Авторы

  • Dr.Hj.Alfira Sofia,Anvarova Mahliyo Axrorjon qizi
    .ST.MM. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti o‘qituvchisi.,Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti PENDIDIKAN fakulteti Boshqaruv menejmenti yoʻnalishi talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82559

Ключевые слова:

korxona boshqaruvi boshqaruv tizimi strategik rejalashtirish boshqaruv struktura axborot tizimi resurslarni boshqarish menejment samaradorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada korxonalar boshqaruv tizimini shakllantirish jarayoni, uning asosiy tamoyillari, bosqichlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy raqobat sharoitida samarali boshqaruv tizimini yaratish korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada boshqaruv strukturasini loyihalash, resurslardan oqilona foydalanish, strategik rejalashtirish va axborot tizimlaridan foydalanish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, ilg‘or boshqaruv tajribalari asosida korxonalar faoliyatini optimallashtirish yo‘llari taklif etiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

444

KORXONALAR BOSHQARUV TIZIMINI SHAKLLANTIRISH

Dr.Hj.Alfira Sofia

.ST.MM.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

o‘qituvchisi.

Anvarova Mahliyo Axrorjon qizi

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

PENDIDIKAN fakulteti

Boshqaruv menejmenti yoʻnalishi talabasi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada korxonalar boshqaruv tizimini shakllantirish jarayoni, uning

asosiy tamoyillari, bosqichlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy raqobat sharoitida

samarali boshqaruv tizimini yaratish korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim rol

o‘ynaydi. Maqolada boshqaruv strukturasini loyihalash, resurslardan oqilona foydalanish,

strategik rejalashtirish va axborot tizimlaridan foydalanish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek,

ilg‘or boshqaruv tajribalari asosida korxonalar faoliyatini optimallashtirish yo‘llari taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

korxona boshqaruvi, boshqaruv tizimi, strategik rejalashtirish, boshqaruv struktura,

axborot tizimi, resurslarni boshqarish, menejment, samaradorlik.

Hozirgi paytdagi Respublikamiz milliy iqtisodiyot tarmoqlarida, shu jumladan sanoat

korxonalarida ham boshqaruv tamoyillarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Bu

borada Respublikamiz Prezidenti quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: —... korxonalarni modernizatsiya

qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan

texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari,

eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir.

Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib

borishi va raqobatbardosh bo‘lishi uchun samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi zarur.

Boshqaruv tizimi korxonaning maqsadlariga erishish yo‘lida barcha resurslar — moddiy,

moliyaviy, insoniy va axborot resurslarini muvofiqlashtirib boshqarishni nazarda tutadi. Shuning

uchun boshqaruv tizimini to‘g‘ri shakllantirish korxonaning barqaror rivojlanishida asosiy

omillardan biridir.

Boshqaruv tizimi — bu korxonada qarorlar qabul qilish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish

jarayonlarini tashkil etuvchi mexanizm hisoblanadi. Bu tizimning asosiy vazifasi korxona ichki

imkoniyatlari va tashqi muhit talablarini muvofiqlashtirib, strategik va operatsion maqsadlarga

erishishni ta’minlashdan iborat.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

445

Hozirgi kunda har bir sohani tog‘ri boshqarishda strategik menejmentning ahamiyati katta.

Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdir.

Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya ichidagi rejalarni ya’ni strategik

reja, o‘rta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida

strategik boshqarishning dolzarbligi ortib bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini

kengayishi hamda korxonaning iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan

bog‘liqdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi

korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib

belgilangan.[2; 76,87-b]

Strategiya ilg‘or xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining

davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv bo‘yicha tamoyillarini hisobga olgan

holda, davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini

boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.

Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil

hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish

bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi.

Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘ladi.

Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan

bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi.

Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga

ega, ammo ko‘pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-

sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha

muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadi, bunday hol, birinchi navbatda,

korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq.

Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish bo‘yicha juda ko‘plab xorijiy hamda

mahalliy olimlar o‘z ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij olimlaridan R.S.Kaplan,

D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va

iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng ko‘rib chqilgan. Ushbu olimlarning asosiy

qarashlari strategik boshqaruv tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning

samaradorlik ko‘rsatkichini baholashga qaratilgan.

I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini o‘rganish va

ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash muhim o‘rin tutadi. Uning e’tiborida korxona doim risk

bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini

qo‘llash zarur.

M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning o‘rni, ularni qo‘llash

xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni doimiy ravishda

joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta’sir

masalalari tadqiq etilgan.

Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa korxona alohida

obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qo‘yiladigan talablar, ko‘rsatkichlar

tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari atroflicha yoritib berilgan. Korxonalar

boshqaruvi va ularga qo‘yiladigan talablar, tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

446

I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini boshqarish

mexanizmi muammolari, ularni yechish bo‘yicha takliflar, boshqaruv usullari, boshqaruvda

optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash kabi masalalar yoritib berilgan.[3;

273,278-b]

Boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichlari

Korxonada boshqaruv tizimini shakllantirish bir necha asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1. Tahlil bosqichi – korxonaning hozirgi holati, ichki va tashqi muhit omillari o‘rganiladi.

2. Rejalashtirish bosqichi – strategik va taktik maqsadlar belgilanadi, resurslar taqsimoti

aniqlanadi.

3. Tashkiliy tuzilma shakllantirish – vazifalar, bo‘limlar va lavozimlar aniqlanadi, mas’uliyat va

vakolatlar taqsimlanadi.

4. Axborot tizimi va nazorat mexanizmlarini joriy etish – tezkor va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish

uchun axborot oqimi tartibga solinadi.

5. Samaradorlikni baholash – tizimning samarasi muntazam monitoring qilinadi, zarur hollarda

o‘zgartirishlar kiritiladi.

Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar va sun’iy intellekt asosida

boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish tendensiyasi kuchaymoqda. Bu esa korxonaga tezkor

axborot asosida aniq qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, xodimlar salohiyatini

rivojlantirish, jamoaviy boshqaruv yondashuvi va innovatsion fikrlash kabi jihatlar ham muhim

ahamiyat kasb etadi.

Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini ko‘rib chiqishimiz uchun avvalambor biz strategik

reja haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Strategik reja, bu tashkilotning maqsadli xulq-

atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, uning strategik majmuasini amalga oshirish

vositasi hisoblanadi. Strategik reja murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, korxona faoliyatining

ko‘p maqsadli xususiyatini aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi.

O‘z tarkibida strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati bo‘lib, u alohida rejalashtirish

vazifalarida ko‘rsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi. Strategik rejaning zarur

tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir. Strategik rejalar va

dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir. O‘rta muddatli rejalashtirish

tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini (strategik rejalarni amalga oshirish

bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish istiqbollarini, iste’mol talabining prognoz

qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni

ta’minlaydi.

Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini isloh qilish,

raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va tijoratlashtirish hamda

davlat tomonidan har bir korxonaga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda ularning

samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy

vazifalari hisoblanadi:


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

447

- iqtisodiy o‘sish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta’minlash manfaatlarini ko‘zlagan holda,

davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish;

- korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida bo‘lishi yoki saqlanishining mezonlarini

(asoslarini) belgilash;

- davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash bo‘yicha talablarni o‘rnatish;

- davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu jumladan,

boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash hisobidan ularning

raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ boshqaruv darajasi va axborot

shaffofligini oshirish.[4; 123,129-b]

Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta’minlash, nazoratning uzluksizligi va

loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir davlat ishtirokidagi

korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga erishish usullarini, boshqaruv

qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi.

Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador,

ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi

ma’lumotlarning ochiqligi, mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma’lumotlarni

aniqlash va hisobini yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga

oshirish orqali ta’minlaydi.

Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga o‘z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga

bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy

va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta’minlash yo‘li

bilan erishiladi. Korxona to‘g‘risida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega.

Bizning fikrimizcha, huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni

to‘la yuritish huquqi bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab

chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat

ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida

amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi

subyekt korxona hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona o‘zining faoliyati davomida davlat, fuqarolar va yuridik

shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda bo‘ladi va milliy iqtisodiyotning

barqaror rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shadi.

Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz ravishda joriy etilishi

bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli ustunlikka erishishlarida

innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: "....kompaniya raqobatdagi ustunlikni

innovatsiyalar vositasida qo‘lga kiritadi. Ular yangi kiritilgan tartib-qoidalarga ham yangi

texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng ma’noda foydalangan holda yondashadilar.

Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni

faqat muntazam ravishda yaxshilashlar yordamida qo‘lda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar

innovatsiyalarni takomillashtirish va joriy etishdan to‘xtagan har qanday kompaniyani darhol va

albatta chetlab o‘tib ketadilar".[5; 35-b]


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 7, issue 1, Aprel 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

448

Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan bo‘ladi va shuning

uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni

ta’minlovchi

yangi

elementlarni

joriy

etishga

bo‘lgan

layoqat,

shu

korxona

raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir.

Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishga va

uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past bo‘ladi. Ishlab

chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi sifati,

innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.

Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga o‘tish zarurati tufayli yuzaga kelgan

obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy

omillarning samarali ravishda o‘zaro hamkorlikda ishlash muammolarini kompleks hal etilishini

talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni oqilona uyg‘unlashtirish

innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy masalasini tashkil etadi.

Xulosa qilib aytganda, korxona boshqaruv tizimini shakllantirish — bu strategik yondashuv va

uzluksiz takomillashtirishni talab qiladigan jarayondir. To‘g‘ri shakllangan boshqaruv tizimi

korxonaga nafaqat raqobatbardoshlikni oshirish, balki ichki barqarorlik va uzoq muddatli

rivojlanishni ta’minlashda ham yordam beradi. Shuning uchun har bir korxona o‘ziga mos,

zamonaviy va samarali boshqaruv tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida" gi

Qonuni. Qonunlar to‘plami. T.: "Adolat", 2001.

2. Akbarxodjayev Z.Z. "Innovatsion menejment". O‘quv - uslubiy majmua. T.: "TDIU", 2012.

76- 87

3. Taraxtiyeva G.K. "Innovatsion menejment". O‘quv qo‘llanma. T.: "Fan va texnologiya", 2013.

273-278

4. Qosimova D.S. "Menejment nazariyasi" O‘quv - uslubiy majmua. T.: "TDIU", 2011. 123-129

5. Muratov R.S., Djalolova I.A.,.Oripov.S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik-Toshkent, 2014- 35-

b.

6. Ulashev I.O., Atamuradov Sh.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent-2013, 24-b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida" gi Qonuni. Qonunlar to‘plami. T.: "Adolat", 2001.

Akbarxodjayev Z.Z. "Innovatsion menejment". O‘quv - uslubiy majmua. T.: "TDIU", 2012. 76- 87

Taraxtiyeva G.K. "Innovatsion menejment". O‘quv qo‘llanma. T.: "Fan va texnologiya", 2013. 273-278

Qosimova D.S. "Menejment nazariyasi" O‘quv - uslubiy majmua. T.: "TDIU", 2011. 123-129

Muratov R.S., Djalolova I.A.,.Oripov.S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik-Toshkent, 2014- 35-b.

Ulashev I.O., Atamuradov Sh.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2013, 24-b.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)