi.O‘zbekistonda esa bu masalaga e’tibor ortib bormoqda. Ammo
raqamli texnologiyalar madaniyati hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, ko‘plab oilalarda
muammolar kuzatilmoqda. Bu esa jamiyatda kengroq axborot-tarbiya ishlarini olib borishni
taqozo etadi. O‘zbekiston: So‘nggi yillarda “Bolalarni himoya qilish to‘g‘risida”gi
qonun,“Kiberxavfsizlik konsepsiyasi”,"Bolalarni ularning sog'ligiga zarar yetkazuvchi
axborotdan himoya qilish" to'g'risidagi qonun 15.08.2017 qabul qilindi, ammo amaliyotda hali
keng joriy qilinishi zarur. O‘zbekistonda esa bu masalaga e’tibor ortib bormoqda. Ammo raqamli
texnologiyalar madaniyati hali to‘liq shakllanmaganligi sababli, ko‘plab oilalarda muammolar
kuzatilmoqda. Bu esa jamiyatda kengroq axborot-tarbiya ishlarini olib borishni taqozo
etadi. 2023-yilning 20-aprel kuni Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasida o‘smirlar va
yoshlar farovonligi hamda ruhiy salomatligini mustahkamlash va profilaktika qilish masalalari
bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda o‘smirlar va
yoshlarning farovonligini ta’minlovchi hamda ruhiy salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarni va
zamonaviy tahdidlarni tahlil etish, shuningdek, ularni ham ruhan, ham jismonan barkamol qilib
voyaga yetkazish borasida olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi. Shuningdek, 2023-
yilga mo‘ljallangan Yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar rejasi
ham tasdiqlangan bo‘lib, uning ijrosini har chorakda muhokama etib borish belgilangan. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab 10-19 yoshdagi har yettinchi
yosh (14 foizi) ruhiy kasalliklardan aziyat chekadi, ammo bu muammolar ko‘pincha e’tiborsiz
qoldirilib,
vaqtida
davolanilmaydi.
Xususan,
mutasaddi
tashkilotlar
tomonidan
kiberjinoyatlardan himoyalanish usullarini targ‘ib qiluvchi 196 ta videomaterial, 41427 buklet,
715 ta bayyer va 23 972 ta flayer hamda 18 245 ta boshqa material tayyorlanib, aholiga
yetkazilgan hamda “Telegram” hamda “Youtube” kanallarida targ‘ibot ishlari olib borilgan.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
489
Televideniye orqali 50 dan ortiq informatsion teledasturlar, 70 dan ortiq ko‘rsatuv va
eshittirishlar, 16 dan ziyod ijtimoiy roliklar 3840 martadan ko‘proq namoyish etilgan.
Xulosa
Kiber ijtimoiylashuv zamonaviy jamiyatda muhim o‘rin tutadi. Uning oilaviy munosabatlarga
ta’siri ijobiy hamda salbiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Muhimi, bu texnologiyalardan oqilona va
madaniyatli foydalanish orqali oiladagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash mumkin. Davlat,
jamoat tashkilotlari va oilaning o‘zi bu borada muvofiqlashtirilgan harakat olib boradi . Oila —
farzandni jamiyatga tayyorlaydigan eng muhim maktabdir. Farzandlarimizni real hayotda qanday
tarbiyalayotgan bo‘lsak, raqamli hayotda ham ularni axborot xurujlari va zararli ta’sirlardan
himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda madaniyatli bo‘lishni o‘rgatish har bir ota-onaning vazifalari
hisoblanadi. Shuning uchun ham farzand tarbiyalashda bu masalaga alohida e'tibor berish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. To‘raqulov M. “Axborot texnologiyalari va jamiyat”, Toshkent, 2022.
2. Karimova G. “Internet va yoshlar: zamonaviy xavf va imkoniyatlar”, Samarqand, 2021.
3. "Bolalarni ularning sog'ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish" to’g’risidagi
O'z.Res.Qununi.15.08.2017 yil.
4. O'z.Res.Qonuni «KIBERXAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA» 25.02.2022 yil.
5. KIBER PEDAGOGIKA – XXI ASRDA RAQAMLI TA’LIM MUHITI PEDAGOGIKASI.
MAQOLA.
Muzaffarjon Mansurjonovich Jo‘Rayev