ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
461
ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA TASHBEH SAN’ATI TALQINI
Fayizova Zargul Baxtiyor qizi,
Fan va Texnologiyalar universiteti
o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
Ortiqova Hamida Maxmud qizi
Annotatsiya:
Bu maqolada Erkin Vohidovning she’riy asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ijodkor
she’rlarida ishlatilgan o‘xshatish (tahsbeh)lar, undagi muallif individual uslubi xususiyatlari,
o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangiligi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
tasviriy vositalar, tashbeh, mushabbah, mushabbahun bih, afti tashbeh, vajhi
tashbeh, ko’chim.
O‘zbek she’riyati deganda bir necha shoirlar bilan birga Erkin Vohidov ham ko‘z oldimizga
keladi. Biz Erkin Vohidovni nafaqat shoir, dramaturg, tarjimon, jamoat arbobi sifatida ham
yaxshi taniymiz.
Shoir asarlari shunchalar ta’sirli va haqqoniyki, uni o‘qigan kitobxon o‘ziga albatta,
ma’naviy ozuqa oladi. Shior sarlaridan hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka
nafrat yaqqol sezilib turadi. Qisqacha qilib aytganda, shoir asarlari insonlarni komillikka
chorlaydi.
Erkin Vohidov she’riyati o‘ziga xos ohangi, jozibasi bilan ajralib turadi. Ularda samimiyat, pok
sevgi, insonning ruhiy holatlari, xayoliyot, orzu, yoshlik, do‘stlik va shu kabi kundalik hayotdagi
holat va kechinmalar aks etadi. Shoir bunday she’rlarni yozishda she’riy san’at turlaridan
foydalanadi.
Nutqning
tasviriyligi,
ifodaviyligi
va
ta’sirchanligini
ta’minlashga
ko‘maklashadigan vositalardan muhimi so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi hisoblanadi.
So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, ya’ni turli ma’no ko‘chimlari nutqqa yoqimlilik,
go‘zallik, ulug‘vorlik baxsh etadi. So‘z ma’nolarini taraqqiyot usullari tilshunoslikda
metonimiya, metafora, sinekdoxa o‘laroq tafovutlanadi. Bu kabi usullar, shuningdek, ko‘chimlar
yoki troplar nomi bilan umumiylashtiriladi.
Tasviriy vositalar orasidagi o‘xshatish san’atiga shoirlarimiz ko‘p murojaat qiladi. Mumtoz
adabiyotimizga tashbeh deb yurutiladigan bu san’atning tashbehi sapeh (ochiq o‘xshatish),
tashbehi mashrut (shartli o‘xshatish), tashbehi tafsil (chekinish yo‘li bilan o‘xshatish), tashbehi
aks (teskari o‘xshatish), tashbehi muzmar (yashiringan o‘xshatish), tashbehi tasviya (barobar
o‘xshatish), tashbehi musalsal (ketma-ket o‘xshatish), tashbehi kinoya (kinoya yo‘li bilan
o‘xshatish), tashbehi mu’kad (ta’kid bilan o‘xshatish) kabi bir necha xil ko‘rinishlari mavjud.
O‘xshatish yoki tashbeh san’ati ikki narsa yoki voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka
asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, bo‘rttiribroq
ko‘rsatib berishdir.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
462
O‘xshatish san’ati eng qadimgi tasviriy vositalardan bo‘lishi bilan birga, eng sodda va ko‘p
qo‘llaniladigan hodisa hamdir. Ayni paytda, bir shoir yoki yozuvchi asarlari tilida, masalan,
Erkin Vohidov she’rlarida ishlatilgan o‘xshatishlar, undagi muallif individual uslubi
xususiyatlari, o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangiligi, ijodining dastlabki va keyingi davrlarda
o‘xshatishlardan foydalanish masalalari, muayyan shoir yoki yozuvchining o‘xshatishdan
foydalanishdagi uslubi kabi muammolar o‘zbek tilshunosligida o‘z tadqiqini kutmoqda.
O‘xshatish asosan nutqiy hodisadir. Chunki bir o‘rinda ma’lum predmet biror predmetga
o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatiladi. Shu bilan berga,
ta`kidlash joizki, ayrim shablonga aylangan o‘xshatishlar, masalan, qizning gulga, yuzning oyga,
qoshning hilolga, kiprikning o‘qqa, qoshning kamonga o‘xshatilishi kabilar emotsionallik,
tasviriylik baxsh etish xususiyatini yo‘qotgan. Bunday o‘xshatilishlar o‘quvchini zeriktirib
qo‘yadi. Shu bois E.Vohidov ijodida o‘xshatishlarni yangicha usulini uchratish mumkin. Bu esa
asarning badiiy qiymatini oshiradi. O‘xshatilish san’atining tarkibi quyidagichadir:
1.
Mushabbah (o‘xshatiladigan narsa),
2.
Mushabbahun bih (o‘xshatilgan narsa),
3.
Afti tashbeh (o‘xshatish) vositalari,
4.
Vajhi tashbeh (o‘xshatish sababi).
Masalan:
Dur
bo‘lib tomgaymi
so‘z
Kiprikka yosh inmay turib.
Bu misolda
so‘z
– mushabbah, ya’ni o‘xshatiladigan narsa,
dur
o‘xshatilgan narsa hisoblanadi.
Mazkur san’atda predmet biron –bir narsaga o‘xshatilganda, o‘xshatish obyekti bir leksema bilan
ifodalangan tushunchani bildirishi mumkin:
Men bor, senga bir haqgo‘y –
Devona
kerak bo‘lsa,
Yo‘qman tili qand nodo‘st
Parvona
kerak bo‘lsa.
O‘xshatilishi vositalari so‘z birikmasi shaklida bo‘lishi mumkin:
Sen,
ey umrim nahoridan
Aziz-u oshino menga,
Sahar cho‘lponidek
jozib
Sochibdursan ziyo menga.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
463
Shoir bu san’atda butun bir gapni, gapga ham o‘xshatishini ko`rishini mumkin:
Qalb bu
ohangr o‘chog‘i,
Unda so‘z so‘zonadir,
Qayda
keskir bo‘ldi shamshir,
o‘tga solinmay turib
.
O‘xshatish
-dek, -day
shakllari orqali ham ifodalanishi mumkin:
Chun zamondek bepoyondir
Ko`ksing ichra orzu,
Fursat-u orzuni quvlab
Hech kishi yetgan emas.
Erkin Vohidov shoira Saida Zunnunovaga bag`ishlab yozgan she’rida o`zgacha o`xshatishni
uchratish mumkin:
Bu yurakning tug`yoni
Vulqoncha bo`ldi, qaydan?
Qo‘shiqlari daryoi
Nilcha bo`lurmi, hay-hay
Bu she’rda biz -day affiksini -cha shaklida kelishiga guvoh bo‘ldik.
Saida so`zi borliq
Olamni o`rtaganda,
Qanoatda Said Ahmad
Filcha bo‘lurmi, hay-hay.
Erkin Vohidov ijodida, xususan, uning keyingi yillarda yaratgan asarlari tilini o‘rganish, ularda
tasviriy vositalar, badiiy san`atlarni qo‘llashdagi o‘ziga xoslikni yuqoridagi tarzda tahlil etish
muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir badiiy san’at shoir va yozuvchi ijodiga o`zgacha
go‘zallik baxsh etadi. Xususan, Erkin Vohidov san’ati o‘ziga xos va takrorlanmasdir.
ADABIYOTLAR
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
464
1.Istamovna A. N. Shoir erkin vohidovning metaforalardan foydalanish mahorati //Сўз санъати
халқаро журнали. – 2020. – Т. 2. – №. 3.
2. Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. Toshkent: Sharq.1998.
3. Jahonov K. Mumtoz she‟riyat latofati. Buxoro: Durdona. 2014.
4. Vohidov E. Saylanma. Ishq savdosi. Toshkent: Sharq. 2000.
5. Vohidov E. Saylanma. She’r dunyosi. Toshkent: Sharq. 2001.