ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
434
UDK: 004.021
POLIETILEN CHIQINDILARINI QAYTA ISHLASHDA GRANULALARNING
SIFATINI YAXSHILASH
Gaziyeva Ra’no Teshabayevna
t.f.n., prof.
Yahyoyev Feruzjon Aloyevich
doktorant
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada polietilen chiqindilarini qayta ishlash orqali sifatli ikkilamchi
granula olish texnologiyasi ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan
suvning loyqaligini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimi ishlab chiqildi va tahlil qilindi.
Suv sifati barqarorligi ikkilamchi granula sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ilmiy-texnik
yondashuv ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun
muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
polietilen chiqindilari, qayta ishlash, ikkilamchi granula, avtomatik nazorat,
loyqalilik, texnologik jarayon, ekologiya, texnologiya, suv sifati.
Kirish.
Polietilen dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan plastmassa materiallardan biri. U asosan
ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rashda, paketlar, shisha va idishlar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Polietilen chiqindilari sanoat va uy xo‘jaligida keng tarqalgan, shuning uchun uni
qayta ishlash juda muhim ahamiyatga ega. Qayta ishlash jarayonida polietilen chiqindilarini bir
necha bosqichda qayta ishlash mumkin: Mexanik qayta ishlash: bu jarayonda polietilen
chiqindilari eziladi, tozalanadi va yuqori sifatli ikkilamchi granulalarga aylantiriladi [1].
Kimyoviy qayta ishlash: polietilen kimyoviy reaktsiyalar orqali qayta ishlanadi va yangi
materiallar ishlab chiqariladi. Termal qayta ishlash: polietilen yuqori haroratda eriydi va yangi
mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Plastmassa chiqindilarining tobora ortib borishi global muammoga aylanmoqda. Polietilen
materiallar eng ko‘p tarqalgan va ko‘p hollarda yaroqsiz holga kelgan chiqindilar sirasiga kiradi.
Ularni qayta ishlash orqali foydali mahsulotlar, xususan, ikkilamchi granulalar olish – iqtisodiy
va ekologik jihatdan dolzarb hisoblanadi. Ammo qayta ishlash texnologiyasining samaradorligi
ko‘plab omillarga, ayniqsa, ishlatiladigan suv sifatiga bog‘liq.
Muammoli vaziyat.
Ko‘plab qayta ishlash sexlarida suv aylanish tizimi mavjud bo‘lmasligi
yoki samarali ishlamasligi sababli, suv loyqaligi nazoratdan chiqib ketadi. Bu esa granulaning
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Loyqa suv granulalar yuzasida iflosliklar qoldirib, ularning
sifatini pasaytiradi va keyingi ishlov berishda muammolar yuzaga keladi. Bundan tashqari,
qo‘llanilayotgan suv miqdorining ortiqcha sarfi energetik resurslarning yo‘qotilishiga olib keladi
[2]. Qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan suvning sifatini nazorat qilish juda muhim. Suvning
loyqaligi ikkilamchi granula sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Suvda mavjud bo‘lgan loyqa
moddalarning yuqori miqdori, granulaning yuzasida ifloslanishlar, masalan, oziq-ovqat
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
435
qoldiqlari yoki boshqa zararli moddalar qolishiga olib kelishi mumkin. Bu esa ikkilamchi
materialning sifatini yomonlashtiradi.
Muammoni yechimi.
Taklif etilayotgan tizim bu suv loyqaligini real vaqt rejimida avtomatik
boshqaradigan datchik va boshqaruv blokidan iborat. Loyqalilikni aniqlash uchun loyqa datchigi
(turbidimetr) qo‘llaniladi. Boshqaruv tizimi Arduino yoki boshqa mikroprotsessor asosida ishlab
chiqilib, nasoslarni ishga tushirish avtomatik ravishda amalga oshiradi [3]. Natijada suv sifati
doimiy nazorat ostida bo‘ladi va granula sifati yaxshilanadi (1-rasm.).
1-rasm. Loyqa datchigi (turbidimetr).
Loyqa datchigining tavsifi
O‘lchash diapazoni
0 ~ 1000 ± 30 NTU
Svetodiod (EL-23G) to‘lqin uzunligi
940 nm
Fotodiodning kesish to‘lqin uzunligi (ST-23G)
880 nm
Ishchi kuchlanish
5 V, DC
Ishchi tok
< 40 mA
Аxborot uzatish tezligi
< 500 ms
Analog chiqish kuchlanishi
0 ~ 4,5 V
Raqamli chiqish interfeysi
XH2.54
Ish harorati
-20 ~ 90°C
Loyqalilikni aniqlash usullari bu optik datchiklar, loyqalilikni o‘lchash uchun, masalan
turbidimetrik datchiklaridan foydalaniladi. Bu datchiklar suvning bulg‘anganligini va ifloslanish
darajasini aniqlaydi (2-rasm.).
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
436
2-rasm. Arduinoning loyqalik datchigi bilan ulanish sxemasi.
Suvdagi loyqalilik darajasi doimiy ravishda o‘lchab boriladi va zarur hollarda suvni tozalash
uchun nasos agregati ishga tushadi va qaytarish klapani yordamida loyqalangan suvni chiqarib
tashlaydi.
1-jadval. Loyqalik chegarasini aniqlash kodi.
#include <LiquidCrystal_I2C.h>
LiquidCrystal_I2C lcd(0x27, 2, 16);
int sensorPin = A0;
void setup()
{
Serial.begin(9600);
lcd.begin();
digitalWrite(2, HIGH);
digitalWrite(3, LOW);
digitalWrite(4, LOW);
lcd.setCursor(0, 1);
lcd.print(" its CLEAR ");
}
if ((turbidity > 20) && (turbidity < 50)) {
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
437
pinMode(2, OUTPUT);
pinMode(3, OUTPUT);
pinMode(4, OUTPUT);
}
void loop() {
int sensorValue = analogRead(sensorPin);
Serial.println(sensorValue);
int turbidity = map(sensorValue, 0, 750,
100, 0);
delay(100);
lcd.setCursor(0, 0);
lcd.print("turbidity:");
lcd.print(" ");
lcd.setCursor(10, 0);
lcd.print(turbidity);
delay(100);
if (turbidity < 20) {
digitalWrite(2, LOW);
digitalWrite(3, HIGH);
digitalWrite(4, LOW);
lcd.setCursor(0, 1);
lcd.print(" its CLOUDY ");
}
if (turbidity > 50) {
digitalWrite(2, LOW);
digitalWrite(3, LOW);
digitalWrite(4, HIGH);
lcd.setCursor(0, 1);
lcd.print(" its DIRTY ");
}
}
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
438
3-rasm. Loyqalik va kuchlanish orasidagi bog‘liqlik.
Ushbu tizimlar, odatda, mikroprotsessor asosidagi boshqaruv bloklari orqali ishlaydi. Arduino
yoki boshqa tizimlar yordamida ishlaydigan mikroprotsessorlar, masalan, datchiklardan olingan
ma'lumotlarni qayta ishlaydi va tegishli qurilmalarga signal yuboradi [4]. Suv loyqaligini
samarali boshqarish orqali energiya sarfi kamayadi, chunki ortiqcha suv sarfi va suvni tozalash
jarayoni uchun zarur bo‘lgan energiya miqdori kamayadi (3-rasm). Suvning tozalik darajasi
yaxshilanadi, bu esa ikkilamchi granula sifatini oshiradi. Suvning sifatini nazorat qilish va qayta
ishlash tizimining samarali ishlashi orqali atrof-muhitga zarar yetkazilishining oldi olinadi,
chunki ifloslangan suv toza va qayta ishlanadigan holga keltiriladi. Polietilen chiqindilarini qayta
ishlash jarayonida granulalarning sifati, ayniqsa, suvning tozaligi bilan bevosita bog‘liq. Loyqa
suv granulalarning bir hil bo‘lmasligiga, yuzasining notekis chiqishiga va texnologik
uskunalarning ishdan chiqishiga olib keladi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda suvning loyqa
darajasini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida funktsional texnologik sxema
ishlab chiqildi [5]. Granulalash jarayonida suvning doimiy aylanib yurishini ta’minlaydi va
suvdagi loyqalashish darajasini real vaqt rejimida aniqlaydi. Datchiklardan olingan
ma’lumotlarni tahlil qilib, me’yor bilan solishtiradi. Barcha tizim komponentlarini bir-biri bilan
uyg‘unlashtiradi hamda jarayonni umumiy boshqaradi (4-rasm). Shu tarzda, suv sifati ushlab
turiladi va granulalar sifati yaxshilanadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 7, issue 1, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
439
4-rasm. Suvning loyqa darajasini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimini funktsional
texnologik sxemasi.
Xulosa.
Polietilen chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasini zamonaviy boshqaruv tizimlari
bilan boyitish, bu ekologik toza, iqtisodiy samarali va barqaror ishlab chiqarishni tashkil
etishning muhim yo‘lidir. Suvning loyqaligini avtomatik nazorat qilish orqali ikkilamchi
granulalar sifati ortadi, suv sarfi kamayadi va ishlab chiqarish uzluksiz bo‘ladi. Ushbu tizimni
kichik sexlardan tortib yirik zavodlarga qadar tatbiq etish mumkin.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Karimov, I. “Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi”. – Toshkent: Fan, 2021.
2. GOST 16337-77. “Polietilen. Umumiy texnik shartlar”.
3. Turg’unov, Sh. va boshqalar. “Atrof-muhit muhofazasi va resurslardan oqilona foydalanish”.
– Samarqand, 2020.
4. Gaziyeva R.T, Ubaydullayea Sh.R, Yaxyoyev F.A, Intellektualnaya sistema
monitoringa kachestva vodi v promishlennom internete veshey statya – Tashkent, 2025.
5. Gaziyeva R.T., Yaxyoyev F.A., PERERABOTKA POLIETILENOVIX OTXODOV S
POLUCHENIYEM KACHESTVENNIX VTORICHNIX GRANUL S EKONOMIYEY
RESURSOV. “O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR” JURNALI 20-FEVRAL, 2025-YIL 37-SON, O‘ZBEKISTON 2025.